PNEVMOKOKKLAR
DIPLOCOCCUS PNEUMONIA – birinchi bor 1871 yilda R.Kox, 1875 yilda E.Klebs,
L.Paster, SH.SHomberlen va E.Ru tomonlaridan 1881 yilda kashf qilingan bo‘lib, 1885 yilda
K.Frengel va 1886 yilda A.Veykselbaum tomonlaridan kasalning balg‘amidan toza kultura ajratib
olingan. Lactobacillaceae oilasiga mansub.
MORFOLOGIYASI: Lansetsimon yoki biroz cho‘zinchoqroq kokklar bo‘lib, diametri 0.5-
1.25 mkm, juft bo‘lib joylashgan, ayrim hollarda qisqa zanjir hosil qiladi. Odam va hayvon
organizmida kapsula hosil qiladi, gr (+), harakatsiz, o‘zi mustaqil kapsula hosil qilmaydi.
O‘STIRILISHI: Aerob,fakultativ anaerob. Optimal o‘sish t
o
si 37
o
S. Diapazon 28-42
o
S. 25
o
S
da o‘smaydi. Oddiy muhitlarda qiyin o‘sadi. Assitlik va zardoblik agarlarda Ph 7,2-7,6 bo‘lganda
yaxshi o‘sadi, diametri 1 mm keladigan mayda kalloniyalar hosil qiladi, 2 kundan keyin
kalloniyalar kattalashadi, kalloniyalarni o‘rtasi puchayib, chekkalari ko‘tarilib qoladi. Qonli
agarda mayda, yumaloq, atrofi bir tekis nam (
sochnыy) kalloniya hosil qiladi. Qonli bulonda loyqa
va cho‘kma hosil qilib o‘sadi. Bulonda 0,2% glyukoza qo‘shilsa yaxshi o‘sadi. Sun’iy muhitlarda
o‘stirilganda kapsula hosil qilmaydi, agarda bu muhitga hayvon oqsili qo‘shilsa kapsula hosil qilib
o‘sishi mumkin. Tashqi muhit ta’sirida pnevmokokklar M-formadin, S va R-formaga o‘tishi
mumkin.
61
FERMENTATIV XOSSASI: Jelatinani suyultirmaydi, indol hosil qilmaydi, nitratlarni
nitritlarga qaytarmaydi, sutni ivitmaydi, saxaroza, glyukoza, maltoza, laktoza, inulin, radginoza,
salitsinlarni parchalaydi. Virulentlik pnevmokokklar o‘tsuyuqligi va nordon o‘t tuzlarida erib
ketadi. Inulinni parchalashi, o‘t va o‘t tuzlarida erib ketishi ularni streptokokklardan
differensiatsiya qilishda mihim ahamiyat kasb etadi.
TOKSIN HOSIL QILISHI: Endotoksin ajratadi. Kuchsiz ta’sir qiluvchi gemotoksik,
fibrinolitik va leykotsitlarni parchalovchi toksin ham hosil qiladi. Pnevmokokklarning virulentligi
ularning kapsulasiga bog‘liq bo‘lib, ular fagotsitoz va qonning bakteriotsid xususiyatini
kamaytiradi. Virulentlik pnevmokokklarning kapsulasida maxsus komponent “antifagin” bo‘lib,
ular o‘zlari toksigenlik xususiyatiga ega emas, lekin ular virulent bo‘lmagan pnevmokokklarga
qo‘shilsa, ularda fagotsitozga chidamlilik xususiyati paydo bo‘ladi. Antifagin issiqda chidamli
bo‘lib, 80-100
o
S gacha qizdirilsa chidaydi. Pnevmokokklardan antifagiga o‘xshash “virulin”
moddasi ajratib olingan.
ANTIGEN TUZILISHI VA KLASSIFIKATSIYASI: Pnevmokokklar o‘zlarida, ya’ni
kapsulasida polisaxarid kompleksini tutadi va ularni tipga xos spetsifikligi va virulentligi qiz
kompleksiga bog‘liqdir. Proteinlik antigeni barcha tiplari uchun umumiy bo‘lib, bu antigen
protoplazmada joylashgan, u mikrobni spetsifikligi va virulentligini belgilaydi.
Serologik jihatdan pnevmokokklar 80 dan ortiq tipga ega bo‘lib, har qaysisi faqat o‘zining
spetsifik zardobi bilan agglyutinogen reaksiyasiga kirishadi. SHulardan 1, 2, 3 tiplari odamlar
uchun patogen. Pnevmokokklar antigenlik xususiyatini osonlikcha o‘zgartiradi. Agarda 2-tipdagi
pnevmokokkni 3-tip bilan birga o‘stirsa, u holda 2-tipning barcha xususiyati transformatsiya yo‘li
bilan 3-tipga o‘tadi, ya’ni xossalari DNK orqali o‘tadi.
CHIDAMLILIGI: Qurigan balg‘amda 2 oygacha saqlanadi. Sun’iy muhitlarda 7-8 kun
saqlanadi, 50-60
o
S da 20 minutda o‘ladi, 3% li fenolda 1-1,5 minutda o‘ladi, o‘t suyuqligi va o‘t
tuzlariga ham sezgir.
HAYVONLAR UCHUN PATOGENLIGI: Qishloq xo‘jalik hayvonlarida yosh buzoqlar,
cho‘chqa bolasi, qo‘zichoqlar tez kasallanadi. Laboratoriya hayvonlaridan oq sichqon va quyonlar
hamda dengiz cho‘chqasi sezgir.
ODAMDAGI KASALLIK VA PATOGENEZI: Pnevmokokklarning 1, 2, 3 tiplari
ekzogen, qolgan barchasi endogen yo‘l bilan yuqadi. Organizmning qarshiligi pasayganda ko‘proq
kasallik kelib chiqadi. Pnevmokokklarning 3 ta tipi keltirib chiqaradi. Boshqa patologik
jarayonlarni ham keltirib chiqarishi mumkin: sepsis, meningit, bo‘g‘imlarni yallig‘lanishi,
endokardit, otit, peritonit, renit, gaymorit va h.k.
Ammo pnevmoniya stafilokokklar, streptokokklar, influensa tayoqchalari, xlamidiyalar,
gripp virusi va boshqa mikroorganizmlar tomonidan ham chaqirilishi mumkin.
IMMUNITETI: Kuchsiz va qisqa muddatlik. Pnevmokokklar organizmni sensibilizatsiya
holatiga olib keladi. Kasallikka mo’nelik organizmning umumiy holatiga bohliq.
LABORATORIYA DIAGNOSTIKASI: Tekshirish uchun bolg‘am, orqa miya suyuqligi,
murdadan material olinadi va bu materiallar ustidan quyidagi tekshirishlar olib boriladi:
Bakterioskopik – materialdan surtma tayyorlab, gramm usulida bo‘yab ko‘rish, gramm (+)
kapsulali pnevmokokklar topiladi.
Bakteriologik – sof kultura ajratish va xossalarini o‘rganish. Ajratilgan kulturani
antibiotikga sezgirligini aniqlash
Serologik – pnevmokokklarning tiplarini agglyutinatsiya reaksiyasi orqali aniqlash.
DAVOSI: Antibiotiklar, sulfanilamidlar.
PROFILAKTIKASI. Umumiy sanitar qoidalariga rioya qilish.
MENINGOKOKKLAR.
MENINGOKOKKLAR: Meningokokk (Neisseria meningitidis) meningit kasali bilan
og‘rigan bemorning orqa miya suyuqligidan ajratib olingan va 1887 yilda A.Veykselbaum
tomonidan batafsil o‘rganilgan
Klassifikatsiyasi bo‘yicha meningokokklar Neiseria avlodiga (rod) va Neiseriaceae oilasiga
mansubdir.
MORFOLOGIYASI: Meningokokklar kofe donasini eslatuvchi, juft holda joylashgan,
diametri 0,6-1,0 mkm keladigan kokklardir. Spora va kapsula hosil qilmaydi, xivchinga ega emas,
62
yiringlimaterialda ko‘pincha leykotsitlarning ichida joylashgan bo‘ladi. Kulturadan tayyorlangan
surtmalarda mayda yoki yirik, bittadan, juft holda va 4 tadan joylashgan holda ko‘rinishi ham
mumkin. Gr (-), lekin ayrim hollarda gr(+) ni ham ko‘rish mumkin. Diplokokklar.
9.1-rasm
O‘STIRILISHI: Aerob, oddiy muhitlarda o‘smaydi, Ph 7,2-7,4. zardob, assil suyuqligi qo‘shilgan
muhitlarda mayda, tiniq nozik, diametri 2-3 mm bo‘lgan koloniyalar hosil qiladi. Zardobli bulonda
loyqa va cho‘kma hosil qiladi, 3-4 kun o‘tgandan so‘ng esa bulon yuzida parda hosil qilib o‘sadi.
Ayrim hollarda adaptatsiya natijasida oddiy muhitlarda ham o‘sishi mumkin.
FERMENTATIV XOSSASI: Jelatinani suyultirmaydi, sutni ivitmaydi, glyukoza, maltozani
– (K
+
) kislota hosil qilib parchalaydi.
TOKSIN HOSIL QILISHI: Meningokokklar ekzotoksin va endotoksin xususiyatiga ega
bo‘lgan toksik modda hosil qiladi. Bakteriya hujayrasi parchalangandan keyin ulardan endotoksin
ajralib chiqadi. Meningokokk toksinini bakteriya hujayrasini (dist. suv) bilan yuvib olish mumkin.
ANTIGEN TUZILISHI VA KLASSIFIKATSIYASI: Antigen tuzilishi-da 3 ta fraksiya
aniqlangan: umumiy hisoblangan uglevodlik (S), gonokokklar va 3 tipidagi pnevmokokklarda
uchraydigan proteinlik (R) hamda 1 va 2 tipi. Meningokokklarda tur ichidagi o‘zgarishlar mavjud.
CHIDAMLILIGI: CHidamsiz. Quritishga, yuqori t
o
-ga chidamsiz. 60
o
S va 10 minutda
o‘ladi, 80
o
S da 2 minutda o‘ladi, 1% li fenol eritmasida 1 minutda o‘ladi. Past temperaturada
nihoyatda chidamsiz, shuning uchun patologik material iliq holda laboratoriyaga yuborilishi kerak.
HAYVONLAR UCHUN PATOGENLIGI: Tabiiy sharoitda hayvonlar kasallanmaydi.
Laboratoriya sharoitida maymanlarni kasallantirish mumkin.
ODAMLARDA KASALLIK VA UNING PATOGENEZI: Kasallik manbai – kasal odam va
kasal tashuvchi. Kasallik havo-tomchi yo‘li bilan yuqadi. Mikrob avvalo burun-xalqumda
joylashib, so‘ng limfa va qonga o‘tib bakteriemiya holatini paydo qiladi, keyin miya po‘stlog‘iga
kirib joylashadi (meningokokklar bosh miya to‘sig‘idan o‘tish xususiyatiga ega). Meningokokklar
miya po‘stlog‘ida va orqa miyada o‘tkir yiringli yallig‘lanishni keltirib chiqaradi. Kasallik o‘tkir
holda yuqori t
o
bilan boshlanadi: simptomlari – qayt qilish, orqa ensa muskulini tortishib og‘rishi,
kuchli bosh og‘rishi va terida o‘ta sezgirlik kuzatiladi.
Kalla ichi bosimini oshishi natijasida bosh miya nervlarining falaji kuzatiladi. Bemorning
ko‘z qorachig‘i kengayib, akkomodatsiya buziladi. Orqa miya suyuqligi loyqalashadi va ko‘p
miqdorda leykotsitlar tutadi, bosim yuqori bo‘lgani uchun orqa miya suyuqligi punksiya
qilinganda tizillab, otilib chiqadi. Ayrim hollarda meningokokkli sepsis rivojlanishi mumkin va bu
paytda meningokokklar qonda, bo‘g‘imlarda, o‘pkada uchrashi mumkin. Asosan meningit bilan 1
yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar kasallanadi. Kasallik ko‘pincha ko‘klam va kuz oylarida
uchraydi. Organizmning qarshiligi, mikrobning virulentligi kasallikni kelib chiqishida katta
ahamiyatga ega.
IMMUNITETI: Tabiiy immunitet mavjud. Orttirilgan immunitetni kasallikni keyingina
emas, balki hayot davomida meningokokklarni tashib yurishi davomida ham paydo bo‘ladi. Qayta
kasallanish hollari kam uchraydi.
63
LABORATORIYA DIAGNOSTIKASI: Tekshirish uchun material: orqa miya suyuqligi,
burun-xulqumdan olingan surtma, qon, murdadan olingan bo‘lakchalar bo‘lishi mumkin. Bu
materiallar ustida quyidagi tekshirishlar olib boriladi:
Orqa miya cho‘kmasidan tayyorlangan surtmani mikroskopda ko‘rish.
Orqa miya suyuqligi, burun-xalqum suyuqligi, assit bulon va agarga, qonli agarga ekilib, ajratilgan
kulturani xossalari, fermentativ xossalari, serologik xossalari o‘rganiladi va burun-xalqumda
uchraydigan kataral meningokokklardan (Neiseria catarhalis) farqlanadi, differensatsiya qilinadi,
shu jumladan xalqumda uchraydigan saprofitlardan ham. Meningokokklar maltozani parchalaydi,
Neiseria catarhalis parchalamaydi.
8
Orqa miya suyuqligi bilan pretsipitatsiya reaksiyasi qo‘yiladi.
DAVOSI: Antibiotiklar, sulfanilamidlar.
PROFILAKTIKASI: Umumiy kasalni ajratish, karantin e’lon qilish, shamollashdan
saqlanish va h.k.
GONOKOKKLAR.
Gonorreya va blenorreya qo‘zg‘atuvchisi Neisseria gonorrhoeae, 1879 yilda A.Neyser
tomonidan yiringdan topilgan va 1885 yil E.Bauman tomonidan batafsil o‘rganilgan. Gonokokklar
Neisseria avlodiga Neisseriaceae oilasiga kiradi.
MORFOLOGIYASI: meningokokklarga o‘xshash, diametri 0,6-1 mkm, juft holdagi
loviyasimon (kofesimon) kokk bo‘lib gr(-), hujayra ichi va tashqarisida joylashadi, spora hosil
qilmaydi, xivchini yo‘q, juda o‘zgaruvchan (polimorf). Antibiotiklar ta’sirida tez o‘zgaradi –
kattalashadi, gr(+) bo‘lib qoladi.
O‘STIRILISHI: Aerob, oddiy muhitda o‘smaydi. Odam organizm hujayrasida, oqsil tutuvchi
muhitlarda (qon, zardob, oqsil suyuqligi qo‘shilgan) yaxshi o‘sadi. Muhiti Ph 7,2-7,6, optimal
o‘sish t
o
si 37
o
S.
25 va 42
o
S da o‘smaydi, namlikni yaxshi ko‘radi, yaxshi ko‘rgan muhitlari – assitlik agar va
bulon, tuxum sarig‘i qo‘shilgan muhit. Qattiq muhitlarda yumaloq, tiniq, diametri 1-3 mm ga teng
koloniya hosil qilib o‘sadi. Assitlik bulonda bir necha kundan so‘ng cho‘kmaga tushuvchi parda
hosil qilib o‘sadi.
FERMENTATIV XOSSASI: faqat glyukozani K hosil qilib parchalaydi. Fermentativ
jixatdan aktiv emas.
TOKSIN HOSIL QILISHI: Ekzotoksin hosil qilmaydi. Bakteriyani parchalanishida
endotoksin ajralib chiqadi, u hayvonlar uchun ham zaharlidir.
ANTIGEN TUZILISHI VA KLASSIFIKATSIYASI: Antigen strukturasi protein va
polisaxarid fraksiyalari bilan bog‘liq. Gonokokklarning 7 ta gruppasi mavjud bo‘lib, ulardan 4 tasi
gruppospetsifik – A, V
1-4
, S, D va 3 tasi tipospetsifik – E, F, D antigenlarga ega. V
1-4
va D
antigenlari gonokokklar va meningokokklar uchun umumiy bo‘lib hisoblanadi.
CHIDAMLILIGI: Past t
o
ga nihoyatda chidamsiz. Quruqlikda ham chidamsiz. Nam
buyumlarda 1 sutkagacha saqlanadi. 56
o
S da 5 minutda o‘ladi. Nordon azot-kumushning 1:1000
va fenolning 5% li eritmalarida bir necha daqiqada o‘ladi.
HAYVONLAR UCHUN PATOGENLIGI: Hayvonlar uchun patogen emas.
ODAMLARDA KASALLIK VA PATOGENEZI: Kasallikning manbai faqat kasal odam.
Kasallik jinsiy aloqa orqali, ba’zan kasal ishlatgan buyumlar orqali (sochiq, machalka) yuqadi.
YUqish yo‘li uretra va bachadon bo‘yni shilliq qavati orqali. Ayollarda bachadon, bachadon
naylari, tuxumdonning yallig‘lanishi, qizlarda vulvovagenit kuzatiladi. Erkaklarda urug‘ning,
prostat bezini yallig‘lanishi (prostatit), ko‘pincha surunkali yallig‘lanish kuzatiladi. Bachadon
bo‘ynidan gonokokklar to‘g‘ri ichakka ham o‘tishi mumkin. Noto‘g‘ri davolash va davolanish
natijasida kasallik bo‘g‘imlarda, endokardga o‘tishi va qonga o‘tib “sepsis” chaqirishi mumkin.
Kasallik surunkali holga ham o‘tishi mumkin. Gonokokklar gonorreyali kon’yuktivit, kattalar va
yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga “blennorreya”ni chaqirishi mumkin.
IMMUNITETI: Tug‘ma immmuniteti yo‘q. kasallikdan so‘ng ham immunitet qolmaydi.
Kasalning qonida antitelolarni (agglyutinin, pretsipitin, opsonin, KB-chi tanachalari) topish
8
Microbiology : an introduction / Gerard J. Tortora, Berdell R. Funke, Christine L. Case. — Twelfth edition, 2016
64
mumkin, lekin ular organizmni kasallikdan himoya qilmaydi. SHuning uchun ham kasallikda tana
haroratini ko‘tarilishi bilan organizmning umumiy qarshiligi ham ko‘tariladi.
LABORATORIYA DIAGNOSTIKASI: Mikroskopik tekshirish uchun uretra, qin, vulva,
bachadon bo‘ynidan, prostatadan, to‘g‘ri ichak shilliq pardasidan, kon’yuktivadvn, spermadan,
siydik cho‘kmasidan material olinadi. Surtma Gramm usuli va Leffler usuli metil ko‘ki (sinkasi)
bilan bo‘yab tekshiriladi. Natija chiqmasa, u holda olingan materiallarni sof kulturasini olish
uchun ekiladi. Kasallikning surunkali va asoratli darajalarida KBR-Borde-Mantu va allergik
sinama qo‘yiladi.
DAVOSI: Antibiotiklar: penitsillin, gentamitsin, polimiksin va sulfanilamidlar – streptocidi,
norsulfasoli, sulfacili yoki pronilin yuborish.
PROFILAKTIKASI: Umummiy sanitar qoidalarga rioya qilish. YAngi tug‘ilgan chaqaloqlar
ko‘ziga 2% li kumush nitrat eritmasidan tomiziladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Muhamedov E.M., Eshboev E.X. Mikrobiologiya, immunologiya, virusologiya. T.,.
Bakulina N.A., Kraeva E.L. Mikrobiologiya. T., “Meditsina” nashriyoti. 1979.
2. Vorobyov A.A., Bo`kov A.S. «Mikrobiologiya». M., izd-vo «Vo`sshaya shkola». 2003.
3. Pyatkin N.D., Krivoshein Yu.S. Mikrobiologiya va immunologiya. M., izd-vo «Meditsina»
1980.
4. Sinyushina M.N., Samsonova M.N. Rukovodstvo k laboratorno`m zanyatiyam po
mikrobiologii. M., 1981.
5. Timakov V.D., Livashev V.S., Borisov L.B. Mikrobiologiya. M., 1983.
6. Kochemasova Z.N., Efremova S.A., Nabokov Yu.S. Mikrobiologiya. M., izd-vo
«Meditsina». 1984.
7. Churbanova I.N. Mikrobiologiya. M., idz-vo «Vo`sshaya shkola». 1987.
10. Yuqumli ichak kasalliklari. (ichak tayoqchasi). Ovqatdan zaharlanishni keltirib
chikaruvchi mikroorganizmlar: salmonellyoz, botulizm
Reja
1. Salmonellezlar qo‘zg‘atuvchilarining umumiy xarakteriyatikasi.
2. SHigellezlarning morfologiyasi, kultural biologik xossalari.
3. Dizenteriyaning patogenida laboratoriya diagnostikasi va profilaktikasi
Tayanch iboralar: Ploskirev, Vismut-sulfit agar, Veterenar-sanitar nazoratini
10.1 SALMONELLEZLAR QO‘ZG‘ATUVCHILARINING UMUMIY
XARAKTERIYATIKASI.
Salmonellalar avlodiga morfologik, kultural va fermentativ xususiyatlari jihatidan paratif V
qo‘zg‘atuvchisiga o‘xshash bo‘lgan ko‘pgina salmonella turlari va tiplari kiradi.
1885 yilda Amerikada D. Salmon cho‘chqalardan S.suis ni ajratib oladi. Bu qo‘zg‘atuvchi
uzoq vaqtlargacha cho‘chqalarda toun (chuma) kasalligini chaqiradi deb hisoblanib kelar edi.
Keyinchalik esa bu cho‘chqa touni kasalligi bilan birga kechadigan infeksiya ekanligi odamlarda
esa toksiko-infeksiyani, ya’ni ovqatdan zaxarlanishni chaqirilishligi aniqlandi.
1885 yilda A.Gertner Saksoniyada toksiko-infeksiya kasalligi tufayli so‘yilgan sigir
go‘shtidan va uni eb o‘lgan odamdan S.hertneri qo‘zg‘atuvchisini topadi. Bu qo‘zg‘atuvchining
dengiz cho‘chqalariga, oq sichqonlar, qo‘y va echkilar uchun ham patogen ekanligi aniqlandi.
1895 yilda Breslavl shahrida K.Kenshe va 1898 yil Ertirik shahrida J.Nobel ovqatdan
zaxarlanishda S.breslau qo‘zg‘atuvchisining sababchi ekanligini aniqlashdi va uni sof kulturasini
ajratib olishdi.
65
10.1-rasm
SHunday qilib salmonellalarning odamlar uchun patogen bo‘lgan va ovqatdan zaxarlanish
holatlarini chiqaradigan 100 dan ortiq turlari borligi aniqlandi.
Morfologik tuzilishi bo‘yicha Enterobacteriacei oilasining vakillariga o‘xshash bo‘lib, ular
peritrix xivchinlari tufayli xarakatchandir.
Fakultatif aerob, optimal temperaturasi 37
0
, oddiy oziq muhitlarida yaxshi o‘sadi.
Fermentativ xossasi. Salmonellalar jelatinani suyultirmaydi, indol hosil qilmaydi, ko‘pchiligi H
2
S
hosil qiladi. Glyukoza, maltoza, mannit, saxarozalarni kislota va gaz hosil qilib parchalaydi.
Ekzotoksin hosil qilmaydi. Glyusid-lipit-protein kompleksidan tashkil topgan endotoksinga
ega.
Serologik belgilariga qarab salmonellalar bir qancha (35 ta) guruhlarga bo‘lingan. SHulardan
Kaufman-Uayt klassifikatsiyasi bo‘yicha S.enteritidis - D guruhiga, S tihyimurium – V guruhiga,
S.choierae suis – S guruhiga kiradi. Salmonellalarning klassifikatsiyasi ularning antigen, kultural
va biologik xossalariga qarab tuzilgan.
Ovqatdan zaxarlanishni chaqiruvchi salmonellalar tif va paratif qo‘zg‘atuvchilariga nisbatan
birmuncha chidamlik. YUqori tumperaturaga, osh tuzining yuqori konsentratsiyali eritmasiga,
ayrim kislotalarga chidamli, 60-70
0
da 1 soatda, 8-10% uksus kislotasida 18 soatda halok bo‘ladi.
400 grammlik go‘sht bo‘lagida 2,5 soat qaynatishga chidaydi. Uy temperaturasida 2-3 oy
saqlanadi. Endotoksinlari esa qaynatgandan so‘ng ham bir necha soat saqlanib qoladi. SHunisi
xarakterli salmonellalar bilan zaxarlangan ovqat mahsulotlarining ko‘rinishi ham, hidi ham
buzilmaydi.
Odamlar uchun patogen bo‘lgan salmonellalarning ko‘pchiligi ko‘pchilik hayvonlar ichida,
ya’ni yirik shohli hayvonlar, cho‘chqa va jo‘jalar orasida ko‘p tarqalgan va ularda turli kasallar
chaqiradi. Laboratoriya hayvonlaridan oq sichqonlar salmonellalarga sezgir. Kasal hayvonlar
go‘shtidan, kasal tovuq tuxumlaridan tayyorlangan ovqatlar kasallik manbai bo‘lib hisoblanadi.
Salmonellalar bilan zararlangan ovqatlarni iste’mol qilish kasallikning kelib chiqishiga sabab
bo‘ladi. Ayniqsa kasal hayvon, qushlar va ularning tuxumlaridan tayyorlangan ovqatlar ko‘proq
kasallikka sababchi bo‘ladi. salmonellalar ovqat bilan qanchalik ko‘p tushsa u tez ko‘payib
shunchalik ko‘p o‘ladi va ulardan ko‘plab endotoksin ajralib chiqadi. Oshqozon ichak traktidan
endotoksin qonga o‘tadi va bir necha soatdan so‘ng kasallik belgilari asosida o‘tadi. Kasallik faqat
zararlangan ovqatlardan emas, balki kasal odamlardan va kasal tashuvchilardan ham yuqadi.
Bunday hollarda kasallik ko‘proq yosh bolalar orasida uchraydi. Bolalarda salmonellez
dispepsiya, enterokolit, qorin tifi ko‘rinishida o‘tadi va ko‘pincha septitsemiya va bakteriemiya
holatini chaqirib, ba’zan surunkali dizenteriya deb noto‘g‘ri tashhis qo‘yiladi.
Salmonellalarning endotoksini ichak shilliq qavatining va limfatik sistemaning himoya qilish
qobiliyatini ham ishdan chiqaradi va natijada bakteriyalarning qonga o‘tishiga zamin yaratiladi va
bunday hollarda kasallikning birinchi soatlaridayoq qonda bakteriyalar topiladi. Kasallik asosan 4-
5 kun davom etadi.
Kasallikdan so‘ng kuchsiz va qisqa muddatli immunitet hosil bo‘ladi. Kasal bo‘lib o‘tgan
odamlar qonida agglyutininlar, pretsipitinlar, bakteriolizinlar va boshqa antitelolar topiladi.
66
Salmonellalarning bir serovari bilan chaqirilgan kasallikdan so‘ng boshqa serovarlariga immunitet
hosil bo‘lmaydi, ya’ni qarama-qarshi immunitet mavduj emas.
Ovqat qoldiqlari, buyumlardan olingan chayindilar, kasalning axlati, qusugi, oshqozon
yuvilgandagi suv, qon, siydik, o‘likdan olingan materiallar oziq muhitlarga ekilib (Endo,
Ploskirev, Vismut-sulfit agar va h.k.) sof kultura ajratib olinadi va ularning kultural, serologik va
biologik hossalari o‘rganiladi, ya’ni turlari va serovarlari aniqlanadi. Ayrim hollarda ajratilgan
kultura yoki ovqat qoldiqlari bilan biologik probalar qo‘yiladi. Retrospektiv diagnoz qo‘yish
uchun kasallikning 8-10 kunlarida rekonvallessentlarning qon zardobi bilan asosiy
qo‘zg‘atuvchilarning diagnostikumlari bilan Vidal reaksiyasi qo‘yiladi.
Antibiotiklar-streptomitsin, levomitsin, xlortetrotsiklin va tetroatseklin, oshqozonni yuvish,
glyukoza va fiziologik eritmalar quyish yaxshi natija beradi.
Veterenar-sanitar nazoratini kuchaytirish, ya’ni go‘sht va go‘sht mahsulotlarini doimiy
tekshirib turish, oziq-ovqat sohasida ishlovchilarni bakteriya tashuvchilikka tekshirib turish va h.z.
Ayrim hollarda ovqatdan zaxarlanish shartli patogen mikroblari tomonidan ham chaqirilishi
mumkin (proteus morgani, Pr. miriabilis, Pr. rettgeri, Pr. incostans, E.Coli va b.).
Salmonellalar ko‘pchilik hollarda bolnitsa ichi kasalligini ham chaqiradi. Bunda
S.tiphymirium ko‘proq uchraydi va ayrim hollarda S.heidelberg, S.derby, S. Haifa, S. Wien va
boshqalar qatnashadilar. Bu salmonellalar barcha xususiyati jihatidan yuqorida ko‘rsatilgan
salmonellalardan farq qilmayd
9
i.
YOsh bolalarda bolnitsa ichi kasalligi uzoqroq davom etadi va og‘irroq kechadi, ularda og‘ir
intoksikatsiya va oshqozon-ichak traktining kuchli shikastlanishi kuzatiladi. Bolalarda salmonellez
intoksikatsiyasi natijasida modda almashinuv va gipotalamus ishi buziladi. Emizikli bolalarda
ko‘p suv va tuz yo‘qotishlari natijasida toksikoz va suvsizlanish holatlari kuzatiladi. YOsh
bolalarda ayniqsa stafilokokkli viruslar, esherixiyalar chaqirgan kasalliklarga yoki pnevmoniyaga
salmonellez qo‘shilsa ularda sepsis yoki meningit rivojlanib kasallik nihoyatda og‘ir o‘tishi
mumkin.
Laboratoriya diagnostikasi, davosi, profilaktikasida boshqa salmonellalardan farqi yo‘q.
Foydalanilgan adabiyotlar
Dostları ilə paylaş: |