Biznes va tadbirkorlik


-rasm. Har xil ish sharoitidagi ish haqi



Yüklə 14,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/51
tarix07.03.2020
ölçüsü14,48 Mb.
#30618
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   51
2- Mikroiqtisodiyot Oquv Uslubiy Majmuasi 24.08.2018.2019


16-rasm. Har xil ish sharoitidagi ish haqi. 

Bu  erda  og`ir  ishni  bajaruvchi,  qo`shimcha 

ish  haqi  oladi, 



Iqtisodiy renta. Biz yuqorida resurs qanchalik ko`p cheklangan bo`lsa, uning 

narxi ham  shunchalik  yuqori  bo`lishini ko`rgan  edik.  Shuning  uchun ham  yuqori 

malakali  mutaxassis  har  doim  ortiqcha  ish  haqi  oladi.  Ushbu  ortiqcha  ish  haqi 

iqtisodiy renta bo`lib, u ishchining qobiliyati yoki yuqori malakasi uchun to`lanadi.  

Tarmoq mehnat bozorini ko`rib chiqaylik (17-rasm). 

 

 

 



 

 

 



17-rasm. Iqtisodiy renta. 

Muvozanat    sharoitida  (

nuqta)  ishchilar 

 ish  haqi  oladilar.  Lekin, 

malakali  ishchilar 

 ish  haqi  olib  ishlashga  tayyor  bo`lsalar  ham 

 ish  haqi 

olayaptilar (demak, ular oladigan iqtisodiy renta   

 ga teng bo`ladi). 

1

2



W

W

W





W

W

W



1

2



E

e

W

0

W



e

W



0

W

W

e

Ish haqi  W



so`m/soat 

S

2

 



S

1

 



W

2

 



W

1

 



S

L

=MRP



L

 

L 



L

1

 



L

2

 



W 

S

L

 



E 

Iqtisodiy renta 



D

L

 



W

е

 



W

0

 



L 

L

e

 



256 

 

Minimal  ish  haqi  (mehnat  narxi)  bilan  bozorda  shakllangan  ish  haqi 



o`rtasidagi  farq  iqtisodiy  rentani  tashkil  etadi.  17-rasmda  barcha  ishchilar  uchun 

ushbu  ko`rsatkich 

 uchburchak  yuziga  teng.  Shuning  uchun  ham 

raqobatlashgan  bozorda,  qisqa  muddatli  oraliqda  iqtisodiy  rentaning  bo`lishi, 

tarmoqqa  yangi  ishchilarni  kirib  kelishini  rag`batlantiradi.  Raqobatlashuvchi 

tarmoqda  uzoq  muddatli  oraliqda  mehnat  taklifi  chizig`i  absolyut    elastik 

(gorizontal)  bo`lgani  uchun  iqtisodiy  renta  bo`lmaydi.  Lekin,  noyob 

mutaxassislarning etishmasligi, iqtisodiy renta uzoq muddatda ham saqlanib qoladi 

(amalda  ishlab  chiqarishda  noyob  mutaxassislarni  jalb  qilish  uchun,  ularga 

qo`shimcha  ish  haqi  belgilanadi).  Estrada  yulduzlari,  kino  yulduzlari,  mashhur 

sportchilar iqtisodiy renta oladilar. Quyidagi 18-rasmda ushbu holat ifodalangan. 

Boshlang`ich  ishchi  kuchiga  talab 

,  taklif  esa 

.  Taklif  elastik 

bo`maganda,  ishchi  kuchi  narxi  faqat  talabdan  bog`liq  bo`ladi.  Kinoaktyorning 

obro`i oshib borishi, unga bo`lgan talabni 

 dan 

 ga keskin oshiradi. 



 

 

 



 

 

 



 

 

18-rasm. Taklif cheklangandagi iqtisodiy renta. 

Shunday  qilib,  uning  narxi 

 dan 


 ga  ko`tariladi.  Rasmda 

 

to`rtburchak yuzi iqtisodiy rentani ifodalaydi. 



Iqtisodiy renta - bu taklifi chegaralangan resursga to`lanadigan narxdir. 

2. Daromadlarni taqsimlanishi 

Daromadlar  turi.  Daromadlar  iqtisodiyot  nazariyasiga  ko`ra  ishlab 

chiqarishda  qatnashgan  omillarning  shu  ishlab  chiqarishdan  olinadigan  umumiy 

daromadga  qo`shgan  hissasi  bo`yicha  taqsimlanadi.  Ishlab  chiqarilgan 

mahsulotlardan tushadigan daromadni bunday taqsimlanishi jamiyat uchun kerakli 

bo`lgan  tovarlar  va  xizmatlarni  ishlab  chiqarishni  rag`batlantiradi.  Ishlab 

chiqarilgan  mahsulotlar  va  xizmatlar  jamiyatdagi  insonlarning turmush  darajasini 

belgilab beruvchi baza hisoblanadi va bu boylikdan jamiyatdagi har bir shaxsning 

o`z  ulushini  olishi  bozor  sharoitida  tengchilikka  asoslanmaydi.  Lekin,  bunday 

taqsimlanishning tenglikka asoslanmaganligi ko`pchilikni qoniqtirmaydi. Shuning 

e

EW

W

0

1



D

S

1

D

2

D

0

W

1

W

1

2



1

0

W



E

E

W

S 

W 

E

2

 



W

1

 



D

2

 



E

1

 



W

0

 



D

1

 



L 

L 

Iqtisodiy renta 



257 

 

uchun  ham  davlat  daromadlardagi  notekislikni  yumshatish  uchun  o`zining 



daromad siyosatini amalga oshiradi. 

Ishlab  chiqarish  omillari  egasining  daromadi  omillar  bozorida  aniqlanadi. 

Ma’lumki,  korxona  egalari  ishlab  chiqarish  omillarining  egalariga  (ishchi  kuchi, 

kapital,  erga)  har  bir  omilning  chekli  mahsulotiga  ko`ra  haq  to`laydi.  Ishlab 

chiqarish  resurslari  harajatlarini  to`lagandan  keyingi  qolgan  daromad  korxona 

ixtiyorida qoladi va unga korxona egalarining iqtisodiy foydasi deyiladi. 

 

 

 



Mukammallashgan  bozor  nazariyasiga  ko`ra,  mukammallashgan  bozorda 

ishlab  chiqarish  omillari  egalari  korxonadan,  shu  korxonada  ishlatilgan  omillari 

uchun  olgan  haqi,  shu  omillarning  chekli  mahsulotiga  aniq  teng  bo`lsa,  u  holda 

iqtisodiy foyda nolga teng bo`ladi (agar masshtab samarasi o`zgarmas bo`lsa). 

Ma’lumki,  korxonalar  o`z  kapitaliga  ega,  shu  sababli  ular  o`z  kapitalini 

ishlatgani uchun foyda oladilar.  

Shunday  qilib,  bozor  sharoitida  quyidagi  daromadlar  asosiy  daromadlar 

hisoblanadi: ishchi kuchi daromadi, kapitalga daromad (foizlarda), kichik firmalar 

daromadi, renta - er egalari daromadi, sof foyda. 

Nominal  va  real  daromadlar.  Nominal  daromad  -  bu  soliq  va  narxlarning 

o`zgarishiga bog`liq bo`lmagan daromad darajasi. Real daromad - bu narxlarni va 

boshqa  to`lovlarning  o`zgarishini  hisobga  olgandagi  daromad.  Real  daromadni 

aniqlashda  umumiy  daromaddan  soliq  va  boshqa  to`lovlarni  ayirib,  uni  narxlar 

o`zgarishiga (inflyatsiyaga) ko`ra qayta hisoblaydi. 

Ish  haqi  -  ishchi  kuchidan  foydalanganligi  uchun  to`lanadigan  qiymat.  Ish 

haqi  stavkasi  ham  ish  haqining  bir  turi  bo`lib,  ishchi  kuchi  mehnatidan 

foydalangan bir birlik vaqt uchun to`lanadigan ish haqi (bir soatlik, bir kunlik, bir 

oylik). 


Iqtisodiy  renta  -  cheklangan  resursdan  foydalangani  uchun  to`lanadigan 

narx. 


Kapitalga  daromad  -  bu  foiz  deyiladi.  Amalda  kapitalga  daromad  ikki  xil 

bo`ladi.  Agar  kapital  pul  shaklida  bo`lsa,  pul  beruvchilar  ssuda  foizi  bo`yicha 

daromad  oladi.  Agar  kapital  buyumlashgan  shaklda  bo`lsa,  u  kapitalga  ko`ra 

umumiy daromaddan ulush oladi. 



Real  foiz  stavkasi  nominal  stavkadan  (pulda  ifodalangan  stavkadan) 

inflyatsiya darajasini ayrilganiga teng. 



Tadbirkorlik  daromadi  -  bu  ishlab  chiqarish  resurslaridan  samarali 

foydalanganligi uchun tadbirkor oladigan daromad. 

Bozor iqtisodiyotiga asoslangan davlatlarda iqtisodiyotning noformal sektori, 

ya’ni yashirin iqtisodiy sektorda (rus tilida tenevaya ekonomika) yashirin daromad 

mavjud bo`ladi. 

Yashirin daromad ham ikki xil bo`ladi. Birinchisi  - pora olish (korruptsiya), 

giyohvand moddalar sotish, kontrabanda va boshqa sohalardan olinadigan yashirin 

Umumiy 

daromad 

Ishlab chiqarish omillari 

harajati 

Iqtisodiy 

foyda 



258 

 

daromad.  Ikkinchisi  -  patentsiz  va  litsenziyasiz  sotish  faoliyati  bilan 



shug`ullanishdan tushadigan daromad va soliq xizmatidan yashirilgan daromad. 

 

Aholining  tarkibi  har  xil  ijtimoiy  qatlamlardan  (ishchilar,  qishloq 



xo`jaligidagi  ishlovchilar,  xizmatchilar,  tadbirkorlar,  o`qituvchilar,  meditsina 

xizmati  xodimlari  va  hokazolar)  iborat  bo`lgani  uchun  ushbu  guruhlardagi 

insonlarning  daromadlari  ham  har  xil  bo`ladi.  Aholi  daromadining  taqsimlanish 

dinamikasi  iste’mol  byudjeti  orqali  o`rganiladi.  Iste’mol  byudjeti  ham  turli  xil 

bo`lishi mumkin: o`rtacha oila byudjeti, yuqori darajada etarli byudjet (bunga eng 

yuqori  umumiy  daromad  oladigan  oilalarni  kiritish  mumkin),  minimal  byudjet. 

Minimal  byudjetli  oilaga,  oila  a’zolarining  (bir  yillik  yoki  bir  oylik)  umumiy 

daromadlari minimal bo`lgan oilalar kiritiladi. 

Aholini  turmush  darajasini  ifodalaydigan  ko`rsatkichlardan  biri  bu  yashash 

minimum.  Yashash  minimumini  sarflangan  ishchi  kuchini  oddiy  takror  tiklash 

uchun zarur bo`lgan daromad deb qarash mumkin. Yashash minimumini minimal 

iste’mol  korzinasi  ham  deb  qaralishi  mumkin.  Yashash  minimumi  aholini 

qashshoqlik  chizig`i  sifatida  ham  qarash  mumkin.  Yashash  minimumidan  past 

daromad  oladigan  aholining  qismi  qancha  ko`p  bo`lsa,  aholining  qashshoqlik 

darajasi shuncha yuqori bo`ladi. 

Turmush  darajasini  ifodalovchi  ko`rsatkichlar  iste’mol  korzinasiga  ko`ra 

hisoblanadi.  Rivojlangan  davlatlarda  o`rtacha  daromad  iste’mol  korzinasiga 

quyidagi  tovarlar kiritiladi: uy-joy,  avtomobil, uyning zamonaviy  jihozlari,  audio 

va  video  texnika,  sayohat  qilish  imkoniyati,  bolalarini  kiyintirish,  o`qitish,  ilmiy 

asoslangan oziq-ovqat, kiyim-kechak, ma’lum darajadagi jamg`arma. 

Odatda minimal iste’mol savatga boshlang`ich ehtiyojni qondiradigan tovarlar 

kiritiladi (kiyim-kechak, oziq-ovqat, minimal yashash sharoiti). 

Jamiyatdagi  barqarorlik  va  aholining  umumiy  farovonligi  ko`pincha  ushbu 

aholi tarkibidagi o`rtacha sinfdagi aholining ulushi bilan ifodalanadi deb qaraladi. 

O`rtacha  sinfdagi  aholining  mamlakatni  hozirgi  ham  siyosiy,  ham  iqtisodiy 

hayotidagi  ahamiyati  nihoyatda  kattadir.  Bozor  talabini  shakllantirishda,  ishlab 

chiqarishdagi faollikni ta’minlash o`rta sinfga qarashli aholiga ko`proq bog`liq. 

Rivojlangan  davlatlarda  o`rta  sinfga  qarashli  aholi  umumiy  aholining  50 

foizidan 70 foizigachasini tashkil qiladi. 

Yuqorida  ham  ta’kidlab  o`tdikki,  bozor  iqtisodiyoti  o`z-o`zidan  jamiyatdagi 

daromadlarni  tekis  taqsimlashni  ta’minlamaydi,  shuning  uchun  ham  bozor 

iqtisodiyotiga asoslangan jamiyatda har doim o`ta qashshoq, boy va o`ta boy aholi 

guruhlari saqlanib qoladi. Sivilizatsiyalashgan davlatlardagi iqtisodiy siyosat aholi 

daromadlaridagi  keskin  ravishda  katta  bo`lgan  farqlarni  qisqartirishga, 

daromadlarni  ko`proq  adolatli  qayta  taqsimlashga  qaratilgan.  Har  bir 

tsivilizatsiyalashgan  davlat  nogironlarni,  nafaqaxo`rlarni,  ko`p  bolali  oilalarni 

ijtimoiy himoya qilishni o`z bo`yniga olishi zarur. 

Daromadlarni 

differentsiatsiyalashuvi 

(xilma-xil 

bo`lishi,  

tabaqalashuvi).  Shaxsiy  daromadlarning  tabaqalashuvining  asosida  ish  haqining 

har xil bo`lishi yotadi. Ish haqining har xil bo`lishi esa quyidagi omillarga bog`liq: 

shaxslar qobiliyatining har xilligi, bilim darajasi, malakasi, tajribasi, mulkning va 


259 

 

qimmatbaho  qog`ozlarning  notekis  taqsimlanishi,  ko`chmas  mulkning  notekis 



taqsimlanishi, ya’ni jamg`armaning notekis taqsimlanishi va hokazolar. 

Bulardan  tashqari  daromadlarning  notekis  taqsimlanishida  omad,  qimmatli 

axborotga  ega  bo`lish,  tavakkalchilik,  shaxsiy  va  oilaviy  munosabatlar  ham 

ma’lum  rol  o`ynaydi.  Ushbu  omillarning  ta’siri  har-xil,  ba’zi  hollarda  ular 

daromadlarni  taqsimlashga  qaratilgan  bo`lsa,  ba’zi  hollarda  notekislikni 

kuchaytiradi. 

Daromadlarni  notekis  taqsimlanishi  darajasini,  chuqurligini  aniqlashda 

Lorents egri chizig`idan foydalaniladi. 

Lorents  egri  chizig`ini  chizish  uchun  koordinata  sistemasini  chizamiz. 

Gorizontal o`q bo`yicha aholining yoki oilalarning foizlardagi ulushi  ifodalanadi. 

Vertikal o`q bo`yicha - daromadlar foizi ifodalanadi (19-rasm). 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

19-rasm. Lorents egri chizig`i. 

Odatda  aholini  besh qismga  bo`ladi,  ya’ni  besh  kvintelga.  Har  bir  kvintelga 

(beshdan  bir  qismiga)  aholining  20  foizi  kiradi.  Aholining  qismlari  koordinata 

o`qiga  eng  kam  daromadga  ega  bo`lgan  qismidan  boshlab  to  eng  ko`p  daromad 

oladigan qismigacha bo`lgan ketma-ketlikda joylashtiriladi. 

Agar  aholining  barcha  qismlari  oladigan  daromad  bir  xil  bo`lsa,  ya’ni 

daromad tekis taqsimlangan bo`lsa, u holda 20 foiz aholiga 20 foiz daromad to`g`ri 

keladi, 40 foiz aholiga 40 foiz daromad to`g`ri keladi va hokazo. 

Grafikdagi 0F chizig`i daromadlarni absolyut tekis (teng) taqsimlanganligini 

ifodalaydi. 0EF chizig`i esa absolyut notekis taqsimlanganligini ifodalaydi. Lorents 

egri chizig`i 0ABCDF daromadlarni real, haqiqiy taqsimlanishini ifodalaydi. 

Amalda aholining eng kam ta’minlangan qismiga daromadni 5-6 foizi to`g`ri 

kelsa, eng boy aholi qismiga 40-45 foizi to`g`ri keladi. Shuning uchun ham Lorents 

egri  chizig`i  daromadlarni  absolyut  tekis  va  notekis  taqsimlanishini  ifodalovchi 

chiziqlar  o`rtasida  joylashgan.  Daromadlar  taqsimlanishi  qancha  notekis  bo`lsa, 



Lorents 

egri 

chizig`i 

100 



80 

60 


40 

20 





100 


80 

60 


40 

20 


Tekis taqsimlanish chizig`i 

Daro

m

ad



 fo

iz



Aholi foizi 

260 

 

Lorents  egri  chizig`i  shuncha  E  nuqtaga  tomon  botiq  bo`ladi.  Daromadlar 



taqsimlanishi  qancha  tekis  bo`lsa,  Lorents  egri  chizig`i  to`g`rilanib  0F  chizig`iga 

shuncha yaqinlashadi. 

Daromadlarni  notekis  taqsimlanishi  darajasi  Djini  koeffitsientini  DJ  deb 

belgilasak,  u  0ABCDF  yuzani  (19-rasmda  shtrixlangan  yuza)  0FE  uchburchak 

yuzasiga nisbati bilan aniqlanadi: 

Bu  erda  biz  nominal  daromadni  taqsimlanishini  ifodaladik.  Nominal 



daromadga  aholi  tomonidan  pul  shaklida  olingan  barcha  daromadlar  kiradi:  ish 

haqi,  dividendlar,  foizlar,  barcha  transfert  to`lovlari  (qaytarib  olinmaydigan  pul 

to`lovlari).  Lekin,  bu  erda  aholini  o`z  tomorqasidan  oladigan  daromadi,  uyidagi 

chorva  mollaridan  tushadigan  daromad,  davlat  tomonidan  ta’limga,  meditsina 

xizmatiga sarflanadigan mablag`lar, xayriya, ehsonlar hisobga olinmagan.  

Barcha  rivojlangan  mamlakatlarda  daromadlarni  qayta  taqsimlash  siyosati 

davlat tomonidan amalga oshiriladi. Progressiv, ya’ni o`sib boruvchi soliq tizimiga 

ko`ra,  aholining  boy  qismidan  yuqoriroq  foizda  soliq  olinsa,  aholining  kam 

daromadli  qisimdan  kamroq  foizda  soliq  olinadi.  Soliq  to`lovlaridan  tushgan 

daromadning  bir  qismi  kam  ta’minlangan  aholini  ijtimoiy  himoya  qilishga 

sarflanadi.  Deyarli  barcha  davlatlarda  aholini  ijtimoiy  sug`urtalash  va  kam 

ta’minlangan aholiga moddiy yordam berish dasturlari mavjud. 

Ijtimoiy  sug`urtalash  dasturiga ko`ra  nafaqaxo`rlar,  aholining ishga  yaroqsiz 

bo`lgan qismi, boquvchisini yo`qotgan oila, nogironlar ijtimoiy sug`urtalanadi.  

Davlatning  aholini  ijtimoiy  himoya  qilish  dasturi  bo`yicha  ko`p  bolali 

oilalarga  yordam  beriladi,  oziq-ovqat  mahsulotlari  ajratiladi  va  boshqa  har  xil 

imtiyozlar belgilanadi. 

Davlatning  daromadlarni  qayta  taqsimlash  siyosati  natijasida  Lorents  egri  

chizig`i  to`g`rilanib  0F  chizig`i  tomonga  siljiydi,  ya’ni  Lorents  egri  chizig`i 

 holatdan 

 holatga siljiydi (20-rasm). 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Д ж

S

S

A B C D F

F E

0



0

A B C D F

A B C D F

'

'



'

'

'



Davlat 

tomonidan 

yordam 

berilmaganda, 



soliqlar  to`lanmagan 

davrda  Lorents  egri 

chizig`i 

100 



80 

60 


40 

D' 



20 

C' 



B' 


A' 


100 


80 

60 


40 

20 


Moddiy yordam berilgandan keyingi, 

soliq to`lovlari to`langandan keyingi 

Lorents egri chizig`i 

D

aro


m

ad

 f



o

iz



Aholi foizi 

DJ 

261 

 

 



20-rasm. Daromadlarni qayta taqsimlanishi natijasida  

Lorents egri chizig`ining siljishi. 

Daromadlarni  qayta  taqsimlash  siyosati  istiqbolda  o`zini  samarasini  beradi. 

Nima uchun deganda, kam ta’minlangan aholi o`qish, bilim olish imkoniyatiga ega 

bo`ladi va ular kelajakda jamiyat taraqqiyotiga o`z hissalarini qo`shadilar. 



3.Asosiy va aylanma kapital mablag`lar

Kapital  -  bu  uzoq  muddatli  oraliqda  ishlatiladigan  ishlab  chiqarish  resursi 

bo`lib, uning yordamida uzoq vaqt davomida mahsulot ishlab chiqariladi. 

Kapitalning  ikki  xil  turi  mavjud:  asosiy  kapital  (uzoq  muddatda 

foydalaniladigan  uskuna,  texnologik  liniya,  bino,  qurilma);  aylanma  kapital  (har 

bir ishlab chiqarish tsiklida o`z qiymatini tayyor mahsulot qiymatiga o`tkazadigan 

ishlab chiqarish resurslari, xom ashyo, materiallar, yarim fabrikatlar va hokazolar). 

Asosiy kapitaldan uzoq muddatda foydalaniladi va u o`z qayta takror ishlab 

chiqaradi,  ya’ni  u  ishlatilishi  davomida  o`z  qiymatini  ma’lum  qismini  mahsulot 

qiymatiga o`tkazadi.

27

 



Kapitaldan  foydalanish  davomida  u  ham  ma’naviy,  ham  jismoniy  eskiradi. 

Jismoniy eskirish - bu kapitalning vaqt o`tishi bilan ishga yaroqsiz bo`lishi bo`lsa, 

ma’naviy eskirish uning unumdorligining kamayishi, ya’ni yangi ishlab chiqarilgan 

zamonaviy uskunalarga qaraganda unumdorligining pastligi, yoki umuman barcha 

ko`rsatkichlari bo`yicha (mahsulot sifati, foydalanishga qulayligi) yangi uskunadan 

orqada qolganligidir. 

Asosiy  kapital  egasi  kapital  qiymatini  undan  foydalanish  vaqti  davomida 

qayta tiOrtiqi. Masalan, uskuna 1000000 so`m bo`lib, undan foydalanish muddati 

10 yil bo`lsa, uning qiymati 10 yil davomida teng qiymatlarda mahsulot qiymatiga 

o`tkaziladi  deb  qaraydigan  bo`lsak,  har  yilgi  daromaddan  100000  so`mdan 

amortizatsiyaga ajratish kerak bo`ladi. 

Aylanma  kapital  bir  yil  davomida  o`zining  butun  qiymatini  mahsulot 

qiymatiga o`tkazib qayta tiklanadi. 

Kapitalning  qiymati  undan  foydalanib,  kelajakda  qancha  daromad  olishga 

bog`liqdir.  Kelajakda  ko`proq  daromad  olish  ishtiyoqi  ko`pchilikni  bugungi 

iste’molining  bir  qismidan  voz  kechib,  uni  jamg`arishga  undaydi.  Jamg`arilgan 

mablag` pul ko`rinishidagi kapital sifatida biror-bir tadbirkorga ma’lum muddatga 

qo`shimcha qiymat orqali qaytarilishi sharti bilan berilishi mumkin. Ushbu olingan 

qo`shimcha qiymatga kapitalga olingan foiz deyiladi. 

Ssuda  foizi  -  kapital  egasiga  uning  kapitalidan  ma’lum  muddat  oralig`ida 

foydalanganligi uchun to`lanadigan narxdir. 

Kapitaldan  foydalanishni  tahlil  qilganda  bugun  sarflangan  mablag`ni 

kelajakda sarflanadigan mablag` bilan taqqoslash yoki bugun olinadigan daromad 

bilan  kelajakda  olinadigan  daromadni  taqqoslash  muhim  ahamiyatga  egadir.  Bu 

                                                           

27

 B. Salimov va boshqalar. Mikroiqtisodiyot. O`quv-uslubiy majmua. TDIU 



 

262 

 

erda  vaqt  omilini  e’tiborga  olish  kerak  bo`ladi.  Bugungi  sarflangan  bir  so`m  bir 



yildan keyin sarflanadigan bir so`mga teng emas. Bularni bir-biriga tenglashtirish 

uchun,  avval  ularni  bir  vaqtga  keltirish  zarur  bo`ladi.  Turli  xil  yillardagi 

harajatlarni  yoki  daromadlarni  bir  yilga  keltirishda  diskont  ko`paytiruvchisidan 

foydalaniladi. 

Harajat va daromadlarni bir xil boshlang`ich vaqtga keltirish hisob-kitoblariga 

diskontirlash deyiladi. Bunday hisob-kitoblar investitsiya loyihalarini baholashda 

keng  qo`llaniladi.  Investitsiyalarni  tahlil  qilganda  yillar  davomida  bo`ladigan 

harajatlar  bilan  loyihadan  olinidigan  daromadlarni  solishtirishga  to`g`ri  keladi. 

Kelajakda  olinadigan  daromadning  nafi  bugungi  kunda  olinadigan  daromad 

nafidan  kichik  bo`ladi.  Nima  uchun  deganda,  joriy  daromadga  (ya’ni,  bugungi 

kundagi daromadga) kelajakda foiz bo`yicha qo`shimcha daromad olish mumkin.  

Loyihalarni  tahlil  qilishda  loyiha  qiymatini  aniqlash  uchun  bugungi  kunda 

qo`yilgan kapital mablag`lar bilan loyiha amalga  oshirilgandan keyin olinadigan 

daromadlarni solishtirish zarur bo`ladi. Buning uchun joriy harajatni va kelajakda 

olinadigan daromadni hisob-kitob qilish kerak. 



Yüklə 14,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin