Preparatlar
Nomi
Chiqarish shakllari
Butamid – Butamidum 0,25 va 0,5 g
Xlorpropamid-
Chlorpropamidum
tabletkalar 0,1 va 0,25
Glibenklamid-
Glibenclamide
Tabletkalar 0,0025; 0,0035 va
0,005g
Glipizid- Glipizide
0,005 g tabletkalar
Metformin-
Metformin
0,5 g tabletkalar
Buyrak usti bezi po‘stloq qavatining gormonlarining preparatlari (kortikosteroidlar)
Buyrak usti bezining po‘stloq qavati 40 dan ortiq steroidlar ishlab chiqaradi. Ularning
ko‘pchiligi muxim biologik axamiyatga ega. Qator kortikosteroidlar xayot uchun zarur (gidrokortizon.
Kortikosteron, aldosteron). Kortikosteroidlarni 3 gruxga bo‘lingan:
1.Glyukokortikoidlar
Gidrokortizon
11- Degidrokortikosteron
Kortikosteron
2.Mineralkortikoidlar
Aldosteron
11-Dezoksikortikosteron
11-Dezoksi-17-oksikortikosteron
3.Jinsiy gormonlar
Androsteron
Androstendion
Estron
Progesteron
Kartikosteroidlar-xolesterindan sintezlanadi. Glyukokortikoidlarning biosintezi va ajralishi asosan
gipofizning oldingi bo‘lagining AKTG boshqariladi (manfiy teskari bog‘lanishi prinsipi asosida).
Mineralokortikoidlarni ishlab chiqarilishi ekstratsellyulyar suyuqlikning umumiy xajmi va qon
zardobiga, natriy va kaliy ionlarning miqdoriga bog‘liq. Bunda Renin-angiotenzin sistemasi ham muhim
o‘rin tutadi, AKTG kamroq ahamiyatga ega.
Kartikosteroidlarning katta qismi jigarda kimyoviy o‘zgarishlarga uchraydi, u yerda glyukuron va
sulfat kislota qoldiqlari bilan kon'yugatlar hosil qiladilar. Peshob tarkibida ajraladilar. Jinsiy gormonlar
alohida bo‘limda keltirilgan; bu bobda faqat glyuko- va mineralkortikoidlar (7-jadval) ko‘rib chiqiladi.
28
7-jadval. Buyrak usti bezining po‘stloq qavatining asosiy gormonlari, ularning preparatlari va
sintetik analoglari.
Kortikosteroidlar
Gormonlar
Preparatlar
Glyukokortikoidlar
Gidrokortizon
Kortikosteron
Tabiiy gormonlar
preparatlari va ularning
efirlari
Gidrokortizon
Gidrokortizon atsetat
Sintetik preparatlar
Prednizolon
Deksametazon
Triamsinolon
Sinaflan (fluotsinolon
atsetonid)
Flumetozon pivalat
Beklometozon
Mineralkortikoidlar
Aldosteron
II- Dezoksikortikosteron
Dezoksikortikosteron atsetat
Dezoksikortikosteron
trimetilatsetat
GLYUKOKORTIKOIDLAR
Glyukokortikoidlar hujayra ichida ta'sir etadilar. Ular hujayra sitoplazmasidagi maxsus retseptor
bilan bog‘lanadilar. Bunda retseptor “faollashadi” va uni korformatsion o‘zgarishiga olib keladi. Hosil
bo‘lgan “steroid + retseptor” majmuasi hujayra yadrosiga kiradi va DNK bilan bog‘lanib ma'lum genlar
transkripsiyasini boshqaradi. Ular oqsil va ferment sinteziga ta'sir etuvchi, spetsifik RNK hosil
bo‘lishini rag‘batlantiradi.
Glyukokortikoidlar (gidrokortizon va boshqalar) modda almashinuviga ko‘p qirrali va o‘ziga xos
ta'sir ko‘rsatadilar. Uglevod almashinuvi tomonidan bu jigarda glikoneogenezning kuchayishi sababli
qonda glyukoza miqdorini ortishiga namoyon bo‘ladi. Glyukozuriya bo‘lishi mumkin.
Aminokislotalarning glikoneogenez uchun sarflanishi katabolizmni avvalgi darajasida saqlangan
yoki biroz kuchaygan (manfiy azot balansi yuzaga keladi) holatida oqsil sitezini susayishiga olib keladi.
Bu regeneratsiya jarayonini susayishining sabablaridan biridir (bundan tashqari, hujayralar
prolifiratsiyasi va fibroblastik funksiyalar kammayadi). Bolalarda to‘qimalarni shakllanishi buziladi
(shu jumladan suyak to‘qimasining), o‘sish sekinlashadi.
Yog‘ almashinuviga ta'sir yog‘ taqsimotining buzilishida namoyon bo‘ladi. Glyukokortikoidlarni
muntazam qo‘llansa yog‘ning ko‘p qismi yuzda (oysimon yuz), bo‘yinning dorsal qismida, yelkada
to‘planadi.
Suv-tuz almashinuvining buzilishlari odatiy xoldir. Glyukokortikoidlar mineralokortikoidlik
faolligiga egadirlar: organizmda natriy ionlarini ushlab qoladilar (ularni buyrak naychalarida
reabsorbsiyasi ortadi) va kaliy ionlari ushlanib qolganligi sababidan qon zardobi xajmi , to‘qimalar
gidrofilligi , qon bosimi ortadi. Kaliy ionlari ko‘p ajraladi (ayniqsa u organizmda ko‘p miqdorda
bo‘lganda) osteoporoz bo‘lishi mumkin.
Glyukokortikoidlar
yallig‘lanishiga
qarshi
va
immunodepressiv
ta'sir
ko‘rsatadi-
lar.Glyukokortikoidlarning yallig‘lanishni kamaytiruvchi ta'siri ularning yallig‘lanish mediatorlarini
hosil bo‘lishiga, tomirlar o‘tkazuvchanligiga xamda yallig‘la nish jarayonida qatnashuvchi hujayralarga
ta'siri bilan bog‘liq. Glyukokortikoidlar ta'sirida mayda tomirlar torayadilar va suyuqdik ekssudatsiyasi
kamayadi. Yallig‘lanish xududida leykotsidlarning to‘planishi, makrofaglar va fibroblastlar faolligi
kamayadi. Prostanoidlar, leykotrienlar va trombotsitlarni faollashtiruvchi omil (FAT) ni ishlab
chiqaralishi kamayadi. Oxirgi ta'sir fosfolipaza A
2
faolligini susaytirishi tufayli amalga oshadi. Bunga
steroidlar bilvosita ta'sir ko‘rsatadilar.Ular leykotsitlarda qayd etilgan fermentni susaytiruvchi maxsus
29
oqsil
lipokortinlar
(sinonimi
anneksinlar)
biosintezini
kuchaytiradilar.
Bundan
tashqari
glyukokortikoidlar rag‘batlashtirilgan siklooksigenaza (SOG-2) ekspressiyasini kamaytiradilar.
Ba'zi kortikosteroidlar preparatlarining kimyoviy tuzilishi.
G l yu k o k o r t i k o i d p r ye p a r a t l a r i
O
CH
3
O
H
CH
3
O
H
C
CH
2
OH
O
O
CH
3
O
H
CH
3
O
H
C
CH
2
OH
O
Gidrokortizon Prednizolon
O
CH
3
O
H
CH
3
O
H
C
CH
2
OH
O
F
CH
3
O
CH
3
O
H
CH
3
O
H
C
CH
2
OH
O
F
OH
Deksametazon Triamsinolon
O
CH
3
O
H
CH
3
C
F
F
CH
2
OH
O
O
O
CH
3
CH
3
O
CH
3
O
H
CH
3
O
H
C
O
O
C
O
CH
3
CH
3
CH
3
CH
3
F
F
Sinaflan Flumetazon pivalat
M i n ye r a l o k o r t i k o i d p r ye p a r a t l a r i
O
CH
3
O
H
C
H
O
C
CH
2
OH
O
O
CH
3
CH
3
C
O
CH
2
O
C
O
CH
3
Aldosteron Dezoksikortikosteron atsetat
Glyukokortikoidlarning immunodepressiv ta'siri T- va V-limfotsitlar faolligini pasayishi, qator
interleykinlar va boshqa sitokinlarni xosil bo‘lishi xamda qon zardobida komplement miqdorini
kamayishi, sirkulyasiyadagi limfotsit va makrofaglar miqdorini ozayishi, xamda migratsiyani
ingibitsiyalovchi omilga (MIF) susaytiruvchi ta'sir bilan bog‘liqdir.
30
Glyukokortikoid preparatlarini qo‘llaganda qon xosil bo‘lishi o‘zgaradi. Eozinofillar va
limfotsitlar miqdorini kamayishi odatiy xoldir. Bir vaqtning o‘zida eritrotsitlar, retikulotsitlar va
neytrofillar miqdori ortadi. Glyukokortikoidlar gipotalamo-gipofizar-buyrak usti bezi sistemasiga
susaytiruvchi ta'sir ko‘rsatadi (manfiy teskari bog‘lanish prinsipiga asosan) va shu tufayli AKTG xosil
bo‘lishini kamaytiradilar. Bunda rivojlanuvchi buyrak usti bezining po‘stloq qavati yetishmovchiligi,
ayniqsa, preparat qabul qilishni to‘satdan to‘xtatganda yorqin namoyon bo‘ladi.
Oliy nerv faoliyatining buzilishlari bo‘lishi mumkin. Bu eyforiya, psixomotor qo‘zg‘olish,
psixik reaksiyalarda namoyon bo‘ladi.
Dori vositasi sifatida tabiiy g i d r o k o r t i z o n va uning efirlari (atsetat-suksinat) qullaniladi.
Gidrokortizon preparatlari parenteral va surtma ko‘rinishida maxalliy qo‘llaniladi. Mushak ichiga
kiritish yoki ichish uchun ko‘rsatma kamdan-kam beriladi. Buyrak usti bezi yetishmovchiligida va
boshqa shishilinch xolatlarda suvda eruvchi preparat gidrokortizon gemisuksinat (sopolkort)ni tomirga
kiritish lozim.
Tibbiyot amaliyotida qo‘llaniladigan boshqa glyukokortikoidlar, tabiiy gormonlar analoglari va
ularning unumlaridir. Farmakologik xossalari bo‘yicha ular gidrokortizonga o‘xshashdirlar. Undan
yallig‘lanishga qarshi va mineralokortikoidlik faolliklarining ko‘p yoki kamligi, ba'zi preparatlar
(sinaflan,flumetazon pivalat) – teriga surtilganda kam so‘rilishlik xossasi bilan farq qiladilar.
Prednizolon (gidrokortizonni degidrillangan analogi) yallig‘lanishga qarshi ta'siri bo‘yicha
gidrokortizondan 3-4 marta ustun keladi, gidrokortizonga nisbatan kamroq darajada organizmda natriy
ionlarini ushlab qoladi. Tomirga kiritish uchun suvda eruvchan prednizolon gemisuksinat qo‘llaniladi.
Prednizolonning xosilasi bo‘lmish m ye t i l p r ye d n i z o l o n (metipred) xam chiqarilayapti.
Unda mineralokortikoidlik faollik kuchsiz darajada mavjud. Metilprednizolonning davomli ta'sir etuvchi
preparatlari xam yaratilgan.
Metilprednizolon atseponat(advantan) surtma, krem emulsiya ko‘rinishida maxalliy qo‘llaniladi. U
terining shox qavatidan oson o‘tadi. Prednizolondan ustun keladigan darajada kuchli yallig‘lanishga va
allergiyaga qarshi ta'sirga ega. Bir kunda bir marta qo‘llaniladi.
Teridan 1% dan kamroq qismi so‘rilganligidan preparatning umumiy (sistemali) ta'siri kuchsiz
namoyon bo‘ladi. Shu bilan bir qatorda u jigarda tez faolsizlanadi.
Tarkibida ftor saqlagan glyukokortikoidlardan yaqqol farq qilib, terining atrofiyasini
rivojlantirmaydi yoki u juda ham kam darajada namoyon bo‘ladi.
Tarkibida ftor bo‘lgan prednizolon xosilalari – deksametazon va triamsinolonda yallig‘lanishga
qarshi va mineralokortikoidlik faolligi orasida nisbat anchagina foydali. D ye k s a m ye t a z o n
(deksazon) yallig‘lanishga qarshi vosita sifatitda gidrokortizondan 30 marta faolroq bo‘lib suv tuz
olmashinuviga ta'siri juda kuchsiz ifodalangan. Tomirga va mushak ichiga kiritish uchun
deksametazonning suvda eruvchan preparati (deksametazon-21-fosfatning natriyli tuzi) mavjud. B ye t a
m ye z o n deksametazonga o‘xshash preparatdir.
Triamsianolon (polkortolon) yallig‘lanishga qarshi vosita sifatida gidrokortizondan taxminan 5
marta faolroq. Natriy, xlor, kaliy ionlari va suv ajralishiga deyarli ta'sir ko‘rsatmaydi. Ammo
triamsinolon boshqa noxush asoratlar chqirishi mumkin: mushaklar atrofiyasi, ishtaxani yo‘qolishi,
tushkunlikka tushish xolati (depressiya).
Glyukokortikoid preparatlarni qo‘llashga bevosita ko‘rsatmalar bu buyrak usti bezining o‘tkir va
surunkali yetishmochiligi xisoblanadi. Ammo ularni yallig‘lanish va allergiyaga qarshi vositalar sifatida
eng ko‘p qo‘llashadi. Ana shu xossalari tufayli glyukokortikoidlar, kollagenozlar, revmatizm, terining
yallig‘lanish bilan kechadigan xastaliklarda (ekzema va boshqalar), allegik xolatlarda (masalan: bronxial
astma, pichan istmasi) ko‘zning ba'zi xastaliklarida (iritlar, keratitlar) muvaffaqiyat bilan
qo‘llanilmoqda. Ularni o‘tkir leykozlarni davolash uchun ham ishlatiladi. Tibbiyot amaliyotida
glyukokortikoidlarni karaxtlikni davolashda xam ko‘pincha qo‘llashadi. Immunodepressiv ta'siri inson
a'zo va to‘qimalarni bemorlarga o‘tkazishdagi immun reaksiyalarni bartaraf etshda foydali bo‘lishi
mumkin.
Glyukokortikoidlar ko‘pincha yallig‘lanish bilan kechuvchi teri xastaliklarda keng qo‘llanilmoqda.
Ammo qayd etilgan preparatlarning ko‘plari teriga surtilganda qonga so‘rilib rezorbtiv ta'sir ko‘rsatadi
va noxush asoratlarni yuzaga keltiradilar. Shu sababli maxalliy qo‘llanganda so‘rilmaydigan (yomon
so‘riladigan) preparatlarni yaratish zarurati paydo bo‘ldi. Bunday glyukokortikoidlar sintezlandi. Bu
31
tarkibida 2 ta atom ftor tutgan prednizolon unumlari – s i n a f l a n (fluotsinolon atsetonid) va
flumetazon pivalatlardir.
Ular yuqori darajada yallig‘lanishga, allergiyaga va qichishga qarshi ta'sirga ega. Ular faqat
mahalliy maz, krem sifatida qo‘llaniladi
1
.
Ular teridan juda oz so‘riladilar va amaliy jixatdan rezorbtiv ta'sir ko‘rsatmaydilar. Biroq terapevtik
ta'sirdan tashqari bu kabi preparatalar teri va shilliq qavatlarning qarshilik qilish qobiliyatini kamaytirib
superinfeksiya rivojlanishining sababi bo‘lishi mumkin. Shu sababdan ularni mikroblarga qarshi
vositalar bilan birga qo‘llash ratsional xisoblanadi. Masalan, neomitsin bilan (“Sinalar–N”,
«Lokakorten-N» surtmalari).
Maxalliy qo‘llashga surtma va krem shaklida chiqarilayotgan glyukokortikoidli preparat b u - dye s
o n i d (apulein) tavsiya etilgan. Faol moddaning surtmadan so‘rilishi kremdan surtilishga nisbatan
sekinroq kechadi. Shu sababdan maxalliy yallig‘lanishga qarshi ta'sir preparatni vazelenli asosda
qo‘llanganda davomliroq saqlanadi. Budesonid kukun sifatida ingalyasiya uchun (benakort) xam
qo‘llaniladi.
Amaliy jixatdan umumiy (sistemali) ta'sir ko‘rsatmaydigan glyukokortikoid preparatlariga asosan
bronxial astma va vazomotor rinitda (pollinoz) ingalyasiya yo‘li bilan qo‘llaniladigan B ye k l o m ye
t a z o n d i p r o p i o n a t
2
kiradi. Amaliy jixatdan sistemali ta'sir ko‘rsatmaydigan (ingalyasiya
qilinganda preparatning biologik membranalardan o‘tish darajasi 1% atrofida) glyukokortikoid f l u t i k
a z o n p r o p i o n a t (fliksotid) ingalyasiya qilishga tavsiya etilgan. Bronxial astmada qo‘llaniladi.
Kuniga 2 marotaba ishlatiladi.
Glyukokortikoidlarning noxush asoratlari ularning asosiy xossalarini nomoyon bo‘lishidadir.
Ammo ular darajasi fiziologik meyorlardan ortib ketgan bo‘ladi. Jumladan, elektrolitlar muvozanatini
buzilishiga olib keluvchi mineralokortikoidlik faolligining mavjudligi to‘qimalarda ortiqcha suvni
to‘planishiga, shishlarning paydo bo‘lishiga, qon bosimini ortishiga sabab bo‘lishi mumkin. Qonda qand
miqdorini kuchli darajada ortishi, yog‘ taqsimotining buzilishi extimoli xam bor. Regeneratsiya jarayoni
sekinlashadi, me'da-ichak trakti shilliq qavatida yaralar paydo bo‘lishi, osteoporoz rivojlanishi mumkin.
Infeksiyalarga qarshilik ko‘rsata olish susayadi. Ruxiy buzilishlar, xayz ko‘rish siklining o‘zgarishi va
boshqa noxush ta'sirotlar qayd etilgan. Cheklangan (lokal) maxalliy ta'sir ko‘rsatuvchi
glyukokortikoidlarni yaratishda, maxalliy qo‘llanilganda absorbsiyalangandan so‘ng organizmdagi
fermentlar ta'sirida juda tez faolsizlantiriladigan birikmalarni sintezlash yangi yo‘nalish hisoblanadi.
Unday preparatlarda sistemali ta'sir va shu sababli noxush asoratlar bo‘lmaydi, bo‘lsa ham uncha katta
bo‘lmagan darajada namoyon bo‘ladi. Bu kabi moddlarga loteprednol (oftalmologiyada allergik
jarayonlarda maxalliy qo‘llaniladi), xamda bronxial astmani davolashda siklezonit tavsiya etilgan
(ingalyasiya qilinadi). Bu gurux preparatlarni ingliz tili adabiyotlarida “soft steroids” (inglizchada soft-
yumshoq, nozik) deb yuritiladi.
Glyukokortikoidlarning antogonistlari ham ma'lum. Ba'zi preparatlar ularning sintezini tuxtatadi
(metirapon, mitotan). Boshqalari glyuklokortikoidlarning retseptorlarini qamallaydilar (mifepriston,
avval gestagenlar antogonisti sifatida ma'lum edi). Uni ba'zan Kushing
3
sindromida, xamda
kortikotropin xosil bo‘lishini tekshirishda (metirapon) qo‘llaniladi. Mitotan, zaxarli preparat
bo‘lganligidan buyrak usti bezi po‘stloq qavatining faqat operatsiya qilish mumkin bo‘lmagan
o‘simtalarida qo‘llaniladi.
_________________________________
1
Sinaflan (fluotsinolon atsetonid) “ Sinalar”, ”Sinalar-N” , “Flutsinar”, flumetazon piva lat esa
“Lokakorten”, “Lorinden S”, “Lokasalen” , “Lokakorten-N” surtmalarining asosiy ta'sir
ko‘rsatuvchisidir.
2
Dozalashtiruvchi qurilmasi bo‘lgan ingalyatorda kukun sifatida xam chiqariladi (bekotid, beko-disk,
bekloforte).
3
Buyrak usti bezi gipertrofiyasida yoki kortikosteroidlar bilan davomli davolashda yuzaga keladi.
Semizlikda (qorin, bo‘yin orqasida yog‘ to‘planish, oysimon yuz) namoyon bo‘ladi.
32
MINERALOKORTIKOIDLAR
Aldosteron va 11-dezoksikortikosteron tabiiy mineralokortikoiddir. Asosiy mineralokortikoid
bo‘lmish aldosteron elektrolitlar almashinuviga ta'siri bo‘yicha 11-dezoksikortikosterondan 20-30 marta
ustun keladi. Aldosteron glyukokortikoidlar kabi xujayra ichida joylashgan retseptorlar bilan bog‘lanadi.
Mineralokortikoidlarning asosiy fiziologik faolliklarini namoyon bo‘lishi bu suv – tuz almoshinuviga
ta'siridir. Mineralokortikoidlar nefronning distal bo‘limlariga ta'sir ko‘rsatib, natriy ionlari va
izoosmotik miqdorda suvning qayta so‘rilishini oshiradi. Bir vaqtning o‘zida kaliy ionlarining
sekretsiyasi kuchayadi .
Uglevod almashinuvini mineralokortikoidlar kam o‘zgartiradilar. Ularda yallig‘lanish va
allergiyaga qarshi xossa yo‘q.
Davolash maqsadida dastlab dezoksikortikosteron atsetat taklif etilgan, chunki aldosteron
noyobdir. Dezoksikortikosteronni asosan mushak ichiga kiritadilar yoki tabletka ko‘rinishida teri ostiga
implantatsiya qilinadi. Dezoksikortikosteron trimetilatsetat davomliroq ta'sirga ega. Hozirgi vaqtda
mineralokortikoid faolligiga ega bo‘lgan preparat sifatida asosan ftorgidrokortizon atsetat
(fluorokortizon, florinef) qo‘llanilmoqda. U kuchli darajada yallig‘lanishga qarshi ta'sir ham ko‘rsatadi.
Ichiladi. Mineralokortikoidlarni buyrak usti bezi po‘stloq qavatining surunkali yetishmovchiligi (shu
jumladan Addison xastaligida) qo‘llaniladi. Undan tashqari ularni miasteniya, adinamiyada ham
qo‘llashadi. Chunki ular mushaklar tonusi va ishlash qobiliyatini oshiradilar.
Noxush ta'sirotlari organizmda natriy ionlari va suvni xaddan tashqari ko‘p ushlanib qolishi bilan
bog‘liq. Shishlar, to‘qimalarda ortiqcha suv bo‘lishi, assit
1
kuzatiladi, qon bosimi ko‘tariladi. Og‘ir
xollarda yurakning chap qorincha yetishmovchiligi rivojlanib o‘pka shishiga olib keladi.
Mineralokortikoidlarni antogonistlari mavjud. Ba'zilari ularning sintezini buzadilar (masalan,
miterapon), ammo tanlamasdan ta'sir ko‘rsatadi va bir vaqtning o‘zida glyukokortikoidlar sintezini
susaytiradi. Shu bilan bir qatorda spetsifik retseptorlarni qamal qilib, mineralokortikoidlarni buyrak
naychalariga ta'sirini tanlab bartaraf etuvchi antogonistlar mavjud. Bunday antogonistlarga diuretik
vositasi sifatida qo‘llaniladigan spiranolakton kiradi.
_________________
1
Qorin bo‘shlig‘ida suyuqlik to‘planishi. Grekchadan askos – cuv saqlash uchun
Preparatlar
Nomi
Chiqarilish shakli
Glyukokortikoid preparatlari
Gidrokortizon-
Hydrocortisonum
0,025 va 0,1 g preparat bo‘lgan ampula; 0,005; 0,01
va 0,02 tabletkalar; 1% va 2,5% surtmalar 5 va 20g
surtma tubalari;
Prednizolon-
Prednisolonum
0,001 va 0,005g li tabletkalar 10 va 20g tubalarda
0,5% li surtma
Prednizalon gemisuksinat-
Prednisoloni hemisuccinas
0,025g preparat tutgan ampulalar (qo‘llashdan avval
eritiladi)
Deksametazon
Dexamethasonum
0,0005g li tabletkalar
Triamsinolon-
Triamcinolonum
0,004g li tabletkalar
Sinaflan-
Synaflanum
10 va 15g tubalarda 0,025% surtma
Flumetazon pivalat-
Flumethasoni pivalas
15g dan tubalarda 0,02% surtma
Beklametazondipropionat-
Beclometasoni dipropionas
Ingalyasiya uchun aerozol shaklida (har bir dozasi
0,00005g dan)
|