O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi



Yüklə 3,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/39
tarix19.02.2020
ölçüsü3,12 Mb.
#30485
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39
mikrobiologiya fanidan oquv uslubiy majmua


Gepatit D virusi 
virus qo’zg‘atuvchisi M. Rizet va boshqalar tomonidan 1977-yilda topilgan. Virus gepatit bilan 
kasallangan bemorning jigar to’qimasida va gepatotsit hujayrasining yadrosida IFA usulida ajratib 
olingan. 
         Morfologiyasi.  
         Virus spetsifik shaklga ega. Hajmi 35-37 nm. U tashqi NVs antigeni (Ag) dan tashkil topgan 
qobiq bilan o’ralgan bo’lib,  o’zagida RNK molekulasini va ichki oqsilni tutadi. Oqsil virusining 
yagona virus spetsifik genomi mahsuli hisoblanadi. Genom 1-ipli RNK molekulasidan iborat. 
Virus gepatotsit hujayralarida mustaqil ravishda ko’paya olmaydi. SHuning uchun ham u doimo 
gepatit V virusi bilan birgalikda uchraydi. CHunki, V virusi “yordamchi” sifatida ishtirok etishi 
kerak. SHuning uchun ham D virusi gepatit V bilanog‘rigan bemorning qonida shakllanadi. 
Hozirgi vaqtda gepatit D virusining 3 ta tipi borligi aniqlangan: I, II va III. 
         Kasallikning patogenezi. 
         Kasallik manbai asosan D virusi bilan kasallangan odam va virus tashib yuruvchilar. YUqish 
yo’li gepatit V ga o’xshash. Kasallikning inkubatsion davri o’rtacha 3-4 xafta.kasallik xolsizlik, 
ko’ngil aynishi, qayt qilish, qorinda og‘riq paydo bo’lishi, tana haroratining 39-40
0
 ga ko’tarilishi 
bilan boshlanadi. 2-3 kundan so’ng siydikning rangi to’q rangga aylanadi. Najas rangsizlanadi. 
Jigar va taloq kattalashadi. Kasallik og‘ir o’tadi. Ko’pincha o’lim bilan tugaydi. 
         Laboratoriya diagnostikasi. 
         Serologik usul bilan qonni gepatit B va D markerlari topildi –  NVs  Ar  va  Hbc JgM, ND 
JgM, antidelta JgM. 
         Profilaktikasi. 
         Maxsus profilaktika sifatida gepatit D ga qarshi emlanadi.     
 

90 
 
Gepatit S virusi. 
      virus 1989 yilda aqsh da sood va yaponiyada arimo va hamkasblari tomonidan kasalning 
qon zardobidan ajratib olindi. virus o’z xususiyatlariga ko’ra flaviviriadea oilasiga mansub 
virusning hajmi 30-80 nm. qobiqqa ega. genomi bir ipli musbat rnkdan iborat. kasallik 
o’tkir gepatitlar orasidan 48,3% ni tashkil qiladi. kasallik parenteral yo’l bilan jinsiy aloqa, 
yo’ldosh  orqali yuqadi. kasallikning kechishi va klinik belgilari gepatit v ga o’xshash, 
ko’pincha surunkali holda kechadi va 20% bemorlarda jigar serozi rivojlanadi. virus 
jigarda birlamchi rak paydo bo’lishi da ham asosiy rol o’ynaydi. 
         Laboratoriya diagnostikasi. 
         Serologik usulda kasalning qon zardobida virusga qarshi antitelolarni IFA va RIA usullarida 
aniqlash muhim ahamiyatga ega. Bioximik analizlardan ham foydalaniladi. PSR yordamida ham 
5-6 soat ichida tashhis qo’yish mumkin. Davolashda interferon ishlatiladi va klinikasiga qarab 
muolajalar qo’llaniladi. Maxsus davosi profilaktikasi hozircha yo’q. 
 
Gepatit E virusi. 
         Bu virusni bemorning najasidan elektron mikroskop yordamida topish mumkin. virus 32-34 
nm hajmga ega. genomi 1 ipli musbat rnk dan iborat. virus ko’pgina xususiyatlari bilan gepatit a 
virusiga va kolsi viruslariga o’xshaydi. lekin ularning oilasiga kirmaydi. 
         Kasallikning patogenezi. 
         Kasallikning asosiy manbai kasal odam. Kasallik suv orqali tarqaladi. Kasallik fekal-aral 
yo’l bilan yuqadi. Ko’pincha 15-30 yoshdagi odamlar kasallanadi. Kasallik homilador ayollarda 
og‘ir kechadi.kasallik gepatit A singari epidemiya holida tarqalib har 7-8 yilda qaytalanib turadi. 
Markaziy Osiyo davlatlarida kasallik ko’proq  uchraydi.kasalikning inkubatsion davri 14 kun, 
kasallikning klinik belgilari gepatit A ga o’xshash, lekin bunda asta-sekin rivojlanadi. Homilador 
ayollar ichida ushbu kasallikdagi o’lim 10-14% ni tashkil qiladi. Kasallikning og‘ir kechishi 
homilaga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Natijada har ikki homiladan 1 tasida bola o’lik tug‘iladi.  
         Immuniteti.  
         Kasallikdan so’ng kuchli bir umrlik immunitet qoladi. 
         Laboratoriya diagnostikasi.   
         Kasalni qon zardobidan gepatit E virusiga qarshi antitelolar topish asosiy usul bo’lib 
hisoblanadi. Kasallikning boshlang‘ich davrida bemorning natijasidan elektron mikroskop 
yordamida HEV ni topish mumkin.  
         Profilaktikasi.  
         Maxsus profilaktikasi yo’q. Umumiy profilaktikasi gepatit A ga o’xshash. 
OITS  –  odam immuntanqislik sindromidir. Ortirilgan immunitet tankisligi sindromi 
limfotron viruslar qo’zgatadigan va organizmda immunitet etishmay kolishi, shuning okibatida xar 
xil kasalliklar paydo bulishi, xatarli o’smalar rivojlanishi bilan ta’riflanadigan xavfli yuqumli 
kasallikdir. 
Oxirgi yillar davomida OITS butun er yuzida, deyarli barcha mamlakatlarda xammaning 
diqqatini jalb qilmokda. OITS yil sayin tarqalib, ko’payib bormokda. Undan ko’plab odamlar 
xalok bo’lmokda. Uni shuning uchun xam «XX asr o’lati» deb atalishi bejiz emas. Rasmiy 
ma’lumotlarga (1992 yil) ko’ra er yuzida OITS 10-12 million kishiga yuqqanligi qayd qilingan 
bo’lsa, 1998 yilga kelib, bu kasallik virusini yuqtirib yashayotgan soni 30 milliondan oshganligi 
aniqlangan. Ularning uchdan biri yoshlardir. Xar yili Afrika kit’asida 1,7 million, Osiyo va Tinch 
Okean xavzasida 700 ming yoshlar OITS kasalligining kuzgatuvchisini yuktirib olmokda. Oxirgi 
yillarda OITS ni qo’zg‘atuvchi virusning yangi xili borligi ma’lum bo’ldi.  OITS ning yashirin 
davri juda davomlidir. Virus bilan zararlangan  paytdan boshlab, kasallikning dastlabki belgilari 
boshlanguncha bir necha yil o’tib, shu vaqt ichida esa zararlangan shaxslar o’zlarini sog‘lom deb 
xisoblab, virusni boshka odamlarga xam yuqtirishi mumkin.
16
 
Foydalanilgan adabiyotlar 
 
                                                            
16
 
Microbiology : an introduction / Gerard J. Tortora, Berdell R. Funke, Christine L. Case. — Twelfth edition, 2016
 
 

91 
 
1. Muhamedov E.M., Eshboev E.X. Mikrobiologiya, immunologiya, virusologiya. T.,. 
Bakulina N.A., Kraeva E.L. Mikrobiologiya. T., “Meditsina”    nashriyoti. 1979. 
2. Vorobyov A.A., Bo`kov A.S. «Mikrobiologiya». M., izd-vo «Vo`sshaya shkola». 2003. 
3. Pyatkin N.D., Krivoshein Yu.S. Mikrobiologiya va immunologiya. M., izd-vo «Meditsina» 
1980. 
4. Sinyushina M.N., Samsonova M.N. Rukovodstvo k laboratorno`m zanyatiyam po 
mikrobiologii. M., 1981. 
5. Timakov V.D., Livashev V.S., Borisov L.B. Mikrobiologiya. M., 1983. 
6. Kochemasova Z.N., Efremova S.A., Nabokov Yu.S. Mikrobiologiya. M., izd-vo 
«Meditsina». 1984. 
Churbanova I.N. Mikrobiologiya. M., idz-vo «Vo`sshaya shkola». 1987 
 
 
 
18.OITS, Entero-, neyroviruslar ( poliomielit) 
 
Tayanch iboralar:  Retroviruslar. odam T-leykemiya virusi». Gomoseksualistlar. 
 
Tarixiy ma’lumotlar: 1981 yili AKSH da 5 ta yosh yigit zotiljam bilan kasallanganligi va 
tegishli antibiotiklar bilan davolashga qaramasdan xech tuzalmagani shifokorlar diqqatini jalb 
qildi. Tekshirishlar natijasida bemorlarning barchasi gomoseksualist ekanligi, ularda zotiljamni 
qo’zg‘atganligi va ularning xammasida immunitet so’nganligi, ya’ni etishmaydigan bo’lib qolgani 
aniqlangan. Ko’p  o’tmay shunga o’xshash belgilar bemorlarning yana  26 tasida ma’lum bulgan. 
Ularning bir kismida zotiljamdan tashkari Kaposhi sarkomasi xam aniklangan. Usha paytgacha 
Kaposhi sarkomasi keksarok kishilarda uchrashi ma’lum edi. Saprofit sifatida odamlar 
alveolalarda yashashi xam ma’lum edi. 
1981 yil AKSH olilari M.Gottlib, G.Mazkur va F.Sigallar gomoseksualistlarda uchraydigan 
bu kasallik shu vaktgacha noma’lum bulgan va immunitet tankisligi okibatida paydo buladigan 
kasallik ekani xakida matbuotda axborotberdilar. Kup utmay Amerikalik epidemiologlar bu 
kasallik AKSH da tez-tez uchrab turishi va u gomoseksualistlardan tashkari komanlarda xam 
uchrashi xakida xabar berdilar. 
Terminologiyasi:  OITS termini «orttirilgan immunitet tankisligi sindromi» ma’nosini 
anlatadi (ingliz tilida, rus tilida SPID). Kasallik kuzgatuvchi virus 1983 yilda Parijdagi Paster 
institutining professori L.Montane raxbarligidagi ilmiy tekshirish guruxi tomonidan ochilan va 
(limfoadenopatiyaga boglik virus) deb ataladi. 1984 yilda Merilend (AKSH) shaxrida joylashgan 
onkologiya tekshirish institutidagi R.Gallo boshchilik kilgan ilmiy gurux tomonidan bu virus 
identifikatsiya kilindi. I va II lamchi «odam T-leykemiya virusi» (……….) subguruxlariga 
uxshash bulganiuchun unga III nomi berildi. OITS muammosi buyicha utkazilgan ikkinchi xalkaro 
kongressda ilgari ishlatib kelingan (III) murakkab nomlanishi (uzbek tilida OIV odam- 
immuntankisligi virusi, rus tilida VICH –virus immunodefitsita cheloveka) termini bilan 
almashtirishga karor kilindi. Bu virus retroviruslar oilasiga kiradi. 
Taksonomiyasi: Retroviruslar oilasi terminini fanga 1973 yili V.Parks kiritgan bulib, virus 
tarkibida kaytar transkriptaza (rivertaza fermenti borligi uchun shunday atalgan («retro»- kaytar). 
Bu oila vakillari uchta kichik oilachalari bulingan – (onkovirus), (spumaviruslar), (lentoviruslar).  
Ulardan birinchi sut emizuvchilar, kushlar, sudralib yuruvchilar va boshkalarda xujayra 
tuzilishining uzgarishlariga olib keladi. 
Spumaviruslar xayvonlarda autoimmun xolatlarini keltirib chikaradi. Bunda immun tizim 
xujayralari uz organizmining normal xujayralarini tan olmay kuyadi va ularni emiradi. 
Lentiviruslarga esa kuylarning neyro va pnevmotron viruslari, otlarning yukumli kam konlik 
kasalligi va maymunlarning immuntankislik viruslari kiradi. Kupincha bu viruslar ot, kuy va 
echkilar nerv sistemalarini zararlaydi; kasallik asosan yashirin davrining uzok davom etishi va 
zararlangan xayvonlarning 100% ulim bilan tugaydi. Odam immuntankislik virusi I va II lari xam 
shu oilaga kiradi. Bu infeksiyalar asta sekin rivojlanuvchi infeksiyalar xam deyiladi (lotincha 
«lentus» asta-sekin), chunki yashirin davr davomi bulib kasallik surunkali kechadi. 

92 
 
Tuzilishi: Etuk OIV ning diametri urtacha 100-120 nm ni tashkil etadi. Virus genomi ikkita 
bir ipli bir-biriga uxshash RNK molekulasidan iborat. Unda kuyidagi genlar tafovut kilinadi: 
nukleokapsid oksillarini (r 17, r 24, r 7 / r 9) sintezlovchi; 
kayta transkriptaza oksillarini (r 66 / r 51) va endonukleaani (r 34) sintezlovchi; 
virion kobigi glikoproteidlarini sintezlovchi; 
matritsa RNK sintezi kuchaytirib turuvchi aktivlovchi omilni (r 13) sintezlovchi; 
Bulardan tashkari yana OIV genomi boshka yana uchta genga xam ega: 
xar xil matritsa RNK sintezini kuchaytiradi; 
va 3 – sintez kiluvchi oksillari (r 23 va r 27);  
ular virusning sitopatogen ta’sirini kuchaytiruvchi aktivotarlardir. Virion nukleokapsidi 
molekulalar ogirligi 24 kilodalton (r 24), 18 kilodalton (r 18), 13 kilodalton (r 13) bulgan 3 ta oksil 
tutadi. Ular geni faoliyati maxsulotlari bulib xisoblanadi. Nukleokapsidning asosiy oksili r 24 
retroviruslar oilasining boshka vakillarining oksillari bilan umumiy antigen determinantlariga ega 
emasligi bilan fark kiladi. 
Gening asosiy vazifasi molekulalar ogirligi 160 kilodalton bulgan oksilni kodlashdan 
iboratdir. U uz navbatida kobik glikoprotendin (120) va kobikka yopishib turuvchi oksildan (41) 
iborat. 
OITS virusi markazida genomdan tashkari tashki kobig ostida joylashgan r 18 va virus RNK 
si va kayta transkriptazasini urab turuvchi oksillar xam joylashgan. Virionning tashki kobigi 41 
oksilldan iborat bulib, ikki kavatli membranadan tashkil topgan. 
CHidamliligi:  OITS virusi kupgina tashki muxit omillariga chidamlidir. U xona xarorati 
nam xolatda 15 kungacha, xarorat 37
0
S ga kutarilganda 11 kungacha, 56
0
S gacha kutarilganda esa 
3-4 soatgacha uz yukumlilik xususiyatini saklab koladi. 70
0
  li etil spirti eritmasi, 0,5% li natriy 
gipoxlorit yoki 0,5% li nonidenti detergenti eritmalari ta’sirida 1 minutda xalok buladi. Bundan 
tashkari 0,2% li v-propiolakton, 1% li glyutar aldegid, atseton va metonalning 1:1 nisbatidagi 
aralashmalari xam virusga kuchli xalokatli ta’sir etadi. Odam terisining yuzasida bulsa, organizm 
va bakteriyalarning ximoya fermentlari ta’sirida tezda emirilib ketadi. 
Epidemiologiyasi: OITS da infeksiya manbai bu-bemorlar va virus tashuvchilardir. Ayniksa 
virus tashuvchilar epidemiologik jixatdan kuchli xavf solishadi, chunki ular virus bilan 
ifloslanishning birinchi boskichida amaliy jixatdan soglom bulishi kasallik alomatlari umuman 
sezilmaydi. SHunga karamasdan ular kuzgatuvchini tashki  muxitga chikarib turishadi. 
Kasallikning yashirin davrida xam (davomiyligi 3-5 yildan 8-10 yilgacha) garchi u xar xil bulsada, 
shu xolat kuzatiladi. 
OIV ni tarkatishda gemoseksualistlar, foxishalar, narkomanlar muxim urinni egallaydilar. 
Uni tarkatishda xomiladorlarning tutgan urni xakida aytib utish joizdir. Agar kupchilik viruslar 
uchun onadan bolaga yuldoshdan uta olish mumkin bulmasa, retroviruslarning tipik vakili bulgan 
OIV evolyusiya davomida uzini biologik tur sifatida saklab kolishi uchun yuldosh orkali utishi 
yoki vertikal yul asosiy xisoblanadi. OIV bilan zararlangan onalardan tugilgan bolalarning 70% i 
virus bilan zararlangan ekanligi isbotlangan. Bola kon zardobidagi antitelalar mikdori, 
immunoglobulinlar sinflarining bir-biriga nisbatan OITS virusining yuldosh orkali utganligining 
yorkin misolidir. Boshka kupgina virus infeksiyalarida esa antitelolarning passiv utishi kuzatiladi, 
xolos. OIV ning eng kup mikdori shaxvatda (sperma), kon zardobida, kukrak sutida topilsa, xam, 
ammo yukishi mumkin bulgan mikdorda sulakda, kuz yoshida, likvor (orka miya suyukligida), kin 
suyukligida uchraydi. 
Gomoseksualistlar infeksiyani jinsiy yul bilan, narkomanlar esa parenteral yuli bilan (kon 
orkali) tarkatadilar. Eng muxim yukish yuli jinsiy kontakdir. Gomoseksualistlar aktiv va passiv 
buladilar. Ularning ikkovisi xam OITS ni tarkatishda katta xavf tugdiradilar. Eng xatarlisi shundan 
iboratki, bitta gomoseksualistning juda kup mijozlari buladi. Bundan tashkari gomoseksualist 
biseksualist tarzida xarakat kilib, OITS ni uz oilasiga tarkatishi xam mumkin. 
Giyoxvand va spirtli ichimlikni sumste’mol kiluvchi yoshlar axlok va odob koidalariga rioya 
kilmay pala-partish e’tiborsiz duch kelgan bilan betartib jinsiy aloka kilish yuliga utadilar, natijada 
OITS virusini uzlariga yuktirib oladilar. 
Kon tomir orkali giyoxvand moddalarni kabul kiluvchi ishlar aksariyat sterillanmagan 
ignalardan takror foydalanishlari natijasida OITS kasalligining kuzgatuvchisini  yuktirib oladilar. 

93 
 
Patogenligi: Soglom organizmning immun-tizimi odatda atrof muxitdagi va odam ichidagi 
xar xil mikroblar, viruslar, zamburuglar va sodda bir xujayrali jonivorlarning xujumlaridan saklab 
turadi. Immun tizim shu bilan birga xatarli usma xujayralarining kupayishiga xam yul kuymaydi. 
Demak, immun tizim organizmning juda murakkab va ishonchli ximoya vositasidir. 
OIV odam organizmiga tushgan, bir kancha vakt ozod xolatda yoki immunoglobulinlar bilan 
nospetsifik kompleks xosil kilib, aylanib yuradi. Keyinchalik esa u T-limfotsitlarning regulyator 
subpopulyasiyalaridan biri T-xelperlarning T 4 retseptorlariga adsorbsiya buladi, undan tashkari 
monotsitlar va makrofaglarga xam yopishib oladi, chunki ularning xam tashki membranasida 
umumiy maxsus T 4 retseptorlari uchraydi. SHu xujayralarning 10-100 mingtasidan bittasi OITS 
virusi bilan zararlanadi. T 4 retseptori OIV virioni kobigining tarkibiga kiruvchi glikoprotein bilan 
birikadi va shu joyda xujayra ichiga karab botik xosil kiladi, bu keyinchalik pufakchaga (vezikula) 
aylanadi, sung esa shu pufakcha virus bulakchasini xujayra ichiga olib kiradi. Xujayra ichida 
virionning deprotennizatsiyasi, uning nuklein kislotagacha «echinishi» kuzatiladi. Nuklein 
kislotada bulsa kayta transkriptaza fermenti yordamida ikki zanjirli DNK xosil buladi. U ba’zan 
provirus deb xam ataladi. Provirus xujayra yadrosiga kirib oladi va xromasomaga birikadi yoki 
ozod xolatda yadroda turib koladi. 
Provirusning faollashish mexanizmi xali tulik urganilmagan bulsa xam, lekin bunda xujayra 
genlari bilan birgalikda provirus makrofag tomonidan faollashtiriladi, deb xisoblanadi. Bu 
faollashish virus RNK si, oksillari va boshka kismlarining sinteziga olib keladi. SHundan sung, 
virus bulaklarining yigilishi kuzatilib, etilgan viruslar kurtaklanish yuli bilan ajralib chikadi. Kup 
mikdorda virus bulaklarining xosil bulishi va «xujayin» xujayrani yorib chikishi, uning (T-
xelperning) tashki kobigini erishiga (lizis) olib keladi. Lekin limfotsitlarning xalok bulishi uchun 
viruslarning uning ichida kupayishi shart emas, chunki membrana glikoproteidlari xujayra bilan 
simplast xosil kilib, uni kupaymay turib xalok kiladi. Bularning xammasi konda t-xelperlarning 
keskin kamayishiga olib keladi. 
Odam immun tizimida bu virusga karshi antitelolar xosil buladi, lekin ular etarli darajadagi 
ximoyaga olib kelmaydi. Bunday uzini ximoya kila olmaslikning sabablari tugrisida bir kancha 
gipotezalar bor. Xisoblanadiki, «xujayin» xujayradan kayta xosil bulib chikkan virus doimo xam 
oldingilarning anik nusxasi bulmay, balki uz yuzasidan oxgina bulsa xam uzgarishiga ega. 
Antitelolar esa antigenlarning kat’iy ma’lum belgilari bilangina birikka oladi va uzgargan virusni 
tanimaydi. SHunday kilib, antitelolarning virus antigenlariga birikib, ularni ishdan chikishining 
oldi olinadi. Undan tashkari OIV yana markaziy nerv tizim xujayralarini (bosh va orka miya 
xujayralarini), asosan makrofaglarini zararlaydi va ular xam viruslarning kupayishida ishtirok eta 
boshlaydi. 
Asosiy klinik kurinishlari: OITS ning klinikasi xar xil opportupistik infeksiya va 
invaziyalar, xamda xatarli usma kasalliklarining simptomakomplekslari bilan xarakterlanadi. 
YA’ni OITS ning uziga xos aloxida belgilari yuk. Organizmda kanday mikroorganizmlar xujumga 
utgan bulsalar, ushalar kuzgatadigan kasalliklar belgilari paydo bulaveradi. 
OITS ning yakkol kuzga tashlanadigan belgilari paydo bulgunga kadar, prodroma alomatlari 
kurinadi: prodroma isitma, diareya, limfoadenopatiya, darmon kurishi, anemiya, depressiya, kok 
va shillik pardalarda xar turli yiringli kasallikla rivojlanishi va beborlarning ozib ketishi bilan 
ta’riflanadi. Bemorning darmon kurishi, terlashi bilan bir katorda limfa tugunlarining kattalashuvi 
OITS ning dastlabki belgilari xisoblanadi. 
OITS umuman asta-sekin boshlanadi. SHu sababdan yashirin davri bilan prodroma 
alomatlari boshlangan kunni aniklash kiyin. Ikkinchi tomondan prodorma kachon tugashi va 
kasallikning asosiy belgilari boshlanishi bir-biridan ajratish xam kiyin. Kasallik kup xollarda nerv 
tizimining zararlanishi bilan boshlanadi. Unda immuntankislik xolati bilan birga birlamchi va 
ikkilamchi limfomalar, kup uchokli leykoensefaoliyati va boshkalarning rivojlanishi bilan boradi. 
OITS da 50-90% xollarda ovkat kilish yulining kasalliklari yuz beradi. Ayniksa kasallikning 
surunkali diareya (ich ketishi), shaklida tana ogirligining 10% undan kuprokka keskin kamayishi 
kuzatiladi. 
Tashxisi: OITS tashxisi klinik belgilari va laboratoriya tekshirishlari natijalariga asoslangan 
buladi. Jaxon soglikni saklash tashkiloti tavsiyasiga kura kuyidagi dalillar topilgan xolda OITS 
xakida uylamok zarur: 1) 60 dan yosh odamlarda Kaposhi sarkomasi aniklansa; 2) 1-2 oydan 

94 
 
uzokka chuziladigan, surunkali ich ketar kasalligida enteropatogen mikroblar topilmagan va kup 
mikdorda kriptospiridium topilgan xollarda; 3) uzok chuziladigan noma’lum isitma kuzatilganda; 
4) markaziy nerv tizimining limfomasi rivojlanganda; 5) odatdagi kimyoterapiyasi usuli bilan 
davolashda tuzalmayotgan va pnevmotsista kuzatgan zotiljam aniklanganda; 6) bemor sababsiz 
ozib, limfotseniya bulganda; 8) xar xil bakteriyalar, zamburuglar, viruslar, bir xujayrali sodda 
jonivorlar kuzatiladigan va tez-tez kaytarilib turadigan ekzogen va endogen reinfeksiyalar 
kuzatilganda. 
Laboratoriya tashxisi: OIV bilan zararlangan deb xisoblangan ashyo bilan ishlab 
tekshirishlar olib borilganda, texnika xavfsizligi koidalariga kat’iy rioya kilish kerak. 
OIV ga karshi antitelolarni «peptoskrin» tes tizim yordamida aniklash: 
Immunoferment analiz yordamida olingan natijalarni tasdiklash uchun oksillarni 
immunokimyoviy analiz kilish usulidan foydalaniladi. Bu usul elektroforez yordamida ajratilgan 
virus oksillarining tekshirilayotgan zardob bilan maxsus boglanishiga asoslangan. Bu usulning 
asosiy moxiyati kuyidagicha buladi. Elektroforez yordamida ajratilgan virus oksillari 
nitrotsellyuloza filtrlariga utkaziladi va immunoferment usuli yordamida virion aloxida 
oksillarning immun zardob bilan maxsus birikishi aniklanadi. Agar maxsus birikish yuz bersa, 
unda nitrotsellyuloza filtrlarda maxsus bulgan oksil joylashgan joy «dog» 
Oldini olish usullari: Xozir OITsga karshi amalga oshirilaetgan chora tadbirlar umumiyoldini olish 
tadbirlaridan iboratdir. Avvalo axoli rasida keng kullamda tushuntirish ishlarini olib borish kerak. 
Xar bir fukaro OITS xakida ma’lum bir minimum tushunchaga ega bulishi kerak. SHu munosabat 
bilan seksiual soxada tarbiyalash juda muxim axamiyat kasb etadi. Xar bir fukora uzini va 
boshkalarni OITSdan saklash uchun birinchi navbatda nimalarga e’tibor kilish kerakligi xakida 
anik ma’lumotlarga ega bulishi kerak. Gomoseksualistlar, narkomonlar, buzik ayollar, tartibsiz 
palla-partish jinsiy xayor kechiradigan odamlar bilan aloxida tushuntirish ishlari olib borish.  
Ayniksa xalk oldida jamiyat oldida eng avvolo uz vijdoni oldidagi burchini tushuntirmok kerak. 
OITS infeksiyasining manbai uning yukish yullarini nazoratga  olib va ularga ta’sir kilish bilan 
biror natijaga erishish kiyin. CHunki infeksiya manbalarining xili juda kup, ularni xozircha 
butunlay nazoratga olish amalda mumkin emas. Xuddi shunga uxshash kasallikni yukishyullari 
xam kup. Birdan bir natijaga erishish bulgan yul, OITSga karsha aloxida immunitet paydo kilish, 
ya’ni emlashdir.Oxirgi yillarda bk masala ustidan kup ishlar kilinmokda. 
Amerikada R.G. Golov, Fransiyada L. Montane, Rossiyada R.V. Petrov va uning shoigrdlari  
vaksina ishlab chikarish ustida ishlamokdalar. Kashf etilgan vaksinalar  tekshirilmokda. 
Olimlarning ba’zilari vaksinani odamlar ustida, boshkalari maymunlarda sinab kurmokdalar. Ajab 
emas, yakin kelajakda yaxshi immunogen vaksina topilsa va xozircha butun kishilik jamiyatiga 
xavotir tushirgan muommo echilsa. 
 
Yüklə 3,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin