Toshkent kimyo-texnologiya instituti



Yüklə 2,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix09.05.2020
ölçüsü2,16 Mb.
#31169
  1   2   3   4   5
tuproq unumdorligini oshirishda bradyrhizobium japonicum bakteriyasi shtammlarining faolligini aniqlash


 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS 



TA’LIM VAZIRLIGI 

TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI

  

 



Qo’lyozma  huquqida 

                                                                                         UDK 

     579. 85.631.461.557.633. 

 

 



Otanazarov Denis Xudaynazarovich 

 

 



Tuproq unumdorligini oshirishda Bradyrhizobium japonicum 

bakteriyasi shtammlarining faolligini aniqlash

 

 

Mutaxassislik:  5A320501-  biotexnologiya (oziq-ovqat, ozuqa, kimyoviy 



mahsulotlar va qishloq xo‘jaligi uchun 

biopreparatlar ishlab chiqish)  



 

Magistrlik akademik darajasini olish uchun  

DISSERTATSIYA 

 

Ilmiy rahbar:                                              b.f.n., dotsent Qobilov G‘.U. 



 

 

 

Toshkent - 2016

 

 



 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM 



VAZIRLIGI 

TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI 

 

Fakultet: 

Magistratura bo‘limi

‎‎ 

‎Magistratura talabasi: 

Otanazarov Denis Xudaynazarovich 



‎‎Kafedra: 

”Biotexnologiya”  



Ilmiy rahbar: 

b.f.n., dotsent Qobilov G‘.U. 



O‘quv yili: 

2015-2016 



Mutaxassislik: 

5A320501-  biotexnologiya  (oziq-ovqat, 

ozuqa, kimyoviy mahsulotlar va qishloq 

xo‘jaligi uchun biopreparatlar ishlab 

chiqish) 

 

“Tuproq unumdorligini oshirishda Bradyrhizobium japonicum bakteriyasi 



shtammlarining faolligini aniqlash” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi 

ANNOTATSIYASI 

‎‎Mavzuning  dolzarbligi:  Dukkakli  o‘simlik  birinchi  marta  tuproqqa 

qadalganda,  rizobiyning  o‘ziga  xos  shtammalari  odatda  uncha  ko‘p  sonli 

bo‘lmaydi  va  azotni  to‘plashning  yuqori  darajasini  ta’minlash  maqsadida 

hosilning  sezilarli  darajada  o‘sishiga  olib  keluvchi  sun’iy  inokulyasiya  zarur 

hisoblanadi.  Dukkakli  o‘simliklarni  ko‘p  yillar  mobaynida  yetishtirish  natijasida 

tuproqda ko‘psonli maxsus rizobiylar populyasiyasi shakllanadi. 

Qishloq xo‘jalik ekinlaridan unumli hosil ko‘tarish  jarayonini va tuproqda 

mikrobbiokimyoviy jarayonlarni boshqarish qishloq xo‘jalik fanida yangi 

yo‘nalish  -  tuproq biotexnologiyasini paydo bo‘lishiga olib keldi. Bu yo‘nalish  

tuproq sharoitida mikroorganizmlar tarkibini o‘rganish va boshqarish 

muammolariga asoslangan bo‘lib, mikroorganizmlar faoliyatini boshqarish va ular 

tomonidan olib borilayotgan metabolitik reaksiyalarni, qishloq xo‘jalik ekinlari 

hosildorligini oshirishga yo’naltirishni taqazo etadi.  

Dukkakli  o‘simliklarda  azotni  to‘plovchi  simbiozning  kelgusi  rivojlanishi 

Rhizobiaceae  oilasiga  kiruvchi  bir  qancha  urug‘larning  bakteriyalar  bilan 

zararlanishiga  javoban  yuzaga  keladi.  Tabiatda  mazkur  o‘simlik  simbiontlari 

birikkan azotni etkazuvchi sifatida muhim o‘ringa ega. 


 

Ma’lumki,  qishloq  xo‘jalik  ekinlarini  hosildorligini  oshirishda  biologik 



preparatlardan ya’ni asosan bakterial preparatlardan foydalaniladi. Ammo, keyingi 

yillarda  eng  dolzarb  muammolardan  biriga  aylanayotgan  ekologik  holatning 

buzilib  borishi,  tuproq  mikroflorasi,  uning  fizik  kimyoviy  tarkibi,  suv 

havzalarining  ifloslanishi,

 

bular  oqibatida  insonlar  va  issiq  qonli  hayvonlar 



organizmida keskin salbiy oqibatlar hosil bo‘layotganligi kimyoviy preparatlardan 

foydalanish imkoniyatlarini chegaralanib bormoqda.

 

Keyingi  vaqtlarda  qishloq  ho‘jalik  ekinlarini  hosildorligini  oshirish  va 



tuproqlar 

unumdoligini oshirish 

maqsadlarida 

rizobakteriyalardan 



Bradyrhizobium,  Azotobacter, Azospirillum va  Rhizobium  avlodi  vakillaridan 

foydalanishga  alohida  e’tibor  berilmoqda.  Chunki,  bu  avlodlar  vakillari  boshqa 

rizobakteriyalarga  qaraganda  o‘simliklar  uchun  optimal  miqdorlarda  azot  va  bir 

qator  fiziologik  faol  moddalar,  jumladan  fitogormonlar  -  auksinlar,  gibberellin 

tabiatli moddalar sintezlaydi, tuproqlardagi qiyin eruvchan fosfatlarni harakatchan 

shakllarga  o‘tkaza  oladi.  Bakterial o’gitlar tuproqning oziqalik rejimiga ta’sir 

etuvchi foydali mikroorganizmlarning rivojlanishiga yordam beradi. 

Mikroorganizm va bakteriyalardan biologik usulda tayyorlangan bu o’gitlarning 

ta’sirchanligi bakteriyalarning turiga va uning tugri qo’llanishiga xamda sharoitga 

bog’liq.   

Shu  boisdan  ushbu  magistrlik  ilmiy  tadqiqot  ishimda  tuproq  unumdorligini 

oshirishda  Bradyrhizobium japonicum bakteriyalari  shtammlarining  ustida  ilmiy 

tadqiqot ishlari olib bordim. 

Tadqiqot  maqsadi va vazifalari:  ilmiy  ishdan  asosiy  maqsad 

Bradyrhizobium japonicum



 

bakteriyalarining kulturalarini toza holda ajratib olish, 

ularni  morfologik,  fiziologik  biokimyoviy  xususiyatlarini  o‘rganish,  ajratilgan 

shtammlar  asosida  tayyorlangan

 

bakterial preparatlarni qishlok xo’jaligida 



foydalanib ularni tuproq unumdorligini oshirish maqsadida foydalaniladi. 

Shu  boisdan  quyidagilar  amalga  oshrilishi  lozim  bo‘lgan  vazifalar  sifatida 

belgilab olindi: 

  

-



 

Bradyrhizobium japonicum



 

bakteriyalarining shtammlarini ajratib olish; 



 

-  ajratib  olingan  shtammlarning  morfologik, fiziologik va bikimyoviy 



xususiyatlarini o‘rganish; 

- Qishloq xo‘jalik ekinlaridan unumli hosil ko‘tarish  jarayonini va tuproqda 

mikrobbiokimyoviy jarayonlarni boshqarish. 

- tuproq sharoitida mikroorganizmlar tarkibini o‘rganish va mikroorganizmlar 

faoliyatini boshqarish.  

‎‎  Tadqiqot  uslubiyati  va  uslublari:  Kulturalarni  o‘stirish  va  saqlashda 

asosan  

№79 ozika muxitiga (g/l)- mannit -10,0; drojjevoy ekstrakt – 1,0; K

2

HPO


4

  

- 0.5;    CaSO



– sledi; NaCl – 0,1; pH 7.0; MgSO

4

 – 0,2; agar-agar – 20,0, dist. 



Suv  -  1  l,  agar-20,  pH-7.0)  dan  foydalanildi.    Tekshirishlarni  asosan  MBI-3 

yorug‘lik  mikroskopida  olib  bordik  (LOMO,  Rossiya).  Kulturalarni  bo‘yashda 

fuksin  va  Kongo  qizil  bo‘yog‘idan  foydalanildi.  Shtammlarning  morfologik-

kultural  va  fiziologik-biokimyoviy  xususiyatlari  umumiy  qabul  qilingan 

mikrobiologik  usullar  yordamida  Berdji  aniqlagichi  asosida  aniqlanadi.  Bakterial  

kulturalar  suyuq  ozuqa  muhitiga  ekib, 28-30

0

C  haroratda, 36-48  saot  davomida 



mikrobiologik  chayqatgich  yordamida  minutiga  180-200  aylanma  harakatda 

o‘stirildi.  



Ilmiy 

yangiligi:

 

Ajratib 


olingan

 

Bradyrhizobium japonicum



 

bakteriyalarining morfologik, fiziologik va biokimyoviy xususiyatlari o‘rganildi. 

Bakteriyalarning  o’sishi  va  yuqori  hosil  to‘plashi  uchun  me’yoriy  o‘stirish 

biotexnologiyasi ishlab chiqildi va oziqa muhiti tanlandi. Hujayralar sonining tez 

ko‘payishi  va  yuqori  to‘plashining  yorug‘lik,  harorat  va  muhitidagi  ozuqa 

moddalarning miqdoriga bog‘liqligi aniqlandi. 



Ishning amaliy ahamiyati: Tadqiqotlar asosida Bradyrhizobium japonicum

 

bakteriyalari asosida tayyorlangan bakterial preparatlarni qishloq  xo’jaligida 



foydalanib ularni tuproq unumdorligini oshirish maqsadida foydalaniladi. 

Natijalarning e’lon qilinganligi. Dissertatsiya ishining asosiy natijalari 2 ta 

maqola  anjuman ma’ruzalarida e’lon qilingan. 



Dissertatsiyaning  tuzilishi  va  hajmi.  Dissertatsiya  ishi  kirish,  uchta  bob, 

xulosa,  ishlab  chiqarishga  tavsiyalar,  qo‘llanilgan  adabiyotlar  ro‘yxati  va 



 

ilovalardan  iborat.  Dissertatsiya  ishi  83  iborat  bo‘lib,  kompyuter  uslubida 



yozilgan, 7 ta rasm va 9  ta jadvallarga ega. Qo‘llanilgan adabiyotlar ro‘yxati 45 

ta. 


Ish  bajarilgan  joy.  Tadqiqot  ishi Toshkent kimyo texnologiya instituti va 

O‘zR  FA  Mikrobiologiya  instituti,  Mikroorganizmlar  molekulyar  biologiyasi  va 

genetikasi laboratoriyasida bajarilgan. 

Xulosa  va  takliflarning  qisqacha  umumlashtirilgan  ifodasi:  Olingan 

natijalarga 

asoslanib,

 

Bradyrhizobium japonicum



 

bakteriyalari asosida 

tayyorlangan bakterial preparatlarni qishloq  xo’jaligida foydalanib ularni tuproq 

unumdorligini oshirish maqsadida foydalaniladi.

 

 

 



‎‎Ilmiy rahbar: 

‎‎___________________ 

 

imzo 

‎‎Magistratura talabasi: 

‎‎___________________ 

 

imzo 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



MINISTRY OF HIGHER AND SECONDARY SPECIALIZED 



EDUCATION REPUBLIC OF UZBEKISTAN 

TASHKENT CHEMICAL-TECHNOLOGICAL INSTITUTE 

Faculty: 

Master’s department 



Master’s student: 

Otanazarov Denis Hudaynazarovich 



Chair: 

”Biotechnology” 



Scientific leader: 

c.ph.sc.docent Qobilov G.U.  



Education year: 

2015-2016 



Speciality: 

5A320501-biotechnology (food-feed, 

chemical productsand production of 

biopreparators for agriculture 

 

Annotation to the master’s dissertation on the theme “Determination the 

activity of Bradyrhizobium japonicum bacteria shtammes in increasing the 

fertility of the soil ” 

The actuality of the theme: When the bean plants stuck to the soil for the 

first time,  specific shtammes of risoby usually is less numerous,  and in order to 

provide a high  level of collecting nitrogen,  artificial inoculation,  which causes to 

the significant level increase is very important. As the result of cultivation of bean 

plants over  the years,  the population of numerous specific rizoby in the soil is 

formed. 


The process of increasing the efficiency of agricultural plants and managing 

the microbiological processes in the soil are the new directions in the agricultural 

subject-caused to the appearance of soil biotechnology. 

This direction is based on learning and managing the mi

сroorganisms 

structure in soil condition, it demands directing to the increase the harvest of 

agriculture plants,  managing the mi

сroorganism activity and metabolic reactions 

carried out by them.  

The future development of nitrogen collecting symbioz in bean plants,to 

Rhizobiaceae family including several seeds are affected by the cause of facterias. 

The given plant’s symbionts in the nature has a great role in delivering the united 

nitrogen also. 


 



МИНИСТЕРСТВО ВЫСШЕГО И СРЕДНЕГО СПЕЦИАЛЬНОГО 



ОБРАЗОВАНИЯ 

РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН 

 

ТАШКЕНТСКИЙ ХИМИКО-ТЕХНОЛОГИЧЕСКИЙ ИНСТИТУТ 

 

Факультет: 

Отдель Магистратура

‎‎ 

‎Студент магистратуры: 

Отаназаров Денис Худайназарович 



‎‎Кафедра: 

”Биотехнология”  



Науч. руководитель: 

к.б.н., доцент Кобилов Г.У. 



Учеб. год: 

2015-2016 



Специальность: 

5А320501 - Биотехнология 

(производство пищевых, кормовых, 

химических продуктов и биопрепаратов 

для сельского хозяйства) 

 

АННОТАЦИЯ НА МАГИСТРАЦИОННУЮ ДИССЕРТАЦИЮ 

На тему «Изучение активность штаммов бактерий Bradyrhizobium 

japonicum 

при улучшении плодородность почвы» 

Актуальность темы. При первом посеве бобовых растений, в почве не 

бывает много особых штаммов ризобия и чтобы улучшать накопление азота 

в  больших  количествах  необходимо  использовать  искусственную 

инокуляцию, при этом урожай значительно увеличивается. 

Чтобы  увеличить  урожайность  и  управлять  микробиологическими 

процессами  в  почве  в  сельском  хозяйстве  появилась  новая  наука 

биотехнология  почвы.  Это  направление  изучает  состав  микроорганизмов  в 

почве  и  проблемы  их  управление,  управление  деятельностью 

микроорганизмов  и  процессами  метаболических  реакции,  пути  улучшение 

плодотворность сельскохозяйственных растений. 

Чтобы обеспечить симбиотическую жизнь бактерий накопляющих азот 

и  бобовых  растений  инфицируется  несколько  семян  растений 

микроорганизмами семейство Rhizobiaceae.  В природе  этот  симбиотическая 

жизнь играет важную роль проставлении азотистых соединений растениям. 



 

 



MUNDARIJA 

 

Kirish 


 

 

 

I BOB ADABIYOT MANBALARI SHARHI 

 

1.1 


Tuproq unumdorligini oshirishning biologik asoslari 

 

1.2 


Dukkakli o‘simliklar va rizobial bakteriyalar simbiozi 

 

1.3 


Tugunaklar  hosil bo‘lish jarayoni, tugunak va rizosohali  

bakteriyalar dukkakli va qishloq xo‘jaligi o‘simliklari 

rizosohasida, tuproqning sho‘rlanishi

 

va azotli ozuqlanish 



o‘zgarishi va tuzli stressda o‘simlik rivojlanishining turlari 

 

1.4 


Dukkakli o‘simliklarning stress sharoitlarida dukkakli-rizobial 

simbiozi, tugunak bakteriyalarning tuproqda 

osmoadaptatsiyasi  

 

1.5 


Tugunaklar hosil bo‘lishining avtoregulyasiyasi va azotning 

o‘zlashtirilishi 



 

 

II BOB TADQIQOTLARNING MANBA VA USULLARI 

 

2.1 


Tajriba uchun xom ashyo manbalri 

 

2.2. 


Tuproq namunalarining kimyoviy tarkibi tahlili 

 

2.3. 


Bradyrhizobium japonicum shtammlarining sho‘rlanish va 

og‘ir   metallarga chidamliligini aniqlash. 



 

 

III BOB OLINGAN  NATIJALAR  VA  ULARNING 



MUXOKAMASI 

 

3.1. 


Tadqiqot ob’ektlarining morfo-kultural, fiziologik va 

biokimyoviy xususiyatlarini o‘rganish 

 

3.2. 


Tuproqda mikrob senozlari faoliyatini boshqarish, organik va 

mineral o‘g‘itlar, almashlab ekish 

 

3.3. 


Tuganak bakteriyalarning tuproqda azot muvozanatidagi roli 

va bakteriyalar asosida preparatlar tayyorlash texnologiyasi 

 

 

Хulosa 


 

 

Foydalanilgan adabiyotlar 

 

 

Ilovalar 

 


 



KIRISH 

Dukkaklilar  butun  dunyo  bo‘ylab  tarqalgan  va  iqtisodiy  qiymatiga  ko‘ra 

boshoqlilardan  keyingi  ikkinchi  o‘rinni  egallaydi.  Dukkaklilar  dunyoda  ishlab 

chiqariladigan  oqsilning  25-35 % ta’minlaydi,  ular  qariyb  250  million  gektar 

maydonni  egallagan.  Caesalpinioideae  kenja  oilasida  faqat  ayrim  turlarigina 

(o‘rganilgan  turlardan  23 %) boshoqlilarni  tashkil  etadi,  Mimosoideae  va 

Papilionoideaelarning  ko‘plab turlarida - 90 % i 97 % [1]. 

Tuproq  hosildorligini  tashkil  etish  va  boshqarishda  biologik  omillarni  rolini 

birinchilardan  bo‘lib  tuproqshunoslik  fanining  asoschilari  V.V.Dokuchaev, 

P.A.Kostichev  va  V.R.Vilyamsonlar  baholab  berganlar.  Ular  tuproq  hayotida 

biologik  birikmalarni  roli  juda  ham  katta  ekanligini  isbotlab  berdilar.  Bu  g‘oya 

keyinroq  S.N.Vinogradskiy,  E.N.Mishustin,  M.M.Kononova,  D.G.Zvyaginsev, 

V.T.Emsev,  D.I.Nikitin  va  boshqa  olimlarni  izlanishlarida  o‘z  rivojini  topdi  va 

ancha-muncha  aniqlik  ham  kiritdi.  Ayniqsa  E.N.Mishustin,  D.G.Zvyaginsev, 

V.T.Emsev  va  boshqalar  tuproq  hosildorligida  mikroorganizmlarni  roli  beqiyos 

ekanligini isbotlab berdilar [2]. 

Hozirgi  vaqtda  mikroorganizmlar  o‘zlarining  faoliyati  va  massasi  bilan 

tuproq  hosildorligini  belgilashda  asosiy  rol  o‘ynashi  aniq  bo‘lib  qoldi.  Shunday 

ekan, har xil qishloq xo‘jaligi tizimida tuproq hosildorligini oshirish va uni saqlab 

turish,  bu  jarayonni  boshqarish  ko‘p  ma’noda,  tuproqda  mikrobiologik 

jarayonlarni boshqarish bilan uzviy bog‘liq [4].  

Rhizobiace oilasi o‘simliklar bilan o‘zaro munosabatga kirishuvchi 6 urug‘ 

bakteriyalarni:  Rhizobium, Bradyrhizobium,  Sinorhizobium,  Azorhizobium, 

Agrobacterium, Phylobacterium o‘z ichiga oladi. Yaqinda 7-urug‘ Mezorhizobium 

ajratish taklif etildi. Rhizobium, Bradyrhizobium, Mezorhizobium, Sinorhizobium, 



Azorhizobium  urug‘lari  vakillari  oddiy  tuproq  organizmlari  hisoblanmaydi,  boisi 

erkin yashovchi geterotroflarning normal bosqichiga qo‘shimcha ravishda ularning 

hayot  siklida  dukkakli  o‘simliklar  bilan  simbiotik  ta’sir  bosqichi  ham  kuzatiladi. 

Bunday  «ikkitalik  hayot»  bakteriyalar  oldiga  ko‘plab  muammolarni  yuzaga 

keltiradi,  biroq  qo‘shimcha  imkoniyatlar  ham  ochadi.  Yangi  dukkakli  o‘simlik 


 

10 


birinchi  marta  tuproqqa  qadalganda,  rizobiyning  o‘ziga  xos  shtammalari  odatda 

uncha  ko‘p  sonli  bo‘lmaydi  va  azotni  to‘plashning  yuqori  darajasini  ta’minlash 

maqsadida xosilning sezilarli darajada o‘sishiga olib keluvchi sun’iy inokulyasiya 

zarur hisoblanadi. Biroq dukkakli o‘simliklarni ko‘p yillar mobaynida yetishtirish 

natijasida  tuproqda  ko‘p  sonli  maxsus  rizobiylar  populyasiyasi  shakllanadi. 

Shundan  so‘ng  sun’iy  inokulyasiya  tugunaklar  sonining  uncha  ko‘p  bo‘lmagan 

oshishini ta’minlaydi xalos va har doim ham hosil ko‘payishi kuzatilmaydi [3].  

Dukkakli  o‘simlik  birinchi  marta  tuproqqa  qadalganda,  rizobiyning  o‘ziga 

xos shtammalari odatda uncha ko‘p sonli bo‘lmaydi va azotni to‘plashning yuqori 

darajasini  ta’minlash  maqsadida  xosilning  sezilarli  darajada  o‘sishiga  olib 

keluvchi sun’iy inokulyasiya zarur hisoblanadi. Dukkakli o‘simliklarni ko‘p yillar 

mobaynida  etishtirish  natijasida  tuproqda  ko‘psonli  maxsus  rizobiylar 

populyasiyasi shakllanadi [5]. 

Qishloq  xo‘jalik  ekinlaridan  unumli  hosil  ko‘tarish  jarayonini  va  tuproqda 

mikrobbiokimyoviy  jarayonlarni  boshqarish  qishloq  xo‘jalik  fanida  yangi 

yo‘nalish  -  tuproq  biotexnologiyasini  paydo  bo‘lishiga  olib  keldi.  Bu  yo‘nalish 

tuproq 

sharoitida 



mikroorganizmlar 

tarkibini 

o‘rganish 

va 


boshqarish 

muammolariga asoslangan bo‘lib, mikroorganizmlar faoliyatini boshqarish va ular 

tomonidan  olib  borilayotgan  metabolitik  reaksiyalarni,  qishloq  xo‘jalik  ekinlari 

hosildorligini oshirishga yunaltirishni taqazo etadi.  

Tuproq  mikrobiologiyasi  fanining  asosiy  muammosi  tuproqda,  ayniqsa 

o‘simliklar  rizosferasi  va  rizoplanida  o‘tadigan  mikrobiologik  jarayonlarni 

boshqarishdir. Bu muammo, faqatgina ma’lum bir belgilangan sharoitda, ma’lum 

tarkibga ega bo‘lgan mikroblar assotsiatsiyasini tashkil qilish bilan belgilanadi. 

Bu  muammolarni  yechishni  aniq  yo‘llari  belgilab  olingan.  U  ham  bo‘lsa 

quyidagilar bilan belgilanadi [7]: 

• agronomik  ahamiyatli  mikrob  senoziga  yoki  mikroorganizmlar  guruhiga 

tashqaridan  turib  ta’sir  qilishni  boshqarish,  ya’ni  ularni  ko‘payishi,  o‘sishi, 

rivojlanishi va o‘simlik uchun zarur bo‘lgan FFM (antibiotiklar, fitogarmonlar va 


 

11 


o‘simlikni  o‘sishini  boshqaruvchi  boshqa  moddalar  va  x.k.)  ishlab  chiqarishini 

tashkil qila bilish; 

• tuproqda  mikroblarni  o‘sishi  va  rivojlanishini  ta’minlovchi  o‘simliklar 

ishtirokida  almashlab  ekishni  tashkil  qilish  va  shu  tufayli  mikrobbiokimyoviy 

jarayonlarni boshqarish; 

• tuproq  miroorganizmlarining  azot  yutish  va  fosforli  birikmalarni  eritish 

qobiliyatidan samarali foydalanish; 

•  mikrobiologik  jarayonlarni  to‘laqonli  o‘tishi  uchun  har  xil  turdagi  tuproq 

melioratsiyasidan unumli foydalanish va x.k. 

Boshoqlarning  hosil  bo‘lishi  va  dukkakli  o‘simliklarda  azotni  to‘plovchi 

simbiozning  kelgusi  rivojlanishi  Rhizobiaceae  oilasiga  kiruvchi  bir  qancha 

urug‘larning  bakteriyalar  bilan  zararlanishiga  javoban  yuzaga  keladi.  Tabiatda 

mazkur  o‘simlik  simbiontlari  birikkan  azotni  yetkazuvchi sifatida  muhim  o‘ringa 

ega [9]. 



Rhizobiaceaening  barcha  vakillari  ham  foydali  bo‘lmasdan,  ayrim 

Agrobacterium turlari qoplamali gallar borligi yoki tomirlarning turlicha o‘sishiga 

qarab aniqlanadigan o‘simliklar kasalligini keltirib chiqaradi. Phylobacterium turi 

vakillari  Myrsinaceae  va  Rubiaceae  oilalari  o‘simliklari  barglarida  tugunlarini 

hosil qilib, ularning ta’siri hali noma’lum. O‘simliklarda yangi hosilalarni keltirib 

chiqarish qobiliyati Rhizobiaceae larning asosiy xususiyati hisoblanadi [1]. 

Rizobiyalar 

tomirlarda 

va 


ayrim 

hollarda 

Leguminosae 

oilasi 


o‘simliklarining  poyasida  azot  to‘plovchi  tugunlarni  hosil  qilishga  qodir  tuproq 

bakteriyalar  hisoblanadi.  Ayrim  mualliflar  ma’lumotiga  ko‘ra,  dukkakli 

o‘simliklarning  700  urug‘i  va  18000-20000  turi  borligiga  qaramasdan 

o‘simliklarning  faqat  27  turi  6  urug‘ga  tegishli  bo‘lgan  tugunaklarni  xosil  qiladi 

[6]. 

Ma’lumki,  qishloq  xo‘jalik  ekinlarini  hosildorligini  oshirishda  biologik 



preparatlardan ya’ni asosan bakterial preparatlardan foydalaniladi. Ammo, keyingi 

yillarda  eng  dolzarb  muammolardan  biriga  aylanayotgan  ekologik  holatning 

buzilib  borishi,  tuproq  mikroflorasi,  uning  fizik  kimyoviy  tarkibi,  suv 


 

12 


havzalarining  ifloslanishi,

 

bular  oqibatida  insonlar  va  issiq  qonli  hayvonlar 



organizmida keskin salbiy oqibatlar hosil bo‘layotganligi kimyoviy preparatlardan 

foydalanish imkoniyatlarini chegaralanib bormoqda

Bu usulning kimyoviy usulga nisbatan bir qancha afzalliklari mavjud bo‘lib, 



ulardan  quyidagilarini  keltirish  mumkin:  ekologik  tozaligi,  tuproqda  to‘planib 

qolmasligi,  ularni  tayyorlash,  saqlash,  tashish  va  qo‘llashning  qulayligi,  iqtisodi 

samaradorligi  va  ayniqsa  issiq  qonli  hayvonlargi  nisbatan  zararsizligi  olimlar 

e’tiborini  tortib  kelmoqda.

 

Tuproq  sho‘rlanishi  O‘zbekiston  qishloq  ho‘jaligidagi 



dolzarb  muammolardan  biri  hisoblanadi.  Ma’lumki,  tuproqlarning  sho‘rlanishi 

nafaqat  qishloq  ho‘jalik  ekinlarining  hosildorligini  pasaytiradi,  balki  tuproq 

unumdorligiga  keskin  ta’sir  ko‘rsatib,  unda  mavjud  bo‘lgan  mikroorganizmlar 

miqdorining  kamayishiga  sabab  bo‘ladi.  Tuproqlarning  mikrob  populyasiyalari 

qishloq  ho‘jalik  ekinlarining  turli  kasalliklarga  chalinishini  oldini  oladi,  ularning 

hosildorligini  oshishida  muhim  o‘rin  tutadi.  Respublikamiz  iqtisodining  ma’lum 

ulushi  qishloq  ho‘jaligiga bog‘liq  ekani  bu  muammoning naqadar  katta  ahamiyat 

kasb etishini ko‘rsatib turibdi.  

Keyingi  vaqtlarda  qishloq  ho‘jalik  ekinlarini  hosildorligini  oshirish  va 

tuproqlar  bioremediatsiyasi  maqsadlarida  rizobakteriyalardan  Azotobacter, 



Azospirillum  va  Rhizobium  avlodi  vakillaridan  foydalanishga  alohida  e’tibor 

berilmoqda.  Chunki,  bu  avlodlar  vakillari  boshqa  rizobakteriyalarga  qaraganda 

o‘simliklar uchun optimal miqdorlarda azot va bir qator fiziologik faol moddalar, 

jumladan  fitogormonlar  -  auksinlar,  gibberellin  tabiatli  moddalar  sintezlaydi, 

tuproqlardagi  qiyin  eruvchan  fosfatlarni  harakatchan  shakllarga  o‘tkaza  oladi. 

Kichik  molekulali  oqsillar  va  antifungal  birikmalar  sintezlab,  rizosferadagi  Fe

+3

 

kationini xelatlaydi, fitopatogen mikrofloraning hayot faoliyatini cheklaydi [8]. 



Yüklə 2,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin