3-rasm. Laktotrop gormonni ishlab chiqarilishiga ta'sir ko‘rosatuvchi vositalarning ta'sir etish joylari:
+ (plyus)- kuchaytiruvchi ta'sir,
- (minus)- susaytiruvchi ta'sir, D-dofamin retseptorlari.
Gipofizning orqa bo‘lagi gormonlari bo‘lmish oksitotsin va vazopressin (antidiuretik gormon)
polipeptidlar hisoblanadi. Sintetik yul bilan xam olingan. Miometriyga rag‘batlantiruvchi ta'sir etish
oksitotsinning asosiy ta'siridir. Oksitotsin ta'siriga xomiladorlikning oxirgi davridagi miometriy
ayniqsa sezgir bulib, u tug‘ishdan keyingi bir necha kun ichida xam shundayligicha saqlanadi.
Organizmda oksitotsin aminopeptitazalarga mansub bo‘lgan oksitotsinaza ta'sirida faolsizlantiriladi.
Oksitotsin dori preparati sifatida tug‘ish jarayonini rag‘batlantirish va tug‘ishdan keyingi davrda
bachadondan qon ketishini to‘xtatish uchun, xamda laktatsiyani kuchaytirish uchun qo‘llaniladi.
Oksitotsin toza holda chiqailadi (TB-ta'sir dozalanadi, mushak va qon tomirga kiritiladi). Bundan
tashqari pituitrin (gipofiz bezining orqa bo‘lagi suvli ekstrakti ) preparat tarkibida ham bor.
______________________________
1
Grekcha hemera-kun, alaos-ko‘r, qorong‘i, ops-nigoh, ko‘z, shapko‘rlik, qorong‘ida ko‘rishni
buzulishi.
12
D ye z a m i n o o k s i t o s i n (sandopart, demoksitotsin) oksitotsinni sintetik hosilasidir.
Oksitotsindan farq qilib, fermentlar ta'siriga chidamli va ta'siri davomlidir. Transbukal (lunjda tutish)
yo‘l bilan qo‘llaniladi.
Vazopressin (antidiuretik gormon )o‘ziga xos V-retseptorlar bilan bog‘lanadi.U asosan ikkita
podtipga bo‘linadi: V
1
va V
2
(3-jadval). V
2
-retseptorlar adenilatsiklaza, V
1
-retseptorlar –
fosfatidilinozitol sikli (inozitoltrifosfat va diatsilglitserol ikkilamchi vositachilardir) bilan alaqadorlar.
Vazopressin ikkita asosiy xossaga egadir: 1)nefronning distal qismida suvni qayti so‘rilishini
(reabsorbsiyasini) boshqaradi; 2) silliq mushaklarga rag‘batlantiruvchi ta'sir ko‘rsatadi.
3-jadval.Vazopressin ta'sirini yo‘nalishi.
Vazopressin
Retseptorlarnin
g podtiplari
Ta'sir doirasi
Ta'sir mexanizmi
Efekt
V
2
Buyraklar (nefronni
distal qismi)
Suvni reabsorbsiyasini
kuchayishi
Antidiuretik ta'sir
V
2
Qon ivish sistemasi
Qonda VIII omilini
miqdorini ortishi
Gemostatik ta'sir
V
1
Trombotsitlar
Trombotsitlar
agregatsiyasi va
degranulyasiyasini
kuchayishi
Tromb xosil bo‘lishini
kuchayishi
V
1a
Arteriya tomirlari
Tomirlar silliq
mushaklari tonusini
ortishi
Vazopressor ta'sir
V
1b
Gipofizning oldingi
bo‘lagi
Kortikotropin ajralishini
kuchayishi
Gidrokortizon
ajralishini ortishi
Vazopressinning asosiy ta'siri – bu suv almashinuviga ta'siridir. Distal naychalar va yig‘uvchi
kanalchalar o‘tkazuvchanligini oshirib (V
2-
retseptorlar bilan o‘zaro ta'siri tufayli) vazopressin suvni
reabsorbsiyasiga imkoniyat yaratadi va shuning natijasida peshob xajmini kamaytiradi (yoki
meyyorlashtiradi).
Gipofiz orqa bo‘lagi gormonlarining kimyoviy tuzilishi.
Pro – Ley – Gli(NH
2
) Pro – Arg – Gli(NH
2
)
| |
Sis – Asp(NH
2
) Sis – Asp(NH
2
)
/ \ / \
S Glyu(NH
2
) S Glyu(NH
2
)
| | | |
S Iley S Iley
\ / \ /
Sis – Tir Sis – Tir
Oksitotsin Vazopressin
Silliq mushaklarga jumladan, tomirlarga ta'siri V
1a-
retseptorlari orqali amalga oshadi. Bu
vazopressinning juda kata dozalarida (antidiuretik ta'sirni yuzaga chiqaruvchi dozalardan yuz marta
13
kattaroq) gina namoyon bo‘ladi. Qon bosimini ko‘tarilishi arteriola va kapillyarlar mushaklaridagi
retseptorlarga bevosita ta'siri bilan bog‘liq.
Katta dozalarda vazopressin ichakning silliq mushaklariga rag‘batlantiruvchi ta'sir etadi va
miometriyning qisqarish faolligini oshiradi. Xomilasiz va xomiladorlikning erta muddatlarida bachadon
oksitotsinga nisbatan vazopressinga ko‘proq sezgirdir. Xomiladorlik muddatini ortishi bilan buning aksi
kuzatiladi, ya'ni oksitotsin samaradorligi ortadi, vazopressinniki pasayadi. Shu narsa ko‘rsatilganki,
MNSda vazopressin neyromediator va neyromodulyator vazifasini o‘taydi. Gipofizning oldingi
bo‘lagidan kortikotropin ajralishiga (V
1b
– retseptorlarini rag‘batlantirish xisobiga) imkoniyat yaratadi.
Bundan tashqari vazopressin trombotsitlar agregatsiyasini (V
1
–retseptorlarga ta'siri) kuchaytiradi va
qon ivishida qatnashuvchi XIII omil miqdorini oshiradi.
Dori preparati bo‘lmish v a z o p r ye s s i n qisqa ta'sir etadi (30 min- 2 soat), chunki
organizmda aminopeptidazalar ta'sirida parchalanadi. O‘zgarish maxsulotlari buyrak orqali ajraladi.
Vazopressinning antidiuretik faolligi kuchliroq va tomirlarni toraytirish (vazokonstriksiya) xossasi juda
sust bo‘lgan xosilalari yaratilgan (desmopressin). Asosan vazopressor ta'sir ko‘rsatuvchi preparat xam
olingan (felipressin va boshqalar).
Qo‘llashga asosiy ko‘rsatma – qandsiz diabet. Bu maqsadda v a z o p r ye s s i n (teri ostiga,
mushak ichiga kiritiladi, TB- ta'sir birligida dozalanadi) p i t u i t r i n va a d i u r ye k r i n (quruq
pituitrin burun ichiga kiritiladi), shu bilan birga d ye s m o p r ye s s i n kabi yangi preparatlar
qullaniladi.
Preparatlar
Nomi
Chiqarish shakllari
Somatotropin-
Somatotropinum
Tarkibida 2 va 4 TB preparat
bo‘lgan flakonlar
Oktreotid- Octreotide
Tarkibida 0,00005; 0,0001 va 0,0005 g
preparat bo‘lgan ampulalar; 0,001 g
prepart bo‘lgan flakonlar
Kortikotropin-
Corticotropinum
10,20,30, va 40 TB tutgan flakonlar
(kiritilishdan oldin eritiladi)
Menopauza gonadotropini-
Gonadotropinum
menopaustieum
75 TB preparat tutgan flakonlar
(kiritishdan avval eritiladi)
Xorionik gonadotropin-
Gonadotropinum
chorionicum
500; 1000; 1500 i 2000 TB preparat
tutgan flakonlar (kiritishdan avval
eritiladi)
Laktin -Lactinum
100-200 TB preparat tutgan flakonlar
(kiritishdan avval eritiladi)
Oksitotsin- Oxytocinum
1 ml (5TB) preparat tutgan ampula
Pituitrin- Pituitrinum
1 ml (5TB) preparat tutgan ampula
Adiurekrin- Adiurecrinum
1,5 ml preparat bo‘lgan tomchilash
tyubiklari. 5ml (20 TB/ml) preparat
tutgan flakon.
Epifiz gormonlari preparatlari.
Epifiz (g‘urrasimon yoki pineal bez) har-xil biologik faol birikmalar shu jumladan, ko‘pincha
peptidlar tutadi. Epifizning asosiy gormoni bo‘lib melatonin
1
hisoblanadi. U epifizning hujayralari
(pinealotsitlar)da serotonindan hosil bo‘ladi., shu sababli uni (triptofan) aminokislotalar hosilasiga
mansub deb hisblanadi.
___________________________________________________
1
Melatonin bu N-5- metoksitriptamindir
14
Serotonin SeROTONIN
N-metiltransferaza ] ----------> ↓
N- atsetilserotonin
Gidroksiindol
O- metiltransferaza ] ----------> ↓
MELATONIN
Melatoninnig asosiy funksiyasi, chamasi tashqi muhitni yoritilganligi haqidagi ma'lumotlarni
bir kunlik biologik (sirkat) ritmlarni keyingi navbatda boshqarish uchun qayta ishlashdan iboratdir.
Epifizga tashqi yorug‘lik informatsiyasi quyidagi yo‘l bilan tushadi: ko‘zning to‘r pardasi →
gipotalamusning supraxiazmatik yadrolari → bo‘yindagi yuqorigi simpatik gangli → simpatik nervlar
→ epifiz. Insonlarda melotaninni eng ko‘p miqdori tunda ishlab chiqaradi. Demak, ko‘z to‘r pardasini
yorug‘lik bilan rag‘batlantirish susayganda melotaninni sintezi ortadi. Fiziologik va ta'sirotlarga javob
beruvchi kunlik boshqaruvi melotaninni reproduktiv sistema faolligiga mavsumiy ta'sir bilan
to‘ldiriladi. Melatonin o‘rtacha uxlatuvchi, tana xaroratini tushirish, lyuteinlashtiruvchi gormon
ajralishini susaytirish ta'siriga ega. Vaqt poyaslarini keskin o‘zgarishlarida (masalan, katta masofalarni
tayyoralarda bosib o‘tilganda), kunlik ritmlarga (ayniqsa uyqu) meyorlashtiruvchi ta'sir melatoninda
kuchli ifodalangan. Bundan tashqari unda antioksidantlik va immun tizimiga rag‘batlantiruvchi
faolliklar aniqlangan.
Melatoninni ta'sirlari uni faqat o‘ziga hos bo‘lgan melatonin retseptorlari (Me1 IA, IB, IC) bilan
o‘zaro ta'siroti tufayli yuzaga keladi. Ular ko‘p miqdorda supraxiazmatik yadrolar, ko‘zning to‘r
pardasida aniqlangan. Shu bilan bir qatorda ular talamusning paraventrikulyar yadrolari, oldingi
gipotalamus, bosh miyaning ko‘pgina qisimlarida, xamda ba'zi periferik to‘qimalarda (masalan teri
bezlarida), limfotsitlarda joylashganlar.
Melatoninning preparati (m ye l a k s ye n) uzoq masofalarni tayyora vositasida bosib o‘tishda bioritmni
boshqarish uchun qo‘llaniladi. Bu uyqu – tetiklik sikllarini meyyorlashuvida namoyon bo‘ladi. Asosiy
natija epifiz gormonal faolligining soatpoyaslarini tez almashinuviga adaptatsiyasi (moslashuvi) bilan
bog‘liq. Preparatni kechqurun (ichish yoki til ostiga) qo‘yish tavsiya etiladi. U ovqat xazm qilish
traktidan yaxshi va tez so‘riladi. Gematoensefalik to‘siqdan oson o‘tadi. Tez parchalanadi (metabolizmi
tez kechadi). Noxush asoratlari: uyg‘ongandan keyin uyqusirash (mudroq bosish), kuchsizroq darajada,
katta bo‘lmagan shishlar.
QALKONSIMON BEZ GORMONLARI PREPARATLARI VA ANTITIREOID VOSITALAR.
KALSITONIN.
Qalqonsimon bez gormonlari preperatlari
Qalqonsimon bez L-tiroksin (L-tetrayodtironin) va L-triyodtironin (4-jadval va kimyoviy
tuzilishlariga qarang) ishlab chiqariladi. Ularni sintezida taom tarkibidagi yod ishtirok etadi. Qonda
aylanib yurgan yodidlarni qalkonsimon bez yutadi va yodgacha oksidlaydi, u esa o‘z navbatida tirozin
aminokislotasi bilan bog‘lanadi. Bunda qalqonsimon bez gormonlarining o‘tmishdoshi bo‘lgan
monoyod tirozin va diyod tirozin xosil bo‘ladi. Ulardan sintezlangan tiroksin va triyodtironin
qalkonsimon
bez
follikulalarida
tireoglobulin
tarkibida
depolanadilar.
Bezdan
gormonlar
tireoglobulindan ularni ajratib oluvchi fermentlar vositasida qonga o‘tadi. Yodidlarni bezga yutilishi,
gormonlar sintezi va ularni qonga o‘tishi gipofizning oldingi bo‘lagidan ajraluvchi tireotrop gormon
vositasida boshqariladi. Qondagi L-tiroksinning deyarli xammasi, L-triyodtironini esa kamroq miqdori
globulin bilan bog‘langan bo‘ladi. Tiroksinni progormon deb hisoblash mumkin, chunki u hujayralarda
triyodtironinga aylanadi. U esa hujayra yadrolaridagi o‘ziga hos retseptorlar bilan o‘zaro ta'sirlanadi.
Retseptorlar tiroksinga nisbatan triyodtironinga ancha yuqori affinitetga egadirlar.
15
Qalqonsimon bez gormonlariga xos ta'sir bu modda almashinuvini rag‘batlantirishdir. Asosiy moda
almashinuvi ortadi, shunga mos ravishda ko‘pchilik to‘qimalarda kislorodni istemol qilish kuchayadi,
tana xarorati ko‘tariladi. Osillar, uglevodlar, yog‘larni parchalanish tezligi ortadi, qonda xolesterin
miqdori kamayadi. Tana vazni kamayishi mumkin. Qalqonsimon bez gormonlari adrenalin ta'sirini
kuchaytiradilar. Ana shunday ta'sirlardan biri bu taxikardiyani namoyon bo‘lishidir.
4-jadval. Qalqonsimon, qalqonsimon bez oldi va me'da osti bezi gormonlari, ularning preparatlari,
sintetik o‘rin bosuvchilari va gormonlar hosil bo‘lishini kamaytiruvchi vositalar.
Endokrin bezlar
Gormonlar
Gormon
preparatlari
Gormonning
sintetik o‘rin
bosuvchilari
Gormonlar
hosil
bo‘lishini
kamaytiruvchi
vositalar
Qalqonsimon
Tiroksin
Triyodtironin
Tiroksin
Triyodtironin
gidroxlorid
Tireoidin
(gormonlar
aralashmasini
tutadi)
Metiltiouratsil
Merkazalil
Propiltiouratsil
Diyodtirozin,
Kaliy yodid,
Yod
Kalsitonin
(trikalsitonin)
Kalsitonin
Kalsitrin
Qalqonsimon oldi
bezi
Parat gormon
Parotireoidin
Me'da osti
Insulin
Odam va
jonivorlar insulini
preparatlari
Glibenklamid
Butamid
Xlorpropamid
Medformin
Glyukogon
Glyukogon
Qalqonsimon bez gormonlari preparatlarining va ba'zi antitireoid vositalarning kimyoviy
tuzilishi.
Q a l q o n s i m o n b ye z g o r m o n l a r i p r ye p a r a t l a r i
O
CH
2
O
H
I
I
I
CH
NH
2
C
O
OH
HCl
Triyodtironin gidroxloridi
O
CH
2
O
H
I
I
I
I
CH
NH
2
C
O
OH
tiroksin
16
A n t i t i r ye o i d v o s i t a l a r
N
N
C
H
3
SH
Merkazolil
Diyodtirozin
Tireoid gormonlar organizmning o‘sishi va rivojlanishini boshqarishda ishtirok etadilar. Ular miya,
suyak to‘qimasi va boshqa a'zo sistemalarini shakllanishiga ta'sir ko‘rsatadilar. Ularni bolalik davrida
yetishmovchiligida kretinizm rivojlanadi. Kattalarda qolqonsimon bez yetishmovchiligi modda
almashinuvini susayishi, jismoniy va aqliy mexnat qilish qobiliyatini kamayshi, befarqlik, to‘qimalarni
shishishi (mukoid infiltratsiya), yurak faoliyatini buzilishi bilan nomoyon bo‘ladi. Bu patologiya
«meksedema»
1
nomini olgan.
Tabobat amaliyotida qalqonsimon bez gormonlarining quyidagi preparatlari qo‘llaniladi: tiroksin,
triyodtironin gidroxlorid , tireoidin.
L-tiroksinning natriyli tuzini odatda ichishga, kamroq tomirga kiritish uchun tavsiya etiladi.
Tiroksinning ta'siri asta sekin rivojlanadi va 8-10 kundan keyin eng yuqori darajaga ko‘tariladi. Ta'sir
davomligi bir necha haftani tashkil etadi. Jumladan, asosiy modda almashinuvining ortishi tiroksinni bir
marta kiritilgandan keyin 2-4 xafta davom etadi.
Triyodtironin gidroxlorid (liotironin) tiroksin kabi qalqonsimon bez gormonining sintetik analogi
hisoblanadi. Uning ta'siri tiroksinnikiga nisbatan tezroq boshlanadi.(24-48 soat oralig‘ida) va bir necha
kun davom etadi. Moda almashinuviga tiroksinga nisbatan 3-5 marta kuchliroq ta'sir ko‘rsatadi,
triyodtironin gidroxlorid ichish uchun beriladi.
Tireoidin so‘yilgan qora molning quritilgan qalqonsimon bezidan iborat preparat. Tireoid
gormonlar aralashmasidir. Preparatning faolligi turg‘un emas, chunki uni standartlash takomil emas
(tarkibidagi yodning miqdorini kimyoviy yo‘l bilan aniqlashga asoslangan).
Tireoid gormon preparatlarini qo‘llashga asosiy ko‘rsatmalar bu gipotireoidizm. Bunday
xolatlarda ko‘roq tiroksin va tireoidin qo‘llaniladi. Ta'siri tez nomoyon bo‘ladigan preparat sifatida
triyodtironin faqat o‘tkir kechuvchi patologik xolatlarda, masalan miksedema komasidagi bemorlarda
qullaniladi. Tireoid gormonlari preparatlarining dozasi oshirib yuborilganda qo‘zg‘oluvchanlikni
oshishi, terlash, taxikardiya, tremor (mushaklarning titrashi), tana vaznini kamayishi va boshqa belgilar
kuzatiladi.
Ovqat maxsulotlari tarkibida yodning yetishmasligi tufayli rivojlanuvchi gipotireoidizmda (oddiy
yoki endemik bo‘qoq) davolash asosan ovqatga yoki istemol qilinuvchi tuzga yodidlarni qo‘shishdan
iborat bo‘ladi.
ANTITIREOID VOSITALAR
Qalqonsimon bez giperfunksiyasida (gipertireoidizm, bazedov xastaligi) ta'sir yo‘nalishi
quyidagicha bo‘lgan prepartlar qo‘llaniladi.
a) gipofizning oldingi bo‘lagida tireotrop gormonni xosil bo‘lishini susaytiruvchilar;
Yod Diyodtirozin
_______________________________
1
Grekcha myxa - shilliq, oideva – shish
17
b)qalqonsimon bezda tireoid gormonlar sintezini susaytiruvchilar
Merkazolil Propiltiouratsil
v) qalqonsimon bezga yodni shimilishini buzuvchilar
Kaliy perxlorat
g)qalqonsimon bez xujayra follikulalarini yemiruvchilar
Radioaktiv yod
Yod molekulyar yoki yodidlar ko‘rinishida qo‘llaniladi. Me'da –ichak traktidan u yaxshi so‘riladi.
Tiroliberin va keyinchalik gipofizning tireotrop gormonini ishlab chiqarishini susaytiradi. Shunga mos
ravishda tireoid gormonlarini ishlab chiqarilishi kamayadi. Qalqonsimon bez hajmini kamaytiradi. 2-3
xafta mobaynida samarador.
D i y i o d t i r o z i n (ditirin) ni kiritganda xuddi shunday ta'sir mexanizmi asosida tireotrop
gormon ajralishi susayadi.
M ye r k o z o l i l (metimazol, metotirin) qalqonsimon bezda bevosita tiroksin va triyodtironinni
sintezini buzadi. Merkozalil ichiladi.
Unga xos eng kuchli nojo‘ya ta'sir bu - leykopeniya va agranulotsitoz. Shu sababli merkozalilni
qon tarkibini nazorati ostida qo‘llash kerak. Ba'zan dispepsik holatlar kuzatiladi. “Bo‘qoq” yuzaga
kelishi mumkin. U gipofizning oldingi bo‘lagidan tireotrop gormonini ishlab chiqarilishini ortishi bilan
bog‘liq (qondagi tireoid gormonlar miqdorini kamayishiga bo‘lgan reaksiya). “Bo‘qoq” yuzaga kelishini
oldini olish uchun yod va diyodtirozindan foydalanish mumkin.
Antitireoid vositalar sifatida, merkazolindan tashqari tiomochevinaning qator boshqa unumlarini
qo‘llash mumkin: karbimazol, propiltiourotsil. Ta'siriga ko‘ra ular merkazolilga o‘xshashdir.
Karbimazol organizmda merkazolilga aylanadi.
Kaliy perxlorad (xlorigen; KS1O
4
), qalqonsimon bezning yodni shimib olishini kamaytiradi.
Kamdan-kam hollarda qo‘llaniladi, asosan yengil va o‘rtacha darajadagi tireotoksikozni davolashda
ishlatiladi. U leykopeniya va agranulotsitoz rivojlvnishining sababchisi bo‘lishi mumkin.
Giperteriozning ba'zi shakllarida radiaktiv yod _
131
I (yarim parchalanish davri 8 kun) yoki -
132
I
(yarim parchalanish davri 2-3 soat) qo‘llaniladi. Qalqonsimon bez hujayralarning destruksiyasi asosan β
nurlar (90% nur ajratadi) va oz darajada γ-nurlar ta'sirida rivojlanadi. Natija asta-sekin yuzaga chiqadi
(1-3 oy va undan ko‘proq vaqtda). Bir qator bemorlarda preparatning dozasi chiqib ketganidan
miksedema belgilari paydo bo‘ladi. Preparatning natriyli tuz sifatida ichishga tavsiya etiladi. Dozasi
millikyuri (mKi) da belgilanadi.
Antitiroid preparatlar tireotoksikozni (bazedov xastaligi) davolashda hamda qalqonsimon bezni
jarroxlik yo‘li bilan olib tashlashga bemorlarni tayyorlash uchun (bemorlar holatini yaxshilash
maqsadida) qo‘llaniladi.
KALSITONIN (TIROKALSITONIN)
Kalsitonin asosan qalqonsimon bezning maxsus hujayralarida ishlab chiqariladi. U 32 ta
aminokislotalardan iborat bo‘lgan polipeptid. Kalsitoninning sekretsiyasi qondagi kalsiy ionlari
miqdoriga bog‘liq. Kalsitonin kalsiy almashinuvini boshqarishda qatnashadi (4-rasm). Uning asosiy
ta'siri – suyaklarda dekalsifikatsiya jarayonini susaytirishdir. Ichakdan kalsiy ionlarini so‘rilishiga va
ularni buyrak orqali ajralishiga kalsitonin ta'sir ko‘rsatmaydi. Sintetik, odam kalsitonini olingan
(sibakalsin).
Lasosning kalsitonini sintezlangan bo‘lib, m i a k a l s i k nomi bilan chiqarilmoqda. Faolligi
bo‘yicha insonning kalsitoninidan 30-40 marta ustun keladi va davomliroq ta'sir etadi.
Kalsitonin cho‘chqalarning qalqonsimon bezidan olinadigan k a l s i t r i n preparati tarkibida
ham bor. Kalsitoninni ostioporozlarda (m-n: davomli immobilizatsiya tufayli, qariyalardagi,
glyukokortiko-idlarni davomli qo‘llaganda) hamda nefrokalsinozda qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: |