Bozorga asoslangan siyosat 1: tuzatuvchi soliq va subsidiyalar
Tashqi ta’sirga javoban xatti-harakatni tartibga solish o`rniga, davlat ijtimoiy
samaradorlik bilan xususiy rag`batlantirishlarni moslashtirishda bozorga
asoslangan siyosatdan foydalanishi mumkin. Masalan, biz avval ko`rganimizdek,
hukumat salbiy tashqi ta’siri bor faoliyatni soliqqa tortish va ijobiy tashqi ta’siri
bor faoliyatni subsidiya qilish orqali tashqi ta’sirlarni o`zlashtirishi mumkin. Salbiy
tashqi ta'sirlar bilan shug`ullanish uchun kuchga kirgan soliqlar tuzatuvchi soliqlar
deyiladi. Ular, shuningdek, ulardan foydalanish tarafdori bo`lgan iqtisodchi Artur
Pigu (1877-1959) nomiga Pigu soliqlari deb ham yuritiladi. Ideal tuzatuvchi soliq
salbiy tashqi ta’sirli faoliyat tashqi harajatlariga teng bo`ladi va ideal tuzatuvchi
subsidiya ijobiy tashqi ta’sirli faoliyat tashqi foydasiga teng bo`ladi.
Iqtisodchilar odatda ifloslanishni bartaraf qilish yo`li sifatida tuzatuvchi
soliqlarni afzal ko`rishadi, chunki ular jamiyat uchun kam harajatda ifloslanishni
kamaytirishi mumkin. Nima uchunligini ko`rish uchun, keling bir misolni ko`rib
chiqaylik.
Faraz qilaylik, ikkita korxona – qog`oz ishlab chiqaruvchi va po`lat ishlab
chiqaruvchi, har yili bir daryoga 500 tonna chiqindi chiqaradi. EPA bu ifloslanish
darajasini kamaytirishni xohlaydi. U ikki yechimni ko`rib chiqadi:
Tartibga solish: EPA ifloslanishini kamaytirish uchun har bir zavodga yiliga
300 tonna chiqindi chiqarishini aytishi mumkin.
Tuzatuvchi soliq: EPAhar bir zavod chiqaradigan chiqindining har bir
286
tonnasi uchun so`m50,000 dan soliq undirishi mumkin.
Tartibga solish ifloslanish darajasini belgilaydi, soliq esa ifloslanishni
kamaytirish uchun zavod egalariga qaratilgan iqtisodiy tayanch bo`ladi. Qaysi
yechimni yaxshiroq deb, o`ylaysiz?
Ko`pchilik iqtisodchilar soliqni afzal ko`radi. Bu afzallikni tushuntirish
uchun, ular birinchi soliq ifloslanish umumiy darajasini kamaytirishda tartibga
solish kabi samarali ekanligiga ishora qilishadi. EPA tegishli darajada soliq joriy
etish orqali o`zi istagan ifloslanish darajasiga erishishi mumkin. Soliq qancha
yuqori bo`lsa, ifloslanishni kamaytirish shuncha katta bo`ladi. Soliq yetarlicha
yuqori bo`lsa, fabrikalar ifloslanishi nolga tushirib umuman zavodni yopadilar.
Tartibga solish va tuzatuvchi soliqlar ifloslanishni kamaytirishga qodir bo`lsa-
da, soliq bu vazifani yanada samaraliroq amalga oshiradi. Tartibga solish har bir
zavoddan bir xil miqdorda ifloslanishni kamaytirishni talab qiladi. Ammo teng
kamaytirish suvni tozalash uchun arzon yo`l emas. Qog`oz zavodi po`lat zavoddan
ko`ra ancha past harajat bilan ifloslanishni kamaytirishi mumkin. Agar shunday
bo`lsa, qog`oz zavodi soliq to`lashning oldini olish uchun ifloslanishni katta
miqdorda kamaytirishi mumkin, po`lat zavodi ifloslanishni kamaytirishga kam
harakat qilib, soliqni to`lab qo`ya qoladi.
Odatda, tuzatuvchi soliq ifloslantirishga narx qo`yadi. Bozorlar tovarlarni eng
yuqori baholaydigan xaridorlarga sotgani kabi, tuzatuvchi soliq ham ifloslanishni
kamaytirishda eng yuqori narxga ko`nadigan fabrikalar ifloslantirish stavkalarini
ajratadi. EPA qaysi ifloslanish darajasini tanlashidan qat’iy nazar, u soliq
yordamida eng past umumiy harajat bilan bu maqsadga erishishi mumkin.
Iqtisodchilar tuzatuvchi soliqlar atrof-muhit uchun ham yaxshiroqdir deb
aytishadi. Buyruq-va-nazorat tartibga solish siyosati ostida, fabrikalar uchun ular
300 tonna chiqindidan boshqa yana chiqindi chiqarishni kamaytirish uchun hech
qanday sabab yo`q. Aksincha, soliq fabrikalarni toza texnologiyalarni
rivojlantirishga undaydi, chunki toza texnologiya zavod to`lashi kerak soliq
miqdorini kamaytiradi.
Tuzatuvchi soliqlar boshqa soliqlardan farq qiladi. 8-bobda muhokama
qilinganidek, aksariyat soliqlar rag`batlantirishni buzadi va resurslar taqsimotini
ijtimoiy maqbul darajadan uzoqlashtirib yuboradi. iqtisodiy farovonlikdagi
kamayishi, ya’ni iste'molchi va ishlab chiqaruvchi ortiqchaligida, hukumat
ko`taradigan daromadlar miqdoridan oshib ketadi, natijada yo`qotishlarga sabab
bo`ladi. Aksincha, tashqi ta’sirlar mavjud paytda, jamiyat ham zarar ko`rgan
boshqa odamlar farovonligi haqida ham qayg`uradi. Tuzatuvchi soliqlar
tashqi ta’sirlar borligini hisobga olib, natijada resurslarni taqsimoti ijtimoiy maqbul
darajaga yaqinlashishini ta’minlaydi. Shunday qilib, tuzatuvchi soliqlar hukumat
uchun daromad oshirish bilan bir vaqtda, ular iqtisodiy samaradorlikni ham
oshiradi.
Keys stadi. nega benzin bunchalik og`ir soliqqa tortiladi?
Ko`p mamlakatlarda, benzin eng og`ir soliqqa tortiladigan tovarlardan biridir.
Gaz solig`i avtomobil bilan bog`liq uch salbiy tashqi ta’sirga qaratilgan tuzatuvchi
soliq sifatida ko`rilishi mumkin:
287
Tirbandlik: siz hech bir yuzma-yuz tirbandlikda bo`lgan bo`lsangiz, siz
ehtimol yo`lda kam mashina bo`lishini istagansiz. Benzin solig`i odamlarni jamoat
transportidan foydalanish va ishga yaqin joyda yashashga undab tirbandlikni
kamaytiradi.
Baxtsiz hodisalar: odamlar katta avtomobil yoki sport-kommunal xizmat
transport vositalarini sotib olganda, o`zlarini xavfsizroq qilishi mumkin, lekin ular
qo`shnilarini xavf ostiga qo`yadi. Milliy Avtomobil Yo`l Xavfsizligi Boshqarmasi
(National Highway Traffic Safety Administration) ma’lumotiga ko`ra, boshqa
mashinaga urilgandan ko`ra, sport-kommunal xizmat avtomobiliga urilganda,
odatda, oddiy mashina haydovchilari vafot etishi ehtimoli besh marta ko`p bo`ladi.
Gaz solig`i odamlarni katta, gaz-yoqilg`isidan foydalanqan transport vositalari
boshqalarga xavf solganda to`lashga majbur qilishning bilvosita yo`lidir, bu esa o`z
navbatida ularni qanday avtomobil sotib olishni tanlashda ushbu xavfni ham
hisobga olishga undaydi.
Ifloslanish: benzinga o`xshash yoqilg`ilarni yoqish global isishi sababi deb
ko`pchilik ishonadi. Mutaxassislar bu tahdid unchalik xavfli emasligini
ta’kidlashsa-da, lekin gaz solig`i benzindan foydalanishni kamaytirib xavfni
shubhasiz kamaytiradi.
Shunday qilib, gaz solig`i ko`pchilik soliqlar kabi ijtimoiy zarar o`rniga,
yaxshi iqtisodiyotni tashkil qiladi. Bu kam tirbandlik, xavfsiz yo`llar va toza
muhitni anglatadi.
Benzinga soliq qanchalik yuqori bo`lishi kerak? Ko`pchilik Yevropa
davlatlari, Qo`shma Shtatlarga qaraganda benzinga ancha yuqori soliqlarni kiritadi.
Ko`pchilik kuzatuvchilar Amerika Qo`shma Shtatlari ham og`irroq benzin solig`ini
joriy qilishni taklif qilgan. Iqtisodiy adabiyot jurnalida chop etilgan, 2007-yilgi
izlanish avtomobil bilan bog`liq turli tashqi ta’sir miqdori bo`yicha tadqiqotlarni
xulosa qiladi. Xulosaga ko`ra, benzinga maqbul tuzatuvchi soliq bir gallonga 2.10
dollar edi, Qo`shma Shtatlarda esa amaldagi soliq 40 sent bo`lgan.
Benzin solig`idan keladigan soliq daromadi rag`batlantirishlarni buzadigan va
ijtimoiy yo`qotishlarga olib keladigan soliqlarni pasaytirish uchun foydalanish
mumkin. Bundan tashqari, yanada tejamkor avtomobil ishlab chiqarishni talab
qiladigan og`ir hukumat qoidalari keraksizday edi. Ammo bu fikr siyosiy jihatdan
hech qachon mashhur bo`lmadi.
Bozorga asoslangan siyosat 2: sotiladigan ifloslanishga ruxsatlar
Qog`oz zavodi va po`lat zavodi misoliga qaytadigan bo`lsak, keling tasavvur
qilaylik, iqtisodchilar maslahatiga qaramay, EPA tartibga solishni joriy qiladi va
har bir zavoddan yiliga 300 tonna chiqindi miqdorida ifloslanishni kamaytirishni
talab qiladi. Keyin bir kuni, tartibga solish amalda va har ikki zavod unga rioya
qilgan paytda, ikkala firma EPAga taklif bilan murojaat qiladi. Po`lat zavod 100
tonna chiqindi miqdorida chiqindi chiqarishni oshirishni istaydi. Qog`oz zavodi
po`lat zavodi unga 5 million dollar to`lasa, o`sha miqdorda o`z chiqindi
chiqarishini kamaytirishga rozi bo`ladi. EPA bu ikki fabrikalar ushbu shartnomani
amalga oshirishiga ruxsat berishi kerakmi?
288
Iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan, shartnomaga ruxsat berish yaxshi
siyosat. Ular ixtiyoriy ravishda rozi bo`layotgani bois, shartnoma ikkala zavod
egalariga foydali bo`lishi kerak. Bundan tashqari, shartnoma hech qanday tashqi
ta'sirga ega emas, chunki ifloslanish umumiy miqdori bir xil bo`lib qolmoqda.
Shunday qilib, qog`oz zavodining po`lat zavodiga ifloslantirish huquqini sotish
uchun ruxsat berish orqali ijtimoiy farovonlik kelib chiqadi.
Ushbu mantiq bir firma tomonidan ifloslantirish huquqini boshqa firmaga har
qanday ixtiyoriy o`tkazish uchun amal qiladi. Agar EPA firmalarga bunday
shartnomalar qilish imkonini beradigan bo`lsa, u, o`z mohiyatiga ko`ra, yangi
noyob resurs, ya’ni ifloslantirishga ruxsatnoma, yaratadigan bo`ldi. Bu
ruxsatnomalar savdosini oxir-oqibat amalga oshiradigan bozor paydo bo`ladi va bu
bozor talab va taklif kuchlari tomonidan boshqariladigan bo`ladi. Ko`rinmas qo`l
bu yangi bozor ifloslantirish huquqini samarali taqsimlashiga ishonch hosil qiladi.
Ya'ni, to`lashga o`z tayyorligi bilan aniqlanadigan ruxsatni eng yuksak
baholaydigan firma qo`lga kiritadi.
Firmaning to`lash uchun xohishi, o`z navbatida, ifloslanishni kamaytirish
harajatiga bog`liq bo`ladi: Ifloslanishni kamaytirish firma uchun qanchalik ko`p
harajatli bo`lsa, ruxsatnoma uchun to`lashga shunchalik ko`p tayyor bo`ladi.
Bozorlar uchun ifloslantirish ruxsatnomalariga yo`l qo`yish afzalligi
shundaki, firmalar o`rtasida ifloslantirish ruxsatnomalari boshlang`ich taqsimoti
iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan muhim emas deb hisoblanadi. Faqat
ifloslanishni arzon harajatlar bilan kamaytirishi mumkin firmalar ruxsatnomalarni
sotadi va yuqori harajat bilan ifloslanishni kamaytirishi mumkin firmalar o`zlariga
kerak miqdorda ruxsat sotib oladi. Ifloslantirish huquqlari uchun erkin bozor bor
bo`lgani tufayli, boshlang`ich taqsimotdan qat'iy nazar so`nggi taqsimot samarali
bo`ladi.
Ifloslantirish ruxsati yordamida ifloslanishni kamaytirish tuzatuvchi
soliqlardan farqli ko`rinsa-da, ikki siyosat ko`p umumiy jihatlarga ega. Har ikki
holatda ham, firmalar ifloslanish uchun to`laydi. Tuzatuvchi soliqlar bilan atrof-
muhitni ifloslantiruvchi firmalar hukumatga soliq to`lashi kerak. Ifloslantirish
ruxsati bilan atrof-muhitni ifloslantiruvchi firmalar ruxsat sotib olish uchun to`lashi
kerak. (Hatto allaqachon o`z ruxsatnomasiga ega firmalar ham ifloslanish uchun
to`lashi shart: ular ochiq bozorda o`z ruxsatnomalarini sotishdan olgan miqdor
ifloslantirish imkoniyati harajatidir.) Tuzatuvchi soliqlar va ifloslantirish
ruxsatnomalari ikkalasi ham firma uchun ifloslantirishni harajatli qilish orqali
tashqi ta'sirni o`zlashtiradi.
Ikki siyosat o`xshashligini ifloslantirish bozorini tahlil qilish orqali kor’rish
mumkin. 4-rasmdagi ikkala chizmalar ifloslantirish huquqi uchun talab chizig`ini
ko`rsatadi. Bu chiziq ifloslantish narxlari qanchalik past bo`lsa, firmalar
ifloslantirishni shunchalik ko`proq tanlashini ko`rsatadi. (a) chizmada EPA
ifloslantirish uchun narx belgilash uchun tuzatuvchi soliqdan foydalanadi. Bu
holda, ifloslantirish huquqlari uchun taklif egri chizig`i mukammal elastik (chunki
firma soliq to`lash orqali ular istaganicha ko`p ifloslantirishi mumkin) va talab
chizig`i vaziyati ifloslanish miqdorini belgilaydi. (b) chizmada, EPK ifloslantirish
289
ruxsatini joriy etish orqali ifloslanish miqdorini belgilab beradi. Bu holda,
ifloslantirish huquqlari uchun taklif egri chizig`i mukammal noelastik (chunki
ifloslantirish miqdori ruxsatnomalar soni bilan belgilanadi), va talab egri chizig`i
vaziyati ifloslanish narxini belgilaydi. Demak, EPA tuzatuvchi soliq bilan narx
belgilash orqali, yoki ifloslantirish ruxsatnomalari bilan miqdorni o`rnatish orqali
berilgan talab egri chizig`ining har qanday qismiga erishishi mumkin.
Ba'zi hollarda esa, ifloslantirish ruxsatini sotish tuzatuvchi soliq undirishdan
ko`ra yaxshiroq bo`lishi mumkin. EPA daryoga 600 tonna dan kam chiqindi
tashlanishini istaydi. Lekin EPK ifloslanish talab chizig`ini bilmasligi tufayli, bu
maqsadga erishish uchun qanday hajmda soliq joriy etishni bilmaydi. Bu holda, u
shunchaki 600 ifloslantirish ruxsatini kim oshdi savdosiga qo`yishi mumkin. Kim
oshdi savdosi narxi tuzatuvchi soliq tegishli hajmini hosil qiladi.
Hukumatning ifloslantirish huquqini kim oshdi savdosiga qo`yish g`oyasi
avvaliga biror iqtisodchi tasavvurining mahsulidek tuyulishi mumkin. Aslida ham
g`oya shunday boshlangan. Lekin borgan sari, EPA ifloslanishni nazorat qilish
yo`li sifatida bu tizimdan foydalanib kelgan. Taniqli muvaffaqiyat yakunlangan
hikoya kislota yomg`iriga sabab bo`luvchi oltingugurt dioksidi (SO
2
) masalasi edi.
1990-yilda, Toza havo akti (Clean Air Act) o`zgartirishlar kiritilishi elektr
zavodlaridan katta miqdorda SO
2
chiqindilarini kamaytirishni talab qildi. Shu bilan
birga, o`zgartirishlar zavodlarning SO
2
ruxsatnomalarini savdo qilishiga ruxsat
berish tizimini o`rnatdi. Dastlab sanoat vakillari va ekologlar taklifni salbiy qabul
qilgan bo`lsa-da, vaqt o`tishi bilan bu tizim eng kam uzilish bilan ifloslanishni
kamaytirishi mumkinligi isbotlandi. Ifloslantirishga ruxsatnomalar, tuzatuvchi
soliqlar kabi, hozir muhitni toza saqlab qolish uchun iqtisodiy samarali yo`l
sifatida qaraladi.
Ifloslanish miqdori
Rasm
(a) tuzatuvchi soliq
Ifloslanish
narxi
Ifloslanish
narxi
(b) ifloslantirishga
ruxsat
tuzatuvchi
soliq
Ifloslantirish
ruxsatiga talab
Ifloslantirish
ruxsatiga talab
Ifloslantirish ruxsat
taklifi
tuzatuvchi
soliq
ifloslantirish
narxini
belgilaydi
Ifloslanish miqdori
…talab egri chizig’i bilan
ifloslantirish miqdorini
birgalikda belgilaydi
…talab egri chizig’i bilan
ifloslantirish narxini
birgalikda belgilaydi
Ifloslantirishga
ruxsat ifloslantirish
miqdorini
belgilaydi
Tuzatuvchi soliq va ifloslantirish ruxsatlarining ekvivalentligi.
Chizmada EPA tuzatuvchi soliq joriy qilib ifloslanish narxini belgilaydi va talab chizig’i ifloslanish
miqdorini belgilaydi. (b) chizmada EPA ifloslantirish ruxsatlari sonini cheklash orqali ifloslanish
miqdorini cheklaydi, va talab chizig’i ifloslanish narxini belgilaydi. Ikkala holatda ifloslanish narxi va
miqdori bir xil.
290
Ifloslanish iqtisodiy tahliliga e'tirozlar
"Biz hech kimga haq evaziga ifloslantirish imkonini berolmaymiz." Sobiq
senator Edmund Maskining ushbu gapi ayrim ekologlar fikrini aks ettiradi. Ular
aytishicha, toza havo va toza suv iqtisodiy jihatdan hisobga olinmasligi kerak,
chunki ular amaliy inson huquqlari hisoblanadi. Siz qanday qilib toza havo va toza
suv ustida narx qo`yishingiz mumkin? Ular da'vosiga ko`ra, narxidan qat'iy nazar,
atrof-muhit muhim ahamiyatga ega, shuning uchun uni iloji boricha ko`proq
himoya qilish kerak.
Iqtisodchilar ushbu dalilga kam qiziqish bildirishadi. Iqtisodchilar uchun,
yaxshi ekologik siyosat iqtisodiyotning o`nta tamoyillarining birinchisini
tushunishdan boshlanadi: Odamlar sotib yuborishga duch keladi. Albatta, toza
havo va toza suv qiymatga ega. Lekin ularning qiymati ularning imkoniyati
harajatiga nisbatan olinishi kerak, ya’ni kimdir ularni olish uchun nimadandir voz
kechishi kerak. Barcha ifloslanishlarni bartaraf qilishning iloji yo`q. Barcha
ifloslanishni bartaraf etishga harakat qilish bizga yuqori yashash andozalaridan
bahramand bo`lishimizga sabab bo`luvchi ko`plab texnologik yutuqlarga teskari
bo`lib qoladi. Imkon qadar atrof-muhitni toza qilish uchun kam kishi kam
ovqatlanish, yetarli bo`lmagan tibbiy yordam yoki sifatsiz uy-joylarni qabul
qilishga tayyor bo`ladi.
Iqtisodchilar ba'zi ekologik faollar iqtisodiy jihatdan o`ylamasdan o`z
da’volariga zarar yetkizadi deb aytadi. Toza muhit boshqa tovarlar kabi tovardir.
Barcha normal tovarlar kabi u ijobiy daromad egiluvchanligiga ega: Boy davlatlar
rivojlanmagan davlatlarga qaraganda tozaroq muhitga ega va shuning uchun,
odatda, qat'iy muhitni muhofaza qiladi. Bundan tashqari, boshqa ko`plab tovarlar
kabi, toza havo va toza suv talab qonuniniga bo`ysunadi: atrof-muhit muhofazasi
narxi qanchalik past bo`lsa, jamoat istagi shunchalik ko`p bo`ladi. Ifloslantirishga
ruxsat va tuzatuvchi soliqlar yordamida iqtisodiy yondashuv atrof-muhitni
muhofaza qilish harajatlarini kamaytiradi va, shuning uchun, toza atrof-muhit
uchun ijtimoiy talabni oshiradi.
Tashqi ta’sirlarga xususiy yechimlar
Tashqi ta’sirlar bozorlarning samarasiz bo`lishiga sabab bo`lsa-da, hukumat
harakati har doim ham muammoni hal qilish uchun zarur emas. Ba’zi hollarda,
odamlar xususiy yechimlar ishlab chiqishi mumkin.
Xususiy yechim turlari
Ba'zan tashqi ta’sir muammolari ma'naviy kodekslar va ijtimoiy sanksiyalar
bilan hal etiladi. Ko`p odamlar nima uchun, masalan, hamma joyni iflos
qilmasligini ko`rib chiqaylik. Iflos qilishga qarshi qonunlar mavjud bo`lsa-da, bu
qonunlar kuchli amal qilmaydi. Ko`pchilik odamlar iflos qilmaydi, chunki bunday
qilish, albatta, noto`g`ri narsa. Ko`pchilik bolalarga o`rgatiladigan “Oltin qoida”ga
ko`ra, "hammani o`zingdek bil". Bu ma'naviy to`siq bizning xatti-harakatlarimiz
291
boshqa odamlarga qanday ta'sir etishini hisobga olish kerakligini aytadi. Iqtisodiy
jihatidan, u tashqi ta’sirni o`zlashtirish ma’nosini bildiradi.
Tashqi ta’sirlar uchun yana bir xususiy yechim tashqi ta’sirlarni hal qilish
uchun tashkil etilgan xayriyalardir. Misol uchun, maqsadi atrof-muhitni himoya
qilish bo`lgan Sierra Club xususiy xayriya bilan moliyalashtiriladigan notijorat
tashkilot hisoblanadi. Boshqa bir misol sifatida, kollej va oliy o`quv yurtlari
bitiruvchilari, korporatsiyalar va fondlardan sovg`alar oladi, chunki ta'lim jamiyat
uchun ijobiy tashqi ta’sir olib keladi. Hukumat xayriya uchun daromad solig`iga
imtiyozlar beruvchi soliq tizimi orqali tashqi ta’sirning bu xususiy yechimini
rag`batlantiradi.
Xususiy bozor ko`pincha tegishli partiyalarning manfaatlariga tayanib tashqi
ta’sirlar muammosini hal qilishi mumkin. Ba'zan hal qilish turli xil biznes
integratsiyasi shaklini oladi. Misol uchun, bir-biriga yaqin joylashgan olma
yetishtiruvchi v aasalarichini olaylik. Har bir biznes boshqasiga ijobiy ta'sir
etmoqda: daraxtlar gulini changlash orqali asalarilar bog`bonga olma yetishtirishda
yordam beradi. Shu bilan birga, asalarilar olma daraxtlaridan nektar olib asal ishlab
chiqarish uchun foydalanadi. Shunday bo`lsa-da, olma yetishtiruvchi qancha daraxt
ekishga qaror qilishi va asalarichi qancha asalari saqlashga qaror qabul qilishida,
ular ijobiy tashqi ta'sirni hisobga olmaydilar. Natijada, olma yetishtiruvchilar juda
kam daraxt ekadi va asalarichi juda oz asalari saqlaydi. Asalarichi olma bog`larini
sotib olsa yoki olma yetishtiruvchi asalari qutilarini sotib olsa, bunda tashqi
ta’sirlar o`zlashtirilishi mumkin: Har ikki faoliyat keyin bir xil firma ichida bo`ladi
va bu firma daraxtlar va asalarilar maqbul sonini tanlashi mumkin bo`ladi. Tashqi
ta’sirni o`zlashtirish ayrim firmalarning turli turdagi bizneslarga jalb qilinishining
bir sababidir.
Xususiy bozor uchun tashqi ta'sirni hal qilishning yana bir usuli manfaatdor
tomonlar bilan aloqaga kirishishdir. Yuqoridagi misolda, olma yetishtiruvchilar va
asalarichi o`rtasidagi shartnoma juda kam daraxt va juda oz ari muammosini hal
qilishi mumkin. Shartnoma daraxtlar sonini, asalarilar sonini va ehtimol, bir
tomonning boshqa biriga to`lovlarini belgilashi mumkin. Daraxtlar va asalarilar
to`g`ri sonini aniqlash orqali shartnoma odatda bu tashqi ta’sirdan kelib chiqadigan
samarasizlik hal qilinishi va ikki tomon uhcun yaxshi bo`lishi mumkin.
Kouz teoremasi
Tashqi ta’sirlarni hal qilishda xususiy bozor qanchalik samarali? Mashhur
natija, iqtisodchi Ronald Kouz nomi bilan ataluvchi Kouz teoremasi, uning ba'zi
hollarda juda samarali bo`lishi mumkinligini aytadi. Kouz teoremasiga ko`ra, agar
xususiy partiyalar hech qanday harajatsiz resurslarni taqsimlash ustida
savdolashishi mumkin bo`lsa, unda xususiy bozor har doim tashqi ta’sir
muammosini hal qiladi va resurslarini samarali taqsimlaydi.
Kouz teoremasi qanday ishlashini ko`rish uchun, bir misolni ko`rib chiqaylik.
Dikning Spot nomli iti bor deylik. Spot huradi va Dikning qo`shnisi Jeynni bezovta
292
qiladi. Dik itga egalik qilishdan manfaatdor, lekin it Jeynga salbiy tashqi ta'sir
ko`rsatadi. Dik Spotni umumiy itlar joyiga yuborishga majbur qilinishi kerakmi,
yoki Jeyn Spotning hurishi sabab uyqusiz tunlardan qiynalishi kerakmi?
Avvaliga qaysi natija ijtimoiy samarali ekanligini ko`rib chiqaylik. Ikki
muqobil variantni hisobga olib, ijtimoiy planner, Dikning itdan oladigan foydasini
Jeynga it hurishidan ketadigan harajatni solishtiradi. Foyda harajatlardan ko`proq
bo`lsa, Dik itni olib qolishi va Jeynning it hurishiga chidab yashashi samarali
bo`ladi. Lekin agar harajat foydadan yuqori bo`lsa, unda Dik itdan xalos bo`lishi
kerak.
Kouz teoremasiga ko`ra, xususiy bozor samarali natijani o`zi topadi. Qanday?
Lola shunchaki itdan qutilish uchun Dilshodga to`lash taklifini qilishi mumkin.
Lola taklifidagi pul miqdori itni tutib turish manfaatidan yuqori bo`lsa, Dilshod
shartnomani qabul qiladi.
Narx ustida savdolashish orqali, Dilshod va Lola har doim samarali natijaga
erishishi mumkin. Misol uchun, Dilshod itdan 500 so`mlik foyda oladi va Lola it
hurishidan 800 so`mlik harajat sarflaydi deb tasavvur qilaylik. Bu holatda, Lola
itdan qutilish uchun Dilshodga 600 so`m taklif qilishi mumkinva Dilshod buni
mamnuniyat bilan qabul qiladi. Har ikkala tomonham oldinga qaraganda yaxshiroq
va samarali natijaga erishildi.
Albatta Dilshod qabul qiladigan har qanday narxni Lola taklif qilishga tayyor
bo`lmasligi mumkin. Misol uchun, Dilshod itdan 1000 so`mlik foyda oladi va Lola
it hurishidan 800 so`mlik harajat sarflaydi, deb tasavvur qilaylik. Bu holatda, Lola
800 so`mdan yuqori miqdorda hech qanday taklif qilmaydi, Dilshod esa 1000
so`mdan kam har qanday taklifni rad etadi. Shuning uchun, Dilshod itni olib
qoladi. Shunday bo`lsada, harajat va foydani hisobga olsak, bu natija samarali
hisoblanadi.
Hozircha, biz Dilshod huradigan it saqlash uchun qonuniy huquqia ega deb
tasavvur qildik. Boshqa so`zlar bilan aytganda, biz Lola Dilshodni ixtiyoriy
ravishda itdan voz kechishga undash uchun yetarlicha to`lamasa, Dilshod Spotni
olib qoladi deb tasavvur qildik. Lekin, agar Lola tinchlik uchun haqli bo`lsa, natija
qanday qilib har xil bo`ladi?
Kouz teoremasiga ko`ra, huquqlarning boshlang`ich taqsimoti bozorning
samarali natija erishish qobiliyati uchun muhim emas. Misol uchun, Lola qonuniy
Dilshodni itdan qutilishga majbur qilishi mumkin deylik. Bu huquqga ega bo`lish
Lola foydasiga ishlasa-da,u ehtimol, natijani o`zgartirmaydi. Bu holda, Dilshod itni
saqlashga ruxsat berish uchun Lolaga to`lov taklif qilishi mumkin. Dilshod uchun
itning foydasi Lola uchun it hurishi harajatidan ortiq bo`lsa, u holda Dilshod va
Lola Dilshod itni saqlashi uchun savdolashishga kirishishadi.
Huquqlarning dastlabki taqsimlanishidan qat'iy nazar, Dilshod va Lola
samarali natijaga erishishsa-da, huquqlar taqsimlanishi o`rinsiz emas: Bu iqtisodiy
293
farovonlik taqsimlanishini aniqlaydi. Dilshodning huradigan itga yoki Lolaning
tinchlik huquqiga ega yoki ega emasligi oxirida savdolashishdan kim kimga
to`lashi kerakligi aniqlanadi. Lekin har ikki holda ham, ikki tomon bir-biri bilan
savdolashishi va tashqi ta’sir muammosini hal qilishi mumkin. Foyda harajatlardan
yuqori bo`lsagina Dilshod it saqlay oladi.
Xulosa uchun: Kouz teoremasi xususiy iqtisodiy aktyorlar o`zaro tashqi ta’sir
muammosini hal qilishi mumkin deydi. Huquqlarning dastlabki taqsimlanishidan
qat'iy nazar, manfaatdor tomonlar savdolashib har doim har bir kishi uchun
yaxshi va samarali natijaga erishishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |