O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi



Yüklə 353,43 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/10
tarix06.06.2020
ölçüsü353,43 Kb.
#31745
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Botanika Maruza matnlari


To‘qay o‘simliklari. Bular daryo vodiylarida uchraydigan o‘simliklardir. Bu o‘simliklar cho‘llar 

zonasida joylashgan bo‘lsa ham ularni cho‘l o‘simliklar tipiga kiritib bo‘lmaydi. Bu o‘simliklar toshqin 



 

51

suvlar bosadiagn yerlarda, shuningdek sizot suvlari, yuza bo‘lgan yerlarda o‘sadi. Ular namdan 



toliqmaydi va ularning tuzilishida kseromorflik belgilari ko‘rinmaydi. To‘qay o‘simliklari Markaziy 

Osiyoning Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Chirchiq, Ohangaron, Surxandaryo kabi yirik daryolar 

bo‘yida yaxshi o‘sadi. Daraxt o‘simliklaridan turangil terak, tol, jiyda kabi o‘simliklar uchraydi. Bular-

ga ilon chirmoviq chirmashib o‘sadi. Buta o‘simliklaridan yulg‘un, jing‘il, oqtikan, oq chingil, 

sho‘rxok yerlarda sho‘ra o‘simligi, qora baroq, o‘t o‘simliklaridan qamish, ko‘ralar va boshqalar 

uchraydi. Suv toshadigan yerlarida ro‘vak, qizilmiya, kendir o‘sadi. Birmuncha quruq yerlarda 

savacho‘p, yantoq, oqbosh, qizilmiya va boshqalar uchraydi.  

3. O‘zbekiston tog‘larining o‘simliklari. Markaziy Osiyo tog‘laridagi o‘simliklar poyasini tas-

virlashda har xil olimlar turlicha sxema taklif qilgan. Akademik К.Zokirov Markaziy Osiyo 

tog‘laridagi o‘simliklarni uchta vertikal poyasga ajratadi. Bular adir (tog‘ oldi), tog‘ (tog‘larning o‘rta 

poyasi) va yaylov (tog‘ tepalari) poyaslaridir. 

Adirlar dengiz sathidan 500- 700 m dan 1200-1600 m gacha baland bo‘lgan tog‘ oldi tepaliklari 

bo‘lib, ularni cho‘llar zonasi bilan tog‘lar o‘rtasidagi bosqich deyish mumkin. Adirlar tuprog‘i to‘q 

bo‘z tuproq bo‘lib, efemerli cho‘llar tuprog‘iga o‘xshaydi, lekin ularga qaraganda tarkibida organik 

moddalar ko‘p. Adirlarning ayrim joylarida tog‘ jinslari yoki ularning emirilish mahsulotlari qattiq 

tuproq, shag‘al - tosh va qum - shag‘allar ko‘rinib turadi. Bu yerlarda jazirama yoz kam bo‘lib, yog‘in 

ko‘p (250-350 mm) yog‘adi. Adir o‘simliklari asosan rang o‘simliklari formatsiyalaridan tarkib topgan. 

U yerlarda karrak, kovrak, oq quvray va qo‘ziquloqlar eng ko‘p uchraydi. Yuqori adirlarni har xil o‘tlar 

(bug‘doyik, chalov) o‘sadigan quruq dasht ishg‘ol qilgan. 

Tog‘larnnig o‘rta poyasi o‘simliklari. Adirlar poyasining yuqorisini, dengiz sathidan 1200- 1500 

m dan 2800-3000 m gacha bo‘lgan balandliklarni tog‘lar poyasi ishg‘ol qiladi. Adirlarga nisbatan tog‘ 

poyasining relefi birmuncha notekis.  

O‘zbekistonda tog‘ poyasi katta maydonni ishg‘ol qilmaydi. Tyanshanning g‘arbiy tarmoqlarida 

(Qurama va Chotqol tizmalarida), Pomir- Oloy tog‘larida, Zarafshon tizmasida, Turkmaniston va Xisor 

tizmalariniing bir qismida tipik tog‘ poyasini ko‘rish mumkin. Tog‘ poyasidagi o‘simliklarni ikki aso-

siy tipga: dasht o‘simliklari va daraxt - buta o‘simliklariga ajratiladi.  

Dasht o‘simliklari tog‘ poyasining aksari quyi qismida o‘sadi va ular asosan bug‘doyiq - har xil 

o‘tlar hamda dasht formatsiyalaridan iborat. Bug‘doyiqni bo‘yi 50-70 sm ga yetadi. Ikki pallali 

o‘simliklarning qurg‘oqchilikka chidamli ba’zi turlari, jumladan, qo‘ziquloq, astragal, sentavriya, es-

parset, isfarak va boshqalar bug‘doyiqqa aralashgan holda o‘sadi. Bu yerlarda na’matak, yovvoyi ol-

cha, zirk, tuyasingir singari butalar, ba’zan serqoya yon bag‘irlarda archa ham uchraydi. Tog‘ poyasida 

o‘rmonlar hosil qiladigan daraxt butalardan iborat ko‘pgina formatsiyalar bor. Na’mataklar butalar 

ko‘p, bularga zirk, shilvi, irg‘ay kabi barg to‘kadigan butalar aralash o‘sadi. 2300-2500 m balandliklar-

da doimiy yashil buta zag‘azazorlarni ko‘rish mumkin. Tog‘larning 2000-2800 m balandligida darax-

tlar ko‘p. Bu yerlarda Shrenk eli, Semenov oq qarag‘ayi, o‘rik, archa, savr va boshqalar uchraydi. Bu-

lardan tashqari tog‘ poyasida mevali daraxtlardan olma, tog‘olcha, noklarning ko‘p xillari yongoqning 

turli xillari, do‘lana ba’zan anor, anjir, xurmo, jiyda, toklar uchraydi. Bargli daraxtlardan zarangning 

turlari, terak, tol, ba’zan qayin, chetan (ryabina) kabilar o‘sadi. 

Yaylovlar (baland tog‘lar) poyasi o‘simliklari. Tog‘ poyasidan yuqorida, dengiz sathidan 2700-

2800 m balanddan boshlab to qor chizig‘igacha bo‘lgan joylarni yaylovlar (baland tog‘lar) ishg‘ol qi-

ladi. Bu poyasda, o‘tloqlarda ko‘k sutlamalar). Yaylovlarning pastki qismida yer bagirlab o‘suvchilar, 

Turkiston archasi va buta-daraxtlar uchraydi. Dengiz sathidan 3200-3500 m balandda kichik-kichik 

o‘tloqlar uchraydi. Bu yerlarda boshoqdoshlar, ayiqtovondoshlar oilasi vakillari, va dasht 

o‘simliklardan betaga, chalovlar o‘sadi. Baland tog‘ poyasining o‘tloq va dasht o‘simliklari yozda juda 

yaxshi yaylov hisoblanadi.Tyanshanning betaga o‘sadigan bu dasht yerlarida mollar yil bo‘yi boqiladi. 

Pomirda kichik- kichik maydonlarda sug‘oriladigan dehqonchilik qilinadi. Bu yerlarda arpa, javdar va 

bug‘doyning sovuqqa chidamli turlari, hamda ba’zi sabzavotlar eqiladi. 

4.  Sug‘oriladigan yerlar (vohalar) ning o‘simliklari. O‘zbekistonning tekisliklaridagi va qisman 

tog‘ etaklaridagi sun’iy sugoriladigan hududlar voxolar deb nomlanadi. Eng yirik vohalar daryolar 

bo‘ylab joylashgan. Masalan: Chirchik daryosi vodiysidagi Toshkent vohasi, Sirdaryoning chap 

qirg‘og‘ida Mirzacho‘l vohasi, Zarafshon daryosining o‘rta va quyi oqimidagi Samarqand va Buxoro 

vohalari, Amudaryo etagidagi Xorazm hamdaQoraqalpoq va boshqa vohalar shular jumlasidandir. 



 

52

Sun’iy sug‘orish ta’sirida erning tuproq qatlami o‘zgargan, qadimiy sug‘oriladigan yerlarda qalin-



ligi 2-3 m ga etgan. Vohalarda dehqonchilik qilinadi. Turli xil madaniy o‘simliklar ekib o‘stiriladi. Vo-

halarning tabiiy o‘simlik qoplami ikkilamchi harakterga ega. U faqat o‘zlashtirilmagan yoki tashlandiq 

yerlarda paydo bo‘ladi.  

5. Yuqoridagilardan ko‘rinadiki O‘zbekistonning o‘simlik olami juda boy va xilma-xildir. Biroq 

uzoq yillar davomida o‘simliklar dunyosiga kam e’tibor berildi va undan foydalanishda ham jiddiy 

xatoliklarga yo‘l qo‘yildi. Natijada o‘simliklarning qimmatli turlari yo‘q bo‘la boshladi, ayrimlari 

yo‘qolish arafasiga keldi. Ana shunday turlar jumlasiga lola, yetmak, dorivor o‘simlik lagoxillus, anzur 

piyozi anor va shu kabilar kiradi. Bu o‘simliklar O‘zbekistonning “Qizil kitobi” ga kiritilgan bo‘lib, 

ular qonun yo‘li bilan muhafoza qilinmokda. O‘zbekiston hududida 4000 dan ortiq yovvoyi o‘simlik 

turlari mavjud bo‘lib, muhafozaga muxtojlari 400 atrofida. O‘zbekiston “Qizil kitobi” ga 301 tur kiri-

tilgan. Ularni muhafoza qilish uchun qo‘riqxonalar tashkil yetilgan. Jumladan O‘zbekistondaQoraqum 

cho‘lidagi Repetek, Orol dengizinnig cho‘l zonasidagi Borsa kelmas, Zomin tog‘-o‘rmon qo‘riqxonasi, 

Samarqand shahar atrofidagi Zarafshon qo‘riqxonalari.Qo‘riqxonalardagi tabiiy holat o‘z holicha 

saqlanadi, u yerlarda daraxt kesish, o‘t o‘rish, mol boqish, ov qilish kat’iyan man etiladi. 

Savollar: 

1.  Cho‘llar zonasining iqlimi qanday? 

2.  Cho‘llar zonasida qanday o‘simliklar o‘sadi? 

3.  Cho‘llar zonasinnig yaylov ahamiyati qanday? 

4.  Tog‘ o‘simliklari qanday poyaslarga ajratiladi? 

5.  O‘zbekiston tog‘larida qanday o‘simliklar o‘sadi. 

6.  Voha deganda nimani tushinasiz? 

7.  Vohalarda qanday o‘simliklar o‘sadi? 

8.  O‘simliklarni muhafoza qilish qanday tartibda olib boriladi? 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

53

 



 

 

 

 

 

 

 

 

MUNDARIJA 

Botanika faniga kirish  ...................................……… ............………… 



Sitalogiya faniga kirish. Hujayra tuzilishi, orgonoidlari va ularning vazifasi ........ 



Protoplast hosillari va ularning tarkiblari .... ............………… ............………… 



Hujayra yadrosining bo‘linishi .............…………… ............………… 



10 

O‘simlik to‘qimalari ...........................………………. ............………… 



12 

O‘simliklar marfologiyasiga kirish va asosiy qonuniyatlari .............………… 



13 

Vegetativ a’zolar: Ildiz vazifasi va marfologik tuzilis............………… 



15 

Navda, poya vazifasi va marfologiya tuzilishi ........... ............………… 



17 

Barg vazifasi va morfologik tuzilishi .................... ............………… 



20 

10 


Generativ a’zolar. Gul va to‘pgullar ....................... ............………… 

22 


11 

Gullash davri changlanish va urug‘lanish ………..…............………… 

24 

12 


Urug‘, meva tuzilishi va tiplari ............................... ............………… 

26 


13 

O‘simliklarning ko‘payishi jinsiy ko‘payish evalyutsiyasi ............... ............…… 

28 

14 


O‘simliklar sistematikasiga kirish. Viruslar, bakteriyalar ...........,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,, 

30 


15 

Suv o‘tlari va ularning klassifikatsiyasi ......... ............………… 

32 

16   Zamburug‘lar lishayniklar va ularning klassifikatsiyasi ............………… 



35 

17 


Arxegonial o‘simliklar yo‘sinlar, shoxlar, plaunlar, qiriqbo‘g‘inlar, paparotniklar.…  36 

18 


Ochiq va yopiq urug‘li o‘simliklar ....................... ............………… ............…… 

39 


19 

O‘simliklar ekalogiyasiga kirish. Ekologik omillar haqida tushuncha .……….. 

41 

20  Iqlim omillari: Yorug‘lik, harorat, havo va suvga nisbatan o‘simliklarning ekologik 



tiplari............………… ............………… ............………… ............………… 

 

43 



21 

Edafik, biotik va antropogen omillar. O‘simliklarning hayot shakillari …..............…  45 

22 

Geobotanikaga kirish ................................…….. ............………… ............…………  46 



23 

O‘simliklar jug‘rofiyasi, o‘simlik zonalari ........... ............………… ............…… 

48 

24 


O‘zbekiston o‘simliklari va ularni muhafoza qilish ... ............………… ............……  50 

 

 



 

 

 



 

 

Ma’ruza matnlari andozasi ToshDAU nashr tahririyati bo‘limi kompyuterida 



Z.Abdiqayumov, D.Islomov, A.Parpievlar tomonidan tayyorlandi. 

___________________________________________________________________________________

________________________________________ 

Bosishga ruxsat berildi 02.08.99. Bichimi (60x84) 1/16. Shartli bosma tabog‘i 5. 

Nashriyot bosma tobog‘i 4,75. Adadi 1000 nusxa. Bahosi kelishilgan narxda. 

O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasining 10-505 sonli guvohnomasi asosida ToshDAU 



nashr tahririyati bo‘limining RIZOGRAF apparatida chop etildi. 

Yüklə 353,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin