Yer narxi. Yer narxi yer rentasini kapitalizatsiya qilish yordamida aniqlanadi.
Faraz qilaylik, ma’lum bir yer uchastkasi o`lchami yer egasiga bir yilda renta
(so`mda) keltirsin. Yer qiymatini aniqlashda yer egasi uchun alternativ qiymatdan
foydalaniladi. Yer narxi shunday pul miqdoriga tengki, agar uni bankga qo`ysak,
undan olinadigan foyda ushbu yerdan olinadigan foydaga teng bo`lsa. Demak, yer
narxi kelajakda olinadigan yer rentasining diskontirlangan (keltirilgan) qiymatiga
teng:
Yer narxi - bu kapitalni muddatsiz qo`yish demakdir.
Agar
bo`lsa,
u holda
bu erda - - yil rentasi;
- ssudaning bozor foiz stavkasi.
Agar renta 1000 so`m bo`lsa, ssudaning bozor foiz stavkasi 5% bo`lsa,
yerning narxi
so`m bo`ladi.
Haqiqatdan qaraganda renta ijarachining yer egasiga to`laydigan ijara
haqining bir qismi hisoblanadi. Ijara haqi tarkibiga rentadan tashqari yer ustidagi
inshootlarning amortizatsiyasi hamda yerga qo`yilgan kapital foizi kiradi. Yer
egasi yer ustiga qandaydir qurilish qilgan bo`lsa yoki inshootlar qurgan bo`lsa,
ularning qiymatini qoplashi kerak, xuddi shunday, agar kapital sarflagan bo`lsa,
ushbu kapitalga foiz olishi kerak. Yer egasi ushbu kapitalni bankga qo`yib foiz
olishi mumkin edi.
Misol 1. Fermer xo`jaligida bug`doy etishtirish funktsiyasi quyidagi
ko`rinishga ega:
- bug`doy ishlab chiarish hajmi er maydoni ga bog`liq. Bir tsentner
bug`doyning narxi 20 so`m. Agar fermerning er maydoni 30 gektar bo`lsa, u er
egasiga qancha miqdorda renta to`laydi? Agar foiz stavkasi bir yilda 10% bo`lsa,
bir gektar er narxi necha so`mga teng bo`ladi?
P
1
P
1
*
P
1
'
P
P
P
i
k
k
k
å ð
1
1
.
k
1
1
0
i
k
,
1
Њр
,
1
k
k
k
i
P
i
P
P
P
k
k
i
P
å ð
1 0 0 0
5 %
1 0 0 0 0 0
5
2 0 0 0 0
Q
x
x
4 0 0
2
2
.
Q
x
279
Echish. Ma’lumki, raqobatlashgan bozorda resurs (ya’ni, er) narxi uning
pulda ifodalangan chekli mahsulotiga teng, ya’ni
Erning puldagi chekli mahsuloti:
Er maydoni 30 gektar bo`lgani uchun
so`m.
Demak, fermer har bir gektar er uchun 5600 so`m renta to`laydi.
Fermerning umumiy daromadi:
Er narxi=ijara to`lovlari/Foiz stavkasi=5600/0,1=56000 so`m bir gektari
uchun.
Tayanch so`z va iboralar: ishlab chiqarish omillari ishlab chiqarish
funksiyasi ishchi kuchining chekli maxsuloti chekli mahsulotning pasayishi chekli
mahsulot qiymati kapital.
XVII BOB. TASHQI TA`SIRLAR VA DAVLAT SIYOSATI
Reja
17.1.Tashqi ta’sirlar va bozor samarasizligi
17.2.Tashqi ta’sirlarga qaratilgan davlat siyosati
17.1.Tashqi ta’sirlar va bozor samarasizligi
Ushbu bo`limda biz tashqi ta’sirlar iqtisodiy farovonlikka qanday ta’sir
ko`rsatishini o`rganish uchun farovonlik iqtisodiyoti usullaridan foydalanamiz. Bu
tahlil nima uchun tashqi ta’sirlar bozorlarni resurslarni samarasiz taqsimlashiga
olib kelishini aniq ko`rsatadi. Bobning oxirida, biz bu turdagi bozor
muvaffaqiyatsizliklarini shaxslar va jamiyat siyosatchilari bartaraf qiladigan turli
yo`llarni ko`rib chiqamiz.
Farovonlik iqtisodiyoti: Eslatma
Biz 7-bobdan farovonlik iqtisodiyoti asosiy darslarini eslashdan boshlaymiz.
Tahlilimizni aniq qilish uchun biz ma’lum bozor – alyuminiy bozorini ko`rib
chiqamiz. 1-rasm alyuminiy bozori talab va taklif chizig`ini ko`rsatadi.
Agar eslasangiz, talab va taklif chizig`i harajatlar va daromadlar haqida
muhim ma'lumotlarni o`z ichiga oladi. Alyuminiy uchun talab chizig`i
d Q
d X
M P
X
x
4 0 0
4
.
M R P
X
8 0 0 0
8 0
.
M R P
X
8 0 0 0
8 0
8 0 0 0
8 0 3 0
8 0 0 0
2 4 0 0
5 6 0 0
.
204000
20
2
400
2
X
X
R
280
iste'molchilar to`lashga tayyor narxlarda o`lchanadigan alyuminiy miqdorini aks
ettiradi. Har qanday berilgan miqdorda, talab chizig`i balandligi chekli xaridor
to`lashga tayyor bo`lgan narxni ko`rsatadi. Boshqa so`z bilan aytganda, u
iste'molchiga oxirgi sotib olingan alyuminiy birligining narxini ko`rsatadi. Xuddi
shunday, taklif chizig`i alyuminiy ishlab chiqarish harajatlarini aks ettiradi. Har
qanday berilgan miqdorda, taklif chizig`i balandligi chekli sotuvchi harajatlarni
ko`rsatadi. Boshqacha qilib aytganda, u ishlab chiqaruvchi uchun oxirgi sotilgan
alyuminiy birligining harajatlarini ko`rsatadi.
Hukumat aralashuvi bo`lmasa, narx alyuminiy uchun taklif va talab
muvozanatini to`g`irlaydi. Ishlab chiqarilgan va iste'mol qilingan alyuminiyning
bozordagi miqdori 1-rasmdagi Q
bozor
sifatida ko`rsatilgan bozor muvozanatida u
ishlab chiqaruvchi va iste'molchilarning umumiy ortiqchaligini maksimallashtirishi
ma’nosida samaralidir. Bu shuni anglatadiki, bozor resurslarni shunday
taqsimlaydiki, alyuminiyning iste'molchilar ushun umumiy qiymatidan ishlab
chiqaruvchilar sotadigan alyuminiyning umumiy harajatlari ayrilgani (qiymat –
harajat) maksimal darajaga yetadi.
17.2.Salbiy tashqi ta’sirlar
Endi alyuminiy zavodlari chiqindilar chiqaradi deb faraz qilaylik: har bir
ishlab chiqarilgan alyuminiy birligi uchun atmosferaga ma’lum miqdorda tutun
chiqadi. Bu tutun shu havodan nafas oladiganlar sog`lig`i uchun zarar qilishi sabab,
bu salbiy tashqi ta’sir. Bu tashqi ta’sir bozor natijasi samarasiga qanday ta’sir
ko`rsatadi?
Tashqi ta’sir tufayli, alyuminiy ishlab chiqarishning jamiyat uchun harajati
alyuminiy ishlab chiqaruvchilar harajatidan katta bo`ladi. Ishlab chiqarilgan har bir
alyuminiy birligi uchun ijtimoiy harajat alyuminiy ishlab chiqaruvchilari xususiy
harajatlaridan tashqari ifloslanishdan zarar ko`rgan kishilar harajatini ham o`z
ichiga oladi. 2-rasm alyuminiy ishlab chiqarishning ijtimoiy harajatini ko`rsatadi.
Ijtimoiy harajat chizig`i taklif chizig`idan yuqori, chunki u alyuminiy ishlab
chiqaruvchilar tomonidan keltirilgan jamiyatdagi tashqi harajatlarni ham hisobga
Alyuminiy
bahosi
Rasm
Alyuminiy miqdori
Muvozana
t
Taklif
(xususiy xarajat)
BOZOR
Talab
(xususiy
qiymat)
Alyuminiy bozori
Talab chizig’i xaridorlar uchun
qiymat va taklif chizig’i
sotuvchilar uchun xarajatni aks
ettiradi. Muvozanat miqdor,
ya’ni Q
BOZOR
, xaridorlar uchun
to’liq qiymat ayrilgan
sotuvchilar to’liq xarajatini
oshiradi. Tashqi ta’sirlar
bo’lmaganda, shuning uchun,
bozor muvozanati samaralidir.
281
oladi. Ushbu ikki chiziq o`rtasidagi farq chiqarilgan ifloslantirish harajatini aks
ettiradi.
Alyuminiy qancha miqdorda ishlab chiqarilishi kerak? Ushbu savolga javob
berish uchun biz yana bir marotaba ko`ngli keng ijtimoiy reja tuzuvchi (planner)
nima qilishini ko`rib chiqamiz. Reja tuzuvchi bozordan keladigan umumiy
ortiqchalikni ya’ni iste’molchilar uchun alyuminiy qiymatidan alyuminiy ishlab
chiqarish harajati ayrilganini oshirishni xohlaydi. Shu bilan birga, reja tuzuvchi
alyuminiy ishlab chiqarish harajati ifloslanish tashqi harajatlarini ham o`z ichiga
olishini tushunadi.
Reja tuzuvchi talab chizig`i bilan ijtimoiy harajat chizig`i kesishgan
darajadagi alyuminiy ishlab chiqarilishini tanlaydi. Bu oraliq jamiyat umumiy
vaziyatdan kelib chiqib maqbul alyuminiy miqdorini belgilaydi. Ushbu ishlab
chiqarish darajasidan pastda iste’molchilar uchun alyuminiy qiymati (talab chizig`i
balandligi bilan o`lchangan holda) uni ishlab chiqarish ijtimoiy harajatidan
(ijtimoiy harajat chizig`i balandligi bilan o`lchangan holda) oshib ketadi. Reja
tuzuvchi bu miqdordan ortiq ishlab chiqarmaydi, chunki qo`shimcha
alyuminiy ishlab chiqarish ijtimoiy harajati iste’molchilar uchun qiymatni oshirib
yuboradi.
E’tibor bering, alyuminiyning muvozanatli miqdori – Q
bozor
ijtimoiy maqbul
miqdor – Q
maqbul
dan yuqori. Bozor muvozanati faqat ishlab chiqarish xususiy
harajatini aks ettirgani sabab samarasizlik kelib chiqadi. Bozor muvozanatida
chekli iste’molchi alyuminiyga uni ishlab chiqarish ijtimoiy harajatidan past narx
beradi. Bu esa, ya’ni Q
bozor
da, talab chizig`i ijtimoiy harajat chizig`idan past
bo`ladi. Shunday ekan, alyuminiy ishlab chiqarish va iste’molini bozor muvozanati
darajasidan pasaytirish umumiy iqtisodiy farovonlikni oshiradi.
Ijtimoiy reja tuzuvchi qanday qilib maqbul natijaga erishishi mumkin? Bir
yo`li sotilgan har bir alyuminiy tonnasi uchun alyuminiy ishlab chiqaruvchilar
soliqqa tortilishi bo`ladi. Soliq o`zining miqdorida alyuminiy taklif chizig`ini
yuqoriga ko`taradi. Agar soliq atmosferaga chiqarilgan tutunning tashqi harajatini
aniq aks ettirsa, yangi taklif chizig`i ijtimoiy harajat chizig`i bilan bir to`g`ri
chiziqda yotadi. Bozor yangi muvozanatida alyuminiy ishlab chiqaruvchilar
alyuminiyni ijtimoiy maqbul miqdorda ishlab chiqaradi.
282
Bunday soliqni joriy etish tashqi ta’sirni o`zlashtirish deb nomlanadi, chunki
u bozorda sotuvchi va xaridorlarni o`z ishlari tashqi ta’sirlarini hisobga olishga
undaydi. Alyuminiy ishlab chiqaruvchilar odatda qancha alyuminiy taklif qilishi
haqida qaror qabul qilishda ifloslantirish harajatlarini ham hisobga oladi, chunki
soliq ularni tashqi harajatlarini ham to`lashga majbur qiladi va bozor narxi ishlab
chiqaruvchilarga qo`yilgan soliqni ham aks ettirgani uchun, alyuminiy
iste’molchilari kamroq miqdorda foydalanishga harakat qilishadi. Bu siyosat
Iqtisodiyotning o`nta tamoyillarining biriga asoslangan: odamlar ta’sirlarga javob
qilishadi. Mazkur bobning oxirida, siyosatchilar tashqi ta’sirlarni qanday hal
qilishini chuqurroq ko`rib chiqamiz.
Ijobiy tashqi ta’sirlar
Ba’zi faoliyatlar uchinchi shaxslarga ham harajatlar joriy qilsa ham, boshqalar
bundan foyda olishadi. Masalan, ta’limni olaylik. Aksariyat hollarda, ta’lim
foydasi xususiydir: ta’lim iste’molchisi yaxshi ishchi bo`lib yetishadi va shuning
bilan yuqori maosh sifatida foyda oladi. Ammo ushbu xususiy foydadan tashqari,
ta’lim ijobiy tashqi ta’sir hosil qiladi. Ulardan biri shuki, yaxshi ta’lim olgan
odamlar ko`proq biladigan saylovchilar bo`lishadi, bu esa hamma uchun yaxshiroq
hukumat bo`lishini anglatadi. Yana bir tashqi ta’siri shuki, ko`proq ta’lim olgan
aholi past jinoyat darajasini anglatadi. Uchinchi tashqi ta’siri shuki, ko`proq ta’lim
olgan aholi texnologik rivojlanishni va tarqalishini ta’minlaydi, bu esa hamma
uchun samaradorlik va yuqori maoshga olib keladi. Ushbu uchta ijobiy ta’shqi
ta’sir sabab, odamlar ko`proq ta’lim olgan qo`shnilari bor bo`lishini xohlaydi.
Ijobiy ta’shqi ta’sirlar tahlili salbiy ta’shqi ta’sirlar tahliliga o`xshaydi. 3-
rasmda ko`ringanidek, talab chizig`i jamiyat uchun tovar qiymatini aks ettirmaydi.
Ijtimoiy qiymat xususiy qiymatdan yuqori bo`gani sababli, ijtimoiy qiymat chizig`i
talab chizig`idan yuqori bo`ladi. Maqbul miqdor ijtimoiy qiymat va taklif chizig`i
(harajat) kesishgan nuqtada bo`ladi. Shunday ekan, ijtimoiy maqbul qiymat
xususiy bozor aniqlagan miqdordan yuqori bo`ladi.
Muvozana
t
Maqbul holat
Tashqi
xarajat
Taklif
(xususiy xarajat)
Talab
(xususiy
qiymat)
Alyuminiy miqdori
Alyuminiy
bahosi
Ijtimoiy xarajat (xususiy xarajat
va tashqi xarajat)
Ifloslanish va ijtimoiy
maqbul holat
Salbiy tashqi ta’sir, masalan
ifloslanish, bo’lganda,
tovarlar ijtmoiy xarajati
xususiy xarajatdan oshib
ketadi. Shuning uchun,
optimal miqdor Q
MAQBUL
,
muvozanat miqdor Q
BOZOR
dan past.
BOZOR
MAQBUL
Rasm
283
Yana bir marta, hukumat bozor ishtirokchilarini tashqi ta’sirni o`zlashtirishiga
undab bozor muvaffaqiyatsizligini to`g`riirlashi mumkin. Ijobiy tashqi ta’sirlar
holatidagi to`g`ri javob, xuddi salbiy tashqi ta’sirlar holatining teskarisi bo`ladi.
Bozor muvozanatini ijtimoiy maqbul darajaga yaqinlashtirish uchun, ijobiy tashqi
ta’sir subsidiya kiritishni talab qiladi. Aslida ham, bu hukumatni amaldagi
siyosatining o`zginasi: ta’lim davlat maktablari va hukumat grantlari asosida
subsidiya bilan ta’minlanadi.
Xulosa qilish uchun: salbiy tashqi ta’sirlar bozorlarni ijtimoiy zaruriyatdan
ko`proq miqdorda ishlab chiqarishga undaydi. Ijobiy tashqi ta’sirlar bozorlarni
ijtimoiy zaruriyatdan kamroq miqdorda ishlab chiqarishga undaydi. Bu muammoni
yechish uchun, hukumat salbiy tashqi ta’sirli tovarlarga soliq solish va ijobiy tashqi
ta’sirli tovarlarga subsidiya berish orqali tashqi ta’sirlarning o`zlashtirilishiga
erishadi.
Texnologik yoyilishlar, sanoat siyosati va patent himoyasi
Ijobiy tashqi ta’sirning imkoniyatli muhim bir turi – bu texnologik yoyilish,
ya’ni bir firmaning tadqiqot va ishlab chiqarish harakatlarining boshqa firma
texnologik yangiliklariga ega bo`lishiga ta’siri. Masalan, sanoat robotlari bozorini
olaylik. Robotlar tez o`zgarib borayotgan texnologiyalarning boshida turadi. Firma
robot yaratganda uning yangi va yaxshiroq dizayn kashf qilishiga imkoniyat
mavjud. Bu yangi dizayn faqatgina bu firmani emas balki butun jamiyatga foyda
olib kelishi mumkin, chunki bu dizayn jamiyatning texnologik bilimlari qatoriga
qo`shiladi. Bu esa yangi dizaynning iqtisodiyotdagi boshqa ishlab chiqaruvchilar
uchun ijobiy tashqi ta’sirga ega bo`lishini anglatadi.
Bu holatda, hukumat robotlar ishlab chiqarilishiga subsidiya kiritib bu tashqi
ta’sirni o`zlashtirishi mumkin. Agar hukumat firmalarga har bir ishlab chiqarilgan
robot uchun subsidiya to`lasa, taklif chizig`i ushbu subsidiya miqdorida pastga
tushadi va bu o`zgarish robotlarning muvozanat miqdorini oshiradi. Bozor
muvozanati ijtimoiy maqbul darajaga tenglashishiga ishonch hosil qilish uchun
subsidiya texnologik yoyilish qiymatiga teng bo`lishi kerak.
Rasm
Ta’lim
bahosi
Maqbul holat
Muvozana
t
Tashqi
foyda
BOZOR
MAQBUL
Talab
(xususiy
qiymat)
Ijtimoiy qiymat
(xususiy qiymat
va tashqi foyda)
Taklif
(xususiy xarajat)
Ta’lim va
ijtimoiy maqbul
holat
Ijobiy tashqi ta’sir bo’lganda,
tovarlar ijtimoiy qiymati
xususiy qiymatdan oshib
ketadi. Shuning uchun, optimal
miqdor Q
MAQBUL
, muvozanat
miqdor Q
BOZOR
dan yuqori.
Ta’lim qiymati
284
Texnologik yoyilishlar qanchalik katta va ular ijtimoiy siyosat uchun nimani
bildiradi? Bu muhim savol, chunki texnologik rivojlanish nega hayot darajasi
davriy ravishda o`sishiga sababdir. Ammo bu qiyin savol ham hisoblanadi va
buning ustida iqtisodchilar ko`pincha kelishishmaydi.
Ba’zi iqtisodchilar texnologik yoyilishlar tarqaluvchi va shuning uchun
hukumat eng ko`p yoyilish qiluvchi sanoatlarni qo`llab-quvvatlashi kerak deb
ishontirishadi. Masalan, ushbu iqtisodchilar agar kartoshka chipslaridan ko`ra
kompyuter chiplarini yaratishni ko`proq yoyilishga ega bo`lsa, unda hukumat
kartoshka chipslari ishlab chiqarishdan ko`ra kompyuter chiplarini ishlab
chiqarishni qo`llab-quvvatlashi kerak. Bunday ishni soliq kodeksi tadqiqot va
rivojlanish sarfiga maxsus soliq imtiyozlari taklif qilish orqali cheklangan
miqdorda bajaradi. Ba’zi boshqa davlatlat ko`p texnologik yoyilishlar taklif
qiluvchi maxsus sanoatlarga subsidiya kiritish bilan chuqurroq e’tibor qaratadi.
Texnologik sanoatni rivojlantirishga qaratilgan hukumatning iqtisodiyotga
aralashuvi ba’zida sanoat siyosati deb yuritiladi.
Boshqa iqtisodchilar sanoat siyosati to`g`risida salbiy fikrda. Garchi
texnologik yoyilish umumiy bo`lsa-da, sanoat siyosatining muvaffaqiyati hukumat
turli bozorlarda yoyilish hajmini o`lchashga qodir bo`lishini talab etadi. Bu o`lchov
muammosi eng qiyinidir. Bundan tashqari, aniq o`lchovlarsiz, siyosiy tizim eng
katta ijobiy tashqi ta’sirlardan ko`ra katta siyosiy ta'sirga ega bo`lgan sanoatlarni
subsidiya qilishi mumkin.
Texnologik yoyilishlar bilan shug`ullanishning yana bir usuli patent himoyasi
hisoblanadi. Patent qonunlari ma’lum vaqt uchun o`zlarining ixtirolaridan mutlaq
foydalanishini ta’minlab ixtirochilar huquqlarini himoya qiladi. Firma texnologik
yangilik qiladigan bo`lsa, u g`oyani patentlab, o`zi uchun ko`p iqtisodiy foyda
olishi mumkin. Patent huquqi firmaga ixtirosi ustidan mulk huquqini berib tashqi
ta’sir o`zlashtiriladi. Boshqa firmalar yangi texnologiyalar foydalanish istagida
bo`lsa, ular ixtiro firmasidan ruxsat olishi kerak va unga royalti to`laydi.
Shunday qilib, patent tizimi firmalarni texnologiyani rivojlantiradigan tadqiqot va
boshqa faoliyat bilan shug`ullanishiga katta turtki beradi.
17.2.Tashqi ta’sirlarga qaratilgan davlat siyosati
Tashqi ta’sirlar nima uchun bozorlarni resurslar samarasiz taqsimlanishiga
olib kelishini muhokama qildik, lekin bu samarasizlikni qanday bartaraf qilish
haqida kam gapirildi. Amalda, davlat siyosatchilari va xususiy shaxslar tashqi
ta’sirlarga turli yo`llar bilan javob beradi. Barcha yechimlarning maqsadi resurslar
taqsimotini ijtimoiy maqbul darajaga yaqinlashtirishdir.
Ushbu bo`limda davlat yechimlari ko`rib chiqiladi. Umumiy masala sifatida,
hukumat tashqi ta’sirga javob berishda ikki yo`lning biridan foydalanishi mumkin.
Buyruq-va-nazorat siyosati bevosita xatti-harakatni tartibga soladi. Bozorga
asoslangan siyosat rag`batlantirish bilan ta’minlaydiki, xususiy qaror qabul
qiluvchilar muammoni hal qilish yo`lini o`zlari tanlaydi.
Buyruq va nazorat siyosati: tartibga solish
Hukumat muayyan xatti-harakatni talab qilish yoki cheklash orqali tashqi
285
ta'sirni bartaraf qilishi mumkin. Misol uchun, suv ta'minoti ichiga zaharli kimyoviy
moddalar qo`shish jinoyat hisoblanadi. Bu holda, jamiyat uchun tashqi harajatlar
ifloslantiruvchi foydasidan ancha oshib ketadi. Hukumat shuning umuman bu
xatti-harakat sodir bo`lishini man qiluvchi bir buyruq-va-nazorat qilish siyosatini
institutlashtiradi.
Ammo ifloslanish ko`p hollarida vaziyat bunchalik oddiy emas. Ba'zi
ekologlar belgilangan maqsadlarga qaramay, barcha ifloslantiruvchi faoliyatlarni
taqiqlab qo`yishning iloji yo`q. Masalan deyarli barcha turdagi transport, hatto
otlar ham ayrim nomaqbul ifloslantiruvchi mahsulotlar ishlab chiqaradi. Lekin
hukumatning barcha transportni taqiqlashi aqlga sig`maydi. Shuning uchun,
butunlay ifloslanishni bartaraf etishga harakat qilish o`rniga, jamiyat bu
ifloslanishlarning qaysi turlariga va qancha miqdoriga ruxsat etishga qaror qabul
qilishning zarari va foydasini ko`rib chiqishi kerak. Amerika Qo`shma
Shtatlarida, atrof-muhit himoya qilish agentligi (EPA) va atrof-muhitni muhofaza
qilishga qaratilgan qoidalarni ishlab chiqish va rioya qilish vazifasini olgan davlat
muassasasidir.
Atrof-muhitni tartibga solish ko`p shakllarda bo`lishi mumkin. Ba'zan EPA
zavod chiqarishi mumkin bo`lgan ifloslanish maksimal darajasini aytadi. Boshqa
paytlari EPA firmalardan chiqindilarni kamaytirish uchun muayyan texnologiya
qabul qilishni talab qiladi. Barcha hollarda, yaxshi qoidalarni tuzish uchun,
hukumat tartibga soluvchilari muayyan sanoatlar haqida ma'lumotlarni va bu
sanoat qabul qilishi mumkin bo`lgan muqobil texnologiyalar haqida bilishi kerak.
Bu ma'lumotlar hukumat regulyatorlari tomonidan olinishi ba’zida juda qiyin.
Dostları ilə paylaş: |