Keys. Mayoqlar ommaviy mahsulotmi?
Ba’zi bir mahsulotlar sharoitga qarab ommaviy mahsulotdan shaxsiy
mahsulotga aylanishi mumkin. Masalan, agar mushakbozlik aholisi ko`p bo`lgan
shaharda o`tkazilsa u ommaviy mahsulotdir. Shu bilan birga, bu tadbir Uolt
Disney Uorld kabi shaxsiy ko`ngilochar xiyobonlarda o`tkazilsa mushakbozlik
xxususiy mahsulotga ko`proq to`g`ri keladi, sababi xiyobonga kirish uchun
alohida to`lov amalga oshiriladi.
Boshqa bir misol sifatida mayoqni ko`rishimiz mumkin. Iqtisodchilar
anchadan beri mayoqlarni ommaviy mahsulot namunasi sifatida ishlatib
kelishayapti. Mayoqlar dengizda ma’lum bir hududlarni yoritib beradi va ular
yordamida suv kemalari begona suv hududlaridan xalos bo`lishadi. Mayoqlarni
kema kapitaniga beradigan foydasi ist’emoldan mahrum qilish xususiyatiga ham
cheklanganlik xususiyatiga ham ega emas, shuning uchun ham har bir kapitan
mayoqlardan yo`l yorituvchi vosita sifatida foydalanib ularga haq to`lamasdan
mustaqil harakat qilishlari mumkin.
“Tekinxo`rlar” muammosi tufayli, xususiy bozorlar kapitanlarni ular
uchun zarur bo`lgan mayoqlar bilan ta’minlab bera olishmaydi. Aynan shu
sababli hozirda ko`pchilik mayoqlar davlat nazoratida bo`lib qolmoqda.
Shu bilan birga, ayrim holatlarda mayoqlar xususiy mahsulotlarga yaqin
bo`lishadi. 19-asrda Angliya qirg`oqlarida, masalan, bir qator mayoqlar xususiy
mulk sifatida boshqarib kelingan. Mayolardan foydalanish uchun kema
kapitanlari emas, balki yaqin atrofdagi port egalari haq to`lashgan. Agarda port
egalari mayoq uchun haq to`lashmasa, mayoq egalari uni o`chirib qo`yishgan va
kemalar, turgan gapki, bu portda to`xtamasdan o`tishgan.
U yoki bu mahsulot ommaviy mahsulotga mansub ekanligini aniqlashda,
avvalo uni egasi kim ekanligiga va ushbu benefitsiarlar iste’moldan mahrum
301
qilish xususiyatiga ega yoki yo`qligiga e’tibor qaratish zarur. Qachonki mahsulot
iste’molchilari soni ko`p va ulardan u yoki bunisini ajratish imkoni bo`lmasa
“tekinxo`rlar” muammosi yuzaga keladi. Agar mayoq bir qancha kapitanlarga
xizmat ko`rsatsa bu ommaviy mahsulot, va shu bilan birga u birgina port egasiga
xizmat ko`rsatsa xususiy mahsulot hisoblanadi.
Harajatlar va daromadlarni tahlil qilishning murakkab jihati
Shu vaqtgacha biz ko`rib chiqDilshodki, xususiy bozorlar samarali
miqdorda ta’minlay olmaganligi sababli ommaviy mahsulotlarni davlat ta’minlab
beradi. Shu bilan birga, davlat faqatgina birinchi qadamni qo`yish funktsiyasini
bajarishi ham mumkin. Keyinchalik esa davlat qaysi ommaviy mahsulotlarni
qancha hajmda etkazib berish kerakligini ko`rsatib berishi zarur.
Aytaylik, davlat yangi shosseni qurish loyihasini – ommaviy mahsulotni
(xizmatni) ko`rib chiqayapti. Shosse qurilishi to`g`risida yakuniy xulosaga
kelishdan oldin, davlat, shosseni unga ketadigan harajatlar va keyinchalik uni
faoliyatini ta’minlash harajatlari bilan ishlatishi mumkin bo`lganlardan kelib
tushuvchi foydani ko`rib chiqishi lozim. Bu qarorga kelishdan oldin davlat,
harajatlar va daromadlarni tahlil qilish deb nomlanuvchi jamiyatga ushbu
tovar yalpi foydasini aniqlab beradigan tadqiqotni olib borish uchun iqtisodchilar
va injenerlar komandasini jalb qilishi mumkin.
Harajatlar va daromadlar tahlili o`ziga xos murakkab jarayon. Shosse
kelgusida barcha uchun bepul foydalanishga mo`ljallanganligi sababli uning
qiymatini (yoki foydalilik darajasini) aniqlovchi narx mavjud emas.
Kishilardan shunchaki ular shosseni qanchaga baholashlarini so`rash
ishonchli emas, anketalash ham samarali usul emas, sababi so`rovda
qatnashuvchilar haqiqiy bahoni berish uchun moddiy rag`batga ega bo`lmaydilar.
Shossedan kelajakda foydalanishi mumkin bo`lganlarda uni daromadlilik
darajasini oshirishga ko`proq rag`bat bor. Shosseni qurilishidan zarar ko`rishi
mumkin bo`lganlarda esa shosse qurilishiga ketadigan harajatlarni oshirib
ko`rsatishga va uni qurilishini to`xtatishga rag`bat mavjud.
Ommaviy mahsulot (xizmat) larni samarali tarzda taqdim etish, o`z o`zidan,
xususiy mahsulot (xizmat) larni taqdim etishga qaraganda bir muncha
mushkulroq. Xususiy mahsulot xaridorlari bozorga chiqishganda ular o`zlari
to`lay olishi mumkin bo`lgan narxga qarab fikr yuritishadi. Shu bilan birga
sotuvchilar o`z harajatlarini o`zlari qabul qilishlari mumkin bo`lgan narx
yordamida ko`rsatishadi. Muvozanat nuqtasi esa resurslarni samarali taqsimlash
nuqtasi bo`lib, u barcha ma’lumotlarni o`zida aks ettiradi. Ommaviy
mahsulotlarda, bundan farqli o`laroq, harajatlar va daromadlar tahlilchilari davlat
ommaviy mahsulotlarni qanday va qancha miqdorda ta’minlashi bo`yicha hech
qanday baho signallariga ega bo`lishmaydi. Ularning harajatlar va daromadlar
to`risidagi xulosalari, nari borsa, eng yaxshi taxminiy xulosalar, xolos.
Keys stadi hayot qiymati qancha?
Tasavvur qiling, siz xalq deputatlari mahalliy kengashga a’zo sifatida
saylandingiz. Shahar injeneri yoningizga shunday bir taklif bilan keldi: shahar
10 000 so`m sarflab, hozirda faqat STOP belgisi qo`yilgan markaziy ko`chadagi
302
chorrahada svetofor o`rnatishi va uni keyinchalik boshqarishi mumkin.
Svetoforning ustun jihati - harakat havfsizligi oshiriladi. Injenerni ilgarigi
shunga o`xshash chorrahalardagi loyihalar tahlili asosidagi bahosiga ko`ra
svetofor faoliya muddati davomida o`lim bilan tugaydigan yo`l-harakati
hodisalari darajasini 1,6 foizdan 1.1 foizgacha tushiradi. Siz bunga mablag`
sarflaysizmi?
Ushbu savolga javob topish uchun siz harajatlar va daromadlar tahliliga
murojaat etishingizga to`ri keladi. Biroq siz darhol o`ziga xos qarshilikka duch
kelasiz: agar siz foydalilik darajasini hisoblamoqchi bo`lsangiz, harajatlar va
daromadlar bir xil kattaliklarda (o`lchovlarda) hsoblanishi lozim. Qiymat pul
birligida (so`mda) o`lchanadi, biroq svetofor keladigan foyda inson hayotini
saqlab qolish pul birligida o`lchanmaydi. Qabul qilinishi lozim bo`lgan qarorni
aniqlash uchun siz so`mni inson hayotidagi o`lchamini aniqlashingiz zarur
bo`ladi.
Dastavval siz inson hayoti bebaho deb o`ylashni hohlashingiz mumkin,
qolaversa siz o`zingizni yoki biror bir sevimli kishingizni hayoti uchun o`z
hohishingiz bilan sarflashingiz mumkin bo`lgan pulning qiymati yo`q. Bu
shundan dalolat beraDilshodi, inson hayoti pulda (so`mda) qiymatga ega emas.
Biroq bu javob harajatlar va daromadlar tahlili uchun o`ta mavhumdir. Agar
biz rostdan ham inson hayoti uchun cheksiz qiymatliklarni sarflamoqchi bo`lsak,
u holda har bir ko`cha burchagida svetor o`rnatib chiqishimiz va barcha yangi
yirik yuk avtomashinalariga eng so`nggi havfsizlik funktsiyalarini
joylashtirishimiz lozim bo`ladi.
Ustiga ustak, svetoforlar har bir burchakda emas va kishilar ko`p holatlarda
havfsizlik yostiqchasi yoki tormoz tizimini bloklanishiga qarshi mexanizmga ega
bo`lmagan, qimmat bo`lmagan avtomobillarga haq to`lashni afzal ko`rishadi.
Ommaviy mahsulotlar yoki xususiy mahsulotlar to`g`risidagi har ikki qarorda
ham ko`proq iqtisod qilish maqsadida hayotimiz bilan tavakkal qilishga tayyor
bo`lamiz.
Inson hayoti so`mdagi ekvivalentga ega emas degan qarorni qabul
qilgandan so`ng qanday qilib bu qiymatni aniqlab olishimiz mumkin?
O`lim to`g`risida da’vo qilgan taraf harajatlarini qoplab berish maqsadida
“agar vafot etgan shaxs tirik bo`lganda qancha mablag` ishlab topishi
mumkinligini aniqlash” usuli sudlar tomonidan qo`llanilib kelinadi. Iqtisodchilar
bu usulni ko`p holatlarda tanqid qilishadi, sababi bu usul hayotni yo`qotishning
boshqa qiymatliklarini e’tiborga olmaydi. Shunday qilib, bu usul g`alati
ko`rsastkichni o`zida aks ettiradi, go`yoki nogiron yoki pensionerning hayoti
hech qanday qiymatga ega emasdek.
Inson hayotini baholashning eng yaxshi usuli bu – inson o`z hayotini
yo`qotish uchun mavjud bo`lgan tavakkalchilik va bunga to`lanishi lozim
bo`lgan haq miqdorini bilishdir. O`lish tavakkalchiligi, masalan, ish joyiga qarab
baholanadi. Osmono`par binolardagi quruvchilar o`z ish joylarida ofis
ishchilariga qaraganda ko`proq tavakkalchilikka duch keladilar. Iqtisodchilar
ko`proq va kamroq tavakkalchililik darajasiga, ta’lim sifatiga, tajribaga va
303
boshqa ish haqini belgilab beruvchi faktorlarga qarab kishilar o`z hayotlarini
qanchaga baholashlari mumkinligi haqida ba’zi bir tushunchalarga ega
bo`lishlari mumkin. Ushbu usulni qo`llab o`tkazilgan tadqiqotlarga ko`ra inson
hayoti qiymati 10 million so`mga baholanishi to`g`risida xulosaga kelingan.
Endi biz, yuqorida keltirib o`tilgan misolimizga qaytib shahar injenerining
taklifiga munosabat bildirishimiz mumkin. Svetofor inson haytini saqlab qolish
tavakkalchiligi darajasini 0,5 foizgagina yaxshilaydi. Shunday qilib, svetovor
o`rnatilishidan kutilishi mumkin bo`lgan foyda 50 000 so`m (yoki 0,005*10
million so`m) ni tashkil etadi. Bu ko`rsatkich loyiha xarajjati bo`lgan 10 000
so`mdan bir muncha ko`p, demak siz loyihani tasdiqlashingiz mumkin.
18.3.Umumiy resurslar
Umumiy resurslar, xuddi ommaviy mahsulotlar kabi iste’moldan mahrum
qilinish xususiyatiga ega emas: ular iste’mol qiluvchilar uchun mavjud va bepul.
Shu bilan birga umumiy resurslar cheklanganlik xususiyatiga ega: biror
kishining umumiy resurslarni iste’mol qilishi boshqa bir kishining ularni
iste’mol qilish imkoniyatlarini pasaytirib yuboradi.
Shunday qilib, umumiy resurslar yangi muammolarni keltirib chiqaradi.
Atroflicha o`rganib chiqilgandan so`ng siyosatchilar umumiy resurslarni qanday
hajmda iste’mol qilinayotganligi haqida qayg`urishlari lozim. Bu masalani
Umummilliy resurslar fojeasi hikoyasidan to`liqroq anglash mumkin.
Umummilliy resurslar fojeasi
O`rta asrlardagi kichik bir shaharcha hayotini ko`rib chiqamiz. Shaharchada
mavjud ko`pgina iqtisodiy faoliyat turlaridan eng muhimlaridan biri - bu qo`y
etishtirish edi. Shahardagi ko`pgina oilalar qo`ylarni etishtiruvchi xo`jalikkka
(fermalarga) ega edilar, ular qo`ylarning yunglarini keyinchalik kiyim-kechak
sifatida ishlatish uchun sotishar edi.
Bizni hikoyamiz boshlangan vaqtda quylar ko`pgina vaqtlarini shaharni
qamrab olgan Umumiy Maydon deb nomalnuvchi umumiy yerlarda
(yaylovlarda) yotib o`tkazishar edi. Shaharda hech bir oila o`zining shaxsiy yer
maydoniga ega emas edi. Buning o`rniga aholi kollektiv (jamoa) yer
maydonlariga (yaylovlariga) ega bo`lib, o`z qo`ylarini mazkur yerlarda boqishar
edi. Kollektiv (jamoa) mulki yaxshi samara beradi, chunki yerlar yaxshi
ko`rinishda saqlanadi. Kishilar o`zlari uchun shaxsiy yer maydonlarini ajratib
olgunlariga qadar Umumiy Maydon iste’moldan cheklanmagan xususiyatga ega
edi va kishilarni qo`y etishtirishlarida hech qanday to`siqlar mavjud emas, bir
so`z bilan aytganda hamma baxtli edi.
Yillar o`tishi bilan shaharcha aholisi soni ham unga baravar ravishda
Umumiy Maydonda boqilayotgan qo`ylar soni ham ortib borar edi. Yer
maydonining o`zgarmas hajmida qo`ylar sonini ortib borishi erni o`zini o`zi
qayta tiklash qobiliyatini kamaytirib borar edi. Oxir oqibat yerni tarkibi shu
darajada yomonlashib ketdiki natijada u o`zining hosildorlik darajasini butkul
yo`qotdi.
Ekinlarsiz Umumiy Maydonda qo`ylarni etishtirish imkonsiz va
qachonlardir rivoj topgan yung etishtirish sanoati o`z o`zidan yo`qolib boradi.
304
Ko`pgina oilalar o`zini o`zi ta’minlash uchun daromad manbaalarini
yo`qotishadi. Xo`sh, ushbu muammoni yuzaga kelish sabablari nima? Nega
cho`ponlar qo`ylar sonini Umumiy Maydonni ishdan chiqarish darajasigacha
o`sishiga yo`l qo`yishdi. Muammo shundaki, ommaviy va xususiy rag`batlar
(manfaatlar) tubdan farq qiladi.
Hosildor erlar sifatini saqlab qolish cho`ponlarning birgalikdagi jamoaviy
xarakatlariga bog`liq. Agar cho`ponlar birgalikda harakat qilishganida edi, ular
qo`ylar sonini Umumiy Maydon quvvati etadigan darajada saqlab qolishlari
mumkin edi. Biror bir oila uning qo`ylari sonini kamaytirishdan manfaatdor
emas, lekin har bir qo`ylar guruhi aslida umumiy muammoning alohida bir
bo`lagi hisoblanadi.
Aslini olganda, umummilliy resurslar fojeasi tashqi ta’sirlarni
o`rganmaganlikdan kelib chiqadi. Bir oilaning qo`ylari umumiy maydonda
boqilganda bu o`z o`zidan ikkinchi bir oila qo`y boqishi mumkin bo`lgan yer
maydoni sifatini yomonlashtiradi. Kishilar yaylovda qancha qo`y boqish
mumkinligini aniqlashayotganda bu kabi tashqi masalalarga befarqlik bilan
yondoshishadi, natijada qo`ylarning umumiy soni haddan ziyod ortib ketadi.
Agar muammo ilgariroq ko`rib chiqilganda shahar aholisi buning echimini
turli usullar bilan topgan bo`lishar edi. Buni har bir oiladagi qo`ylar sonini
cheklash, ularning ma’lum bir soni uchun soliq joriy etish yoki qo`ylarning
ma’lum bir sonini boqish huquqini auktsion savdolarida sotish kabi usullar bilan
tartibga solish mumkin edi. Ya’ni o`rta asrlardagi shahar qo`ylar sonini haddan
ziyod ortib ketishi muammosini zamonaviy jamiyat atrof muhitni ifloslanishiga
qarshi kurashayotgan usullar orqali bartaraf etishi mumkin edi.
Buning ustiga er bilan bog`liq holat uchun yana ham soddaroq usullar
mavjud: shahar yer maydonini barcha oilalarga teng bo`lib berishi mumkin edi.
Har bir oila o`z er maydonini to`siqlar bilan chegaralashi, keyinchalik uni chorva
sonining haddan ziyod ko`p bo`lishidan himoyalashi mumkin edi. Shunday
qilib, er umummilliy resurs emas, balki xususiy mulkka aylana boshlaydi. Bu
narsa aslida 17-asrda Angliyada o`rab olish vaqtida yuz berdi ham.
Umummilliy resurslar fojeasi umumiy saboqqa ega: qachonki biror kishi
umumiy resursdan foydalanganda, u albatta boshqalarning undan foydalanish
imkoniyatlarini kamaytiradi. Aynan mana shu salbiy samara tufayli umummilliy
resurslardan ehtiyotsizlik bilan foydalaniladi. Davlat umummilliy resurslar
iste’molini kamaytirish maqsadidida ushbu muammoni tartibga solish choralari
yoki soliqlar orqali hal etishi mumkin. Boshqa tarafdan olib qaralganda, davlat
gohida umummilliy resursni xususiy mulkka aylantirishi ham mumkin.
Bu hikoya (dars) ming yillar davomida barchaga saboq bo`ldi. Qadimgi
grek faylasufi Aristotel umummilliy resurslar haqida shunday degan: “Barcha
uchun birdek mavjud bo`lgan ne’matlarga odatda kamroq e’tibor beriladi, sababi
kishilar o`zining shaxsiy buyumlariga boshqalar bilan birgalikda egalik
qilayotgan buyumlariga qaraganda ko`proq hurmat bajo keltirishadi”.
Ayrim muhim umumiy resurslar
Umumiy resurslardan foydalanishning ko`pgina misollari mavjud. Deyarli
305
barcha holatlarda umummilliy resurslar fojeasidagi kabi muammo yuzaga
keladi. Alohida shaxslar umumiy resurslardan haddan ziyod ko`p foydalanishadi.
Davlat, aksariyat hollarda, haddan ziyod ko`p foydalanish muammosini
engillashtirish maqsadida ularning xulq-atvorlarini tartibga soladi yoki turli
yig`imlar joriy etadi.
Toza havo va suv. Biz ta’kidlab o`tganimizdek, bozorlar atrof muhitni
oqilona himoya qilishmaydi. Qat’iy tartibga solish choralari yoki atrof-muhitni
ifloslantirganlik uchun soliqlar bilan bartaraf etilishi mumkin bo`lgan ifloslanish
salbiy tashqi ta’sir hisoblanadi. Bozorning ushbu salbiy jihatini jamiyatning
umumiy muammosi sifatida ko`rish mumkin. Toza havo va toza suv huddi ochiq
hosildor erlar kabi, atrof-muhitning haddan ziyod ifloslanishi esa huddi chorvani
haddan ziyod ortib ketishi kabi umumiy resurslardir. Atrof-muhitning haddan
ziyod ifloslanishi umummilliy resurslar fojeasining zamonaviy ko`rinishidir.
Tirband avtomobil yo`llari. Yo`llar yoki ommaviy mahsulot yoki umumiy
resurs bo`lishi mumkin. Agar yo`llar tirband bo`lmasa, u holda bir kishining undan
foydalanishi boshqa bir kishining foydalanishiga halaqit qilmaydi. Bu holatda
mahsulot iste’molda cheklanganganlik xususiyatiga ega bo`lmaydi va yo`l
ommaviy mahsulot bo`lib qoladi. Shu bilan birga, agar yo`llar tirband bo`lsa, u
holda bu yo`ldan foydalanish salbiy tashqi ta’sirni beradi. Agar biror kishi ushbu
yo`ldan yursa, yo`l yana ham tor bo`lib, boshqa kishilarni sekinroq yurishga
majbur etadi. Bu holatda yo`l umumiy resurs hisoblanadi.
Davlat tomonidan yo`llarda avtomobillar tirbandligi muammosini bartaraf
etish yo`llaridan biri bu haydovchilarga shaharlararo transport qatnovlariga soliq
solish. Shaharlararo transport qatnovlariga soliq solish o`z mohiyatiga ko`ra
tirbandlikni tartibga soluvchi soliqdir. Ba’zida, xuddi mahalliy yo`llarda bo`lgani
kabi, qatnovlar uchun soliq solish amaliy echim bo`lmay qoladi, sababi soliq
summasi juda yuqoridir. Biroq, London shahri to`lov hajmini oshirish usulini
tirbandlikni bartaraf etishdgi eng muhim usul deb topdi.
Gohida tirbandlik kunning ma’lum bir qismidagina muammo bo`lib qoladi.
Agar ko`prikda yuk avtomobili tig`iz-paytda o`tayotgan bo`lsa tirbandlik
muammosi faqatgina mana shu soatdagina yuzaga keladi. Ushbu masalani
samarali echimi shuki – tig`iz-paytda yurganlik uchun to`lovni yana ham
oshirish zarur. Bu narsa haydovchilarni o`zlarining harakatlanish grafiklarini
o`zgartirib, tig`iz-paytda yurmasliklari uchun o`ziga hos stimul bo`ladi.
O`tgan bobda muqokama qilingan tirbandlik muammosiga qarshi
kurashuvchi usullardan yana biri - bu benzin uchun soliq. Benzin, ma’lumki
avtomobilda harakatlanish uchun samarali yoqilg`i hisoblanadi: benzin narxini
oshirish, odatda harakat hajmini kamaytirishni talab etadi. Shunday qilib, benzin
uchun soliq yo`llarni tirbandlik darajasini kamaytiradi. Shu bilan birga, benzin
uchun soliq mutloq echim emas, sababi bu yo`llarda harakatlar hajmidan tashqari
boshqa masalalarga ham ta’sir ko`rsatadi. Masalan, benzin uchun soliq tirbandlik
qayd etilmagan yo`llarda ham harakatlar sonini kamaytirib yuboradi.
Baliq, kit va boshqa yovvoyi jonivorlar. Ba’zi bir tur jonivorlar umumiy
resurs hisoblanishadi. Masalan baliq va kit tijorat qiymatiga ega, va har
306
qanday kishi okeanga borib, u yerda mavjud bo`lgan hamma narsani tutib
olishlari mumkin. Har kishi jonivorlar turlarini keyinga yilga ham saqlab
qo`yishga kam rag`bat his qilishadi. Xuddi chorva etishtirishning haddan ziyod
ko`p soni Umumiy Maydonni barbod qilganidek, haddan ziyod ko`p baliq va kit
ovlanishi dengiz Kamolivorlari ko`payishining tijorat maqsadlariga putur
etkazishi mumkin.
Okean eng kam tartibga solinuvchi umumiy resurs bo`lib qolmoqda. Ikki
muammo oddiy echimga ega. Birinchidan, okeanga ko`pgina davlatlar chiqish
yo`llariga ega, shuning uchun har qanday echim turli xil ma’no kasb etadigan
xalqaro darajadagi hamkorlikni talab etadi. Ikkinchidan, okeanlar shu darajada
yirikki, har qanday kelishuvni to`la qonli amalga oshirish juda qiyin. Natijada,
baliq ovlash hatto odatda do`st mamlakatlar orasida ham o`ziga xos nizolarga
sabab bo`lib qoladi.
O`zbekistonda baliq va boshqa yovvoyi jonivorlarni himoya qilishga
qaratilgan turli xil qonunlar mavjud. Masalan, baliq tutish va ovchilik bilan
shug`ullanish huquqini beruvchi litsenziya davlat harajatlari baliqchilik va
ovchilik muddatini kamayishiga sabab bo`ladi. Baliqchilardan ko`p holatlarda
kichik baliqlarni tashlab yuborishni va ovchilardan faqat alohida jonivorlarni
o`ldirishni talab qilishadi. Barcha bu kabi qonunlar umumiy resurslardan
foydalanishni bekor qiladi va jonivorlarni ko`payishiga xizmat qiladi.
Keys stadi. Nega sigirlar qirilib ketmadi?
Butun dunyo tarixida ko`pgina jonivorlar turlari qirilib ketish havfi ostida
bo`lishgan. Evropaliklar ilk marta Shimoliy Amerikaga qadam qo`yishganida, 60
milliondan ortiq bizon (qo`tos) lar qit’adan ko`chib ketishiga majbur bo`lishgan.
Undan tashqari, qo`toslarni ovlash 19-asrda shu darajada mashhur bo`lganki,
1900 yillarga kelib, ya’ni davlatlar ularni himoya qilishga kirishishlaridan oldin
jonivorlar soni 400 tagacha qisqarib ketgan.
Ba’zi bir Afrika mamlakatlarida fillar xuddi shu kabi muammoga duch
kelmoqda, brakonerlar jonivorlarni ularning suyaklari va tishlari uchun
o`ldirishmoqda.
Shu bilan birga, barcha jonivorlar ham bu muammoga duch kelishganlari
yo`q. Masalan, sigirlar qimmatli oziq-ovqat manbai hisoblanishadi, lekin hech
kim sigirlarni yaqin orada qirilib ketadi deb hisoblamaydi. Amalda, mol
go`shtiga bo`lgan katta talab ushbu jonivor turini saqlanib qolishiga o`ziga xos
kafolat.
28
Nega fil suyagiga bo`lgan katta ehtiyoj fillarni qirilib ketishi uchun
Dostları ilə paylaş: |