Ba'zi androgen preparatlar, antiandrogenlar va anabolik steroidlarning kimyoviy tuzilishi
A n d r o g ye n p r ye p a r a t l a r.
CH
3
CH
3
O
C
C
2
H
5
O
O
CH
3
CH
3
O
C
O
O
(CH
2
)
5
CH
3
Testesteron prpionat Testesteron enantat
A n t i a n d r o g ye n p r ye p a r a t l a r.
Flutamid
CH
3
CH
3
O
O
Cl
CO
CH
3
C
CH
3
O
N
H
O
CH
3
CH
3
C
NHC(CH
3
)
3
O
Siprateron atsetat Finasterid
___________________________________________
1
Lotinchadan masculinus - erkakcha
2
Lotinchadan virilis - erkaklarga xos
42
A n a b o l i k s t ye r o i d l a r.
O
CH
3
O
C
O
CH
2
CH
2
Fenobolin
O
CH
3
O
C
O
(CH
2
)
8
CH
3
O
CH
3
CH
3
CH
3
OH
Retobolil Metandrostenolon
Androgen gormonlarning antogonistlari ham yaratilgan. Umuman olganda testosteron ishlab
chiqarilishi gipotalamus gormon preparati gonodorelin yoki uning sintetik analogi leuprorelin
yordamida, agar organizmda ularni doimiy katta konsentratsiyalarini hosil qilish (dozalashning bunday
uslubida ular gipofizning oldingi bo‘lagining gonodotrop gormonlarini hosil bo‘lishini to‘xtatadilar)
bilan kamaytirish mumkin. Ushbu preparatlarni prostata bezining giperplaziyasida qo‘llash mumkin.
Androgenlar biosintezini keskin to‘xtatish qobiliyatiga zambrug‘larga qarshi vositalar ketokonazol
va uning analoglari (steroidlar sintezida qatnashuvchi R-450 sitoxromini qamal-lash hisobiga) xamda s
p i r o n o l a k t o n egadir.
Ammo androgenlar antogonistlari sifatida ikki gurux moddalar eng ko‘p diqqatga sazovordir.
1) androgen retseptorlarning qamallovchilar (siproteron atsetat, flutamid);
2) 5α- reduktaza ingibitorlari, testosteronni degidrotestosteronga aylanishini susaytiruvchilar
(finasterid).
Siproteron atsetat progesteronning xosilasi bo‘lib, steroidlarga mansubdir. Periferik to‘qimalardagi
testosteronga (digidrotestosteronga) sezgir «Nishon» androgenlar retseptorini qamal qilib, preparat
spermatogenezni to‘xtatadi. Uni kiritishni to‘xtagandan keyin spermato-genez 4 oydan keyin tiklanadi.
MNS dagi androgen retseptorlarini qamallab, u jinsiy xissiyotni susaytiradi va impotensiyaga o lib
kelishi mumkin. Antiandrogen ta'siridan tashqari siproteron atsetat arzimagan gestagenlik faolligiga ega
ekanligi gonadotrop gormonlarni va shu tufayli erkaklar jinsiy bezlaridan androgenlar ishlab
chiqarilishini kamaytirishiga sabab bo‘ladi. Qon zardobida testosteron bilan bir qatorda
lyuteinizatsiyalovchi va follekulo rag‘batlantiruvchi gormonlar miqdori ham kamayadi.
7-rasm. 5α – reduktaza ingibitorlari ta'sir joyining chizmasi.
Prostata bezi epiteliysi hujayrasi
T-testosteron
5α - R- 5α - reduktaza
DGT-degidrotestostero
R- androgen retseptor
G- X
2
– globulin (qon zardobidagi jinsiy gormonlar bilan bog‘lanadi)
43
Siproteron atsetat ayollardagi og‘ir girsutizm, akne prostata bezining giperplaziyasi, erkaklarda
juda kuchayib ketgan jinsiy intilishni davolashda qo‘llaniladi.Finasterid 5α-re-duktaza ingibitorlaridan
biri hisoblanadi. Kimyoviy tuzilishi bo‘yicha bu geterotsiklik steroid (4- azasteroid)dir. Yuqorida nomi
qayd etilgan ferment testosteronni degidrotesto-steronga aylanishiga yordam beradi, bu ko‘pincha
to‘qimalarda masalan, prostata bezi, sochlar follikulasida muntazam kechadi. Prostataning
giperplaziyasida digidrotestosteron miqdori ko‘payib ketishi haqida ma'lumotlar mavjud.
Digidrotestosteronning prostata bezidagi androgen retseptorlari bilan bog‘lanishi bezning
gipertrafiyasiga sharoit yaratuvchi o‘sish omilini hosil bo‘lishini kuchaytiradi. Hujayra yadrosi
membranasida joylashgan 5α- reduktazaning raqobatli ingibitorlari bo‘lgan finasterid prostata bezining
hujayralari ichidagi va qon zardobidagi digidrotestosteron miqdorini kamaytiradi.Prostata bezining
xavfsiz giperplaziyasini davolash uni qo‘llashga asosiy ko‘rsatmadir. Preparat bezning xajmini
kamaytiradi va taxminan 1/3 bemorlarda peshob ajratish jarayonini yaxshi laydi. Jinsiy mayllik va
libidoga odatda ta'sir ko‘rsatmaydi. Ovqat xazm qilish traktidan preparat yaxshi so‘riladi (taxminan
60%). Jigarda parchalanadi. t
½
~ 8 soat. Ta'siri 24 soat davomida saqlanadi. Buyrak va ichak orqali
ajraladi. Ushbu patologiyada 5α – reduktaza ikkala izoformasini faolsizlashtiruvchi dutasterid (avodart)
juda xam samarador (finasterid ko‘roq 2-tipini faolsizlashtiradi).
ANABOLIK STEROIDLAR
Yuqorida qayl etilganidek, androgenlar oqsil sintezini kuchaytiradilar, ya'ni anabolik faollikga
egadirlar. Bu skelet mushaklari, qator parenximatoz a'zolar, suyak to‘qimasi vaznini ortishida namoyon
bo‘ladi. Tananing umumiy vazni bunda ortib ketadi. Organizmdan azot, fosfor va kalsiyning ajralishi
sekinlashadi. Erkaklar jinsiy bezlari gormon preparatlarining androgenlik faolligi ularning anabolik
ta'siridan foydalanishni cheklaydi. Shu sababli and-rogen faolligi kuchsiz anabolik xossalari ortiqroq
bo‘lgan sintetik vositalar yaratilgan. Ular steroid brikmalardir. Ushbu brikmalarning asosiy biologik
ta'siridan va tuzilishidan kelib chiqqan xolda ularni anabolik steroidlar deb atashgan. Ushbu preparatlar
44
faolligini biologik yo‘l bilan aniqlash mumkin. Ushbu uslublardan biri axta qilingan kalamushlarning
m. levator ani massasini ortishini aniqlashga asoslangan. Tabobat amaliyotida qator anabolik steroidlar
qo‘llaniladi. Faol va davomli ta'sir ko‘rsatuvchi preparatlarga fenobolin (nandrolon fenilpropionat,
durabolin, nerobolil) va retabolil (nandrolon, dekanoat, dekadurabolin) mansubdir. Fenobolin 7-15 kun,
retabolil – 3 xafta ta'sir ko‘rsatadi. Ularning ta'siri asta sekin rivojlanadi (fenobolinniki 1-2 kundan
keyin, retabolilniki 2-3 kundan keyin). Preparatlarning yog‘li eritmalari mushakga kiritiladi.
Metandrostenolon (dianabol, nerobol) davomsiz ta'sir ko‘rsatadi. Uni tabletkalar ko‘rinishida 1 kunda 1-
2 marta beriladi Boshqa anabolik steroidlar – oksandrolon, stanozol, etilestrenol, silabolin xam
sintezlangan. Anabolik steroidlar oqsil sinteziga imkoniyat tug‘diradilar. Ularni qo‘llaganda ishtaxa
yaxshilanadi, tana vaz-ni ortadi. Osteoporozda suyaklarning kalsifikatsiyasi tezlashadi. Ushbu moddalar
regeneratsiya jarayoniga ijobiy ta'sir etadilar. Anabolik steroidlarni kaxeksiya, asteniya,
glyukokortikoidlarni davomli qo‘llaganda, nur bilan davolashdan so‘ng, osteoporozda, regeneratsiya
jarayonlarini kuchaytirish uchun (masalan suyaklar singanda) qo‘llaniladi. Qayd etilgan preparatlarni
qo‘llaganda ularning gormonal faolliklari bilan bog‘liq bo‘lgan noxush ta'sirlarni rivojlanishi mumkin.
Ayollarda maskulinizatsiyalovchi ta'sirot odatda kamroq darajada namoyon bo‘ladi. Ko‘ngil aynash,
shishlar, suyaklarda ortiqcha kalsiy to‘planishi, ba'zan jigar funksiyasining buzilishi mumkin. Anabolik
steroidlarni xomiladorlik, emizish davrida, prostata bezining raki, jigar xastaliklarida qo‘llash
taqiqlangan.
Preparatlar
Nomi
Chiqarilish shakli
Estrogen preparatlar
Estron - Oestronum
0,05% va 0,1% yog‘li eritmadan 1 ml tutgan ampulalar(1
ml da 5000 va 1000 TB bor)
Estradiol dipro pianat –
Oestradioli dipropionas
0,1% yog‘li eritmadan 1 ml tutgan ampulalar
Etinil estradiol-
Aethinyloestradiolum
0,00001 va 0,00005 g li tabletkalar
Sinestrol-
Synoestrolum
0,001 g dan tabletkalar; 0,1 va 2%
2
yog‘li eritmadan 1 ml
tutgan ampulalar
Gestagen preparatlar
Progesteron-
Progestronum
1 va 2,5 % yog‘li eritmadan 1 ml tutgan ampulalar
Oksiprogesteron kapronat-
Oxyprogesterone
capronate
12,5% va 25% yog‘li eritmadan 1 ml tutgan ampulalar
Pregnin -Praegninum
0,01 g li tabletkalar
Androgen preparatlar
Testosteron propi-onat-
Teststeroni propionas
1% va 5% yog‘li eritma 1 ml tutgan ampulalar
Testonat- Testotnatum
10% yog‘li eritma 1 ml tutgan ampulalar
Anabolik steroidlar
Metiltestosteron -
Methvltestosteronum
0.005 va 0.01 g li tabletkalar
Fenobolin-Phenobolinum
1% va 2,5% 1 ml tutgan ampulalar
Retabolil - Retabolil
5% 1 ml tutgan ampulalar
Metandrostenolon
Methandrostenololum
0.001 va 0.005 g li tabletkalar
45
Adabiyotlar
1. Xarkevich D.A. Farmakologiya. - M.: Meditsina, 2006, 2009.
2.Mashkovskiy M.D. Lekarstvennыe sredstva. – M.: Meditsina, 2001, 2005, 2007.
3.Spravochnik Vidal. – M., 2004, 2006, 2010.
4.A.T.Burbello, A.V.Shabrov. Sovremennыe lekarstvennыe sredstva.- Moskva,2007
Dostları ilə paylaş: |