4.3.
Dori-darmonlar va dori vositalarining mikrob bilan zararlanish manbalari,
oldini olish choralari.
Dori moddalar va tayyor dori-darmonlar tarkibida turli xil mikroorganizmlar bo‘lishi mumkin.
O‘simliklardan olinadigan dorivor moddalarning mikroblar bilan zararlanishi o‘sha o‘simlik turi
va uning o‘sib chiqishi uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitga bog‘liq bo‘ladi. CHunki o‘simliklar
atrofmuhitdagi ayniqsa, tuproq tarkibidagi mikroorganizmlar bilan zararlangan bo‘lishi ham
mumkin. Bundan tashqari o‘simliklarning o‘z mikroflorasi xam katta ahamiyatga ega: masalan,
epifit (Erwinia herbicola, P. fluorescens) va fitopatogen (Erwinia, Pseudomonas,
Coryhebacterium, Agrobacterium, aktinomitsetlar, ayrim zamburug‘lar). Axlatxona yoki
avvaldan axlatlar tashlangan joylarda, shuningdek, sug‘oriladigan maydonlarda, mol boqiladigan
yaylovlarda o‘simliklar tarkibida inson salomatligi uchun xavfli bo‘lgan patogen
mikroorganizmlar ham bo‘lishi mumkin.
4,3-rasm
O‘simliklardan olinadigan dorivor xom-ashyolar bu mahsulotlarni yig‘ishtirib olish va
tayyorlashning turli bosqichlarida — o‘simliklarni yig‘ish, dastlabki ishlov berish, quritish,
yanchish-maydalash, maxsus idishlarga joylashtirish, shuningdek, standart holatda saqlanish
chog‘ida xom ashyoni maydalash, dorivor kukunlarga aylantirish, briket, granul va tabletka holiga
keltirish jarayonida ham urug‘lanishi mumkin.
O‘simliklardan olingan dorivor xomashyolar avvalo saqlanish joyida namlikning
belgilangan normadan oshib ketishi natijasida buziladi: namlik oshib ketsa, xomashyo tarkibida
har xil zamburug‘lar, chirituvchi, sellyuzalarni parchalovchi bakteriyalar va boshqa
mikroorganizmlar paydo bo‘ladi. Mikroblar degradatsiyasi o‘simlik farmakologik
xususiyatlarining o‘zgarishiga olib keladi va zaharli moddalarning hrsil bo‘lishiga sabab
bo‘lishi mumkin. Mikroorganizmlar dorivor xomashyolarni zararlash orqali dori-
darmonlarning xususiyatlarini o‘zgartirib yuboradi. CHunki dorivor moddalardan ferment
chiqishi, mikrobli og‘ular yoki pirogsnlarning hosil bo‘lishi natijasida ular o‘ta zaharli holatga
kelib qolishi ham mumkin.
34
Agar odamlar Staphylococcus, Rseudomonas, Salmonella va boshqa mikroorganizmlar bilan
zararlangan tibbiy preparatlarni ists’mol qilsa, ularning tarkibidagi patogen mikroblar turli xil
yuqumli kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. O‘simliklardan olinadigan dorivor moddalar va
xomashyolarning mikrob bilan zararlanishini tekshirib ko‘rishda quyidagi usuldan
foydalaniladi.
Dorixonalarda tayyorlanadigan dorn-darmonlar va tibbiy moddalarning mikroflorasi qapday
bo‘lishi quyidagi sabablarga bog‘liq bo‘ladi:
1) xomashyo turi, uning tarkibidagi mikroorganizmlar uchun ozuqabop moddalarning miqdori
yoki aksincha ulariing antimikrob faolligi, ilk zararlanish darajasi.
2) dorivor xomashyo tarkibiga kiradigan moddalarning kimyoviy tabiati.
1.Tayyorlash texnologiyasi (damlama, qaynatma, harorat, vaqt hajm va x. k.) saqlash shart-
sharoitlari.
4) Dorixonaning sanitariya-gigienik
sharoitlari.
Mikroorganizmlar turli yo‘llar bilan dori moddalarga tushishi mumkin. Masalan, mahsulotga
suv yoki havo orqali o‘tishi, idishlar, dorixona xodimlarining qo‘llari, shuningdek, analiz noto‘g‘ri
qilinganda, ayniqsa organoleptik tekshiruv chog‘ida xam o‘tib qolishi mumkin.
Dori-darmonlar va dorivor mahsulotlarning mikroorganizmlar bilan zararlanishining oldini
olish va ularni zararlanishdan saqlash uchun quyidagi qoidalarga qat’iy rioya qilish kerak:
1. mikroorganizmlarga shikast etkazmagan holda ashyodan foydalanish;
2. dori moddalar va xom ashyolarni zarur namlik, harorat va tozalik qoidalariga rioya qilgan
holda to‘g‘ri saqlash;
3. tashqi muhitdan mikroorganizmlarning tushishini istisno qiladigan dori tayyorlash shart-
sharoitlariga amal qilish (xonalarni dezinfeksiya qilish, sterillangan idishlardan foydalanish va
h. k.);
4. xonalari, asbob-uskunalari, idish, kiyimlarning to‘la-to‘kis tozaligiga, shuningdek, shaxsiy
gigienaga rioya qilish;
5. dori-darmonlar va dorivor xomashyolar qayta-qayta ishlatilganda ham zararlanmaydigan
qilib, yaxshilab o‘ralgan bo‘lishi kerak;
6. agar bir necha marta foydalanishga mo‘ljallangan dori mahsulotlari tarkibida
bakteriyalarga chidamsiz moddalar mavjud bo‘lsa (qand, oqsil moddalar va h.k.), u holda bunday
dorilarga konservant qo‘shilishi lozim.
Nazorat savollari
1. O‘simliklarda uchraydigan mikrorganizmlarning asosiy turlari va ular to‘g‘risida
ma’lumot.
2. O‘simliklarda uchraydigan kasalliklar va ularga qarshi kurash choralari.
3. Dori-darmonlar va dori vositalarining mikrob bilan zararlanish manbalari.
4. Dori-darmonlarning mikrob bilan zararlanishining oldini olish choralari.
5. Dori-darmonlarning zararlanishini mikrobiologik nazorat qilish usullari.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Muhamedov E.M., Eshboev E.X. Mikrobiologiya, immunologiya, virusologiya. T.,.
Bakulina N.A., Kraeva E.L. Mikrobiologiya. T., “Meditsina” nashriyoti. 1979.
2. Vorobyov A.A., Bo`kov A.S. «Mikrobiologiya». M., izd-vo «Vo`sshaya shkola». 2003.
3. Pyatkin N.D., Krivoshein Yu.S. Mikrobiologiya va immunologiya. M., izd-vo «Meditsina»
1980.
4. Sinyushina M.N., Samsonova M.N. Rukovodstvo k laboratorno`m zanyatiyam po
mikrobiologii. M., 1981.
5. Timakov V.D., Livashev V.S., Borisov L.B. Mikrobiologiya. M., 1983.
6. Kochemasova Z.N., Efremova S.A., Nabokov Yu.S. Mikrobiologiya. M., izd-vo
«Meditsina». 1984.
7. Churbanova I.N. Mikrobiologiya. M., idz-vo «Vo`sshaya shkola». 1987.
35
5.Mavzu: Mikroorganizmlar ekologiyasi. Inson tana normal mikroflorasi.
Reja:
1. Suv mikroflorasi, uning yuqumli kasalliklarni tarqatishidagi roli.
2. Tuproq mikroflorasi. Tuproq unumdorligini undagi bakteriyalarga bog‘liqligi. Tuproq
orqali tarqaladigan kasalliklar.
3. Havo mikroflorasi. Havo orqali tarqaladigan kasalliklar.
4. Inson tana normal mikroflorasi
Tayanch iboralar: . Polisaprob, Mezosaprob, Oligosaprob, Nitrosomonas, Nitrobacter,
Psevdomonas.
5.1 Suv mikroflorasi, uning yuqumli kasalliklarni tarqatishidagi roli
Tabiiy sharoitda mikroblar uchun suv ma’lum bir holatda qulay muhit hisoblanadi. Suvning
doimiy mikroflorasiga Pseudomonas Flusorescens, Micrococcus coradidus, Micrococcus agilus va
boshqalar kiradi. Bundan tashqari, suvda ayrim zamburug‘lar, ekobakteriyalar, arxebakteriyalar,
fotobakteriyalar, suv o‘tlari uchraydi. Anaerob bakteriyalar suvda juda kam uchraydi. Ochiq suv
xavzalarining mikroflorasi uning ifloslanish darajasiga va unga tushadigan chiqindi suvlarning
tozalanish darajasiga bog‘liqd
5,1-rasm
Mikroorganizmlar dengiz va okean suvlarida ham keng tarqalgan. Ularni har xil chuqurlikdan
topishgan (3700-10000 m).Suvning ifloslanish darajasi, ya’ni suvda uchraydigan har xil
mavjudodlar (hayvon va o‘simlik) yig‘indisi saproblik tushunchasi bilan belgilandi. Saproblikda
3 ta zona aniqlangan:
1. Polisaprob zona – eng kuchli ifloslangan zona bo‘lib, bunda kislorod kam, organik birikmalar
ko‘p bo‘ladi. 1 ml suvda bakteriyalar soni 1000000 dan ko‘p bo‘ladi. bunda chirish va bijg‘ishda
ishtirok etuvchi ichak tayoqchasi va anaerob bakteriyalar ko‘p bo‘ladi.
2. Mezosaprob zona – o‘rtacha ifloslangan zona, bu zonada organik moddalarning intensiv
oksidlanishi va nitrifikatsiyalanishi orqali minerallanishi kuzatiladi. Bu zonada 1 ml suvda
mikroblar soni 100 000 ni tashkil qiladi. Ichak tayoqchasining soni ancha kam bo‘ladi.
3. Oligosaprob zona – toza suv hisoblanadi. 1 ml suvdagi mikroblar soni bir necha 10 yoki 100
tani tashkil qiladi. Ichak tayoqchasi bo‘lmaydi. Ifloslanish darajasiga qarab suvda har xil
patogen mikroblar bo‘lishi va bir muncha vaqt saqlanishi mumkin. Masalan, qorin tifi
qo‘zg‘atuvchisi - 2 kundan 3 oygacha, shigellalar - 3-5 kundan, leptospiralar - 7 kundan-5
oygacha, vabo vibrioni - 25 kundanbir necha oygacha, tulyaremiya - 3 oygacha va h.k.
Agar 1 ml vodoprovod suvdagi mikrob soni 100 bo‘lsa yaxshi, 100-150 bo‘lsa shubxali, 500 va
undan ortiq bo‘lsa ifloslangan hisoblanadi. Quduq va ochiq suv xavzalarida 1 ml suvda 100 ortiq
mikrob bo‘lmasligi darajasi kerak. Suvning tozalik darajasi undagi E.Coli ning soniga qarab
aniqlanadi.
36
Suvning axlat bilan ifloslanish darajasi koli-titr va koli-indeks orqali ifodalanadi. Bitta E.Coli
topilgan suvning eng kam miqdori (ml) yoki chuqur moddaning grammi koli-titr deyiladi.
Vodoprovod suvining koli-titri 300 dan kam bo‘masligi kerak. (300-500 bo‘lsa yaxshi
hisoblanadi). 1 litr suvda yoki 1 kg tekshirilayotgan materialda E.Coli ning soni koli-indeks
deyiladi. Ichimlik suvida koli-indeks 2-3 dan oshmasligi kerak. Suvning tozaligi bakteriologik
usulda koli-titr va koli-indeksni aniqlash yo‘li bilan tekshirib turiladi.
5.2.Tuproq mikroflorasi. Tuproq unumdorligini undagi bakteriyalarga bog‘liqligi. Tuproq
orqali tarqaladigan kasalliklar.
Tuproq mikroflorasini o‘rganishda olimlardan V.V.Dokuchaev, P.A.Kostqchev,
S.N.Vinogradskiy, V.R.Vilyams va boshqalarning qilgan ishlarining ahamiyati katta.
Tuproq prokariot va eokariotlarning yashashi va ko‘payishi uchun eng qulay ob’ektdir.
Tuproqdagi organik va mineral birikmalarning tarkibini undagi mikroblar biotsenozini tashkil
qiladigan bakteriyalar, zamburug‘lar, sodda jonivorlar va bakteriyalar boshqarib turadi.Tuproq
biotsenozida albatta yuqori turuvchi o‘simliklar, hashoratlar, hayvonlar alohida o‘rin tutadi.
Tuproqdagi mikroblar soni va turi doimo bir hilda bo‘lmasdan, ular tuproqning kimyoviy tarkibi,
namligi, temperaturasi, Rn sharoiti va boshqa holatlariga bog‘liq bo‘ladi. namligi va ozuqa
moddalari kam bo‘lgan ko‘mlik tuproqlarida 1 gr da 10
5
gacha, ishlov beriladigan tuproqlarida esa
10
8
-10
9
gacha bakteriyalar bo‘ladi. Odatda 1 ga tuproqdagi tirik organizmlar soni 1 tonna gacha
etadi. Bakteriyalarning eng ko‘p qismi tuproqda 5-15 sm chuqurligida bo‘ladi. 1,5 chuqurlikda esa
kam bo‘ladi. Tuproqda har xil autotrof va geterotroflar, aerob va anaeroblar, termo-, lizo- va
psixrofill bakteriyalar yashaydi. Bularning ichida erkin holatda yashovchi, azotfiksiya qiluvchi
Azotobacter Lar, Nocardia va Clostridii larning ayrim turlari, dukkakli o‘simliklarning
bakteriyalari - Rigobium Lar, nitrifikatsiya qiluvchi bakteriyalar avlodiga kiruvchi Nitrosomonas,
Nitrobacter, Psevdomonas va zamburug‘lar, denitrifikatsiya qiluvchi bakteriyalar Tiobacylus
denitrificans, ammonifikatsiya qiluvchi bakteriyalar va boshqalar kiradi. Organik moddalarga boy
bo‘lgan tuproqlarda ko‘p miqdorda aerob va anaerob bakteriyalar aktinomitsetlar, zamburug‘lar,
sodda jonivorlar bo‘ladi.
5.2-rasm
Tuproq mikrob biotsenozining o‘zgarishi uchun hosildorligiga, fasildagi temperatura va
namlikning o‘zgarishiga bog‘liqdir. Hosildor tuproqlarda Achromobacteriaceae,
Pseudomonodaceae, Bacillaceae va boshqa oilalarga kiruvchibakteriyalar ko‘proq bo‘ladi. Ular
kuchli fermentativ xossaga ega bo‘lganliklari uchun tuproqning Rn ni kislotalik tarafga
o‘zgartiradilar. Bu sharoitda esa sut achitqisi bakteriyalari, achitqilar mo‘g‘or zamburug‘lari va
bakteriyalar yaxshi ko‘payadi va ular moddalarni yaxshi parchalaydilar. Natijada hosil bo‘lgan
kiribnatlar muhit sharoitini neytrallanishiga va ishqoriy tarafga o‘zgarishga olib keladi. Natijada
qishloq xo‘jaligi o‘simliklari yaxshi o‘smaydi. Undan so‘ng tuproqning tarkibidagi
bakteriyalarning vegetativ formalarini soni kamayib ketadi, ya’ni ular o‘ladi, spora hosil qiluvchi
bakteriyalar, aktinomitsetlar, zamburug‘lar, sodda jonivorlarning sistalari esa ko‘payib ketadi.
Biotsenozning bunday o‘zgarishi tuproqning tarkibidagi mikroblarning oqsilni ammiak va H
2
S
hosil qilib parchalashi va ularni keyinchalik nitratlar vasulfidlariga oksidlanib, tuproqning
kimyoviy tarkibini o‘zgarishiga olib keladi. Bu holat esa tuproqda yangi biotsenozning hosil
bo‘lishiga, ya’ni mikobakteriyalar, aktinomitsetlar, yuqori turuvchi zamburug‘larning
ko‘payishiga olib keladi. Bunday hollarda sodda jonivorlarning faolligi oshadi va ular
37
bakteriyalar va bakteriotsidlarni kamayishiga sabab bo‘ladi (ularni “eydi”). Tuproq har xil mineral
o‘g‘itlarni solish, yuqorida ko‘rsatilgan biotsenozni izdan chiqarishi mumkin.
Tuproqqa har xil chiqindilar turli kasalliklardan o‘lgan odam va hayvon tanalari bilan patogen va
shartli patogen mikroblar tushishi mumkin. Ko‘pchilik bakteriyalar odam va hayvonlarning siydik
va pateslani bilan tushadi va ma’lum bir vaqtgacha saqlanadi. Ularning saqlanish muddati tuproq
biotsenozdagi doimiy bakteriyalarning antagonistik xususiyatiga va tashqi muhit sharoitiga
bog‘liq. Bakteriyalarning vegetativ formalari tezroq nobud bo‘ladi, ya’ni bir necha kundan bir
necha oygacha. Sporalari esa bir necha o‘n yillab saqlanishi mumkin. M.V. Antracis, Cl. Tetani va
boshqa.
Tuproqning sanitar-gigienik holati undagi termofil bakteriyalar holatiga va najas bilan ifloslanishi
darajasiga bog‘liqdir.
Tuprofning shartli patogen va patogen mikroblar – esherixiyalar, salmonellalar, batsillalar,
klostridiyalar bilan ifloslanishi katta epidemiologik ahamiyatga egadir. Asosan bir gr. tuproq
tarkibidagi nitrobakteriyalar va enterobakteriyalar (Citrobacter, Entetobacter), Str. Fecalis, Cl.
Perfringens lar soni aniqlanadi. Bunda sitrobakter va enterobakteriyalar tuproqning eskidan
ifloslanganligi, E.Coli va Str.Fecalis – yangi ifloslanganligi, Cl. Perfringens esa juda eski
ifloslanganligini bildiradi, ya’ni laboratoriya tekshirish usuli bilan tuproqdagi koli-titr va
perfringens
5.3. Havo mikroflorasi. Havo orqali tarqaladigan kasalliklar.
Havodagi mikroblar juda hilma-hil va ularning soni ko‘p faktorlarga bog‘liqYA’ni, havoning
mineral Sa organik birikmalar bilan ifloslanishiga, temperaturaga, yog‘ingarchilikka, yilning
fasliga, namlikka, geografik joylanishishiga va boshqalarga bog‘liq.
Havoda chang, qurum qanchalik ko‘p bo‘lsa, mikroblar ham shunchalik ko‘p bo‘ladi. Tog‘li
joylarda, o‘rmonlarda, dengiz va okeanlar ustidagi havoda mikroblar soni kam bo‘ladi. Havoga
mikroblar tuproqdan, o‘simliklardan, hayvon organizmidan tushadi. Havoda ko‘pincha pigment
hosil qiluvchi saprofitlar (meningokokklar va sarsinalar) sporalik bakteriyalar (B.cerius, B.
Megaterium) aktinomitsetlar. Mo‘g‘or va achitqi zamburug‘lari va bakteriyalar uchraydi. 1 m
3
havodagi mikroblar soni har xil bo‘ladi.
Havo mikroflorasini shartli ravishda doimiy, ya’ni tez-tez uchraydigan va almashinib
turadigan bakteriyalarga bo‘lish mumkin. Havoning doimiy mikroflorasi, asosan tuproq
mikroflorasi hisobiga shakllanadi, ko‘proq turli xil pigment hosil qiluvchi kokklar, spora hosil
qiluvchi batsillalar, antinomitsetlar, zamburug‘lar, viruslar bo‘ladi. Pigment hosil qiluvchi
bakteriyalar o‘zining tarkibidagi karotinoidlar hisobiga quyosh nuriga ma’lum darajada chidamli
hisoblanadi va ularning havoda uzoq vaqt saqlanishini ta’minlaydi. Ba’zi tadqiqotchilarning
fikricha, bu bakteriyalar xatto havoda ko‘paya oladi.havoda tuproq-chang zarralari kamaysa, havo
bir muncha tozalanadi. SHuning uchun 500 metr balandlikdagi 1x3 havoda bor yo‘g‘i 1000 ta
mikrob uchraydi. Toza havo ko‘pincha tog‘, o‘rmon va ko‘kalamzorlashtirilgan joylarda bo‘ladi,
chunki daraxt, ko‘kat va ular bag‘rida chang ushlanib qoladi. Patogen va shartli patogen
mikroorganizmlar, kasal odam yoki hayvonlar, shuningdek, bakteriyalar tashuvchilardan havoga
tomchi aerozollari ko‘rinishida tushadi.
Havo mikroflorasini aniqlash usullari.
Sedimentatsiion usul (Kox) 2 ta oziqli agar quyilgan Petri kosachasi ochiholda60 min. Davomida
stol ustiga qo‘yiladi. So‘ng 37
0
S datermostatga joylashtiriladi. 2 la kosachalardan o‘sib chiqqan
koloniyalar soniga qarab natija chiqariladi. 250 dan kam koloniya usib chiqsa, havo toza
hisoblanadi, koloniyalar soni 250-500 ta bo‘lsa, havo o‘rtacha ifloslangan, agar 500 dan ortiq
bo‘lsa nihoyatda ifloslangan bo‘ladi. 2-usul aspiratsion yoki Krotov usuli. Bu havodagi
mikroblar sonini aniqlashda juda ham aniq usul hisoblanadi. Havo apparat yordamida ekiladi.
Krotov apparatiga havo ma’lum tezlikda oziqli agarli kosachaga yopib turgan pleksiglas
plastinkaning tor yorig‘idan surilib uriladi. Bunda mikroorganizmlarga ega bo‘lgan aerozol
zarrachalari bir tekis agar yuzasiga joylashadi, chunki kosacha yorig‘ining tagida doimiy aylanib
turadi. Termostatga quyilgandan so‘ng formula bo‘yicha mikrob soni hisoblanadi.
X=ax1000 V
A-kosachada hosil bo‘lgan koloniyalar soni;
38
V-apparat orqali surib o‘tkazilgan havoning hajmi;
1000 tekshiriluvchi xonaning o‘rtacha hajmi.
Havodagi sanitar-ko‘rsatkichli mikroblarni aniqlashda oziqli agardan, gemolitik
streptokokklar uchun esa gensian binafsha qo‘shilgan qonli agardan foydalaniladi. Keyinchalik
koloniyalar mikroskop ostida ko‘riladi. Gumon qilingan koloniyalar esa qaytadan qonli agarga
ekiladi. Staph aureus havoni tuxum sarig‘ini tuzli agariga ekish usuli bilan ajratib olinadi.
Kasalxona ichida tillarang stafilokokk paydo bo‘lganda tekshirishlar infeksiya manbaini tarqalish
yo‘llarini aniqlashga qaratiladi.
5.4. Inson tana normal mikroflorasi
Inson hayotini birinchi kunidan boshlab juda ko’p son-sanoqsiz mikroorganizm vakillari
bilan favqulotda aloqada bo’lib turadi. Ona bachadonida homila steril bo’ladi. Bola tug’ilishidan
boshlab, bir necha yillar ichida har bir biotipga xos mikroflora shakllanadi Turli bakteriyalar va
mikrohayotning boshqa vakillari chaqoloqning terisi va shilliq qavvatlari bilan kontakda
bo’ladi.Bularning ba’zilari organizm uchun patogen bo’lsa, bularga qarshi organizm kurashishi
zarur, boshqalari esa organizm bilan uzviy aloqada (simbioz) yashab, foyda keltiradi, ko’pchiligi
esa kommensal xisoblanib organizmga na foyda keltiradi na ziyon. Inson organizmidagi asosiy
mikroorganizmlar makroorganizm xisobiga yashaydi u bilan juda yaqin uzviy aloqada bo’lib
odamning hayot faoliyatida juda muhim vazifalarni bajaradi. Sog’lom odamlarda uchrovchi
mikroorganizmlar yig’indisi odamning normal mikroflorasini yoki mikrobiosenozini tashkil
qiladi. “Normal mikroflora” termini asosan sog’lom odam organizimidan doimo va ko’proq
topiladigon mikroblar yig’indisiga aytiladi. Normal mikroflora asosan odamlarning terisida va
tashqiy muhit bilan bevosta aloqada bo’lgan organlarida ( yuqori nafas yo’llari, oshqozon ichak
sistemasi, siydik tanosil organlari) uchraydi va shu organlarda mikroorganizmlarning ma’lum
biotoplarini, mikrobiosenozini shakillantiradi. Har bir odam bitopida uchrovchi mikroorganizmlar
o’zlarining tarkibi va miqdori jihatdan boshqa biotoplardan tubdan farq qiladi. Eng kam
mikroorganizmlar terida uchraydi va organizmning umumiy mikroorganizmlarga nisbatan 2%
tashkil qiladi, 9% gacha urogenital traktga, 15-16 % halqum –og’iz bo’shlig’iga to’g’ri kelsa 60-
70 % oshqozon ichak traktida uchraydi. Mikroorganizmlarga eng boy organlar og’iz bo’shlig’i,
qin va yo’g’on ichak xisoblanadi. Chaqaloq mikroflora bilan tug’ilmaydi, mikrobiosenozlar
bolalarning hayoti jarayonida shakillanadi. Ona bachadonida homila steril bo’ladi. Bola
tug’ilishidan boshlab, bir necha yillar ichida har bir biotipga xos mikroflora (onaning tug’ish
yo’llari, terisi, suti, tashqi muhit – havo, tuproq oziq ovqatlar mikroflorasi xisobiga) shakillanadi.
Me’yoriy ichak mikroflorasining holatiga endogen va ekzogen omillar doimiy ravishda ta’sir
etib turadi. Ekzogen omillarga klimatogeografik, ekologik, kasbiy-maishiy sharoitlar va boshqalar
kiradi. Endogen omillariga esa somatik kasalliklar, organizmning turli biotoplardagi shartli-
patogen bakteriyalar keltirib chiqaruvchi kasalliklar, tug’ma immun tanqisliklar va b. kiradi.
Oxirgi vaqtlarda mikrofloraning buzilishi, immun va asab tizimidagi kasalliklar bilan birgalikda
namoyon bo’lishi kuzatilmokda.
Fiziologik sharoitda ichak shilliq qavati bioplenka - bakterial glikokaliks bilan qoplangan
bo’lib, uning tarkibida mikroblarning ekzopolisaxaridlar matriksi va shilliq qavat qadahsimon
hujayralarning musini mavjud. Bu plenkaning qalinligi 1-10 mikron bo’lishiga qaramasdan,
undagi indigen flora mikrokoloniyalarining miqdori bir necha yuz-mingtani tashkil qilib, bu
plenka ichidagi bakteriyalarning noqulay omillar ta’siriga chidamliligi boshqa bakteriyalarga
nisbatan o’n, yuz marotaba yuqoridir.
4
Normal ichak mikroflorasi 450 dan ortiq mikroorganizmlardan tashkil topib, hujayin
organizmining metabolizmida va ichakda kolonizasion rezistentlikni shakllanishida ishtirok etadi.
Ichakning mikroblar to’plami makroorganizmda moddalar almashinuvi jarayonlarining holatini
aniqlaydi, bir tomondan, biologik faol birikmalarni zararsizlantirib, hazm bo’lmagan ozuqa
moddalarini o’zlashtirsa, ikkinchi tomondan V gurux vitaminlarini, vitamin K, nikotin, folin va
askorbin kislotalarni, ayrim fermentlarni sintezlaydi.
4
Microbiology : an introduction / Gerard J. Tortora, Berdell R. Funke, Christine L. Case. — Twelfth edition, 2016
39
Makroorganizmning immunobiologik reaktivligini shakllanishida mikrofloraning muhim
o’rni e’tirof qilinadi, buning natijasida organizmda umumiy immunoglobulinlar mikdori
boshqariladi. Shunday qilib, me’yoriy ichak mikroflorasining o’ziga xos - himoya, modda
almashinuv, immun faollashtiruvchi vazifalari aniqlangan va ularning birortasining izdan chiqishi
metobolizmning buzilishiga, natijada mikronutrientlarning -vitaminlarning, mikroelementlarning,
mineral moddalarning yetishmovchiligiga, hamda immun holatning pasayishiga, bu esa
makroorganizm a’zo va tizimlarida qaytmas jarayonlarni kelib chiqishiga sabab bo’ladi.
Inson mikroflorasida dominant mikroorganizmlar hisoblangan spora hosil qilmaydigan
qat’iy anaerob bakteriyalarni ajratib olishda, material olib, ekishgacha bo’lgan vaqtda bu
mikroorganizmlar O
2
ning letal ta’siridan himoyalangan bo’lishi lozim. Shuning uchun bemor
najasi transportirovkasida rezina tiqinli probirkalardan foydalaniladi. Vaginal material maxsus
transport oziq muhiti hisoblangan – tioglikol oziq muhiti solingan rezina tiqinli probirkada olib
kelinadi. Ma’lumki, material olinib, ekishgacha bo’lgan vaqt 2 soatdan oshmasligi kerak.
Laboratoriyaga olib kelingan najasning chukur kismidan 1 g tortib, vaginal suyuqlik bo’lsa
1 ml olamiz va 9ml bufer eritmasida aralashtiriladi. Bu ham aerob, ham anaerob bakteriyalarning
bir tekis tarqalishi va ularning tirik saqlanishi uchun sharoit yaratadi. Bu eritmalarni 10
1
dan 10
10
darajasigacha suyultiriladi va ularning har biridan tegishli oziqa muhitlariga turli aerob, hamda
anaerob mikroorganizmlarni ajratib olish uchun ekiladi (22-jadval)
Anaerob bakteriyalar normal ichak mikroflorasining 98-99% ni, aerob flora esa 1-2% ni
tashkil qilishini hisobga olinib, ularni o’stirishda kimyoviy modda tutadigan gaz paketchalari
joylashtirilgan mikroanaerostatdan foydalanish mumkin(anarob bakteriyalarni ajratib olish
usullariga qaralsin).
Gr(-) spora hosil qilmaydigan qat’iy anaerob bakteriyalar natriy-azid qo’shilgan qonli va
bakteroidlar uchun agarlarda o’stiraldi. Inkubasiya vaqti 35
0
C da 72 soat Bu oziq muhitlarda
bakteroidlar yaxshi o’sadi. Bakteroidlar kulrang, to’q jigarrang, qora koloniyalar hosil qilib, shakli
- grammanfiy polimorf tayoqcha, spora hosil qilmaydi, katalaza manfiy. Bakteroidlar qatiy
anaerob hisoblanib, anaerostatlarda 2-4 kun o’stiriladi.
Gram (+) qat’iy anaerob bakteriyalar “Blourokko” va “Hime-dia” firmasining
“Bifidobakteriyalar uchun agar” oziq muhitlarida 37,5
0
-38
0
S da 48 soat anaerob sharoitda o’sadi.
Bifidobakteriyalar disk ko’rinishdagi koloniyalar hosil qiladi. Bu agarda boshqa anaeroblar ham
o’sishi mumkin. Shuning uchun koloniyalardan surtma tayyorlanib ko’rildi.
Dostları ilə paylaş: |