8-Keys. Mikroorganizmlar genetikasi. Mikroorganizmdagi uzgaruvchanlik va ulardan tibbiyotda
foydalanish. Vaksinalar va zardoblar.
Keysni bajarish bo‘yicha topshiriqlar:
1.Har bir madaniyatli kishi ovqatlanishdan oldin qo‘lini sovun bilan yuvishi kerak. Sovun
ishlatishdan qanday maqsad ko‘zlanadi?
2.Jarohatlarga birlamchi ishlov berish uchun bo‘yoqlar ishlatiladi. Qaysilar? Ularning ta’sir
mexanizmi nimadan iborat?
3.Bakteriologik laboratoriyaga tekshirish uchun balg‘am olib kelindi. U bakteriologik jihatdan
tekshirib bo‘lingach, kanalizatsiyaga to‘kishdan oldin qanday ishlov berilishi kerak? Nima
uchun?
9-Keys.
Patogen gram manfiy (meningokok va gonokoklar) va gram musbat
kokklar.(stafilokokklar, streptokokklar)
Keysni bajarish bo‘yicha topshiriqlar:
191
1.Bakteriologik laboratoriyaga ashyo sifatida jarohatdan yiring olib kelindi. Surtma
tayyorlab ko‘rilganda ko‘rish maydonida stafilokokklar kuzatildi. Keyingi tekshirish
rejasini tuzing va xulosa qiling.
2.Bakteriologik laboratoriyaga ashyo sifatida tomoqdan va burundan olingan surtma
keltirildi. Keyingi tekshirishlar rejasini tuzing.
3.O‘ng qo‘ltiq ostida karbunkul rivojlangan bemor shifoxonaga murojaat qildi. Tashhis
qo‘yish va uni davolash uchun Siz ko‘radigan chora-tadbirlar.
4.CHap tovoni jarohatlangan bemor Sizga yordam so‘rab murojaat qildi. Nimadan
xavotirlanasiz va Sizning hatti-harakatingiz.
5.Bemor birdaniga harorat ko‘tarilishi, bosh og‘rishi, qaltirish shikoyatlari bilan
shifokorga murojaat qildi. SHungacha uning barmog‘ida yiring bo‘lib, u uyda
davolangan. Tashhis qo‘yish uchun qanday mikrobiologik tekshirish o‘tkazasiz va
Sizning keyingi hatti-harakatingiz.
11-Keys. Yuqumli ichak kasalliklari, ichak tayoqchasi mikrobiologik xususiyatlari. Ovqatdan
zaharlanishni keltirib chikaruvchi mikroorganizmlar: salmonellyoz, botulizm.
Keysni bajarish bo‘yicha topshiriqlar:
1.To‘qqiz yoshli bolaning yo‘g‘on ichak normal mikroflorasi tekshirilganda Endo muhitida qizil
rangli, S ko‘rinishli koloniyalar bilan bir qatorda rangsiz koloniyalar ham aniqlandi. Identifikatsiya
qilinganda har ikkala koloniyadagi mikroorganizmlar ham bir turga mansubligi aniqlandi. Bunday
vaziyatni izohlang va baho bering.
2.Bakterial dizenteriya deb shubhalanilgan bemor bolaning najasi laboratoriyaga olib kelindi. Qaysi
usullar yordamida qo‘zg‘atuvchi ajratib olinadi.
12-Keys. Xavo - tomchi orqali yuquvchi infeksiya. (Korinebakteriya, mikobakteriya)
Keysni bajarish bo‘yicha topshiriqlar:
1.Bolalar yuqumli kasalliklar shifoxonasiga uzluksiz yo‘tal bilan to‘rt yashar bola tushdi.
SHifokor sifatida Siz bemorga qanday yordam berasiz.
2.Bakteriologik laboratoriyaga ko‘kyutal bilan kasallangan bemordan biologik ashyo
sifatida balg‘am olib kelindi. Surtma qaysi usul bilan bo‘yaladi? Qo‘zg‘atuvchining
morfologik xususiyatiga ta’rif bering.
3.Bakteriologik laboratoriyaga difteriya deb shubhalanilgan bemor burun-halqumidan
ajralmalar olib kelindi. Surtmada qaysi mikroorganizmlarni aniqlash mumkin. Gram
usulida ular qanday bo‘yaladi?
4.SHifoxonaga difteriya kasalligining og‘ir ko‘rinishi bilan bemor tushdi. Davolovchi
vrach nimadan xavotirlanadi va u qanday yo‘l tutadi?
5.Jarrohlik bo‘limida statsionar davolanishga kelgan bemorga “o‘ng tizza saramasi”
tashhisi qo‘yildi. Qaysi qo‘zg‘atuvchi ushbu kasallik chaqirishi mumkin va kasalikka
tashhis qo‘yishda qanday tekshirish usulidan foydalaniladi?
13-Keys. Sodda patogen jonivorlar. (Bezgak, leyshmanioz).Zamburug’lar keltirib chiqaradigan
infeksiya. (dermatomikozlar, kandidozlar)
Keysni bajarish bo‘yicha topshiriqlar:
1.Ozena bilan og‘rigan bemordan biologik ashyo olinib, bakteriologik laboratoriyaga
jo‘natildi. Uning kapsulasini aniqlash uchun qaysi usulda va qanday bo‘yab ko‘rish mumkin?
2.Vrach-bakteriolog shubhalanilgan qo‘zg‘atuvchining sof kulturasini ajratib oldi. Uning
sofligini aniqlash qanday amalga oshiriladi?
3.Bakteriologik laboratoriyaga bemordan biologik ashyo sifatida najas olib kelindi.
Bakteriologik tashhis qo‘yish uchun qanday ishlarni amalga oshirish lozim?
4.Bemor siydik kovug‘ini bo‘shatish uchun kateter qo‘yish zarur. Ishlatishdan oldin unga
qanday ishlov beriladi?
14-Keys. Patogen anaeroblar. Qoqshol, gazli gangrena, qo’zg’atuvchilari
Keysni bajarish bo‘yicha topshiriqlar:
1.Gazli gangrena kuzatilgan bemorlarning jarohatidan ajralib chiqqan biologik ashyodan
192
surtma tayyorlab, mikroskop ostida ko‘rilganda musbat javob olindi. Ko‘rilgan
mikroorganizmlarning morfologik va tinktorial xususiyatlariga ta’rif bering.
2.Transport halokati tufayli jabrlangan odam jarohati tuproq bilan ifloslangan xolda
statsionarga keltirildi. Tuproq bilan jarohatga qanday mikroorganizmlar tushishi mumkin
va bunday holda bakteriologik tekshirishga ashyo yuborish mumkinmi? Siz qo‘llaydigan
profilaktika choralari qanday?
3.Ovqatdan zaharlanishga shubhalanilgan bemordan olingan ashyo (qusuq) tekshirilganda
katta grammusbat tayoqcha aniqlandi. Sizning bakteriolog sifatida harakat rejangiz
qanday bo‘ladi?
4.Bakteriologik laboratoriyaga difteriya deb shubhalanilgan bemordan ashyo (tomoqdan
shilliq) olib kelindi. Mikrobiologik tashhis rejasini tuzing.
15-Keys. Patogen zoonoz o’ta xafli bakteriyalar. (Kuydirgi, vabo qo’zg’atuvchilari.)
Keysni bajarish bo‘yicha topshiriqlar:
1.Vrach bakteriolog toun bilan kasallangan bemorlardan tekshiriluvchi biologik ashyo olib kelish
to‘g‘risida topshiriq oldi. U tekshirish joyiga borishdan oldin nimalarga e’tibor berishi kerak va nima
uchun?
2.SHifoxonada brutsellyoz bilan kasallangan bemor yotibdi (kasallikning 2 haftasi). Bemordan
tekshirish uchun qanday biologik ashyo olib jo‘natildi? Laboratoriyada tashhis qo‘yish uchun qaysi
usullardan foydalaniladi?
3.Brutsellyoz bilan kasallangan bemordan laboratoriyaga najas olib kelindi va ozik muhitlarga ekildi.
Oziq muhitlarda o‘sib chiqqan koloniyalardan surtma tayyorlandi. Surtmani tekshirishda qaysi
bo‘yash usulidan foydalaniladi va ko‘rish maydonida qanday mikroorganizmlar kuzatiladi?
4.Siz yashayotgan joyda brutsellyoz bilan hayvonlar kasallanishi ko‘p kuzatilmoqda. Uchastka
shifokori sifatida kasallikni kamaytirish maqsadida qanday chora-tadbirlar olib borish lozim?
16.Keys Patogen spiroxetalar. (Zaxm qo’zg’atuvchilari) Rikketsiozlar. (Toshmali tif
qo’zg’atuvchilari.
Keysni bajarish bo‘yicha topshiriqlar:
1.Teri va tanosil kasalliklari dispanseriga bundan 3 oy avval so‘zakni eslatuvchi klinik ko‘rinishlari
kuzatilgan bemor murojaat qildi. Retrospektiv tashhis qo‘yish uchun qaysi mikrobiologik tekshirish
usullari qo‘llaniladi?
2.Sizga peshob yo‘llaridan yiring oqishidan shikoyat qilib, bemor murojaat qildi. Nimadan
shubhalanasiz va Sizning hatti-harakatingiz.
3.SHifoxonaga farzandsizlikka shikoyat qilgan bemor yotqizildi. Unda 7 yil oldin so‘zakka o‘xshash
kasallik paydo bo‘lganda o‘zi vrach maslahatisiz uyda davolangan. Ayol 28 yoshda, turmushga
chiqqaniga 6 yil bo‘lgan. Nimadan shubhalanasiz va Sizning hatti-harakatingiz.
4.Qon quyish muassasasiga donor bo‘lish istagi bo‘lgan erkak kishi murojaat qildi. Unda zahm
kasalligi yo‘qligini isbotlovchi qanday tekshirish usullarini qo‘llash mumkin?
5.YUqori tanglayida yarasi bor bo‘lgan bemor jarroh-stomatolokka murojaat etdi. Uning zahm bilan
og‘rishi ma’lum bo‘ldi. Tashhis qo‘yish uchun qaysi usullardan foydalanilgan?
17-Keys. Virusli kasalliklar. (Gripp, qizamiq) Gepata viruslari.
Keysni bajarish bo‘yicha topshiriqlar:
1.Laboratoriyaga gripp bilan og‘rib o‘tgan bemordan qon zardobi olib kelindi. Qaysi usul yordamida
qo‘yilgan tashhisni tasdiqlash mumkin? Buning uchun qaysi serologik reaksiyalardan foydalaniladi?
2.Qutirishga shubhalanilgan it veterinar laboratoriyaga olib kelindi. Tashhis qo‘yish uchun qanday
biologik ashyo olinadi? Qaysi usullar qo‘llaniladi?
3.Kanali ensefalitga shubhalanilgan bemordan ikki marta qon zardobi olib, laboratoriyada tekshirildi.
Qo‘yilgan tashhis qanday tasdiqlanadi? Buning uchun qaysi usullar qo‘llaniladi?
4.Adenovirus infeksiyasiga shubxalanilgan bemor burun bo‘shlig‘idan bosma-surtma olindi. Qaysi
tekshirishlarga asoslanib adenovirus infeksiyasi tasdiqlanadi?
193
18Keys Rabdovirus. (qutirish).OITS,Entero-, neyroviruslar (poliomielit).
Keysni bajarish bo‘yicha topshiriqlar:
1.Gripp kasalligini oldini olish uchun aholi orasida emlash o‘tkazildi. Ular nima bilan emlandi va
qanday qilib?
2.Travmatologiya bo‘limiga notanish it tishlagan bemor murojaat qildi. Maxsus profilaktika uchun
nimadan foydalaniladi? SHifokor sifatida Sizning hatti-harakatingiz.
3.OITS markazi shifokori shubhalanilgan odam qon zardobini immunoferment usuli bilan
tekshirganda musbat natija kuzatildi. Lekin immunobloting usuli bilan tekshirganda bu natija
tasdiqlanmadi. Buning sababi nimada?
4.Uzoq vaqtdan beri isitmalab yotgan narkoman bemor immun tizimi tekshirilganda T- xelperlar,
tabiiy killerlar miqdori keskin kamayib ketganligi, T- supressorlar miqdori oshganligi kuzatildi.
Qaysi kasallik to‘g‘risida taxmin qilish mumkin? Nima uchun?
III. MUSTAQIL TA’LIM MASHGULOTLARI
Talabalar mustaqil ishining maqsad va vazifalari
Talaba mustaqil ishining asosiy maqsadi – bo‘lajak mutaxasislarni dunyoqarashini,
ilmiy bilimini oshirish, mustaqil o‘zlashtirishi, mikrobiologiya fani bo‘yicha kerakli
ma’lumotlarni izlash, ma’lumotlar to‘plash,taxlil qilish,elektron ma’lumotlar bazasi bilan ishlash,
internetdan foydalanish,masalaga tizimli va ijodiy yondoshuv, maqbulechim izlab topish,ekspert
bilan ishlash,g‘oyani asoslash va ximoya qilishdir.
Talabalar o‘qituvchi raxbarligi va nazoratiostida muayyan o‘quv ishlarini mustaqil ravishda
bajarish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni shaklantirish, mustaqil ishlash uchun
topshiriqlar topshirishi,zamonaviy pedogogik usullarda topshiriqlarni echimi o‘z vaqtida taxlil
qilinadi.
Kafedra o‘qituvsilari raxbarligida va nazorati ostida talabaga mikrobiologiya fanidan o‘quv
ishlarini mustaqil ravishda bajarish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirishdir.
Talaba mustaqil ishini vazifalari quyidagilardan iborat:
Adabiyotlar yordamida mavzularni mustaqil o‘zlashtirish.
muayyan fandan yangi bilimlarni mustaqil tarzda puxta o‘zlashtirish va ko‘nikmalarga ega
bo‘lishi.
axborot manbalardan samarali foydalanish
elektron o‘quv adabiyotlari va ma’lumotlar banki bilan ishlash
mavzular bo‘yicha internet ma’lumotlarini olish va referat tayyorlash
berilgan topshiriqlarning ratsional echimini belgilash,ularni bajarishga tizimli va ijodiy
yondashuv.
Umumiy qoidalar
Mikrobiologiya fani bo‘yicha talabalar mustaqil ishi Toshkent farmatsevtika instituti “talabalar
mustaqil ishini tashkil etish , nazorat qilish va baxolash tartibi to‘g‘risidagi nizomi” asosida olib
boriladi.
“Farmatsevtika” va “Kasb ta’lim ” yo‘nalishlarining o‘quv rejasida mikrobiologiya fanidan TMI
5- semestriga mo‘ljallangan. TMI ning shakli , mazmuni va xajmi muayyan fani namunaviy va
ishchi dasturida ifoda etilgan. Mikrobiologiya fanining xususiyatlari shuningdek xar bir
talabaningakademik o‘zlashtirish darajasi va qobiliyatini xisobga olgan xolda TMI ni tashkil
etishda ayrim nazariy mavzularni o‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil
o‘zlashtirish,laboratoriya mashg‘ulotiga tayyorgarlik ko‘rishi, ilmiy maqola, anjumanda
ma’ruza,tezislarni tayyorlashi, shuningdek mavzu bo‘yicha referat,jadvallar, krosvordlar
tayyorlashi,prezintatsiyalar tayyorlashi, vaziyatli masalalar majmuasini ishlab chiqishi, test tizishi
va boshqa usullardan foydalaniladi.
talaba uchun mustaqil ish to‘plamlari kafedra etakchi professor o‘qituvchilari tomonidan
laboratoriya mashg‘ulotlarini bevosita olib boruvchi o‘qituvchi bilan birgalikda tuzilgan va
194
kafedra yig‘ilishida tasdiqlangan o‘quv yili boshida taqsimlanib beriladi.TMI ni nazorat qilish
tasdiqlangan taqvimiy reja asosida amalga oshiriladi. TMI ni nazorat qilish bevosita laboratoriya
mash0ulotlarini olib boruvchi o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Talabaning TMI joriy nazorat jarayonida tegishli topshiriqlarini bajarilishi va unga ajratilgan
ballardan kelib chiqqan xolda baxolanadi.
Uslubiy ko‘rsatmalar
Mustaqil ishni bajarish uchun talabaga axborot manbasi sifatida darslik va o‘quv qo‘llanmalar,
mavzular bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar,ma’lumotlar to‘plami, ommoviy va ilmiy nashrlar,internet
tarmoqdagi tegishli ma’lumotlar,shuningdek mazkur ko‘rsatma xizmat qiladi.
Talabaga berilgan topshiriqda mustaqil ishni bajarish bo‘yicha dastlabki ko‘rsatma va tavsiyalar
beriladi. Talabalar tomonidan egallagan bilimlari konspektlarga yoki referat tarzida aks etiradilar.
Referat xajmi 10-15saxifa bo‘lishi maqsadga muofiq. U qo‘llanma shaklida yoki kompyuterda
terilgan bo‘lib, reja va foydalangan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lishi kerak.
test savollar kamida 20 ta berilgan mavzuni mazmun jigatidan to‘la qamrab olgan xolda
tuziladi.Javob variantlari 4 ta bo‘lib, bulardan faqat bittasi to‘g‘ri javob bo‘lishi lozim.
Krasvordlar tayyorlashda bajariladigan topshiriq kamida 10 so‘zdan iborat bo‘lishi
shart.Topshiriq bilan birga aloxida betga krosvord javoblari berilishi lozim.
