O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi


Poliomielit, koksaki va YeSNO viruslari qo’zg’atgan kassalliklarning virusologik va



Yüklə 3,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/39
tarix19.02.2020
ölçüsü3,12 Mb.
#30485
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   39
mikrobiologiya fanidan oquv uslubiy majmua


Poliomielit, koksaki va YeSNO viruslari qo’zg’atgan kassalliklarning virusologik va 
serologik diognostikasi. 
Enteroviruslar.  Picornaviridae oilasi, Enterovirus avlodi. Bularga hozirgi kunda quyidagi 
viruslar kiradi: poliomielit virusi (1-3 tipi); Koksaki viruslar gruppasi –Koksaki A viruslari (24 
serovar), Koksaki V viruslari (6 serovar); YeSNO viruslari (34 serovar) va 5 ta klassifikasiya 
qilinmagan odam (68-72) enteroviruslari. 
Enteroviruslarning asosiy xususiyatlari: o’lchami 22-  30 nm; genomi-  bir ipli (+) 
fragmentlanmagan RNK; superkapsidi yo’q; simetriya tipi-kubsimon 60 kapsomeri bor; tarkibida 
yog’lar yo’q; efirga, o’t sapro, kislata va ishqorlarga va (3-10 rN diapazonda) tashqiy muhitga 
chidamli; maxsus hujayra kulturasida o’sadi. 
Metodik ko’rsatmalar 
Tekshirish uchun material: najas, tamoq chayindisi, likvor. Enteroviruslar kasallikning 
daslabki kunlarida (3-kun) qo’zg’atuvchi halqum burindagi ajralmalarda uchraydi va 10 kunidan 
boshlab  najas orqali ajraladi. 
Virusologik tekshiruv. Patologik material hujayra kulturasiga  yuqtirishdan oldin, ularning 
tarkibidagi boshqa mikroorganizimlarni yo’qotish uchun antibiotiklar bilan (pensillin, 
streptomisinning Xenks eritmasidagi aralashmasi 1000 TB ml) 4º S da bir sutka davomida 
saqlanadi. So’ngra kontrol sifatida ularni sterilligi tekshiriladi. Agar najas suspenziyasida 
bakteriyalar bo’lmasa, u hujayra kulturasiga yuqtiriladi. Agar bakteriyalar materialda saqlanib 
qolingan bo’lsa u yana antibiotiklar bilan qayta ishlanib kiyin yuqtiriladi. Patologik material bir 
vaqtni o’zida 2-3 ta probirkadagi birlamchi hujayra kulturasiga (odam embrionining yoki maymun 
buyragi hujayrasi) va undiriluvchi hujayra (HeLA qatori, odam amnioni va boshqa) kulturalariga 
yuqtiriladi, chunki enteroviruslarning bir turi birlamchi, boshqalari undiriruvchi hujayralarda 
yaxshi ko’payyadi. Material yuqtirilgan hujayra kulturalari  
DNK saqlovchi viruslar tabiatda keng tarqalgan bo’lib, bularga 7 ta oila (Herpesviridae, 
Poxviridae, Adenoviridae, Papavaviridae, Parvoviridae, Hepadnaviridae, Circinoviridae) 
kiritilgan. 
 DNK saqlovchi viruslarning asosiy xususiyatlaridan biri ular ho’jayin hujayralarini 
genomiga integrasiya bo’lib olishi mumkin va sekin rivojlanuvchi (persistiruyuщix) infeksiyalarni 
keltirib chiqaradi.  
Poksviruslardan tashqari hamma vakillarining replikasiyasi hujayraning yadrosida kechadi. 

186 
 
Gerpesviruslar oilasiga kenja (Alphaherpesviruses, Betahherpesviruses va Gammaherpesviruses) 
oilalar kiradi.  Gerpesviruslarning asosi kasallik keltirib chiqaruvchi tiplari   jadvalda keltirilgan. 
Gerpesviruslar murakkab tuzilishga ega bo’lib ikki ipli ancha katta DNK molekulasidan 
iborat bo’lib 18% qisqa va 82% uzun komponentlar tutadi. Boshqa kiyingan viruslardan farqlanib 
gerpesviruslarning superkapsidi hujayra yadrosi fragmentlaridan tarkib topgandir, chunki yangi 
hosil bo’layotgan virus bo’lakchalari yadro membranasidan ajralib chiqadi. Superkapsid va kapsid 
oralig’ida ipsimon qobig’ bo’lib virus kapsidini superkapsitdan ajratib turadi. Kapsidi 162 
kapsomerdan tashkil topgan bo’lib shakli ikosaedr ko’rinishida (rasm 91). O’lchami 150-200 nm. 
Gerpesviruslar tashqiy muhit omillariga va organik erituvchilarga o’ta chidamsiz. 
Gerpesviruslar tovuq embrioni xorionallantois qobig’ida yaxshi ko’payib nekrotik 
yallig’lanish o’chog’ini hosil qiladi. Bundan tashqari odam embrioni o’pka, buyrak to’qimalaridan 
tayyorlangan hujayra kulturalarida ham yaxshi ko’payadi. Virusning XPT natijasida hujayra 
ichida kiritmalar va ko’p yadroli simplast hujayralari hosil bo’ladi. 
Alfagerpesviruslar  yuqori sitopatik aktivlikga ega bo’lib, ko’plab ho’jayin organizimlar 
uchun patogen hisoblanadi. Odam uchun patogen turlari Simplexvirus (gerpes viruslarni 1 va 2 
tipi va V gerpes virus) va Varicellovirus (gerpes viruslarni 3 tipi) avlodiga kiritilgan. 
Betagerpesviruslar  kuchsizroq sitopatik xususiyatga ega bo’lib, kamroq ho’jayin 
organizmlarga patogen hisoblanadi. Odam uchun patogen tiplari Cytomegalovirus (gerpes 
viruslarni 5 tipi) va Roseolovirus (gerpes viruslarni 6A, 6V, 7, 8 tiplari) avlodiga kiritilgan. 
Gammagerpesviruslar  ham kamroq ho’jayin organizmlarga patogen hisoblanadi, ularning 
boshqa gerpesviruslardan farqi limfoid hujayralarda ko’payyadi. Odam uchun patogen tiplari 
Lymphocryptovirus  
(gerpes viruslarni 5 tipi) avlodiga kiritilgan. Epstayn-Bar virus ham deb yuritiladi. 
Poksviruslar  oilasiga (pox-  chechak ing. so’z) bo’g’imoyoqli, parandalar va 
sutemizuvchilar uchun patogen  viruslar kiritilgan. Poksviruslar shakli g’ishtsimon bo’lib o’lchami 
250-390 nm teng bo’lib, bakteriyalar  strukturasini eslatadi.Virion mag’iz qismidan, uni o’rab 
turgan 5 nm qalinligdagi yupqa membra va bir tekisda joylashgan silindrik strukturadan iborat. 
Tashqiy tamondan esa (oqsil tana) oval strukturali o’rab turovchi qobiqdan iborat Poksviruslarni 
reproduksiyasi faqat sitoplazmada kechadi.Odam uchun 4 avlod vakillari patogen hisoblanadi, 
bularga kiradi: 
Orhtopoxvirus avlodi- odam chin chechagi va sigir chechagi (ospavaksina) viruslari. 
Parapoxvirus avlodi –  “sutsog’uchilar tuguncha” virusi (virus “uzelkov doyarok”), katta 
shohdor hayvonlarning psevdochechak virusi. 
Molluscipoxvirus avlodi – mollyuskalar kontagioz virusi. 
Yatapoxvirus avlodi – Tana va Yaba chechak virusi (maymun chechagi virusi). 
Chin chechak kasalligi o’ta hafli yuqumli kasalliklar guruhiga kiradi. 
Chin chechak virusi tovuq embrionida yaxshi ko’payib 48-72 soatdan so’ng xorion-allantoist 
qobig’ida mayda oqimtir va sog’lom qobig’dan yaqol ajralib turuvchi jarohatlar hosil qiladi. 
Bundan tashqari virus birlamchi odam, maymun, qo’y va boshqa hayvonlar undiriluvi hujayra 
kulturalarida  yaxshi ko’payadi. Virusning XPT natijasida hujayra yumoloqlashadi va kattalashadi, 
kiynchalik kultura shisha yuzasidan ajraladi.  
Vaksina qo’llanilguncha ba’zi yillarda chin chechak kasalligi bir yilda 1,5 mln kishilarning 
o’limiga sabab bo’lgan. 1974 yilda Xindistonda 31262 kasallik registrasiya qilingan. Oxirgi 
marotiba kasallik  1977 yilda Samalida topilgan va bir necha yildan kiyin 1980 yillarda Butun 
dunyo sog’liqni saqlash tashkiloti (VOZ) yer yuzida chin chechak kasalligi tugatilganligini e’lon 
qildi. Hozirgi kungacha chin chechak kasalligi registrasi qilingani yo’q. 
Papovaviruslar  oilasiga turli ko’rinishdagi popiloma (suyal) va poliom kasalliklarini 
sutemizuvchilar va odamlarda keltirib chiqaruvchi viruslar Papillomavirus va Polymavirus 
avlodlariga kiritilgan. Bu oila vakillarini strukturasidagi xarakterli xususiyat, ularning kapsidini 
yalong’och bo’lishi (superkapsidi yo’q) xisoblanadi. Viruslar o’lchami 45 nm bo’lib ikosaedral 
simmetriyaga ega bo’lib, tarkibida bir ipli halhasimon DNK va oqsil gistonlar tutadi.  
Papovaviruslarning yana bir xarakterli xususiyati ularda globulyar nuklosomalardan tarkib 
topgan mini (kichik) xromosomalarni uchrashidir. Bular hujayra xromosomasini eslatadi. Bu oila 
vakilari odam, dengiz cho’chqachasi va tovuq eritrositlarini agglyutinasiyaga uchratish 

187 
 
xususiyatiga ega xisoblanadi. Odamlarda kasallikning produktiv, abortiv va integrativ formalari 
uchraydi. Papovaviruslar ho’jayin hujayralari DNK  ni transkripsiyaga uchratishi va onkogen 
xususiyatni ham namoish qilishi mumkin. Papovaviruslarni diognostikasida birdan –  bir yo’l 
virusni jarohatda popilomada (suyalda) topishga asoslangan. Bunda virus kerotinlashgan hujayra 
qatlamida to’liq virion ko’rinishida uchraydi. Hozirgacha virusni o’stirib olish yo’lga 
qo’yilmagan. Serologik usullar ham diognostikasida qo’llanilmaydi. Ohirgi yillarda o’tkir qirrali 
kandilomaning diognostikasida DNK gibridizasiya usuli qo’llanilmoqda. 
Adenoviruslar  oilasi (AD-adenoid  -  de. Bu oilaga ikkita avlod viruslari (birinchi avlodga 
sutemizuvchilarda kasallik keltirib chiqaruvchi Vastadenovirus -80 turlari mavjud va ikkinchi 
avlodga parandalarda kasallik keltirib chiqaruvchi  Aviadenovirus 14 turi mavjud) kiritilgan. 
Adenoviruslar ham yalong’och kapsidli viruslar turkimiga kiradi (rasm -88). Virionni 
o’rtacha o’lchami 60-90 nm bo’lib, kapsidi 252 kapsomer tutadi ko’p qirrali ikosaedral 
simmetriyaga ega, tarkibida 240 gekson va 12 ta vertikal pentondan va unga birikkan nozik 
ipchalardan tarkib topgan. Genomi ikki ipli chiziqli DNK dan iborat bo’lib, oqsillar bilan birikib 
virusni zichlashgan mag’izini tashkil qiladi. Virus geksonlari viruslarning tipmaxsuslik antigen 
rolini bajaradi, bundan tashqari virusdan ajralganda toksik efektni keltirib chiqaradi. Penton 
virusni kam va umumiy oila uchun reaktiv eruvchan AG xisoblanadi. Tozalangan iplari virusni 
asosiy tipga hos maxsus antigeni bo’lib, unga qarshi tipga hos antitelalar hosil bo’ladi. Penton va 
ipchalar viruslarni gemagglyutinasiya xususiyatini keltirib chiqaradi. Virusning antigen xususiyati 
ularning klassifikasiyasiga asos bo’lgan. Hamma adenoviruslar bir tipdagi komplement bog’lovchi 
antigen tutadi va ularni KBR orqali aniqlash imkonini beradi. Turlarni aniqlashda (oldin serovarlar 
diyilgan) NR qo’llaniladi. 
Metodik ko’rsatma 
Gerpesviruslarni laboratoriya diognostikasi. Ko’pchilik hollarda kasallikni xarakterli 
ko’rinishi diognostikani yengillashtiradi. Lekin, kasallikni yashirin, sust o’tovchi formalarida 
ayniqsa genital gerpeslarda diognoz qo’yish qiyinlashuvi mumkin.  
Virusoskapik usul.  Kasallikning ko’pchilik formalarida eng oddiy va yengil virusoskapik 
usul xisoblanadi.  Uchuqdan va jarohatlangan joydan bosma, qirma surtma olinib bo’yab 
ko’rilganda gigant ko’p yadroli kritmali hujayralarni (Sanka-probasi) topilishi gerpesviruslar 
borligidan darak beradi. Gerpetik ensefalitga shubxa qilinganda miya bioptatlaridan monoklonal 
antitela yordamida bilvosita immunoflyuoressensiya usulida virusni topish mumkin. 
Virusologik usul. Ko’proq xomilador ayollarda genital gerpes borligiga shubha qilinganda 
va birlamchi virus yuqqanda qo’llaniladi. Har ikkala virus (OGV1 va OGV2) ham hujayra 
kulturalarida yaxshi ko’payyadi, asosan ko’proq xorionallantois hujayralari qo’laniladi. Xarakterli 
XPT hujayra yadrosida kiritmalar (maxsus antigeni) va ko’p yadroli gigant hujayralar hosil 
bo’ladi. 
Biologik usul. Laboratoriya sharoitida vezikulalardan  olingan suyuqliklar quyon, dengiz 
cho’chqachasi, kalamush ko’z pardasiga yuqtirilsa ko’zning mugiz pardasini shikaslaydi va 
keratit, miyasiga yuqtirilsa  ensefalit keltirib chiqaradi. Lekin, virusni organizimdan topilishi 
kasallini aniqlash kriteriyasi xisoblanmaydi, chunki sog’lom odamlarning 80-90% viruslar 
uchraydi. Tabiiy sharoitda va laboratoriya hayvonlari suv chechak viruslari bilan og’rimaydi. 
Serologik diognoz qo’yishda KBR va neytralizasiya reaksiyalari qo’llaniladi. 
Immunoferment usulida OITV antitelasini  kasal qon zardobi tarkibida aniqlash. 
 Usulni qo’yishda mahsus avtomatik mikropipetka dozatorlardan foydalaniladi. IFA 
immunosorbent polisterol 96 chuqurchali planshetkalarda yoki striplarda   qo’yiladi. Test sistema 
tarkibidagi ingredentlar uslubiy qo’llanmaga asosan suyultiriladi. 
Ish tartibi. 
1. Immunsorbent chuqurchalarga OITV 1-kon’yugatidan ishchi dozasida 0,25 mkl 
tomiziladi. So’ngra planshetka chuqurchasiga 0,75 mkl nazorat na’munasidan ( K+, K-  ) 
qo’shiladi. Nazorat na’munalarini ishlatish qo’llanilayotgan striplarni soniga bog’liq bo’lganligi 
uchun quyidagi sxemani qo’llash mumkin: 
1 stripda -1 chuqurcha K+, 2 chuqurcha K-; 
2 stripda  - 2 chuqurcha K+, 2 chuqurcha K-; 
3 va undan ortiq -2 chuqurcha K+. 3 chuqurcha K-. 

188 
 
Masalan, Agar IFA 2  ta stripda qo’yilayotgan bo’lsa, stripni A-1 va A-2 chuqurchalariga 
mikrodozator yordamida 0,75 mkl K+, va 2 ta chuqurchaga V-1 va V-2 ga esa 0,75 mkl K- 
nazorat na’munalaridan tomiziladi. 
Qolgan chuqurchalarga 0,75 mkl tekshirilayotgan qon zardob na’munasidan tomiziladi. 
Chuqurchadagi ingridentlar yaxshilab aralashtiriladi (planshetkani qirrasini sekin –  sekin urish 
bilan). Planshet qopqog’i berkitilib 37º S 60 minut saqlanadi. 
2. Planshetdagi ingridenlar vosher (planshetni yuvish moslamasi) yordamida olinib 
dezinfeksiyalovchi suyuqlik bor idishga to’kiladi, planshet 4 marotiba yuvuvchi  ishchi rastvor 
bilan yuviladi. Har bir yuvishda 40 sekund rostvor ushlab turiladi va dezinfeksiyalovchi suyuqlik 
bor idishga to’kiladi. 
3. Hamma strip chuqurchalariga 100 mkl ko’yugat-2 ni ishchi dozasida mikropipetka 
yordamida tomiziladi.  Planshet qopqog’i berkitilib 37º S 30 min saqlanadi. 
4. Planshetdagi ingridenlar vosher (planshetni yuvish moslamasi) yordamida olinib 
dezinfeksiyalovchi suyuqlik bor idishga to’kiladi, planshet 4 marotiba yuvuvchi  ishchi rastvorda 
yuviladi (2 p. o’xshash). 
5. Hamma strip chuqurchalariga 100 mkl SS ( substrat aralashmasi, bufer rastvori) 
tomiziladi. Planshet qopqog’i berkitilib qorong’i joyda 20 - 24º S 25-30 min saqlanadi. 
6. Planshetdagi reaksiyani to’xtatish uchun hamma chuqurchalarga 100 mkl dan stop – 
reagent qo’shiladi va 1- 2 min kiyin natija aniqlanadi. 
Reaksiya natijasini aniqlash.  Reaksiya natijalari to’lqin uzunligi 450 nm bo’lgan 
spektrofotometda va 620-680 nm referens-yorug’lik filtrda aniqlash mumkin. Reaksiyani ro’y 
berganligi aytish mumkin, qachonki K+ chuqurchadagi aniqlangan optik zichlik (OZ) 1,0 dan kam 
bo’lmasa va K-  na’munali chuqurchadagi OZ o’rtacha ko’rsatkichi 0, 15 oshmasa. Masalan 
tekshirilayotgan na’munani natijasi bitta 450 nm to’lqin uzinligida aniqlansa, bu holda reaksiya 
musbat deb xisoblash mumkin qachonki K+ chuqurchadagi aniqlangan optik zichlik (OZ) 1,0 dan 
kam bo’lmasa va K-  na’munali chuqurchadagi OZ o’rtacha ko’rsatkichi 0, 2 oshmasa (K- 
na’munani OZ ning o’rtacha ko’rsatkichi 0,2 teng). 
OP krit.=OPK-(o’r.)+0,2 
Vizual boholashda substrat aralashma bilan inkubasiyalanish vaqtida  
chuqurchadagi eritmaning bo’yalishi kuzatiladi. Bo’yalishning intensivlik  darajasi bog’langan 
belgili antitelalar miqdorigaga to’g’ri proporsional.  
Shuni aytib o’tish zarurki immunoferment va immunobloting usullari o’zining o’ta 
sezgirligi va mahsuligi bilan ajralib turadi va ularning natijasi 4-6 soatda aniqlanishi mumkin 
(Immunobloting reaksiyasining qo’yish prinsiplari 17 mashg’ulotda keltirilgan). Shu bilan bir 
qatorda virus AT larini aniqlash OITS infeksiyali chaqaloqlarda umuman ijobiy natija bermaydi, 
chunki kasal onadan yo’ldosh orqali o’tgan IgG chaqaloq qon zardobida 1 yilgacha saqlanishi 
mumkin. Shuning uchun chaqaloqlarning OITS virusi bilan zaralanganini faqat alternativ 
usullarda aniqlanadi, ya’niy virusni ajratib olish in vitro yoki  virus genomi materialini PZR 
yordamida aniqlashga asoslangan. Bu usullarda 1 haftalik OITS virusi bilan zaralangan 
chaqaloqlarda 35-55% natija musbat bo’lsa, 3 -6 oyliklarda 90-100% bo’ladi. 
OITS kasalligida yuqorida keltirilgan asosiy usullardan tashqari immun tizimga ham baho 
beriladi. OITS kasalligida periferik qondagi T-xelper hujayralarni nisbiy va absolyut miqdorlari 
normadan ishonarli kamayib ketadi va limfositlarning funksional xususiyatlarida ham chuqur 
o’zgarishlar kuzatiladi. 
OITS kasalligida qo’llanadigan davolash preparatlari. Hozirgi kungacha OITV ga qarshi 
etiotrop davolash va profelaktik vaksinalar ishlab chiqilmagan. Hozirgi kunda qo’llanilayotgan 
preparatlar bemorning umrini cho’zishga qaratilgan bularga kiradi: 
a) Zidovulin, azidotimidin, zalsitabin, didanozin, stavudin-  OQTF funksiyasini 
suslashtiradi. 
KEYSLAR BANKI 
 1-Keys. 
 Mikrobiologiya laboratoriyasining tuzilishi va uning jixozlanishi. Laboratoriyada ishlash qoidasi. 
Surtma tayyorlash texnikasi. Oddiy bo’yash usullari. 

189 
 
Keysni bajarish bo‘yicha topshiriqlar: 
1.Bakteriologik laboratoriyaga olib kelingan biologik ashyodan surtma tayyorlab, Gram 
usulida bo‘yash kerak. Buning uchun vrach-bakteriolokka qaysi laboratoriya jihozlari va 
qanday bo‘yoqlar kerak bo‘ladi? 
2.Bemordan olingan biologik ashyodan bakteriologik surtma tayyorlandi. Uni Ojeshko usulida 
bo‘yash uchun qaysi bo‘yoklardan foydalaniladi? 
 
 
2-Keys. 
Mikroorganizmlar morfologiyasi, strukturasi, bakteriyalarning kimyoviy 
tarkibi.Murakkab bo’yash usullari va axamiyati. 
Keysni bajarish bo‘yicha topshiriqlar: 
1.Yiringdan tayyorlangan surtmada kokklar aniqlandi. Ularning qaysi avlodga mansubligini 
aniqlash uchun qo‘shimcha nimalarni bilish zarur? 
2.Bakteriologik laboratoriyaga epidemik meningit deb shubhalanilgan bemordan orqa  miya 
suyuqligi olib kelindi. Surtmada qaysi mikroorganizmlar aniqlanishi mumkin. Gram bo‘yicha 
ular qanday bo‘yaladilar? 
3.Najasdan tayyorlangan surtmada grammanfiy tayoqchalar aniqlandi. 
Ularning 
harakatchanligini aniqlash uchun qaysi usullardan foydalaniladi? 
 
3-Keys.  Mikroorganizmlar fiziologiyasi: ozik muxitlari, ularning klassifikasiyasi.nafas olishi, 
o’sishi va  ko’payishi. Aerob va anaerob bakteriyalarni sof kulturasi. 
Sterilizasiya, dezinfeksiya, aseptika va antiseptika.Antibiotiklar, ularning klassifikasiyasi. 
Mikroorganizmlarning antibiotiklarga sezgirligini aniklash usullari. 
Keysni bajarish bo‘yicha topshiriqlar:  
1.Mikroorganizmlarning sof kulturasini ajratib olishda sun’iy oziq muhitlaridan foydalaniladi, 
lekin ular ma’lum talablarga javob berishi shart. Bular qanday talablar va buni nima uchun bilish 
kerak? 
2.Bemordan olingan  biologik  ashyodan ichak tayoqchasi ajratib olindi. Sof kultura olish va 
ichak mikroflorasining boshqa vakillaridan uni farqlash uchun qaysi oziq  muhit ishlatiladi. 
Farqlash qanday amalga oshiriladi? 
3.Anaerob infeksiya bor deb shubhalanilgan bemordan ashyo sifatida jarohat ekssudati olindi. 
Qo‘zg‘atuvchi  sof kulturasini ajratib olish uchun anaerob sharoit yaratish usullarini aytib 
bering. 
4.Jarroh  o‘zining ishi jarayonida steril bog‘lov materillarini ishlatadi. “Steril”  terminining 
ma’nosi nima? Bog‘lov materiallari qanday sterillanadi? 
5.Talabalar oshxonasida talabalarga pasterizatsiyalangan sut sotishdi. “Pasterizatsiyalangan” 
deganda nimani tushunasiz va u qanday o‘tkaziladi? 
6.  Bakteriolog-shifokor tif-paratiflar kasalligiga shubha qilingan bemordan olingan qonni 
elektiv Rapoport oziq muhitiga ekdi. “Elektiv oziq muhit”, deganda nima tushuniladi va nima 
uchun qon Rapoport muhitiga ekildi? 
 
4-Keys. Umumiy virusologiya: tuzilishi, klassifikasiyasi, reproduksiyasi. Bakterofaglar 
Keysni bajarish bo‘yicha topshiriqlar: 
1.Laboratoriyada vabo vibrionining sof kulturasi ajratib olindi. Xuddi shunday shtammlar kanal 
suvida ham borligini qaysi usul yordamida isbotlash mumkin? 
2.Burun-halqum surtmasidan gripp virusi ajratib olinishi kerak. Bu qanday amalga oshiriladi? 
3.Poliomielitga shubhalanilgan bemor shifoxonaga yotkizildi. Undan qanday biologik ashyo olinadi? 
Nima uchun? 
4.Laboratoriyaga poliomielitga shubhalanilgan bemordan biologik ashyo olib kelindi. Virus ajratib 
olish uchun qaysi biologik ob’ektlar kerak? 
5.Laboratoriyada sitopatogen ta’sirga ega bo‘lgan virus kulturasi ajratib olindi. Ajratib olingan virus 
qaysi usulda identifikatsiya qilinadi? 
6.Qon topshirish bo‘limida qon zardobida NvsAg borligi nazorat qilinadi. Nima uchun va bu qaysi 
usullar yordamida amalga oshiriladi? 
8.Toshkent shahridagi Virusologiya intstitutiga virusli gepatitga shubhalanilgan bemor qon zardobi 

190 
 
olib kelindi. Kasallikka tashhis qo‘yish va uni farqlash uchun qaysi usullar qo‘llaniladi? 
5-Keys.  Dorivor o’simliklar xom ashyosining mikroflorasi. O’simliklarda kasallik qo’zg’atuvchi 
mikroorganizmlar. Tayyor dorilarning mikroflorasi  va aniqlash usullari. 
Keysni bajarish bo‘yicha topshiriqlar: 
1.Davolanish uchun olingan moychechakni  damlamasi olinib, ichish uchun tavsiya 
qilinganda,bemorda ichak faoliyati buzilishi kuzatilgan,sababini aytib bering? 
2.Tayyorlangan ekstrakt bemorga berilganda MNS da o‘zgarishlar va alaxlash yuzaga kelgan. 
Ekstraktni tarkibida qanday mikroorganizmlar bor?    
6-Keys. Infeksiya xaqida tushuncha. Virulent va patogen mikroorganizmlar.Infeksion kasalliklarni 
klassifikasiyasi va laboratoriya  diagnostika usullari 
Keysni bajarish bo‘yicha topshiriqlar: 
1.YUqumli kasalliklar shifoxonasiga dizenteriya deb shubhalanilgan bemordan tekshiriluvchi 
biologik ashyo olib laboratoriyaga jo‘natildi. Bakteriologik laboratoriyada vrach  bakteriolog 
dizenteriya tashhisini tasdiqlash uchun nimalarga e’tibor berishi kerak? 
2.Bemorlardan olingan biologik ashyo oziq muhitlarga ekib, tekshirilganda dizenteriya 
qo‘zg‘atuvchilariga xos koloniyalar o‘sdi. Vrach bakteriolog ajratib olingan koloniyalarni qanday 
identifikatsiya qiladi? 
3.Qorin tifi bilan og‘rib o‘tgan shaxslarni bakteriya tashuvchanlikka tekshirish natijasida 
qo‘zg‘atuvchi topilmadi. Tekshirilgan shaxslar bakteriya tashuvchi emasligini tasdiqlasak bo‘ladimi? 
YAkuniy xulosa berish uchun qanday biologik ashyo qo‘shimcha tekshirilishi lozim? 
4.Statsionarga ikki opa-singil mushaklarning kuchsizlanishi, narsalarning ko‘zga ikki bo‘lib 
ko‘rinishi, ovoz bo‘g‘ilishi, yutishning qiyinlashuvi, nafas olishning buzilishi belgilari bilan tushdi. 
Ushbu simptomlar boshlanishidan bir necha soat oldin ular uyda tayyorlangan konservalangan 
zamburug‘ iste’mol qilishgan. SHifokor dastlabki tashhis qo‘yib, bemordan biologik ashyo olib, 
laboratoriyaga jo‘natdi. Laboratoriyada tashhis qo‘yish uchun qaysi mikrobiologik usul, qanday olib 
boriladi? 
 
7-Keys. Immunitet, immunitet turlar. Organizmning immun xolatiga baxo berish usullari  
Keysni bajarish bo‘yicha topshiriqlar: 
1.SHifokor bemorda birlamchi immunologik tekshirish o‘tkazmoqda.  Buning uchun u 
qaysi immunologik testlardan foydalanishi kerak? 
2.SHifokor bemorda qorin tifi borligiga shubhalanmoqda. Bunda serologik tashhis qaysi 
usullar bilan va kasallikning qaysi haftasida qo‘yiladi? Nima uchun? 
3.Bilvosita gemaglyutinatsiya reaksiyasi  qo‘yilganda quyidagi natijalar olindi: 1:2 dan 
1:256 gacha bo‘lgan suyultirilmalarda planshet chuqurchalari tubida eritrotsitlar 
“soyabon” holida, 1:512 va 1:1024 suyultirmalarida esa “tugmacha” holida cho‘kmaga 
tushdi. Ishlatilgan zardobning antitelolar titri qanday? 
4.Komplementni bog‘lash reaksiyasi qo‘yilganda bir probirkada eritrotsitlarning to‘liq 
gemolizi kuzatilsa, ikkinchisida gemoliz bo‘lmadi. SHu probirkalardan qaysi biri nazorat 
uchun, qaysisiga antigen aralashtirilgan? 
Yüklə 3,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin