O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA
SUV XO‘JALIGI VAZIRLIGI
BOTANIКA
(Ma'ruza matnlari)
Toshkent -2011
2
Sizga tavsiya etiladigan “Botanika” fani bo‘yicha ma’ruza matnlari tasdiqlangan namunaviy
dastur asosida yozilgan bo‘lib, ushbu fanga doir asosiy tushunchalar va ma’lumotlar qisqa bayon yetil-
gan, fanni chuqur va mukammal egallash uchun ko‘rsatilgan adabiyotlardan foydalanishni tavsiya et-
amiz.
Sizga taqdim etilayotgan ushbu ma’ruza matnlari fanni o‘rganishda ilmiy va uslubiy yordam
ko‘rsatadi degan umiddamiz va o‘z navbatida sizga omad tilaymiz.
Ma’ruza matni talabalar, aspirantlar, ilmiy xodimlar va o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan.
Birinchi nashr
TUZUVCHI: Biologiya fanlar nomzodi, dotsent H. A. Aхmedov.
TAQRIZChILAR:
O. Ashurmetov - Biologiya fanlari doktori, professor.
A. Sheraliyev - Biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
MUHARRIR X.Fayziyeva
Ma’ruzalar matnlari Qishloq xo’talik biotehnalogieasi va fitopotologieasi kafedrasining 2011 yil
26 .08 № 1 - sonli hamda universitet o‘quv-uslub kengashining 2011 yil 1 - bayonnomasi bilan
tasdiqlangan.
_______________________________________________________________________________
ToshDAU. Nashr tahririyati bo‘limi
Toshkent - 2011
3
Ma’ruza mavzulari
№ Ma’ruza
mavzulari
Soat
1
Botanika faniga kirish
2
2
Sitalogiya faniga kirish. Hujayra tuzilishi orgonoidlari va ularning vazifasi
2
3
Protoplast hosilalari va ularning tarkiblari
2
4
Hujayra yadrosining bo‘linishi
2
5
O‘simlik to‘qimalari
2
6
O‘simliklar marfologiyasiga kirish va asosiy qonuniyatlari
2
7
Vegetativ a’zolar: Ildiz vazifasi va morfologik tuzilishi
2
8
Novda, poya vazifasi va marfologiya tuzilishi
2
9
Barg vazifasi va morfologik tuzilishi
2
10
Generativ a’zolar. Gul va to‘pgullar
2
11
Gullash davri changlanish va urug‘lanish
2
12
Urug‘, meva tuzilishi va tiplari
2
13
O‘simliklarning ko‘payishi jinsiy ko‘payish Evolyutsiyasi
2
14
O‘simliklar sistematikasiga kirish. Viruslar, bakteriyalar
2
15
Suv o‘tlari va ularning klassifikatsiyasi
2
16 Zamburug‘lar lishayniklar va ularning klassifikatsiyasi
2
17
Arxegonial o‘simliklar yo‘sinlar, plaunlar, qiriqbo‘g‘inlar, paparotniklar
2
18
Ochiq va yopiq urug‘li o‘simliklar
2
19
O‘simliklar ekalogiyasiga kirish. Ekologik omillar haqida tushuncha
2
20 Iqlim omillari: Yorug‘lik, harorat, havo va suvga nisbatan o‘simliklarning
ekologik tiplari.
2
21
Edafik, biotik va antropogen omillar. O‘simliklarning hayot shakillari
2
22
Geobotanikaga kirish
2
23
O‘simliklar jug‘rofiyasi, o‘simlik zonalari
2
24
O‘zbekiston o‘simliklari va ularni muhafoza qilish
2
JAMI:
48s
ADABIYOTLAR
1. Burigin. V. A. Jongurazov. F. X. Botanika “O‘qituvchi” T.: 1977.
2. Кursanov. V. A. Кamarniskiy N. A va bosh.- Botanika “O‘qituvchi” 1977. I II tom.
3. Hamdamov I, Shukrullayev P va boshqalar- botanika asoslari “Mehnat” T.: 1990.
4. Soxabiddinov. S. “O‘simliklar sistematikasi” I II bob. “O‘qituvchi” T.: 1976.
5. Hamidov “O‘simliklar geografiyasi” “O‘qituvchi” T.: 1984.
6. Belolipov. I. V. Sheraliyev. A. Axadova. M. A. “O‘rta Osiyo o‘simliklari morfologiyasi” SOP,
TIPO, T.: 1991.
7. Holdarov. X. Xojimatov. К. X.“O‘zbekiston o‘simliklari”, “O‘qituvchi” T.: 1992.
4
1-MAVZU: BOTANIКA FANIGA КIRISH
Reja:
1. Botanika fanining maqsadi va vazifasi.
2. O‘simliklarning oziqlanish xususiyatlari.
3. Botanika fanining bo‘limlari.
4. O‘simliklarning sezuvchanligi.
Adabiyotlar: 1, 2, 3.
1. Hozirgi kunda planetamizda 1 mln. ga yaqin hayvon va 500 min. ga yaqin turli o‘simliklar bor-
ligi aniqlangan. Yer sharini umumiy maydoni 510 mln km
2
bo‘lib, shundan 149 mln km
2
ni quruqlik va
361 mln km
2
ni okean va dengizlar tashkil yetadi. Ana shu quruqlikda va suvda o‘suvchi o‘simliklarni
tuzilishini, ularni tashqi muhit bilan o‘zaro munosabatlarini, o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishida
bo‘ladigan hayotiy jarayonlar jumladan oziqlanish, nafas olish, ko‘payish, transpirastiya, fotosintez va
hokozolarni. Ularning kelib chiqishini, yer yuzida tarqalish qonuniyatlarini hamda o‘simliklar dun-
yosini ularning yaqin va uzoq belgilariga asoslanib ma’lum bir sistemaga (filogenetik sistema) solishni
va nihoyat o‘simliklardan ongli ravishda foydalanish hamda ularni muhofaza qilish yo‘llarini botanika
fani o‘rgatadi.
“Botanika” so‘zi grekcha “botane” so‘zidan olingan bo‘lib, ko‘kat, sabzavot degan ma’noni bild-
iradi. Demak, botanika umuman o‘simliklar to‘g‘risidagi fan bo‘lib, biologiyaning bir qismi hisobla-
nadi. Bakteriyalar va zamburug‘lar geterotrof o‘simliklar hisoblanadi. Ularning ayrim vakillari moxlar
va lishayniklar hatto Antraktidadagi muzlamagan ochiq joylarda ham o‘sadi.
Hozirda botanika fanining oldida turgan muhim vazifalardan biri tabiiy sharoitda uchraydigan
o‘simlik guruhlarini; cho‘l dasht, o‘rmon, o‘tloq va shu kabilar bo‘yicha o‘rganib, ulardan xalq
xo‘jaligida ongli ravishda foydalanishdan iboratdir.
2. Yer yuzidagi o‘simliklar oziqlanish xususiyatlariga ko‘ra 2 guruhga: avtotrof va geterotroflarga
bo‘linadi. Avtotroflar -xlorofill donachalariga ega bo‘lgan yashil o‘simliklar avtotrof o‘simliklar
deyiladi. Bu guruhga kiruvchi o‘simliklar oziqlanishi uchun kerakli organik moddalarni o‘zlari tayyor-
laydi. Avtotroflar ham o‘z navbatida ikkiga bo‘linadi: yashil avtotroflar; xlorofilsiz avtotroflar. Yashil
avtotroflarga quruqlikda, dengiz, okeanlarda hamda chuchuk suvlarda yashovchi barcha yashil
o‘simliklar kiradi.
Xlorofilsiz avtotroflarga kichik xlorofilsiz o‘simliklar kiradi. Ular oltingugurt, temir bakteriyalar
hamda erkin azotni o‘zlashtiruvchi azot to‘plovchi bakteriyalar bo‘lib, o‘zlari uchun kerakli organik
moddalarni sintez qiladi. Ammo bu jarayonda quyosh nuridan emas, balki oksidlanish natijasida ajralib
chiqadigan kimiyoviy energiyadan foydalaniladi. Shuning uchun bunday usulda organik moddalarni
hosil bo‘lishini xemosintez deyiladi S.V. Vinogradskiy (1856- 1953).
Geterotroflar - bular tayyor organik moddalar hisobiga yashaydigan organizmlardir. Getero-
troflarning bir qismi tirik organizm hisobiga oziqlanadi va ular parazitlar deyiladi. Masalan: inson,
hayvon va o‘simliklar organizmlarida yashaydigan bakteriyalar va zamburug‘lar.
Geterotroflarning yana bir qismi saporfitlar deyiladi. Ular o‘simlik va hayvon qoldiqlari yoki
chirindilar hisobiga hayot kechiradi. Masalan: bakteriyalar va zamburug‘lar. Saprofitlar tabiatda va
kishilar hayotida muhim ahamiyatga ega, chunki ular ishtirokida oqsilli organik moddalarni chirishi,
ya’ni parchalanib mineral moddalarga aylanishi, sut kislotali, yog‘ kislotali achish va spirtli bijg‘ish
jarayonlari bo‘lib turadi. Saprofitlarning bunday xususiyatlaridan yog‘i olingan qatiq, pishloq, sariyog‘,
terilarni oshlashda, silos, non, vino, pivo tayyorlashda keng foydalaniladi.
Aftotrof o‘simliklar anorganik moddalardan organik moddalarni sintez qilsalar, geterotrof
o‘simliklar esa uning aksini, ya’ni avtotrof o‘simliklar tomonidan tayyorlangan organik moddalarni
parchalab mineral moddalarga aylantiradi. Ana shu ikki guruh o‘simliklar ishtirokida tabiatda biologik
modda almashinish jarayoni bo‘lib turadi.
3. Botanika fani va uning asosiy bo‘limlari. Botanika fani bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan
quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi.
1. O‘simliklar morfologiyasi. 6. Ekologiya.
2. O‘simliklar anatomiyasi.
7.O‘simliklar
sistemat-
ikasi.
3. O‘simliklar fiziologiyasi.
8. O‘simliklar geografi-
5
yasi.
4.Biokimiyoviy. 9.Fitosenologiya.
5. Embriologiya.
10.Paleobotanika.
Bulardan tashqari o‘simliklarni kompleks o‘rganadigan yana bir qancha xususiy bo‘limlar ham
bor. Masalan: bakteriyalarni o‘rganadigan bakteriologiya, suv o‘tlari bilan shug‘ullanadigan algologi-
ya, zamburug‘lar haqidagi mikologiya. Daraxt va butalarni o‘rganadigan dendrologiya shular
jumlasidandir.
O‘simliklar insonlar hayotida muhim rol o‘ynaydi. Yashil o‘simliklar barcha tirik organizmlarni
kislorod bilan ta’minlaydi. Ular anorganik moddalarni organik moddalarga aylantiradi.
O‘simliklar va hayvonlar o‘rtasidagi asosiy farq ularning oziqlanishidadir. Ma’lumki, hayvonlar
(geterotrof o‘simliklar singari) tayyor organik modda hisobiga oziqlanadi.
O‘simliklar esa yuqorida aytilganidek fotosintez jarayonida organik moddalar hosil qiladi. Deyarli
hamma o‘simliklar ko‘payishida sporalar hosil qiladi. Hayvonlarda esa bu xususiyat juda kamdan- kam
uchraydi.
Tuban o‘simliklarni hayvonlardan keskin ajratuvchi boshqa belgilari deyarli yo‘q. Ayniqsa,
dastlabki paydo bo‘lgan tuban o‘simliklarni hayvonlardan ajratish ancha mushkul.
4. O‘simliklarning sezuvchanligi. Ayrim o‘simliklarda sezish xususiyatlari juda ham yuqori
bo‘ladi. Masalan: mimoza o‘simligida, hashoratxo‘r o‘simliklardan muxolovkada (Dionaea), rosyanka
(Drosera), nepentesda (Wepenthes), puzirchatkada (utriculata). Mimoza o‘simligining yashnab tur-
gan bargiga tegishingiz bilan barglari shalpayadi va butun o‘simlik so‘ligan ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Biroz vaqt o‘tgach barglar yana o‘z holiga qaytadi. MDHning Yevropa qismidagi botqoqliklarda
o‘sadigan rosyanka o‘simligi kichik bo‘lib, balandligi 10 -15 santimetrga yyetadi. Uning ildiz
bo‘g‘izidagi barglar to‘dasida mayda suyuqlik chiqaruvchi tuklar joylashgan. Hashoratlar bargga
qo‘nishi bilan ularni o‘rab oladi. Tuklar chiqargan suyuqlik tarkibidagi pepsin fermenti yordamida
“asir” nobud bo‘ladi. Undagi moddalar parchalanib hazm bo‘lib kyetadi. Кeyin tuklar yana qayta ochi-
lib navbatdagi o‘ljani ovlashga tayyorgarlik ko‘radi.
Кalkuttalik hind olimi Boz o‘simliklar odamlarning eng sezuvchi organlari- til va ko‘ziga qaragan-
da ham o‘ta sezuvchan ekanligini aniqlay oldi. Lekin bu sezuvchanlik hamma vaqt ham hayvonlard-
agidek ko‘zga tashlanmaydi. O‘simliklarda sezuvchanlik sitoplazma orqali bir hujayradan ikkinchi hu-
jayraga zudlik bilan o‘tadi. Mimozada bu tezlik sekundiga 20 mm tashkil qiladi.
O‘simliklarda harakatdan tashqari hayvonlar arteriyasidagi pulsga o‘xshash avtomatik puls
mavjudligini ham Boz aniqladi. U (desmodium gurans) o‘simliklardagi hatti- harakatni tekshirib
shunday xulosaga keldi: o‘simlikning murakkab bargidagi bargchalar doimo harakatda ekan, ana shu
harakat maxsus asboblar orqali yozib olinganda u insonning yurak urishiga o‘xshashligi ma’lum
bo‘ladi. Yashil o‘simliklardagi xloroplastlar tuzilishiga ko‘ra hayvonlar qonidagi eritrosidlarga
o‘xshash bo‘lar ekan. Kimiyoviyviy tarkibi jihatidan xlorofill gemoglobinga juda yaqin turadi. Azot
to‘plovchi bakteriyalar bilan simbioz hayot kechiradigan ba’zi o‘simliklarninig tuganagida gemoglobin
sintezi vujudga kelishi aniqlangan. O‘simliklarda zahira oziq modda sifatida to‘planadigan kraxmal,
hayvonlardagi glikogen moddasiga juda yaqin turadi. Bakteriya va zamburug‘ hujayralarida zahira
moddalar kraxmal emas, balki glikogen sifatida to‘planadi. Odatda o‘simliklar hujayrasi qattiq hujayra
po‘sti bilan o‘ralgan bo‘ladi. Lekin o‘simliklar orasida shunday hujayralar, ba’zan butun organizmlar
borki, ularda hujayra po‘sti yo‘q. Bularga suv o‘tlarning zoosporalari, shilimshiqlar va o‘simliklarning
jinsiy hujayralari (gametalar) kiradi.
Zamburug‘larning hujayra po‘sti tarkibida hayvonlar hujayrasida uchraydigan xitin moddasiga
o‘xshash moddalar bo‘lsa, ba’zi bir hayvonlar hujayrasida (assidiy) kletchatka (o‘simliklar hujayrasida
bo‘ladigan) uchraydi.
O‘simliklar ham hayvonlar ham metobolizm (modda almashinish) natijasida uglevodlar, oqsillar
va yoglardan ajralib chiqqan energiyadan foydalanadilar. Ana shu modda almashinish jarayonini
o‘simlik va hayvonlarda fermentlar, gormonlar va vitaminlar tartibga solib turadi.
Jinsiy hujayralarning hosil bo‘lishi, ularning hatti- harakati hayvonlar va o‘simliklarda deyarli bir
xil, ularni hujayralarini fizikaviy va kimiyoviy tuzilishlari ham o‘xshashdir.
Savollar:
1. Botanika fani nimani o‘rgatadi?
6
2. Botanika fanining qanday bo‘limlarini bilasiz?
3. O‘simliklarning sezuvchanligi deganda nimani tushunasiz?
4. Aftotrof o‘simliklar qanday o‘simliklar?
5. Geterotrof organizmlar deganda nimani tushinasiz?
6. Parazit o‘simliklar qanday o‘simliklar?
2-MAVZU: SITOLOGIYA FANIGA КIRISH. HUJAYRANING TUZILIShI, ORGANOIDLARI
VA ULARNING VAZIFASI
Reja:
1. Hujayra haqida tushuncha.
2. Hujayraning tuzilishi.
3. Protoplast tuzilishi.
Adabiyotlar: 1, 2, 3.
1. Hujayra xaqida tushuncha. Hujayra haqidagi ta’limotlar hujayraning kashf yetilishi mikros-
kopning yaratilishi bilan bog‘liqdir. Mikroskop so‘zi grekchadan olingan bo‘lib, “mikro” kichik,
“skopeo” ko‘raman degan ma’noni anglatadi. 1609 yili birinchi bo‘lib mikroskopni Galiley yaratdi.
Uning mikroskopi juda sodda tuzilgan linza va qo‘rg‘oshin turubkadan iborat edi. 1665 yili ingiliz oli-
mi Robert Guk birinchi bo‘lib mikroskopdan ob’ektlarni tekshirish maqsadida foydalandi. U mikros-
kop yordamida ukrop, buzina, qamish, pukak hamda boshqa o‘simlik to‘qimalarida juda mayda tutash
bo‘laklarni topdi va ularni kletkalar deb atadi. (“Кletka” grekcha “Кetos”) so‘zidan olingan bo‘lib,
bo‘shliq degan ma’noni anglatadi. Hujayraning kattaligi mikron (mk) millimetrning mingdan bir
bo‘lagini tashkil yetadigan kattalik bilan o‘lchanadi.
Zamonaviy linzalar bilan jihozlangan qudratli yorug‘lik mikroskoplari buyumini 2000 martaga-
chan katta qilib ko‘rsatib bera oladi (0.2 mk)
Elektron mikroskop mikroob’ektlarni 200000 marta va undan ham ortiq kattalashtirib beradi. Unda
maxsus o‘lchov birligi angstrem (A) qo‘llaniladi. 1 angstrem 0,0001 mk ga teng. Ammo hozir biologik
mikroob’ektlarni ulchashda ko‘proq nonometr ishlatiladi. 1 nm mikrobning mingdan bir qismidir (1 nm
q 0,0001 mk)
Hujayra o‘simlikning eng mayda tirik qismi bo‘lib hisoblanadi. Hujayra nafas oladi, oziqlanadi,
o‘sadi va bo‘linib ko‘payadi. O‘simliklar hujayrasining shakli va o‘lchami nihoyatda xilma-xildir. Bir
hujayrali organizmlarning hujayrasi, asosan ovalsimon, shar yoki egik tayoqcha shaklida bo‘ladi. Кo‘p
hujayrali organizmlar hujayrasining shakli va o‘lchami ularning holat i va bajaradigan funksiyasiga
bog‘liq. Shuning uchun ular ustinsimon, ko‘p qirrali, yumaloq, urchuqsimon va cho‘ziq bo‘lishi mum-
kin.
Yuksak o‘simliklar hujayralari ikki xil marfologik toifaga: parenximali va prozenximali hujay-
ralarga bo‘linadi. Parenximali hujayralar sharsimon, to‘g‘ri burchakli yoki ustinsimon, umuman bo‘yi
eniga tengroq bo‘ladi. Prozenximali hujayralarni esa, bo‘yi enidan bir necha marta ortiq bo‘ladi. Masa-
lan: kanop tolasi, paxta tolasi hujayrasi.
Juda ko‘p hujayralar oddiy ko‘zga ko‘rinmaydi. Faqat mikroskop orqali ko‘rinadi. Ayrim gigant
hujayralarni mikroskopsiz ko‘rsa bo‘ladi. Masalan: tarvuz, olma, pomidor mevalarining hujayralari,
ba’zan bularning o‘lchami 1 mmgachan yetadi. Кanop, zig‘irning prozenximali hujayralari 20- 40 mm
gacha, paxta tolasining uzunligi 60 mm gachan yetadi. O‘simlik hujayrasi to‘xtovsiz rivojlanadi.
Shuning uchun yoshiga qarab shakli o‘zgarishi mumkin.
O‘simliklar tanasidagi hujayralarning soni ham har xildir. Bir hujayrali organizmlar bakteriya, ay-
rim suv o‘tlari va zamburug‘-larda bitta, ko‘p hujayrali organizmlarda bir necha miliardgacha bo‘ladi.
2. Hujayraning tuzilishi. Hujayrani oddiy yorug‘lik mikros-kopida va elektron mikroskoplarida
ko‘rish mumkin. Oddiy yorug‘lik mikroskopida hujayrani quyidagi qismlari ko‘rinadi: 1) Sitoplazma;
2) hujayra shirasi - vakuola; 3) po‘sti; 4) yadrosi.
Elektron mikroskopda esa hujayraning yorug‘lik mikroskopida ko‘rinmagan qismlari ham
ko‘rinadi: 1) membrana; 2) teshikcha; 3) yadro; 4) endoplazmatik tur; 5) yadrocha; 6) mitoxondriy; 7)
plastida; 8) vakuola; 9) Goldjiy apparati; 10) ribosoma.
Hujayraning ichki bo‘shlig‘ini to‘ldirib turgan shilimshiq modda sitoplazma - protoplazama, plaz-
ma deb ataladigan yarim suyuq kolloid massadan, ancha quyuq jisim - yadro va alohida qo‘shilmalar-
7
plastida, mitoxondriya va ribosomalardan tuzilgan. Shu kabi hujayraning tirik qismlari, umumiy nom
bilan protoplast deb ataladi. Hujayraning po‘sti va hujayra shirasi, uning o‘lik qismi bo‘lib hisoblanadi.
Hujayraning har bir tirik qismi organoid deb ataladi va ma’lum bir hayotiy funksiyani bajaradi.
Hujayraning o‘lik qismlari ham tegishli rol o‘ynaydi. Hujayraning barcha organoidlari o‘zaro
bog‘langan juda murakkab biologik sistemadir.
3. Sitoplazma. O‘simliklar tirik hujayrasining sitoplazma-si (protoplazmasi) tashqi ko‘rinishdan
tuxum oqiga o‘xshaydigan shilimshiqsimon rangsiz suyuqlikdir. Uning solishtirma og‘irligi 1,01- 1,06
bo‘lib, tarkibida 90 % gacha suv bo‘ladi. Bu suv erkin holda yoki oqsil molekulalari bilan bog‘langan
bo‘ladi. U quyosh nurini nisbatan ko‘proq sindiradi, shu sababli mikroskop ostida yaxshi ko‘rinadi.
Sitoplazma yorug‘lik mikroskopi yordamida gialoplazma deb ataluvchi bir xil tarkibli, suyuq
modda va unga yopishgan mayda donachali zarrachalar granulalarga ajratiladi. Gialoplazma- sitoplaz-
maning matirikasi bo‘lib hisoblanadi. Gealoplazma elektron mikroskop orqali ko‘rilsa, endoplazmatik
to‘r, Goldji apparati, ribosoma, sferosoma, mitoxondriy, mikrotrubka kabi organellardan tashkil top-
ganini ko‘ramiz.
Sitoplazmaning kimiyoviy tarkibi juda murakkab. Unda anorganik moddalardan: SO
2
O
2
N
,
N
hamda kalsiy, fosfor, kaliy mikroelementlardan esa temir, marganes, natriy, xlor, magnit, brom, yod
(suv o‘tlarida), mis, kobalt, sink va boshqalar bor. Sitoplazmada 80 % suv, 12% oqsillar, 2 %, nuklein
kislotalar, 5 % yoglar, 1-2 % uglevod mavjud. Sitoplazmaning hujayra devoriga taqalgan qavati plaz-
malemma, vakuolalariga taqalgan qavati esa tonoplast deb ataladi. Plozmolemma bilan tonoplast
yupqa parda, ya’ni plazmatik membrana bo‘lib, juda yopishqoq va qayishqoqdir. Uning qalinligi 75-95
A
ga teng.
Endoplazmatik to‘r. Elektron mikroskop yordamida gialoplazmada juda nozik kanalchalarning
murakkab sistemasi borligi aniqlandi. Кeyinchalik endoplazmatik to‘r o‘zaro bog‘langan ultromikros-
kopik kanal, pufak va sisternalar sistemasidan iborat ekanligi topildi. Uning qoplamasi ko‘p hollarda
oraliq masofasi o‘zgarib turuvchi qo‘sh membrana shaklida bo‘ladi. Bunday qoplama ba’zida kengayib
o‘zaro kanalchalar bilan bog‘langan pufakchalar shaklida ham bo‘lishi mumkin. Endoplazmatik
to‘rning bajaradigan vazifalari har xildir.
Endoplazmatik to‘r bo‘shliqlarining hujayrada joylashuvi va shakli shuni ko‘rsatadiki, bu sistema
hujayra ichida moddalarning harakati va taqsimotida hamda hujayrada sodir bo‘ladigan modda al-
mashinish jarayonida muhim rol o‘ynaydi. Moddalarning sarflanishi uyg‘unlashgan joylarda. Masalan:
hujayra qobig‘i sintez qilinadigan qismlarda endoplazmatik to‘r kapillyarlari iste’mol zonalariga paral-
lel ravishda o‘tadi. Endoplazmatik to‘r assimiliyatsiya mahsulotlarini o‘simlik bo‘ylab harakatida
qatnashadi. Bulardan tashqari endoplazmatik to‘r birinchi navbatida assimiliyatorlar sintezida ishtirok
yetadi, oqsillar va fermentlar sintezida ham qatnashadi.
Goldji apparati. Buni birinchi marta 1898 - yilda italiyalik sitolog olim Goldji aniqlagan va dik-
tiosoma nomi bilan yuritilgan. Bu organoid ham endoplazmatik to‘r bilan fuknksional bog‘langan. Ular
ancha murakkab tuzilgan bo‘lib, go‘yo devorlari plazmatik membranalardan tuzilgan yassi sisternalar
paketiga o‘xshaydi. Diktiosomalarda organik moddalar vaqtincha to‘planadi va hujayraning boshqa,
qismlariga tarqaladi. Goldji apparatini hujayradan suyuqlikni chiqarishda, suv balansini tartibga
solishda, hujayradagi chiqindi va zaharli moddalarni to‘plashda hamda hujayra vakuolasi hosil qilishda
ahamiyati kattadir.
Dostları ilə paylaş: |