Tanlangan mavzu bo‘yicha vaziyatli masalalar tuzilsa,ularni soni kamida 10 ta bo‘lishi va to‘g‘ri
javoblari keltirilgan bo‘lishi talab etiladi.
YUqorida qayt etilgan topshiriqlarni bajarishda talabalarga ushbu uslubiy ko‘rsatmada keltirilgan
adabiyotlar yordam beradi.
Mikrobiologiya fanidan talabalar mustaqil ishlarining mavzulari
1. Laboratoriyaning turlari, ishlatilish prinsiplari va jixozlari.
2. Dorivor xom-ashyosini sanitar mikrobiologik tekshirish usullari. Substansiyalarga, yordamchi
moddalarga va tayyor dori vositalarining mikrobiologik tozaligiga farmakologik talablar.
3. Infeksiya haqida tushuncha. Epidemiologik tushuncha asoslari.
4. Immunologiya faning rivojlanish tarixi. Immun sistema. Immunokompetent hujayralar.
5. Ovqatdan zaharlanish toksikoinfeksiya qo‘zg‘atuvchilari
6. Parazitozlar (sodda jonivorlar va gelmentlar) qo‘zg‘atuvchi kasalliklar
7. Patogen zamburug‘lar qo‘zg‘atuvchi kasalliklar.
8. Patogen xlamidiyalar qo‘zg‘atuvchi kasalliklar. Mikoplazmoz qo‘z-g‘atuvchisi.
9. Bezgak kasalligini qo‘zg‘atuvchisi, epidemiologiyasi, patogenez, klinikasi, davolash va oldini
olish.
10. Qizamiq va qizilcha kasalliklari qo‘zg‘atuvchilari
11. Virusli kasalliklarni qo‘zg‘atuvchi, turlari, patogenezi, klinikasi, davolash va oldini olish.
12. Gepatit qo‘zg‘atuvchi viruslar, ularning laboratoriya diagnostikasi.
I.
Asosiy adabiyotlar
I. 1. Muhamedov I. M. , Eshboev E. X. Mikrobiologiya, immunologiya, virusologiya. T. ,
“O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti. 2002. - 519 b.
1. 2. Kochemasova Z. N. , Efremova S. A. , Nabokov YU. S. Mikrobiologiya. M. , izd-vo
«Meditsina». 1984. - 351 s. rus
I. 3. Elinov N. P. , Zaikina N. A. , Sokolova I. P. Mikrobiologiya fanidan amaliy
mashg‘ulotlari uchun o‘quv qo‘llanma. T. , 2007. - 239 b.
1. 4. Elinov N. P. , Zaikina N. A. , Sokolova I. P.
Rukovodstvo k laboratornыm zanyatiyam po
mikrobiologii. M.1988 s 207
II.
Qo‘shimcha adabiyotlar
195
II. 1 Vorobyov A. A. , Bikov A. S. «Mikrobiologiya». M. , izd-
vo «Vыsshaya shkola». 2003. -
210 s
II. 2. Volovskaya M. L. Epidemiologiya bilan infeksion kasalliklar asoslari. T. , “Ibn Sino”
nomidagi nashriyot. 1992. - 338 b.
II. 3. K. SH. Baltaeva, S. M. Rustamova. Mikrobiologiya, moliya instituti nashr taxririyati.
Uchebnoe posobie, T. , 2010 y. , 324s.
IV.GLOSSARIY
Termin
O‘zbek tilidagi sharhi
Ingliz tilidagi sharhi
Abiotik omillar
jonsiz omillar – anorganik muhit
omillari: yorug’lik, harorat namlik,
tuproq, bosim kabilar tirik
organizm faoliyatiga tasir etib,
ularning hayotiga moslashuvida
muhim ahamiyatga ega.
A site In a ribosome, a binding
site that accommodates tRNA
delivering an amino acid.
Abssess
abssess ( abssessis;lot. absissit-
ajralmah.yiringlamoq sii
apostema) – yiring to’lgan va
atrofdagi to’qima hamda a’zolarda
piogei parda bilan ajralib turgan
bo’shliq.
Abscess An isolated site of
infection such as a pimple, boil, or
pustule.
Abssess
gangrenozniy
Gangrenali abssess (sin.chirigan
)- tarkibida chirigan yiring,
sikvestrlar yoki detriy bo’ladigan
abesess.
Abyssal zone In marine habitats,
the zone of water beneath the
benthic zone, virtually devoid of
life except around hydrothermal
vents.
Absessografiya
absessografiya
(lot.abssesst
–
ajralmoq,yiringlamoq)
–
shakillanib bo’lgan absesessning
unga kontrast modda yuborilib
rentgen tasvirida tekshirish.
Acellular Noncellular.
Absolyutno
smertelnaya doza
Absolyut o’ldiruvchi doza
Acetyl-CoA Combination of two-
carbon acetate and coenzyme A.
Adgeziya
Adgeziya
(lot. Adhesion -
yopishish) – qattiq yoki suyuq
jismlar bir birga taqalganida
molekulyar tortish kuchlari tufayli
sirtlarining bir-biriga yopishishi.
Acid Compound that dissociates
into one or more hydrogen ions
and one or more anions.
Aerobi
Aeroblar - anaeroblardan farq
qilib, erkin kislarodli yashovchi
organizimlar.
Acid-fast bacilli (AFB) (acid-fast
fast rod, AFR) Bacilli that retain
stain during decolorization by
acidalcohol, particularly species
of Mycobacterium.
196
Agglyutinasiya
Agglyutinasiya
(lot.
Agglutination
-
yopishish)
tibbiyotda zarralar bakterialar qizil
va oq qon tanachalari (eritrositlar
va leykositlar) va boshqa xujayra
elimentlarining agglyutininlar
(qon zardobi) tasirida bir-biriga
yopishib, g’uj-g’uj bo’lib tushishi.
Acid-fast rod (AFR) Bacilli that
retain stain during decolorization
by acid-alcohol, particularly
species of Mycobacterium.
Agressini
1. – Agressiv omillar –
organizmning himoya
kuchlariga ta’sir
ko’rsatuvchi omillar.
Acid-fast stain In microscopy, a
differential stain used to penetrate
waxy cell alls.
2. Albumini - Albuminlar –
hayvon o’simlik
to’qimalari tarkibiga
kiradigan oddiy oqsillar.
Acidic dye In microscopy, an
anionic chromophore used to stain
alkaline structures. Works most
effectively in acidic environments.
3. Anabioz
–
Anabioz
(yunon. Anabiosis – tirik
qolish) tiriklik faoliyatini
vaqtincha susayishi. Bunda
o’simlik yoki hayvon
organizimidagi moddalar
almashinuvi juda pasayib
ketadi.
Acidophile Microorganism
requiring acidic pH.
4. Anabolizim – Anabolizim
(yunon. Anabole -
ko’tarilish) organizimda
modda almashinuvining bir
tamonini tashkil etuvchi
kimyoviy jarayonlar
yig’indisi.
Acne Skin disorder characterized
by presence of whiteheads,
blackheads, and, in severe cases,
cysts; typically caused by
infection with Propionibacterium
5. Anemiya – Anemiya (an
va yunon. Haima - qon)
kamqonlik – qonning xajm
birligida eritrositlar (qizil
qon tanachalari) va
gemoglabinning kamayish
xolati.
acnes.
6. Assimilyasiya
–
Assimilyasiya
(lot.
Assimilatio – o’zlashtirish,
qo’shilish) tirik
organizimlarning tashqi
muhitdan kiruvchi
moddalarni o’zlashtirishi
“O’zimniki qilib olish”
jarayoni.
Acquired immunodeficiency
syndrome (AIDS) The presence
of several opportunistic or rare
infections along with infection by
huma immunodeficiency virus
(HIV) or a severe decrease in the
number of CD4 cells (<200/
μL)
along with a positive test showing
the presence of HIV.
7. Avitaminoz – Avitaminoz
(a.. , an.. va vitamin)
organizimda
vitaminlarning ko’p
yetishmasligi natijasida
Acquired (secondary)
immunodeficiency diseases Any
of a group of immunodeficiency
diseases that develop in older
children, adults, and the elderly as
197
paydo bo’ladigan kasallik.
a direct consequence of some
other recognized cause, such as
infectious disease.
8. Avirulentnost
-
avirulentlik
–
kasallik
keltib chiqarish xususiyati
yo’qotilgan, patogenligi
pasaygan mikroorganizm.
Actinomycetes High G + C
Gram-positive bacteria that form
branching filaments and produce
spores, thus resembling fungi.
9. Avtoklav – elektr
tarmog’i orqali suv bug’ini
yuqori bosimda ta’sir etirib
tibbiyotda sterilizasiya
uchun ishlatiladigan
apparat.
Actinomycosis Disease caused by
Actinomyces; characterized by
formation of multiple,
interconnected abscesses in skin
or mucous membrane.
Dostları ilə paylaş: |