O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi



Yüklə 3,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/39
tarix19.02.2020
ölçüsü3,12 Mb.
#30485
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   39
mikrobiologiya fanidan oquv uslubiy majmua


INDUTSIRLASHGAN  mutatsiyalarda, eksperiment sharoitda ma’lum bir fizik yoki ximiyaviy 
ta’sir natijasida o‘zgargan gammalar olinadi. Genotipik yokixromosomalik mutatsiyalar 
farqlanadi. Induktiv mutatsiyani chaqiruvchi ximiyaviy birikmalar yoki fizikaviy faktorlarga 
MUTOGENLAR  deyiladi. Ular DNK  ga har xil ta’sir qilishi mumkin, ya’ni mexanizmi har xil 
bo‘ladi. 
GENETIK REKOMBINATSIYALAR 
YUqori turuvchi organizmlar singari, mikroorganizmlar uchun ham genetik rekombinatsiya 
xosdir. Ma’lumki eukariotlar uchun jinsiy ko‘payish xosdir. Prokariotlarda bu xol kuzatilmaydi. 
Mikroblarda rekombinatsiya retsepient kletkaga, donor kletka xromasomasining bir qismini kirishi 
natijasida to‘liq bo‘lmagan ZIGOTA-MEROZIGOTA hosil bo‘ladi. Bu rekombinat genotipi, 
o‘ziga donor xromasomalarning (DNK) bir qisminigina olgan retsepient genotipidir. SHuning 
uchun ham bu protsessni aniqlash bir muncha qiyindir. Genetik materialni bir mikrob hujayrasidan 
ikkinchisiga o‘tishi TRANSFORMATSIYA, TRANSDUKSIYA va KONYUGATSIYA yo‘li 
bilan o‘tishi mumkin. 
TRANSFORMATSIYA 
Bu – genetik materialni (DNK) donordan retsepientga to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatilishidir. 
Transformatsiya xodisasi 2 ta bakteriya qatnashadi, birinchisida DNK donor, ikkinchisida DNK 
retsepient bo‘ladi. Lekin hamma hujayralar ham DNK ni qabul qilavermaydi. DNK qabul qilish 
xususiyatiga ega bo‘lgan hujayrani kompetnent hujayralar deyiladi. Ulardagi kompetnentlik holati 
qisqa muddatli bo‘lib, hujayraning o‘sish davridagi (ko‘payish) ma’lum bir vaqtda bo‘ladi, 
ko‘pincha u bakteriya ko‘payishining – fazasida bo‘ladi. YA’ni bu vaqtda hujayra devorining 
o‘tkazuvchanligi yuqori bo‘lib DNK molekulasini kirishiga qulay sharoit bo‘ladi. Hamma 

52 
 
bakteriyalar ham kompetentlik xususiyatiga ega bo‘lavermaydi. Transformatsiya  holatini 
chaqirish uchun ba’zan bakteriya hujayralari ayrim moddalar ta’sirida ishlanib, hujayra devorini 
o‘tkazuvchanligi oshiriladi. Transformatsiya  protsessi bir necha fazada o‘tadi. 
1.  DNK donorni retsepietga adsorbsiyasi. 
2.  Donor DNK sini retsepientga hujayrasi ichiga kirishi. 
3.  Donor DNK sini retsepient xromasomasining o‘ziga o‘xshash qismi bilan birlashib 
rekombinatsiya hosil qilishi. DNK lar qanchalik ko‘p o‘xshash bo‘lsa, rekombinatsiya 
shunchalik tez va yaxshi bo‘ladi. 
 
TRANSDUKSIYA 
Genetik materialni bir akteriyadan ikkinchisiga fag  orqali o‘tilishi TRANSDUKSIYA  deyiladi. 
Uch xil transduksiya bo‘ladi: nespetsefik, spetsefik va abort formasi. 
NESPETSEFIK TRASNDUKSIYA. Bu holda  fag vibrionlari hosil bo‘lish jarayonida bakteriya 
donor DNK sining qandaydir bir qismi hosil bo‘layotgan fag  DNK siga kirib qoladi va qisman 
informatsiyani o‘tkazadi, ya’ni transduksiya qiluvchi fag bir bakteriyadan ikkinchisiga faqat 
genetik materialni o‘tkazuvchi bo‘libgina qoladi va kulturani lizis qilaolmaydi, ya’ni donor DNK 
si bakteriya xromasomasiga joylashadi. 
SPETSIFIK TRANSDUKSIYA. Avvalgisidan farqli o‘laroq bu holda donor DNK si retsipientga 
ma’lum bir genni to‘liq o‘tkazadi va DNK retsipient xromasomasi bilan mustahkam bo0lanadi. 
ABORTIK TRANSDUKSIYA. Bu holda donor DNK si retsipient hujayrasiga kiradi, lekin uning 
xromasomasi bilan bog‘lanmasdan erkin holda turaveradi. Hujayra bo‘linishi vaqtida bu DNK 
faqat bitta yangi qiz hujayraga berilishi mumkin, natijada kelgusi avlodda yo‘q bo‘lib ketadi. 
KONYUGATSIYA 
Genetik materialni donor hujayrasidan retsipient hujayrasiga birikishi chatishish yo‘li bilan 
o‘tishidir. Bu holda bakteriyalar birga o‘stiriladi. Donordagi genetik material F  faktorga ega 
bo‘ladi, (fertihy  -  pushtililik) buni G+kletkasi F  faktorga ega bo‘lmagan bakteriyalar hujayrasi 
genotipi donor bo‘laolmaydi, ularning G-hujayra deb belgilaymiz. Jinsiy faktor konyugatsiya 
xususiyatiga ega bo‘lgan PLAZMIDALAR guruhiga kiradi va ma’lum massaga ega bo‘lgan  DNK 
xalqasidan tashkil topgan bo‘ladi. F  –  plazmida jinsiy kiprikchalar (F)  ni sintezini nazoratqiladi, 
bu kirpikchalar donor va retsipient hujayrasini birlashishida, shu bilan birga DNK dan tashqarida 
bo‘lgan genetik materialni o‘tkazishda qatnashadi. 
PLAZMIDALAR  .  plazmidlar xromasomadan tashqaridagi genetik (irsiy) elementlardir: ya’ni 
DNK molekulasidagi xromasomaga bog‘liq emas: replikatsiya xususiyatiga ega replikatsiyada 
qatnashadi. Plazmidalar bakteriya hujayrasi tarkibidagi doimiy elementlar tarkibiga kirmaydi. 
Amma ular muhim protsesslarda qatnashishi mumkin – genetik ma’lumotlarni konyugatsiya orqali 
o‘tishida antibiotiklarga sezgirligi va hokazo. Plazmidalar konyugatsiyalanuvchi va konyugsiya 
bo‘lmaydigan guruhga bo‘linadi. konyugativ plazmidalarga DNKni donordan retsipientga 
konyugatsiya orqali o‘tkazuvchi F  SO-plazmidalar kiradi. Ikkinchi kletkadan kletkaga 
konyugatsiya usuli bilan gen belgini o‘tkazish xususiyatiga ega emas. Ona hujayraning 
bo‘linishida yangi qiz hujayralarda bir tekisda taqsimlanadi. R-plazmidalar bakteriyadagi 
antibiotiklarga chidamlikni belgilaydi. 
GEN INJENERIYASI 
Patogen bakteriya va viruslarni genetikasini o‘rganish immunoprofilaktika ishiga katta ahamiyatga 
ega. Ayniqsa gen (irsiy) yoki genlik injeneriya – yangi irsiy elementlar ishlab chiqishi bular orqali 
maxsus ma’lumotni kletkalarga o‘tkazish, avlodga berish va h.k. gen injeneriya asosida tashkil 
qilingan yangi genlik strukturasida DNKni yangi rekombinatlari yangi 2 takomponent. VEKTOR 
(tashuvchi) replikatsiyadagi hamma xususiyatlarni yangi rekombinat molekulasiga o‘tkazadi. 
Vektor sifatida plazmidalar, faglar, hayvonlar viruslari, xullas DNKning berk xalqasiga ega 
bo‘lgan elementlar kiradi. Ikkinchi begona DNKni hosil qiluvchi DNKni klonlashtiruvchi –  bu 
DNK-fermenti bo‘lib, kerakli genlarni tashiydi, kerak moddalarni sintezlaydi  va nazorat qiladi. 
Gen injeneriya usuli bilan hozirgi vaqtda rekombinat molekalalar olingan bo‘lib, bular kerakli 
moddalarni, sintez qiluvchi genlarni tashiydi. 
 

53 
 
         YUqumli kasalliklarni oldini olish va davolash uchun vaksina va zardoblar juda ahamiyatli 
hisoblanadi. Vaksinalar – organizmga yuborilganida uni kasallikdan saqlab qoladigan preparatlar. 
Vaksinalar tayorlanishiga qarab 1) o‘ldirilgan mikroblardan olingan vaksinalar-mikrobga 
temperatura, ximiyaviy moddalar ta’sir etirilib mikrob hujayrayrasini emirish orqali antigen 
olinadi. Bularga qorin tifi, vabo, ko‘kyo‘tal kaaslliklari vaksinalari kiradi; 2) tirik, lekin 
zaiflashtirilgan virulentligi pasaytirilgan tirk mikroblardan tayyorlangan vaksinalar kiradi. 
Mikroblarni o‘sishi va ko‘payishi uchun nokulay sharoit, xayvonlarga qayta-qayta yuborish 
natijasida olinadi. Hozirgi vaqtda Sil (BSJ), brutsellyoz, tuleremiya, gripp, poliomielit 
profilaktikasi uchun ishlatiladigan vaksinalar shular jumlasidandir. 
8.3 Anatoksinlar. Zardoblar 
         Anatoksinlar - ekzotoksinlarni zararsizlantirsh orqali olinadi. 0,1% formalin va temperatura 
ta’siri orkali tayyolanadi. Difteriya, qoqshol, botulizm anatoksinlari va ilon, o‘simlik zaxarlariga 
qarshi anatoksinlar ishlatiladi. 
         Zardoblar  -  tayyor maxsus immun antitelolar-immunoglobulinlardir. Davolashda va kasal 
bilan kontaktda bo‘lgan odamlarga engil kasallanib o‘tishi uchun xam yuboriladi. Antitoksik 
immun zardoblar sog‘lom hayvonlar, (ot, quyon. dengiz cho‘chqachasi) organizmiga mikrob 
yuborish orqali olinadi. 
         Gamma-globulinlar qon zardobining oqsil fraksiyasi bo‘lib, yuqumli kasalliklarni 
profilaktikasi va davosida ishlatiladi. YUqumli kasalliklarni oldini olishda asosiy metodlaridan 
biri aktiv sun’iy  immunitetni vaksina yordamida hosil qilishdir. 
         Vaksina (lotincha-sigir) so‘zidan olingan bo‘lib, ushbu atamani tibbiyotga olingan bo‘lib, L. 
Paster XIX asrda kiritgan. Kasalliklarni  mexanizmlarini tushinmasalar ham ko‘pgina xavfli  
yuqumli kasalliklarga, ilon, chayon, zahariga qarshi emlashni qo‘llab kelishgan. SHunday  qilib, 
ma’lum qo‘zg‘atuvchiga yoki toksinga  qarshi hayot davomida orttirilgan sun’iy aktiv immunitetni 
keltirib chiqaruvchi preparatga vaksina  deyiladi. Vaksinalar ma’lum  bir talablarga javob 
berishlari kerak: 
1. YUqori immunogenlik xususiyatiga ega bo‘lishi kerak, ya’ni mustahkam va uzoq saqlanuvchi 
maxsus immunitet hosil qilishi kerak. 
2. Organizmga umuman xavfsiz bo‘lishi. 
3. Salbiy ta’siri bo‘lmasligi karak. 
4. To‘g‘ri saqlanganda o‘zinig immunogenlik xususiyatini mustahkam saqlashi kerak. 
5. Xalqaro standart talablarga javob berishi kerak. 
Vaksinalar maxsus tanlab olingan mikroorganizmlarni shtammlaridan tayyorlanadi
bunday shtammlardan avirulentligi  va yuqori  darajada  immunogenligi bilan farq qiladi. Bunday  
shtammlar maxsus oziq muhitlarda qulay sharoitda bir necha marotaba qayta ekilib o‘stiriladi va 
doimo nazorat qilib turiladi. Masalan, bakteriyalar selektiv oziq muxitlarida o‘stirilsa, rikketsiya 
va viruslar tovuq embrionida va hujayra kulturasida ko‘paytiriladi. Ko‘pgina vaksinalar maxsus 
apparat yordamida liofil usul bilan quritiladi, bunday  quritilgan  vaksinalarni  asosiy  biologik 
xususiyatlari tiklanib qolgan holda uzoq muddatgacha xona  haroratida saqlash mumkin. 
Vaksinalar tarkibi va tayyorlanish texnologiyasi  bo‘yicha bo‘linadi. 
1. Tirik vaksinalar-mikroorganizmlarni avirulent shtammlaridan tayyorlanadi. 
2. O‘ldirilgan vaksinalar yoki korpuskulyar vaksinalar. 
3. Kimyoviy vaksinalar. 
4. Anatoksinlar. 
5. Sun’iy vaksinalar. 
6. Gen injeneriyasi bilan tayyorlangan vaksinalar. 
7. Autovaksinalar. 
Bu vaksinalarni virulentligi kamaytirilgan yoki to‘liq  yo‘qotilgan  bakteriyalar va 
viruslardan tayyorlanadi. Tirik vaksinalar tarkibidagi  tirik mikroorganizmlar emlangandan keyin 
organizmda ko‘payadi, simptomsiz (latent) infeksiya keltirib chikaradi. Bularga qarshi hosil 
bo‘lgan sun’iy aktiv immunitet tabiiy aktiv immunitetdan farq qilmaydi. Bular  mustahkam, 
davomiy ya’ni uzoq davom etadi, ba’zida umrboqiy  immunitetni keltirib chiqaradi. 
Poliomilit, qizamiq, sariq lixaradka, tulyaremiya, brutsellyoz, epidemik parotit, sil va 
boshqa kasalliklarda qo‘llanadi. Ingliz vrachi E.Djenner 1796  yilda  birinchi bo‘lib tirik vaksinani 

54 
 
kashf etdi va uni  odamlarni chin chechak qo‘zgatuvchisidan himoya qilish uchun  foydalandi. 
Emlash uchun sut sog‘uvchi ayollarni qo‘lidagi pufakchalar ichidagi yiringdan oldi. Sigirlar 
chechagi virusi odam chin chechak virusi bilan bir xil antigenlarga ega bo‘lgan, lekin sigir 
chechagi  virusini virulentligi past. Tirik vaksinalarni olishda yana boshqa usullar ko‘llaniladi, 
ya’ni patogen bakteriya va viruslarni nokulay sharotlarda o‘stirishdir. Noqulay sharoitlarga 
tushgan mikroorganizmlarda spontan mutatsiyalar boshlanadi. Populyasiyadagi mutantlar ichidan 
avirulent turlari ajratib olinib alohida ko‘paytiriladi, lekin bu shtammlarni  antigenlik va 
immunogenlik xossalari saqanib qolishi kerak. SHu usul bilan L.Paster qutirishga, Kal’met va 
Geren silga, Smorodinsev va CHumakovlar poliomielitga  qarshi tirik vaksinalar tayyorlagan. 
         1. Ular organizmni sensibilizatsiyasini oshirib yuboradi. 
         2. Katta to‘plamdagi antigen tutuadi. 
         3. Organizmni immun sistemasiga katta nagruzka chaqiradi. 
         4. Ba’zi bir viruslarni tirik vaksinali shtammlari og‘ir  persistent infeksiyalarni keltirib 
chiqarishga sabab bo‘ladi, bunda xujayrani genetik apparatini shikastlaydi. 
         5. Vaksinani qisqa vaqt saqlanishi. 
         6. Immun tankislik  kasalliklari  bilan kasallangan odamlarda har xil asoratlar berish 
mumkin. 
         YUqori immunogenlik, past virulentlik xususiyatiga ega bo‘lgan shtammlar tanlab olinib 
fizik va ximik omillar yordamida o‘ldirilib  vaksina olinadi. Agar suspenziya yuqori xarorat 
ta’sirida olinsa, uni «qizdirilgan vaksina», spirt ta’sirida «spirtli», fenol ta’sirida «fenolli vaksina» 
deyiladi.  
1. bir necha antigenlardan foydalaniladi. 
2. xafsizligi. 
3. tez tayyorlash mumkinligi. 
4. uzoq vaqt saqlanishi mumkinligi. 
 
1. Mikroorganizmlarning to‘liq o‘lganligini nazorat qilish. 
2. Immun sistemaga  katta nagruzka. 
3. Organizm sensibilizatsiyasini oshiradi. 
4. Tarkibidagi lipidlar va boshqa ximiyaviy qo‘shilmalar hisobiga toksigenlik xususiyatiga ega 
bo‘lishi. 
5. Immuniteti past organizmda har xil asoratlar berishi. 
                                 
         Ximiyaviy usullar yordamida bakteriya xujayrasidan yuqori darajadagi  immunogenlik 
xususiyatiga ega bo‘lgan antigenlarni ajratib olib tayyorlanadi. Patogen mikroorganizmlarni 
protektiv va virulent antigenlardan foydalaniladi. Masalan: qorin tifi Vi va O antigenlaridan va 
qoqkshol anatoksini adsorbsiya  qilingan vaksina. Bunda bakteriya antigenlari va qoqshol 
anatoksini alyumin gidrooksidiga adsorbsiya qilinadi. Kimyoviy  vaksinalarni immunogenlik 
xususiyatini oshirish uchun ad’yuvant, ya’ni yordam beruvchi moddalar qo‘shiladi. Masalan: 
alyumin gidrooksidi, alyumin fosfat iva boshqalar. 
 
1. Uzoq muddat saqlanadi. 
2. Organizmni sensibilizatsiya qilish xususiyatiga ega. 
3. Asoratlari qolmaydi. 
4. Bir necha antigenlarni birlashtirib assotsiatsiya qilingan vaksina tayyorlash mumkin. Toshmali 
tifda, vaboda, qorin tifida, grippda qo‘llaniladi. 
                                           Anatoksinlar. 
         Kasallik patogenezida ekzotoksinlar asosiy rol o‘ynaydigan mikroblar ko‘paytiriladi va 
ularni ekzotoksinlari sof holda ajratib olinadi. Ushbu ekzotoksinlarga 0,3-0,5 % li formalin 
qo‘shib 38-40 
o
  S da 30 kun  davomida  termastatada saqlanadi. Buni natijasida toksin  o‘zini 
zaxarlik xususiyatini yo‘qotadi, ammo antigenlik va immunogenlik xossalari saqlanib qoladi. 
Anatoksinlarni 1923 yilda fransuz olimi Roman  ximiyaviy yo‘l bilan formalin ta’sirida oladi. 
Anatoksinlar oziq muhit tarkibidagi oqsillardan tozalanadi. Anatoksinlar bilan emlanganda 
patogen mikroorganizmlarga qarshi emas, balki toksinlarga qarshi immunitet xhosil bo‘ladi. Hosil 

55 
 
bo‘lgan antitelalar ekzotoksinlarni neytrallaydi. Stafilokokklarga, difteriya, qokshol, botulizm kabi 
kasalliklarga qarshi qo‘llaniladi. 
8.4.vaksinalar tayyorlash va talabalar. 
                                  Autovaksinalar. 
         Bular kasal organizmdan ajratib olingan mikroorganizmlardan tayyorlanadi, faqat shu bemor 
uchun davolash maqsadida ishlatiladi. Autovaksinalar ko‘pincha surunkali kasalliklardan 
davolashda foydalaniladi, masalan: surunkali stafilokokkli infeksiyalarni davolashda. 
Vaksinalar monovaksina, divaksina, chin chechak, sil, qutirish, bo‘g‘ma-qoqshol 
anatoksini polivaksina ko‘rinishida bo‘ladi. AKDS vaksinalar organizmga: 
1. Teri ostiga-(qorin tifi).  
2. Og‘iz orqali-(poliomielit). 
3. YUqori nafas yo‘llari orqali (gripp). 
4. Teri ustiga (Perke). 
5. Muskul orasiga. 
6. Aerazol yuboriladi. 
Emlash bir marta, ba’zi kasalliklarda bir necha marta qayta yuborilishi mumkin -  buni 
revaksinatsiya deyiladi. Vaksinalar odam organizmida sun’iy aktiv immunitetni doimiy qoldirsa, 
bazilari qisqa muddatga qoldirishi mumkin. Emlash quyidagi xolatlarda mumkin emas. 
1. Tana xarorati yuqori bo‘lgan bemorlarda. 
2. YAqin orada yuqumli kasallik bilan kasallangan bo‘lsa. 
3. Og‘ir kechadigan surunkali infeksiyada. 
4. YUrak xastaligida. 
5. Xomiladorlik vaqtida. 
6. Boshqa a’zolar xastaligida. 
7. Immun tanqislik xolatlarida. 
1974  –yilda Butun dunyo Sog‘liqni Saqlash tashkiloti rezolyusiya qabul qiladi, bunda 
immunizatsiyani keng qo‘llash dasturini ishlab chiqdi. SHuni aniqlashdiki, agarda emlashni 
qo‘llanilmasa har yili 5 mingdan ortiq bola nobud bo‘lar ekan. 1990 yildan immunizatsiyaning 
kengaytirilgan dasturi asosida 1 yoshgacha bolalar albatta quyidagi kasalliklarga qarshi emlanishi 
kerak: sil, qizamiq, ko‘kyo‘tal, qoqshol, poliomielit, difteriya. 
Immunoterapiya. 
Immunoterapiya immun zardoblar va vaksinalar yordamida infeksion kasalliklarni maxsus 
davolash usulidan biri hisoblanadi. 
 
 Seroterapiya-immun zardoblar yoki immunogobulin preparatlar bilan infeksion 
kasalliklar davolash usullariga aytiladi. Bu preparatlar maxsus antitela tutib,  bu antitela ma’lum 
bir qo‘zgatuvchiga  va toksinlaga qaratilgan bo‘ladi. Seroterapiya asosan kuchli ekzotoksin ishlab 
chiqargan qo‘zgatuvchilar uchun effektiv xisoblanadi. Masalan, difteriya, qoqshol, botulizm, gazli 
gangrena. O‘z vaqtida yuborilgan antitela toksinni neytrallaydi va uni ta’sirini to‘xtatadi.                           
                           Vaksinaterapiya. 
         Vaksinalar faqat profilaktika maqsadida emas, balki davolash maqsadida xam qo‘llaniladi. 
Masalan, anatoksinlar, mikrob toksinlaridan vaksinalar qo‘llaniladi. 
1. Surunkali kasalliklarda. 
2. Retsediv beruvchi infeksiyalarda. 
3. Tabbiy immunitetni juda sekinlik bilan hosil qiluvchi qo‘zg‘atuvchilarga. 
4. Mustahkam immunitet keltirib chiqarmaydigan infeksiyalarga qo‘llaniladi. 
Vaksinoterapiyada standart davolovchi vaksinalar yoki kasaldan ajratib olingan mikrob 
shtammiga tayyorlangan vaksina (autovaksina) qo‘llaniladi.  
                 
         Desensibilizatsiya.    
          esensibilizatsiyaning 2 tipi tafovut qilinadi. 
1. Antigenni qayta yuborish natijasida vaqtinchalik kasallik keltirib chiqarish xususiyati 
pasaytiriladi. 

56 
 
2. Gipersensibilizatsiya-bu yuqori sezuvchanlikni davolash usuli bo‘lib, allergenlarni ko‘p 
marotaba oshirib boruvchi dozalarda yuborilganda antitela sintezini stimulyasiyasi oshadi. Bu 
asosan Ig G  va  IgM sinfiga talluqli bo‘lib Ig E sintezini to‘sib qo‘yadi, chunki bu 
immunoglobulin allergiyani keltirib chiqaradi
7

                      
         Immunoprofilaktika. 
         Immunoprofilaktika-bu yuqumli kasalliklarni tarqalishini oldini olish bo‘lib, buni asosan 
immunizatsiya yo‘li bilan su’niy maxsus immunitetni hosil qiladi. 
         Organizmda hosil bo‘ladigan sun’iy immunitet 2-xil bo‘ladi. 
         1. Aktiv sun’iy immunitet-mikrob antigeni, ya’ni vaksinadan keyin hosil bo‘ladi. 
         2. Passiv suniy immunitet-organizmga maxsus antitela tutuvchi preparatlar yuborish Bilan 
(immun zardoblar, gamma globulinolar) sun’iy passiv immunitet hisoblanadi. 
Immunoglobulin preparatlari kasal bo‘lib tuzalagandan keyin ,yoki maxsus immunizatsiya 
qilingan odam va hayvon qon zardobidan olinadi.                                  
         Immun zardoblar
         Immunoglobulin zardob profilaktika, davolashda va diagnostikada ishlatiladi. 
         1. Davolash uchun-zaxmda. 
         2. Diagnostikada-patogen mikroorganizmlarni identifikatsiyasida. 
         Zardob bo‘linadi; 
         1. Toksinga qarshi. 
         2. Mikrobga qarshi. 
         Bu zardoblar immunoglobulin ko‘rinishida bo‘ladi. Odam qonidan tayyorlanagan Ig 
qizamiqqa, poliomielitga, ko‘kyo‘talga, virusli gepatitga, chin-chechak, suv chechak kasalliklariga 
profilaktika maqsadida ishlatiladi. Bularga –albumin, protein kabilar ishlatiladi. Bular surunkali 
yiringli kasalliklarda ishlatiladi. 
         Immun zardobni, ya’ni tarkibida maxsus antitelalar bor zardobni otlarga va boshqa 
hayvonlarga antigenni ko‘p marta yuborib immunizatsiya qilinadi. Otdan olingan zardob 
oqsilining tarkibi odam zardobidagi oqsillarga yakin, shu sababli odamlarga yuborilganda allergik 
reaksiyalar kam beradi. Dastlab hayvonlarga antigenning kam dozasi teri ostiga yuboriladi, keyin 
asta-sekin dozasi oshirib boriladi. Bezredka usuli. 
         Davolash va profilaktika uchun ishlatiladigan immun zardoblar tozalangan, konsentratsiya 
qilingan holda chiqariladi. Ularni sulfat ammoniy bilan fraksiyalarga ajratib, ultratsentrafuga 
yordamida elektroforez bilan globulinlarni bo‘ktirilgan va keraksiz oqsillardan tozalanadi. Bunday 
zardoblar sifatli bo‘lib, davolash hamda profilaktika xususiyatlari yaxshi, tarkibida keraksiz 
okqsillar kam, shu sababli ular organizmga zaxarali va allergik ta’sir etmaydi.     
 
 
 
 
Nazorat savollari 
1.  Bakteriyalarning genetikasi, uni o‘rganishni fanni o‘rganishdagi ahamiyati. 
2.  Mikroorganizmlarning o‘zgaruvchanligi. O‘zgaruvchanlik tushunchasi. 
3.  Bakteriyalardagi o‘zgaruvchanlikni yuqumli kasalliklarni profilaktikasini ishlab chiqarishdagi 
ahamiyati. 
4.  Bakteriyalardagi irsiy almashinuvi. 
5.  Genetik rekombinatsiya. 
Plazmidalar, ularning xossalari. Gen injeneriyasi 
 
Foydalanilgan adabiyotlar 
 
1. Muhamedov E.M., Eshboev E.X. Mikrobiologiya, immunologiya, virusologiya. T.,. 
Bakulina N.A., Kraeva E.L. Mikrobiologiya. T., “Meditsina”    nashriyoti. 1979. 
                                                            
7
 
Microbiology : an introduction / Gerard J. Tortora, Berdell R. Funke, Christine L. Case. — Twelfth edition, 2016
 
 

57 
 
2. Vorobyov A.A., Bo`kov A.S. «Mikrobiologiya». M., izd-vo «Vo`sshaya shkola». 2003. 
3. Pyatkin N.D., Krivoshein Yu.S. Mikrobiologiya va immunologiya. M., izd-vo «Meditsina» 
1980. 
4. Sinyushina M.N., Samsonova M.N. Rukovodstvo k laboratorno`m zanyatiyam po 
mikrobiologii. M., 1981. 
5. Timakov V.D., Livashev V.S., Borisov L.B. Mikrobiologiya. M., 1983. 
6. Kochemasova Z.N., Efremova S.A., Nabokov Yu.S. Mikrobiologiya. M., izd-vo 
«Meditsina». 1984. 
7. Churbanova I.N. Mikrobiologiya. M., idz-vo «Vo`sshaya shkola». 1987. 
 
 
9. Mavzu:Patogen gram manfiy (meningokok va gonokoklar) va gram musbat 
kokklar.(stafilokokklar, streptokokklar). 
 
Reja 
1.  Patogen kokklarning taksonomik o‘rni. 
2.  Grammmusbat va grammanfiy bakteriyalarning umumiy xarakteristikasi. 
3.  Grammmusbat va grammanfiy bakteriyalarning o‘stirilishi, toksigenligi. 
4.  Ularni keltirib chiqaradigan kasalliklari. 
5.  Grammmusbat, grammanfiy bakteriyalarning laboratoriya diagnostikasi va profilaktikasi
 
Tayanch iboralar: Micrococaceae, Lactobacillceae, gonokokk, meningokokk, 
pnevmokokklar 
9.1 Patogen kokklarning taksonomik o‘rni. 
         Patogen kokklarning guruhiga ko‘pgina yuqumli kasalliklarni chaqiruvchi va Shizomycetes 
sinfiga kiruvchi mikroorganizmlar kiradi. Patogen kokklarga streptokokklar, stafilokokklar, 
pnevmokokklar, meningokokklar, gonokokklar kiradi. Odam organizmida kokklar har xil simbioz 
holatda bo‘ladi. Terida, shilliq qavatlarda, nafas yo‘llarida streptokokk va stafilokokklarning 
saprofit va shartli patogen turlari, burun-xalqumda meningokokklar, ichakda enterokokklar (axlat 
streptokokklari) uchraydi. Organizmning qarshilik kuchi pasayganda, teri yoki shilliq qavat 
butunligi pasayganda, ular organizm to‘qimalariga kirib kasallik chaqiradi. Patogen kokklarning 
organotropik xususiyati hammasida ham bir xil emas. Bu xususiyat gonokokk, meningokokk, 
pnevmokokklarda kuchliroq, stafilokokk va streptokokklarda bu kuchsizroq namoyon bo‘ladi. 
         Kokklar Enteriobacterialis  tartibiga, Micrococaceae, Lactobacillceae va Neisseria  oilalariga 
mansubdir. Kokklar turli xususiyatlarga ega bo‘lib, bir-birlaridan to‘qimalarining joylashishi, 
gram usulida bo‘yalishi, nafas olishi bioximik aktivligi va patogenlik xususiyatlari bilan farq 
qiladi. 
Grammusbat kokklar. STAFILOKOKKLAR. 
         Turli klinik formadagi stafilokokklik infeksiyani chaqiruvchi kokklarga  Misrococeceae 
sinfiga  Staphylococcus  oilasiga kiruvchi Staphylococcus aureus va  Staph.  epidermidis  kiradi. 
Stafilokokklarni birinchi bo‘lib 1878 yilda R. Kox topgan, L. Paster 1880 yilda yiringdan ajratib 
olgan. 1884 yilda F. Rozenbax ularni batafsil o‘rgangan. 
         MORFOLOGIYASI: Stafilokokklar sharsimon shaklga ega bo‘lib, diametri 0,8-1.0 mkm. 
Bittadan yoki uzum shingili shaklida joylashgan bo‘ladi. Yiringdan tayyorlangan surtmalarda 
qisqa zanjir yoki juft holda joylashgan bo‘lib ko‘rinadi. Turli fizik, ximik va biologik omillar 
ta’sirida stafilokokklar o‘z shakllarini o‘zgartirib, yirik sharsimon yoki juda mayda hattoki filtrdan 
ham o‘tib ketadigan kichik shakllarda ham bo‘lishi mumkin. Xarakatsiz, spora va kapsula hosil 
qilmaydi.   
         O‘STIRILISHI: Nafas olishiga ko‘ra   fakultativ anaerob. Oddiy oziq muhitlarida o‘sadi, 
muhit rN 7,2-7,4, t
 
– 37
o
C , o‘sish diapazoni 10-45
o
S. Uy temperaturasida, kislorod va yorug‘lik 
etarli bo‘lganda stafilokokklar tillarang, oq, limon rang yoki boshqa pigmentlarni hosil qiladi. 
Pigmentlar suvda erimaydi. Ular spirt, benzin, atseton, xloroform va lyugolda eriydi. 

58 
 
         GPA (go‘sht peptonli agar)da qavariq, chetlari tekis, diametri 1-4 mm li koloniya hosil qilib 
o‘sadi. Koloniyaning rangi mikrob ishlab chiqargan pigmentga bog‘liq bo‘ladi. Stafilokokklar S  
koloniyalardan tashqari R, J, L  koloniyalar ham hosil qilib o‘sishi mumkin. 
         GPB (go‘sht peptonli bulon)da bir tekisda loyqa hosil qilib, so‘ngra cho‘kmaga tushib 
o‘sadi. 
         Jelatinaga  ekilganda,  1-2 sutkadan so‘ng ekilish yo‘nalishi bo‘yicha jelatinani suyultiradi. 
Qonli agarda gemoliz zonasini hosil qiladi.  
         FERMENTATIV XOSSASI: Proteolitik va saxarolitik fermentlarni hosil qiladi. Indol hosil 
qilmaydi, jelatinani suyultirmaydi, sutni ivitmaydi. Nitratlarni nitritlarga qaytaradi, ureaza, 
katalaza, fosfataza, ammiak,  H
2
S  hosil qiladi. Glyukoza, levuloza, maltoza, laktoza, saxaroza, 
mannit, glitserinlarni kislota hosil qilib parchalaydi. Argininni parchalaydigan arginaza fermentini 
ham hosil qiladi. 
         TOKSIN HOSIL QILISHI: Ekzotoksin hosil qiladi. Toksin letal  (o‘lim), gemolitik va 
nekrotik ta’sir qilish xususiyatiga ega. Stafilokokklarning bulondagi kulturalarida enterotoksin 
mavjud bo‘lib, ular oshqozon ichak traktiga tushganda ovqatdan zaharlanish holatini keltirib 
chiqarishi mumkin. Patogen stafilokokklar leykotsitlarni parchalovchi leykotsidni hosil qiladi. 
Leykotsidin suyak ko‘migi leykoblastlarni va nerv hujayralarini ham halok qilishi mumkin va 
yana qon zardobini ivitadi. Uning bu xususiyatidan stafilokokklarni differensiyasiya qilishda 
foydalaniladi. Qondagi fibrinlarni eritib yuboruvchi fibrinolizin hosil qiladi. Gialuronidaza 
fermentini esa biriktiruvchi to‘qimalar tarkibiga kiruvchi gialuron kislotasini parchalaydi. 
Stafilokokklar hosil qiladigan koagulaza, fibrinolizin, letsitinaza, gialuronidaza, 
dezoksiribonukleaza, proteinaza va fosfotazalar agressiv xususiyatli fermentlar guruhiga kiradi. 
Jumladan, letsitinaza odam, quyon, qo‘y eritrotsitlarining tarkibiga kiruvchi letsitinni parchalaydi. 
Stafilokokk kulturasida bo‘ladigan antikoagulyant qonning ivishiga qarshilik qiladi, 
gemaglyutinin esa quyon eritrotsitlarini bir-biriga yopishtirib qo‘yadi. Virulent stafilokokklar 
leykotsitlarning fagotsitar aktivligini yo‘qotadi. Stafilokokklar hosil qilgan barcha mahsulotlar 
(toksin, ferment va b.) termostabil  bo‘lib, 80-90
o
S gacha qizdirishga chidaydi. Patogen 
stafilokokklarda bir necha hil toksinlar qayd qilinadi – b (alfa), v (betta)-gemolizinlar, shuningdek 
g (gamma), delta-gemolizinlar. 
         Stafilokokk toksinlarini 0,3-0,5 % formalin eritmasida, 37
o
S  da 7-28 kun saqlansa u 
anatoksinga aylanadi va parenteral yo‘l bilan organizmga yuborilsa, spetsifik antitoksin hosil 
bo‘ladi. 
         ANTIGEN TUZILISHI: Stafilokokk kulturasini kislotali va ishqoriy muhitda ushlab, so‘ng 
undagi oqsilni TXUK (trixloruksusnaya kislota) yordamida ajratib tashlash yo‘li bilan polisaxarid 
A va V larni ajratib olish mumkin. Bunda A polisaxaridi patogen, V esa nepatogen 
stafilokokklardan olinadi. Ular kimyoviy tarkibi bilan bir-biridan farq qiladi. 
         Antigenlarni agglyutinatsiya, pretsipitatsiya, gemmagglyutinatsiya reaksiyalari yordamida 
aniqlanadi. 
         HAYVONLAR UCHUN PATOGENLIGI. Patogen stafilokokklarga otlar, yirik shaxli 
qoramol, mayda shoxli mollar, cho‘chqalar, laboratoriya hayvonlaridan esa oq sichqonlar
quyonlar, mushukchalar sezgir bo‘ladi. 
         PATOGENEZI VA ODAMLARDA KASAL CHAQIRISHI: Organizmga stafilokokklar 
havo-chang va havo-tomchi holida kiradi. Organizmda limfatik to‘qimalardan o‘tib septitsemiya 
holatini chaqiradi. Kasallikning patogenezida bakteriyaning toksini ham, o‘zi ham ahamiyatga 
molikdir. SHuning uchun ham stafilokokklik kasalliklarni toksikoinfeksiya deb qarash mumkin. 
Kasallikning kelib chiqishi organizmda immun sistemaning holatiga ham bog‘liq. Patogen 
stafilokokklar teri va teri osti  to‘qimasining jaroxati bilan kechadigan ko‘pgina kasalliklarni 
chaqiradi. Bularga piodermiya, gidroadenit, absess, panaritsiy, bleforit, furunkul, karbunkul, 
periostit, osteomielit, dermatit, ekzema, pnevmoniya, piodermiya, peritonit, meningit va boshqalar 
kiradi. Ayniqsa bolalarda uchraydigan stafilokokkli sepsis va pnevmoniya og‘ir kasallik bo‘lib 
hisoblanadi. Patogen stafilokokklar bilan zararlangan oziq-ovqat mahsulotlarini (sut, tvorog, sqr, 
tortlar, pirojniylar, muzqaymoq va b.) isteemol qilinganida ovqatdan zaharlanish, ya’ni kuchli 
intoksikatsiya holatini kuzatish mumkin. SHuni aytib o‘tish kerakki, stafilokokklar antibiotiklarga 
juda tez chidamlik bo‘lib qoladilar. 

59 
 
         IMMUNITETI: Odam organizmi stafilokokklarga birmuncha chidamlidir. Kasallikdan so‘ng 
qonda antitoksinlar, pretsipitinlar, opsoninlar, agglyutininlar topiladi. Alfa antitoksinning bo‘lishi 
esa immunitet darajasini belgilaydi. 
         LOBORATORIYA DIAGNOSTIKASI: Stafilokokklar avlodini asosan 3 ta turi ko‘proq 
uchraydi: St. Aureus, St. Piodermitis, St. Saprophiticus. 
         Qo‘zg‘atuvchilarning fagodiagnostikasi spetsifik faglar yordamida olib boriladi. Tekshirish 
uchun quyidagi materiallar olinadi: yiring, qon, shilliq qavatlaridan ajratilgan shilimshiq, balg‘am, 
siydik, qusuq m
oddasi,  oshqozon  chayindisi,  axlat  va  ovqat  mahsulotlari  (sыr,  tvorog,  sut, 
pirojniy, tort, krem va b.). 
         Yiring qonli agar va kristall violet qo‘shilgan GPA ga va qonli bulonga ekiladi. Ajratilgan 
sof kulturaning morfologik, kultural va bioximik xossalari, gemolitik aktivligi, 
plazmokoogulyasiya va gialuronidaza xususiyatlari tekshiriladi. Quyonlarda esa virulentligi 
aniqlanadi. Buning uchun quyon terisi ostiga 4 mln. Miqdorda stafilokokk yuboriladi. Ovqatdan 
zaxarlanish hollarida ajratilgan kulturalarning enterotoksini tekshiriladi. Buning uchun etilgan 
quyonlarning venasiga stafilokokk kulturasi yuboriladi. 
         DAVOSI: Kompleks holda olib boriladi. Maxsus davosida antiistafilokokk 
immunoglobulini, antistafilakok plazmasi va anatoksin yuboriladi. Umumiy profilaktikada – 
roddomlarda, xirurgiya va bolalar bo‘limlarida. 
         PROFILAKTIKASI: Umumsanitariya qoidalariga rioya qilish tavsiya etiladi. Oziq-ovqat 
sanoatida, jumladan konserva ishlab chiqarish sanoatida texnologik jarayonga ahamiyat berish, 
ovqat mahsulotlarini issiq xonalarda uzoq saqlamaslik, bakteriya tashuvchilarni aniqlash, 
kassalxonalarda dezinfeksiya ishlarini yaxshi yo‘lga qo‘yish, xodimlarni tashuvchilikka tekshirib 
turish ham muhim ahamiyatga ega. Maxsus profilaktikasida chaqaloqlarni himoya qilish uchun 
onalarni homiladorlik paytida stafilokokk anatoksini bilan emlash tavsiya qilinadi. Ona sutini ham 
stafilokokklarga tekshirish ishlari amalga oshiriladi. 
STREPTOKOKKLAR 
         Streptokokklar 
Streptococcus 
fvlodiga 
Streptococcaceae 
oilasiga kiradi. Berdji 
klassifikatsiyasi bo‘yicha Streptokokklar avlodi 2 ta turni o‘z ichiga oladi. Odamlarda uchraydigan 
patologik protsesslarda ko‘proq St. riogenes uchraydi. Streptokokklar U.T.Bilrot tomonidan 1874 
yilda roja kasallaridan va yaralardan, L.Paster va boshqalar tomonidan sepsis kasalligida topilgan 
va yiringli protsesslarni o‘rganishda Ognston tomonidan 1881 yilda batafsil ifodalangan. 
Streptokokk-larning sof kulturasi 1883 yilda F.Fleyzen tomonidan roja kasalliklaridan va 1884 
yilda F.Rozenbax tomonidan yiringdan ajratib olingan. 
         MORFOLOGIYASI: Streptokokklar sharsimon ko‘rinishga ega bo‘lib, 0.6-1.0 mkm hajmga 
ega, surtmada zanjirsimon joylashadi, xarakatsiz, spora hosil qilmaydi, ayrim turlari 
makrokapsulaga ega, gramm 
(+)

         O‘STIRILISHI: Aerob, fakultativ anaerob. Optimal o‘sish temperaturasi 37
o
S, o‘sish 
diapozoni 20-40
o
S, enterokokklar uchun 10-45
o
S. Qandlik, qonlik, zarbodlik va assit suyuqligi 
qo‘shilgan muhitlarda yaxshi o‘sadi. Muhit sharoiti 7,2-7,4 ga teng bo‘lishi kerak. Qattiq 
muhitlarda mayda, tiniq bo‘lmagan, biroz kulrangroq yoki oq-kulrang, donador koloniyalar hosil 
qiladi. Qonlik agarda, streptokokklar turlariga qarab quyidagi koloniyalarni hosil qiladi: 
Atrofida gemoliz zonasi hosil bo‘lgan koloniyalar. Bunday koloniyalarni asosan betta gemolitik 
streptokokklar hosil qiladi. 
Gemoglobinni metgemoglabinga aylanishi natijasida atrofida diametri 1-2 mm keladigan yashil 
rang zona hosil qilib o‘sadigan koloniyalar. 
Eritrotsitlarni o‘zgartirmagani uchun rangsiz holdagi koloniyalar. Bunday koloniyalarni gemolitik 
bo‘lmagan streptokokklar hosil qiladi. 
           Streptokokklar qandlik bulonlarda probirka devoriga yopishgan holda yoki probirka tagida 
mayda donador cho‘kma holida o‘sadi. Ayrim hollarda bulonni loyqalantirib o‘sadi. 
         FERMENTATIV XOSSALARI: Streptokokklar jelatinani suyultir-maydi, nitratlarni 
nitritlarga qaytarmaydi. Sutni ivitadi, fibrinni eritadi, glyukoza, maltoza, laktoza, saxaroza, mannit 
(ayrim hollarda), salitsinni kislota hosil qilib parchalaydi.  
           TOKSIN HOSIL QILISHI:  Patogen streptokokklar har xil ta’sir qiluvchi ekzotoksin 
ajratadi: 

60 
 
Gemolizin 
Leykotsidin 
Nekrotoksin 
Letal (o‘ldiruvchi) toksin 
Eritrogen toksin 
         Bundan tashqari streptokokklar patogenlik fermentlarini ham hosil qiladi, bularga: 
gialuronidaza, streptokinaza, fibrinolizin, proteinaza, amilaza, lipaza va boshqalar kiradi. YAna 
spetsifik bo‘lgan termostabil endotoksin ham hosil qiladi. 
         ANTIGEN STRUKTURASI: Bir necha xil antigenlarga ega va antigenlari bo‘yicha 
quyidagi serogruppalarga bo‘linadi: A, V, S, D, E va boshqalar. Antigenlar hujayra devori 
tarkibidagi polisaxarid komponentidan iborat bo‘lib, guruh spetsifikligiga ega. A seroguruhiga 
kiruvchi ayrim streptokokklarda qarama-qarshi (perekrest) ta’sir qiluvchi antigenlar mavjud. 
           KLASSIFIKATSIYASI: Streptokokklar qonli agarga bo‘lgan munosabatiga qarab quyidagi 
guruhlarga bo‘linadi: 
“Beta”-gemolitik streptokokklar-koloniyasi atrofida gemoliz zonasini hosil qilib o‘sadi (yuqoriga 
qarang). 
“Alfa”-gemolitik streptokokklar-koloniya atrofida kuchliroq yashil zona hosil qilib o‘sadi. 
Gemolitik bo‘lmagan streptokokklar. 
         EKOLOGIYASI VA TARQALGANLIGI: Streptokokklar tabiatda nihoyatda keng 
tarqalgan. Ekologik belgilariga ko‘ra streptokokklar quyidagicha bo‘linadilar: 
Faqat odamlarda kasallik chaqiruvchi patogen streptokokklar – Str. pyogenes. 
Odamlar va hayvonlar uchun patogen va shartli patogen bo‘lgan streptokokklar – Str. agalacticae, 
Str. faecalis va boshqalar. 
Odamlar uchun shartli patogen bo‘lgan streptokokklar – Str. salivarisus. Str. mitis va boshqalar. 
Hayvonlar uchun shartli patogen bo‘lgan streptokokklar. 
Saprofit streptokokklar – Str. lactis va boshqalar. 
         CHIDAMLILIGI: Past temperaturada uzoq vaqt saqlana oladi, quritishga chidamli, yiringda, 
balg‘amda oylab saqlana oladi. 70
o
S gacha 1 soatda halok bo‘ladi. Fenolning 3-5% li eritmasida 
15 daqiqada halok bo‘ladi. 
         HAYVONLAR UCHUN PATOGENLIGI: Patogen streptokokklarga yirik va mayda shoxli 
hayvonlar, ot, cho‘chqa, it, mushuk va boshqalar sezgir bo‘ladilar. 
         KASALLIKNING PATOGENEZI: Streptokokklar chaqirgan kasalliklarning patogenezida 
bir vaqtning o‘zida bakteriyaning o‘zining ham va uning toksinining ham ahamiyati bor. 
Kasallikning rivojlanishida mikroorganizmlarning holati va sezgirligi alohida o‘rin tutadi. Kasallik 
ekzogen va endogen yo‘llar bilan chaqirilishi mumkin. Ekzogen holda streptokokklar asosan 
havo-tomchi orqali va teri hamda shilliq qavatlarning butunligi buzilganda organizmga tushadi.  
Yüklə 3,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin