O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi toshkent tibbiyot akademiyasi


JINSIY GORMONLAR, ULARNING UNUMLARI, SINTETIK O‘RIN BOSUVCHILAR VA



Yüklə 2,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix06.06.2020
ölçüsü2,19 Mb.
#31554
1   2   3   4   5   6
gormonal preparatlar


JINSIY GORMONLAR, ULARNING UNUMLARI, SINTETIK O‘RIN BOSUVCHILAR VA 

ANTOGONISTLARINING PREPARATLARI 

 

Ayollar jinsiy bezlari gormon preparatlari 

  Tuxumdonda  gormonlar  follikulalarda  (estrogenlar)  va  sariq  tanada  (gestagenlar)  xosil 

bo‘ladi.Estradiol  follikulalarning  asosiy  gormoni  bo‘lib,  tuxum  xujayralarining  rivojlanish  jarayonida 

xosil bo‘ladi. Organizmda estradioldan (asosan jigarda) qon va peshobda estron va estriol xosil bo‘ladi. 

Kimyoviy  tuzilishi  bo‘yicha    bu  brikmalar  steroid  qatoriga  mansub.  Estrogenlar  jinsiy  a'zolar  va 

ikkimlamchi  jinsiy  belgilarni  rivojlanishi  uchun  zarur.  Ular  ta'sirida  xayz  siklining  birichi  yarimida 

endometriy proliferatsiyasi ro‘y beradi. 

Tuxum   xujayra  yetilgach  follikula  yoriladi  –  ovulyasiya  boshlanadi. Follikula o‘rniga  sariq tana  xosil 

bo‘ladi.  Progesteron  sariq  tananing  asosiy  gormonidir.  Jigarda  u    peshob  tarkibida  ajraladigan 

pregnandiolga  aylanadi

1

.  Gestagenlar  (progestagenlar),  estrogenlar  kabi,  steroid  tuzulishli  birikmalar 



qatoriga  mansubdirlar.  Gestagenlar  xayz  ko‘rish  siklining  ikkinchi  yarimida  (sekretor  faza)  bachadon 

shilliq qavatining keyingi transformatsiyasini amalga oshishiga, tuxum xujayrasi urchiganda – detsidual 

parda  va  yo‘ldoshni  shakllanishiga  imkon  yaratadi.  Shunday  qilib,  xomilani  xomiladorlik  davrida 

rivojlanishi  uchun  sharoit    tayyorlanadi.  Shu  sababli  sariq  tana  goromoni  ko‘pincha  xomiladorlik 

goromoni  deb  ataladi.  Yo‘ldosh  xam  gestagen  va  estrogen  gormonlar  manbasi  xisoblanadi.  Yo‘ldosh   

ta'sir  xususiyatlari  bo‘yicha  gipofiz  oldingi  bo‘lagi  gormoniga  xos  bo‘lgan  xorionigonik  gonadotrop 

goromon  (lyuteinizatsiyalovchi)  ajratadi.  Angar  tuxum  xujayrasi  urchimasa,  sariq  tana  teskari 

rivojlanishga  uchraydi  va  xayz  ko‘rish  bachadon  shilliq  qavatining  ko‘chishi  kuzatiladi.  Jinsiy  bezlar 

gormonlarining ishlab chiqarilishi gipofizning oldingi bo‘lagining gonadotrop gormonlari boshqaradi. 

  Estrogen va gestagen maxsus retseptorlar bilan boglanib xujayra ichida ta'sir ko‘rsatadilar.Asosiy 

ta'sir  joyi  bu  xujayra  yadrosi  bo‘lib,  u  yerda  estrogen    yoki  gestagen  retseptor  kompleksi  (majmuasi) 

DNK  bilan  brikadi  va  shu  yo‘l  bilan  oqsil  sinteziga  ta'sir  ko‘rsatadi.  Estrogen  va  gestagen 

(progestagen)lar ta'sir ko‘rsatuvchi retseptorlarning eng ko‘p miqdori bachadon, qin, sut bezlari, xamda 

gipotalamus va gipofizning oldingi bo‘lagida joylashgan. 

  Ayollar  jinsiy  gormon  preparatlarining  spetsifik  faolligi  ba'zan  biologik  standartizatsiya  usuli 

bilan  aniqlanadi.  Estrogenlarni  axta    qilingan    sichqon  yoki  kalamushlarda  kuyikish  chaqirish  (estrus) 

xossasi  asosida  sinaladi.  Estrogenlar  ta'sirini  jonivorlar  qinidagi  ajratmadan  tayyorlangan  surtma 

xarakteriga  ko‘ra  xukum  chiqariladi.  Osoyishtalik  davrida  (anestrus)  surtmada  shilliq,  leykotsitlar  va 

juda kam miqdorda  yadroli epitelial xujayralar aniqlanadi. Kuyikish davrida surtmada ko‘p miqdorda 

yadrosiz  dag‘allashgan  epitelial  xujayralar  aniqlanadi.  Bir  ta'sir  birligi  (1  TB)  0,1  mkg  estron  faolligi 

mos keladi. 

     Gestagenlarni  biologik  standartizatsiyalashni  balog‘atga  yetmagan  urg‘ochi  quyonchalarda 

o‘tkaziladi.  Ma'lum  sxema  bo‘yicha  jonivorlarga  avval  estron,  so‘ngra  progesteron  kiritiladi.  Bunda 

soxta xomiladorlik rivojlanadi. Bachadon shilliq qavatining o‘zgarishlari taxminan xomiladorlikning 8-

kuniga  mos  kelishi  kerak  (gistologik  tekshirishlar  o‘tkaziladi).  Bir  ta'sir  birlik  (  1TB)  1  mg  kristallik 

prgesteron faolligiga teng. 



 

_________________________________________ 

  Estrogen  va  progesteronlar  almashinuvi  maxsulotlari  glyukuron  va  sulfat  kislota  bilan  kon'yugatlar 



ko‘rinishida buyrak orqali ajraladi. 

Mineralokortikoid preparatlari 

Dezoksikortikosteron  

atsetat- 

Desoxycorticosteroni  

acetas 

0,5% moyli eritma 1ml ampulalarda: 0,005g dan 

tabletkalar (til ostiga qo‘yish uchun) 

Dezoksikortikosteron   

trimetilatsetat- 

Desoxycorticosteroni 

trimethylacetas 

2,5% suspenziyaning 1ml ampulalarda 



34 

 

 



Estrogen va antiestrogen preparatlar. 

 

Kimyoviy tuzilishi jixatidan estrogen

1

 preparatlar steroid (tabiiy gormonlar va ularning xosilalari) 



va  nosteroid  (sintetik  preparatlar)  birikmalarga  bo‘linadilar.  (8  jadvalga    va  kimyoviy  tuzilishiga 

qarang). Steroid tuzilishli estrogenlardan tibbiyot amaliyotida xomilador ayol yoki xomilador jonivorlar 

peshobidan olinadigan  estron (follikulin), xamda estradiol qo‘llaniladi.  

Estradiolni  benzoat,  dipropionat,  valeriat  bilan  efir  ko‘rinishida  ishlatiladi.  Estradiol  dipropionat 

estrondan  faolliroq  va  anchagina  davomliroq  ta'sir  etadi.  Agar  estronni  xar  kuni  kiritilsa,  estradion 

dipropionatni  2-4  kunda  bir  marta  kiritiladi..  Estron  va  estradiolning  efirlarinig  moyli  eritmalarini 

mushak ichiga kiritiladi. Ichilganda ular samarasiz, chunki jigarda tez parchalanadi.  

Nomi yuqorida qayd etilgan vositalardan yarim sun'iy preparat etinilestradiol (mikrofollikulin) tubdan 

farq qiladi. U eng faol estrogen. Agar estron ning faolliligini 1 deb xisoblansa etinil estradiol faolligi 

50 ga mos keladi. Bundan tashqari, etinilestradiol ichilganda xam samarador, chunki etinil guruxi uni 

jigarda parchalanishdan saqlaydi. Preparatning ta'siri davomli emas (kuniga 1-2 marta qabul qilinadi).  

  Yarim  sintetik  estrogen  bo‘lgan  mestranol  organizmda  etinilestradiolga  aylanadi.  U  ichiladi.  U 

ko‘pincha kontratseptivlar tarkibiga kiradi. 

 Enteral  yo‘l  bilan  kiritilganda  nosteroid  tuzilishli,  estrogenlik  faollikga  ega  bo‘lgan  sintetik 



vositalar  ham  samradordirlar.  Ulardan  biri  geksan  xosilasi    bo‘lgan  s  i  n  i  s  t  r  o  l    (geksestrol)dir. 

Faolligi bo‘yicha u estrondek. Uni ichiladi va mushakga kiritishga (tavsiya etiladi) buyuriladi. 



    

     8-jadval. Jinsiy gormonlar, ularning preparatlari, sintetik analoglari va ularni o‘rin  bosuvchilari,      

     antogonistlari. 

 

Gurux 


Estrogenlar va 

ularning 

antogonistlari 

Gestagenlar va 

ularning 

antogonistlari 

Androgenlar va 

ularning 

antogonistlari 

Tabiiy goromonlar va ular 

almashinuvi 

maxsulotlari(steroidlar) 

Estradiol 

Estron 


Estriol 

Progesteron 

Pregnandiol 

Testosteron 

Androsteron 

Jinsiy gormonlar prepa 

ratlari va ularni analog 

lari (steroidlar) 

Estron 

Estradiol  



dipropionat 

Etinil estradiol 

Progesteron 

Pregnin 


Oksiprogesteron 

kapronat 

Testosteron 

Propionat 

Testosteron enantat 

Metil testosteron 

Gormonal faollikga ega 

bo‘lgan sintetik vositalar 

(nosteroidlar) 

Sinestrol 

 

 

 



                                                            

Jinsiy gormonlar 

antogonistlari 

Klomifen sitrat 

Tamksifen sitrat

Mifepriston 



(RU 486) 

Siproteron atsetat 

Flutamid 

Finasterid

** 

 

 



*Tamksifen xar-xil to‘qimalarda yo antiestrogen ta'sir (sut bezida), yo  estrogen (suyaklar va boshqalar) 

ta'sir ko‘rsatadi. Bunday preparatlarni estrogen retseptorlarining modulyatorlari deb ataldadi. Klomifen 

barcha to‘qimalarda faqat antiestrogen ta'sir ko‘rsatadi  

** digidrotesteron sintezining ingibitori 

 

_________________________________________ 



 

1

Estrus- oqma (grekchadan oistros –xoxish istak, genos – tug‘ilish) 



 

 


35 

 

 



 

Ba'zi estrogen va gestagen preparatlar va ularning antogonistlarining kimyoviy tuzilishi. 

E s t r o g ye n    p r ye p a r a t l a r i.     



 

O

CH



3

C

O



H

5

C



2

O C


O

C

2



H

5

            



C

O

H



CH

3

O



 

       Estradiol dipropionat                                                   Estron 



 

            

O

H

CH



3

OH

C



CH

              

CH

CH

C



2

H

5



C

2

H



5

OH

O



H

 

 

                   Etinilestradiol                                           Sinestrol 

 

 G ye s t a g ye n    p r ye p a r a t l a r. 

                  

O

CH



3

C

CH



3

CH

3



O

          

O

CH

3



CH

3

C



CH

3

O



O

C

(CH



2

)

4



O

CH

3



 

 

                    Progesteron                                 Oksiprogesteron kapronat 

 

 

A n t i e s t r o g ye n    p r ye p a r a t. 



  

 

Klomifen sitrat 



 

 

A n t i g ye s t a g ye n    p r ye p a r a t. 



36 

 

O



CH

3

C



CH

OH

N



CH

3

C



H

3

 



Mifepriston 

 

Estrogenlarni  tuxumdonlar  funksiyasini    yeishmovchiligida  (xayz  ko‘rish  siklini  buzilishlarida  –



aminoreya

1

, dismenorya



2

 axta qilingandan keyingi buzilishlarda) tug‘ruqdan keyingi davrda  lak tatsiya  

(sut ajralishini) to‘xtatish uchun qo‘llaniladi. Estrogenlarni (masalan, sinestrol) prostata bezi raki xamda 

sut  bezi  rakini  (60  yoshdan  katta  ayollarda)  kompleks  davolashda  qo‘llaniladi.  Estrogenlar  murakkab 

(kombinatsiyalangan) kontratseptiv vositalar tarkibiga kiradi. 

O‘rniga-o‘rin  ishlatishga  asoslangan  gormon  terapiya  klimakterik  buzilishlar  yoki  tuxumdonni 

jarroxlik  usuli  bilan  olib  tashlangan  hollarda  qo‘llaniladi.  Bu  maqsadda  yo  sof  estrogen  preparat-

proginova-21  (tarkibida  estradiol  valerat),  klimara  (tarkibida  estradiol  bo‘lgan  v  kerakli  ta'sirni  7  kun 

ta'minlovchi  plastir)  yo  estrogenlar  bilan  gestagenlar  tutgan  (gestogenlarni  endometritning 

giperplaziyasini  oldini  olish  uchun  qo‘shiladi)  preparatlar  qo‘llaniladi.  Shu  kabi  kombinatsiyalangan 

preparatlardan  biri  klimanorm  (9  ta  tabletkasi  estradiol  valerat,  12  ta  tabletkasi  estradiol 

valerat+levonorgestrel  tutadi)  hisoblanadi.  Bu  preparatlarda  estrogen  va  gestagenlar  shunday  dozada 

tanlab olinganki, u estrogenlarning lipidlar almashinuviga, yurak-tomir va MNS ga ijobiy ta'sirini saqlab 

qolish,  ularning  suyaklarga  antirezorbtiv  ta'sirini  kuchaytirish  va  bir  vaqtning  o‘zida  endometriyni 

giperplastik jarayonlar rivojlanishidan himoya qilish imkoniyatlarini beradi.  

Premenopauzada yoki yoshlik davrida tuxumdonlarni jarroxlik yo‘li bilan olib tashlagan hollarda 

odatda  2  fazali  preparatlarni  uzuq-uzuq  rejimda  beriladi.  Postmenapauzada  uzluksiz  rejimda  qo‘llash 

maqsadga muvofiqdir. Bu maqsad uchun tarkibida bir xil miqdorda estradiol valerat va yangi gestagen  

bo‘lmish –modda almashinuviga ijobiy ta'siri va yaxshi o‘zlashtirilishi bilan ajralib turuvchi dienogest 

tutgan k l i m o d i ye n preparati mavjud. 

Klimakterik  davrdagi  estrogen  yetishmovchiligida      d  i  v  i  t  r  ye  n    ,  d  i  v  i  n  a,    i  n  d  i  v  i  n 

(estradiol  valerat  va  medroksiprogesteron  atsetatni  har  xil  dozalarda  tutadi)  va          d  i  v  i  g  ye  l  

(transdermal gel shaklida estradiol gemigidratlar tutadi) qo‘llaniladi.  

O‘rniga  ishlatishga  asoslangan  gormonoterapiya  nafaqat  klimakterapiya  belgilarini  kamaytirish 

yoki  bartaraf  etishga  imkoniyat  yaratadi,  balki  estrogenlar  yetishmovchiligi  tufayli  yuzaga  keluvchi 

osteoporozni oldini oladi va unga davolovchi ta'sir ko‘rsatadi.  

Estrogenlarni  davomli  qo‘llaganda  bachadondan  qon  ketishi  yuzaga  kelishi  mumkin.  Shu  bilan  bir 

qatorda  estrogenlar  qon  ivishini  kuchaytiradi  va  u  tromboemboliya  rivojlanishining  sababi  bo‘lishi 

mumkin.  Ba'zan  shishlar  kuzatiladi.  Estrogenlar  ichilganda  ko‘ngil  aynish,  qayt  qilish,  ich  ketish 

bo‘lishi  mumkin.  Erkaklarda  estrogenlar  feminizatsiya

3

,  libidoni



4

  susayishi,  jinsiy  bexollikni 

rivojlantiradi.60  yoshgacha  bo‘lgan  ayollarda  jinsiy  a'zolar,  sut  bezi  o‘simtalari  bo‘lgan  hollarda 

estrogenlarni qo‘llash man etiladi. Endometriyada,  bachadondan qon ketishiga moillik bo‘lgan hollarda 

ham ularni qo‘llashga ko‘rsatmalar berilmaydi. Estrogenlarni buyrak, jigar xastaliklarida extiyot bo‘lib 

qo‘llash lozim. Keyingi yillarda amaliyot shifokorlari xazinasida yangi gurux preparatlari – antiestrogen 



vositalar paydo bo‘ldi. Ular nosteroid tuzilishli sintetik moddalardir. 

 _______________________________________ 

1

 Jinsiy voyaga yetgan (balog‘atga yetgan) qizlarda xayz ko‘rishni bo‘lmasligi. Grekchadan  a- bo‘lmas-



li gi, men-oy, rhco- oqadi. 

2

 Xayz ko‘rishni buzilishi. Dis-  (grekchadan)- funksiya buzilishini qayd etuvchi pristavka.  



Erkaklarda  ayollarning  ikkilamchi  jinsiy  belgilarini  rivojlanishi  

4

 Libido -  lotinchadan  jinsiy  mayl        



 

37 

 

Ularning  ta'sir  prinsipi  spetsifik  retseptorlar  bilan  bog‘lanishlari  tufayli  estrogenlarga  xos  bo‘lgan 



ta'sirotlarni yuzaga keltirishdan iboratdir (3-chizma). Jumladan, ular gipotalamus (lyuteinizatsiyalovchi 

va follikulo rag‘batlantiruvchi rilizing omillarni ajralishi) va gipofiz (gonadotrop gormonlarni ajralishi) 

funksiyasini boshqarishda qatnashuvchi estrogen retseptorlarini qamal qiladilar. 

Bunda  manfiy  teskari  bog‘lanish  buzilada  va  bu  sistema  faollashadi.  Natijada  genadotrop  gormonlar 

ajralishi  ortadi,  bu  o‘z  navbatida  tuxumdon  o‘lchamlarini  kattalashishiga  va  ular  funksiyasini 

kuchayishiga  olib  keladi.  Shundan  kelib  chiqib  bu  kabi  preparatlar  masalan  klomifen  sitrat 

(klostilbegit)ni  ayollar  bepushtligida  qo‘llaniladi.  Bundan  tashqari  tamoksifen  va  toremifen  (fareston) 

kabi antiestrogen vositalar sut bezi xavfli o‘simtasini davolashda qo‘llaniladi. 



                      3 chizma. Jinsiy gormonlar antogonistlarining reproduktiv sistemaga   ta'sirining   

                      asosiy  yo‘nalishlari. 

 

                     



 

 

                                             - - susaytiruvchi (qamallovchi) ta'sir 



                                            +  - rag‘batlantiruvchi ta'sir 

                                            ER – estrogen retseptorlar 

                                            GR – gestagen retseptorlar 

                                            AR – androgen retseptorlar 

                                            FSG – follikulorag‘batlantiruvchi gormon 

                                            LG  -  lyutinizatsiyalovchi gormon 

                     Izox: tamaksifen sut bezlari estrogen retseptorlarining antogonistidir 

 

Gestagen (progestagen) va antigestagen preparatlar 

Barcha gestagen

1

 lar steroid tuzilishiga. Dori preparatlari sifatida progesteron



 yoki uning sintetik 

unumlari  –  oksiprogesteron  kapronat,  medroksiprogesteron  atsetat  va  pregnin  qo‘llaniladi.  Bundan 

tashqari,  gestagenlik  faolligiga  ega  bo‘lgan,  testosteron  xosilasi  bo‘lmish  norgestrel,noretindron, 

noretisteron, dimetisteron va boshqalar sintezlangan. 

____________________________________ 

Lotinchadan  gesto – ko‘tarib yurish (ya'ni xomiladorlikni saqlash nazarda tutilgan) 



 Davolash maqsadi uchun sintetik yo‘l bilan olinadi. 



38 

 

          P  r  o  g  ye  s  t  ye  r  o  n      endometriyga  ta'sir  etib  uni  tuxum  xujayrasini  implantatsiya  qilishga 



tayyorlaydi (proliferativ davr   sekretor davrga o‘tadi). U  miometriy  qo‘zg‘oluvchanligini   susaytiradi. 

Ovulyasiyani  oldini  oladi,  sut  bezi  to‘qimasini  o‘sib  rivojlanishiga  imkoniyat  tug‘diradi.  Xar  kuni 

mushak ichiga kiritiladi. Ichilganda u samarasiz. 

Davomli  ta'sir  etuvchi  gestagenlarga  oksiprogesteron  kapronat  (gidroksiprogesteron  kapronat, 

gormofort  )  kiradi.  Uning  ta'siri  sekinroq  boshlanadi  va  7-14  kun  davom  etadi.  Yog‘li    eritmalari 

mushak  ichiga  kiritiladi.  Medroksiprogesteron  atsetat  ham  davomli  ta'sir  ko‘rsatuvchi  preparat 

xisoblanadi. 14 kunda bir marta mushak ichiga kiritiladi. Enteral qo‘llash ham mumkin. 

     Pregnin  (etisteron)  faolligi  bo‘yicha  progesterondan  5-15  marta  kuchsiz.  Ichilganda  ham 

samarador. Odatda til ostiga qo‘yish tavsiya etiladi. Tabletkasini butunlay so‘rilib bo‘lguncha til ostida 

saqlanadi. 

      Gestagenlik  faollikga  ega  bo‘lgan  testosteron  xosilalari  (noretinodrel  va  boshqalar)  enteral 

kiritishga mo‘ljallangan. Ularning ta'sir davomliligi 1-3 kun. 

 Gestagenlarni  sariq  tana  funksiyasining  yetishmovchiligida  xomilani  tushishini  oldingi  olish 

uchun  (xomiladorlikning  1-yarimida),  xayz  ko‘rish  siklini  buzilishlarida  qo‘llaniladi.  Kontra  septiv 

vosita sifatida qo‘llaniladi. 

        Gestagen gormonlarning antogonistlari–antigestagen vositalar yaratilgan. Ulardan ba'zilari tibbiyot 

amaliyotiga  tadbiq  qilingan.  Shunday  preparatlardan  biri  bo‘lib  steroid  xosilasi    m  i  f  ye  p  r  i  s  t  o  n        

(  RU  486)  xisoblanadi.  U  gestagen  retseptorlari  bilan  bog‘lanib  (masalan  bachadonning)  gestagenlar 

(progesteron va boshqalar) ta'siriga to‘sqinlik qiladi. Mifepriston gestagenlik (agonistlik) faolligiga ega 

emas.  Jonivorlarda  o‘tkazilgan  eksperimentlarda  mefistonda  glyuko  kortikoidlar  bilan  antogonizm 

aniqlangan.  Tibbiyot  amaliyotida  asosan  mifepristonning  xomi  lani  tushirish  (abort)  xossasidan 

foydalaniladi.  Bunday  xolatlarda  mifepristonni  xomiladorlik  boshlangandan  so‘ng  qancha  erta  berilsa 

samaradorligi shuncha yuqori bo‘ladi. Xomiladorlikni tibbiyot ko‘rsatmalari bo‘yicha to‘x-tatish uchun 

ko‘pincha  mifepristonni  prostaglandilar  bilan  birgalikda  qo‘llaniladi.  Buning  sababi  shundaki, 

mifepriston ta'sirida miometriyning prosto glandinlarga sezgirligi ortib  

ketadi.  Shu  sababli  ikkala  preparatni  katta  bo‘lmagan  miqdorda  qo‘llaniladi  va  bu  ularning  noxush 

ta'sirotlarini  sezilarli darajada kamaytirish  imkonini  beradi.  Antigestagen  vositalar  xayz ko‘rish  siklini 

meyyorga keltirish uchun xam qo‘llash mumkin.  

 

Enteral qo‘llaniladigan va implantatsiya qilinadigan xomilador bo‘lib qolishdan saqlaydigan  

(kontratseptiv) vositalar. 

 

  Bu  grux  preparatlar  tug‘ilishni  boshqarish  uchun  qo‘llaniladi.  Ularni  nafaqat  nomaqbul 

xomiladorlikni oldini olish uchun, balki ota-onaning salomatligi, tug‘ish oralig‘ini, oiladagi bolalar soni 

va boshqalarni inobatga olgan xolda xomilador bo‘lishni rejalashtirish uchun qo‘llaniladi. 

Xomilador  bo‘lishdan  saqlaydigan  vositalarning  turli  xili  va  ularni  enteral  qo‘llash  sxemalari 

mavjud.  Yuqori  samaradorlikga  ega  bo‘lgan  va  noxush  ta'sirotlari  nisbatan  kam  bo‘lgan  eng  maqbul 

preparatlar quyidagilardir: 

1)  estrogen-gestagenlar kombinatsiyasidan iborat preparatlar; 

2)  gestagenlarni mikrodozalarini tutgan preparatlar; 

Estrogen preparatlardan odatda etinilestradiolni qo‘llashadi. Gestagenlar to‘plami yetarli darajada 

turli-tuman.  Ularning  ko‘pchiligi  testosteron  unumlariga  mansubdir  (noretindron,  norgestrel, 

levonorgestrel  va  boshqalar).  Estrogen  va  gestagen  miqdori  doimiy  bo‘lgan  monofazli  preparatlar 

(mikroginon, miniziston, femoden, diane-35, janin, logest, regulon, novinet va boshqalar) xamda ikki va 

uch  fazali  preparatlar  qayd  qilingan.  Oxirgi  ikki  holda  ayollar  xayz  sikli  davrida  turli  xil  miqdorda 

estrogen  va  gestagenlar  tutgan  tabletkalarni  qabul  qiladilar.  Bu  gormonlarlarning  qonda  ular 

konsentratsiyasini odatdagi xayz ko‘rish siklida kuzatiladigan o‘zgarishlarini ta'minlovchi eng muvofiq 

dozasini  tanlab  olish  imkoniyatini  beradi.  Bunday  uslub  noxush  asoratlarni  kamaytirishga  olib  keladi. 

Ikki  fazali  preparatlarga  antiovin,  uch  fazali  preparatlarga  –trikvillar,  triziston,  triregol  va  boshqalar 

mansubdir.  


39 

 

Preparatlar  ta'sir  mexanizmini  ovulyasiya  jarayonini  susaytirish  bilan  bog‘liq  deb  hisoblashadi. 



Bu  gipofizdan  follikulo  rag‘batlantiruvchi  va  lyuteinizatsiyalovchi  gormonlarni  va  ularni  biosintezi 

xamda  ajralishini  rag‘batlantiruvchi  gipotalamik  gormon  ishlab  chiqishini  kamayishi  tufayli  amalga 

oshadi. Bu muvofiq ravishda tuxumdonlar holatida o‘z aksini topadi, ya'ni ular menopauza davriga xos 

bo‘lgan  o‘zgarishlarga  uchraydilar.  Endometriyda  tuxum  hujayrasini  implantatsiyasiga  to‘sqinlik 

qiluvchi  o‘zgarishlar  sodir  bo‘ladi  (proliferativ  fazada  vaqtidan  avval  regressiya  va  boshqalar). 

Bachadon  bo‘yinidagi  shilliq  tarkibi  ham  o‘zgarib,  spermatozoidlarning  faolligini  susayishiga  olib 

keladi.  Estrogen-gestogen  preparatlar  amalda  100%  kontratseptiv  ta'sirini  ta'minlaydi.  28  kunlik  xayz 

siklida ularni 5-kunidan boshlab 21 kun qabul qilinadi. Ushbu preparatlarni qabul qilishni to‘xtatgandan 

so‘ng  reproduktiv  funksiya    tiklanadi.  Tiklanish  davri  kontratseptivlarni  qabul  qilish  davomligi  va 

organizmning  xususiyatlariga  bog‘liq.  Kontratseptivlarni  davomli  qo‘llaganda  bu  davr  bir  necha  oy 

davom etishi mumkin. Xomiladorlikdan avval ushbu preparatlarni qo‘llash mavjud kuzatishlar natijasiga 

ko‘ra xomilaga salbiy ta'sir etmaydi. 

Noxush ta'sirotlar preparatlarni qabul qilishning boshlanishida (birinchi 2 oy) ko‘proq kuzatiladi. 

So‘ngra ular miqdori kamayadi va 5-10% ga yetadi. Eng xos bo‘lgan noxush ta'sirot kuyidagilardir: qon 

ivishini  ortishi  (ko‘k  tomirlar  trambozi  va  tromboemboliyalar  xavfi),  jigar  funksiyasining  buzilishi, 

glyukozaga  turg‘unlikni  kamayishi,  bosh  og‘rig‘i,  bosh  aylanishi,  ko‘krak  bezlarining  zichlashishi 

(“dag‘allashishi”),  libidoni  o‘zgarishi,  ko‘ngil  aynish,  qayt  qilish,  xayz  ko‘rish  oralig‘ida  qon  aralash 

ajratmalar paydo bo‘lishi, tana vaznini ortishi va boshqalar. 

Estrogen-gestagenli  kontratseptivlar  tromboembolik  xastaliklar,  bosh  miyada  qon  aylanishning 

buzilishi,  reproduktiv  sistema  va  sut  bezi  o‘simtalarida,  jigarning  kuchli  disfunksiya-sida,  qandli 

diabetda, psixozlarda qo‘llash man etiladi. 

Shuni nazarda tutmoq lozimki, estrogen-gestagen  preparatlarni nafaqat xomilador bo‘lib qolishni 

oldini  olish,  balki  davolash  maqsadida  ham  qo‘llash  mumkin.  Jumladan,  ularni  xayz  ko‘rish  siklini 

buzilishlarida, polipozda, endometriozda va boshqa ginekologik xastaliklarda qo‘llaniladi.  

Xomilador  bo‘lishni  oldini  oluvchi  vositalarning  ikkinchi  guruxi  faqat  kichik  dozadagi 

gestagenlarni  tutadi.  Ularga  kontinuin  ,  mikrolyut  va  boshqalar  kiradi.  Ularning  ta'sir  mexanizmi  aniq 

emas. Gestagenli kontratseptivlar bachadon bo‘ynidagi shilliq tarkibi va miqdorini o‘zgartirib, ulardan 

spermatozoidlarni  o‘tishini  sekinlashtiradi.  Tuxum  hujayrasini  fallopiev  (bachadon)  naychalaridagi 

o‘tkazish  tezligini  kamayishi  ham  aniqlangan.  Bundan  tashqari  endometriyda  tuxum  hujayrasini 

implantatsiyalanishiga qarshilik qiluvchi o‘zgarishlar ham kuzatiladi. Shu bilan bir qatorda gipotalamo-

gipofizlar sistemani  mo‘tadil  susayishi  ham  ma'lum ahamiyatga ega  bo‘lishi  mumkinligini  inkor etish 

mumkin emas. Bu gurux preparatlarining kontratseptivlik samaradorligi, kombinatsiyalangan estrogen-

gestagen  preparatlarinikiga  nisbatan  pastroq.  Ular  ta'sirida  estrogen-gestagenli  kontratseptivlarga  xos 

bo‘lgan,  masalan  modda  almashinuviga  ta'sir  etish,  tromboflibitlar  chaqirish  xususiyatlari  kabilar 

noxush ta'sirot-larning kam namoyon bo‘lishi yoki umuman rivojlanmasligi estrogenlarning yo‘qligi va 

gestagenlar kichik dozada ega ekanligi bilan tushuntiriladi.        

Nomuntazam  hayz  siklining  va  hayz  ko‘rish  oralig‘ida  qon  aralash  ajratmalarni  paydo  bo‘lishi 

asosiy  noxush  ta'sirotlar  hisoblanadi.  Ba'zan  ko‘ngil  aynash,  bosh  og‘rig‘i,  depressiya  va  boshqalar 

vujudga  keladi.  Umuman  noxush  asoratlar  estrogen-gestagen  kontratseptivlarni  qo‘llagan-dagiga 

nisbatan anchagina kamroq rivojlanadi.  

Reproduktiv funksiya odatda gestagenli kontratseptivlarni qabul qilishni to‘xtatgandan 3 oy keyin 

tiklanadi. Sistemali noxush ta'sirotlarni kamaytirish uchun bachadon ichida gormon ajratuvchi majmua 

bo‘lgan    m  i  r  ye  n  a    preparati  taklif  etilgan.  Uning  tarkibida  o‘zidan  5  yil  mobaynida  uzluksiz 

levonorgestrel ajratib turuvchi konteyner mavjud bo‘lib, u bachadon bo‘yni sekretini zichligini oshirish 

va  endometriyga  tuxum  hujayrasini  implantatsiya  bo‘lish  jarayonini  susaytirish  xisobiga  maxalliy 

kontratseptiv ta'sir ko‘rsatadi. Mirena kontratseptiv ta'sirning yuqori daraja ishonchliligi va ayniqsa xayz 

ko‘rish  soni  va  ajralayotgan  qon  miqdorini  kamayishi  tufayli  rivojlanadigan  menorragiya  va 

dismenoreya bilan jabrlangan ayollarga muvofiq kelishi bilan ajralib turadi. 

 __________________________________ 

 

1



  Shu  sababli  ularni  aynan  yo‘riqnomada  ko‘rsatilgandek  qo‘llash  mumkin  (odatda  bir  oyda  4 

marta), aks xolda jiddiy  gormonal disbalans yuzaga kelishi mumkin 



40 

 

 



Tarkibida estrogen yoki gestagenlarning

1

 katta dozasi bo‘lgan preparatlar ham mavjud. Jumladan, 



p o s t i n o r (tarkibida levonorgestrel bor). Ularni jinsiy aloqadan keyingi 24-48 soat ichida qabul qilish 

kerak (postkoital kontratseptivlar deb ataladi).  

Xomiladorlikdan  asrash  vositalarini  takomillashtirish  bo‘yicha  olib  borilayotgan  tadqiqotlar  davom 

etmoqda.  Asosiy  vazifa  bu  100%  kontratsepsiyani  ta'minlagan  holda  prepa-ratlarning  noxush 

ta'sirotlarini  kamaytirish  va  ta'sir  davomligi  turli  xil  bo‘lgan  preparat-larni  yaratishdir.  Davomli  ta'sir 

etuvchi  kontratseptiv  depo-preparatlar  kata  qiziqish  uyg‘otadi.  (m-n,  gestagen  medroksiprogesteron 

atsetat;  uch  oyda  bir  marta  kiritiladi).  Teri  ostiga  implantatsiya  qilish  uchun  (1  ta  kapsula  5  yillik 

kontratsepsiyani  ta'minlaydi).  Tarkibida  gestagenlar  tutgan  silastik  kapsulalar  ham  yaratilgan 

(levonorgestrel tutgan norplant). Erkaklar uchun  ham kontratseptiv  vositalar  ham  izlanmoqda. Bunday 

moddalar spermato-genezni va maniy yetilishini keskin susaytirishlari lozim. Jumladan, paxta yog‘idan 

gossipol  preparati  olingan.  Ammo  uni  qo‘llaganda  noxush  asoratlar  sodir  bo‘lishi  darajasi  juda  ham 

yuqori  bo‘lib,  20%  erkaklarda  qaytmas  nasilsizlik  rivojlanadi.  Erkaklar  jinsiy  bezlari  funk-siyasini 

gipotalamo-gipofizar  boshqaruviga  ta'sir  etuvchi  preparat  ham  yaratilgan.  Gipofizdan  follikulo 

rag‘batlantiruvchi  moyaklarga,  spermatogenezga  kuchaytiruvchi  ta'sir  ko‘rsatuvchi  va  testosteronni 

ishlab chiqarishni o‘zgartirmaydigan gormon ajralishini tanlab susaytirish diqqatni  eng ko‘p jalb etadi 

(1-chizmaga  qarang).  Shunday  tipda  ta'sir  ko‘rsatish  erkaklar  urug‘lik  suvi  (maniy)dan  ajtatilgan 

ingibinga xosdir. 

 

Erkaklarning jinsiy bezlari gormonlari preparatlari  

(androgenlar

1

) va     antiandrogen vositalar. 

   Erkaklar jinsiy bezlaridagi Leydig (moyak   glandulotsitlari) interstitsial xujayralari testosteron 

gormonini  (  steroid  tuzilishli)  ishlab  chiqaradi.  Testosteronning  talaygina  qismi  ko‘pgina  a'zolarda  

(masalan  prostata  bezi)  degidrotestosteronga  aylanadi.  U  xujayra  ichida  joylashgan  androgen 

retseptorlariga  eng  ko‘p  affinitetga  egadir.  Androgenlarni  retseptor  ta'sir  prinsipi  boshqa 

steroidlarnikidek (bir xil).  

Testosteron  ta'sirida  jinsiy  a'zolar  va  ikkilamchi  belgilar  rivojlanadi,  spermato-genez  nazorati 

amalga oshiriladi. Testosteron oqsil sinteziga yordam berib (anabolik

 ta'sir) oqsil olmashinuviga kuchli 



ta'sir ko‘rsatadi, buyrak  naychalarida  suvni, kalsiy,  natriy,  xlor  ionlari  va  boshqalarni reabsorbsiyasini 

kuchaytiradi.      Testosteron  ishlab  chiqarish  gipofiz-ning  oldingi  bo‘lagining  gonadotrop 

(lyuteinizatsiyalovchi)  gormoni  bilan  boshqariladi.  Jigarda  testosterondan  (peshobda  aniqlanadigan) 

androsteron  (10  marta  kam  faol)  xosil  bo‘ladi.  Qon  zardobida  aylanib  yuruvchi  testosteronni  ng 

taxminan 65% jigarda sintezlanuvchi spetsifik globulin bilan bog‘langan bo‘ladi.  

Androgenlarning faolligi ba'zan biologik yo‘l bilan aniqlanadi. Sinalayotgan preparat axta qilingan 

xo‘rozga kiritiladi va atrofiyaga uchragan toji soqolchasining tiklanishi kuza-tiladi. Bitta ta'sir birligi (1 

TB) faolligi bo‘yicha 0,1 mg kristallik androsteronga mos keladi.  

Tabobat  amaliyotida  sintetik  (kimyoviy  tuzilishiga  qarang)  yo‘l  bilan  olinadigan  testoste-ronning 

efirlari: testosteron  p r ye p i o n a t  va        t ye s t e n a t  (testosteron enantat) keng qo‘llaniladi. Ikala 

preparat kuchli androgenlik  va anabolik  faollikga egadir. Testenat testo-steron propionatdan ta'sirining 

asta-sekin  rivojlanishi,  ammo  anchagina  davomliligi  bilan  farq  qiladi.  Testosteron  propionatni  ikki 

kunda  1  marotaba,  testenatni  esa  3-4  xaftada  1  marta  kiritiladi.  Ikkala  preparatni  ham  yog‘li  eritma 

shaklida  mushakka  kiritish  uchun  chiqariladi.  Ichilganda  ular  kam  samarador,  chunki  jigarda  tez 

parchalanadi.  

Sintetik androgen bo‘lgan  m ye t i l t ye s t ye r o n  kimyoviy tuzilishi va biologik ta'siri bo‘yicha 

xuddi testosteronga o‘xshash, ammo faolligi bo‘yicha undan bir necha marta sustroq. 

Metiltestosteronning  ustunligi  uni  ichilganda  ham  samarador  ekanligidadir.  Uni  tablet-kasini  til 

ostiga (sublingval) tamomila so‘rilib bo‘lguncha saqlash eng ratsional (maqul) dir.   

___________________________________________ 

 

1

Grekchadan  andros -erkak kishi, genos – urug‘ 



2

Grekchadan  anabole - ko‘tarilish 

 


41 

 

Androgen  faollikga  ega  bo‘lgan  preparatlarni  erkaklar  jinsiy  bezlari  funksiyasining  yetish-



movchiligida (jinsiy yetilmaganlik, impotensiya va boshqa buzilishlarda) xamda ayollarning sut bezlari 

va  tuxumdonlar  rakida,  dismenoreya,  klimakterik  (60  yoshgacha)  buzilishlarda  qo‘llaniladi. 

Androgenlar  noxush  ta'sirotlar  chaqirishlari  mumkin.  Ayollarda  muskulinizatsiyalovchi

1

  ta'sir 



(virilizm

2

)- tovushni dag‘allashishi, tuklarni erkakcha tipda o‘sishi va boshqalar. Orga-nizmda ortiqcha 



suv va natriy ionlarini ushlanib qolishi mumkin. Metiltestosteron ta'sirida sariqlik rivojlanishi mumkin.    

 


Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin