Moxsimonlarning jinsiy va jinssiz usulda ko‘payishi. Moxsimonlarning jinssiz ko‘payishi spo-
rangiyda hosil bo‘lgan sporalar vositasida bo‘ladi. Sporalar qulay sharoitga tushgach undan yashil
rangdagi protonema hosil bo‘ladi. Uning pastki qismida rizoidlar hosil bo‘lib, ustki qismida bargli poya
hosil bo‘ladi. Sporalar morfologik jihatdan bir xil bo‘lsada fiziologik jihatdan farq qilganidan ayrimlari
anteridiyli, boshqalari arxegoniyli o‘simliklar hosil qiladi. Arxegoniyda tuxum hujayrasi hosil bo‘lsa,
anteridida xivchinli spermatozoidlar hosil bo‘ladi. Spermatozidning tuxum hujayrasiga tushishi na-
tijasida otalanib zagota hosil bo‘ladi. Sporadan zigota hosil bulgungacha bo‘lgan davr gametofit nasil
deb nomlanadi.
Zigotaning rivojlanishidan jinssiz nasl hosil bo‘lishi boshlanadi. Zigotaning o‘sishi sporangiyni
hosil bo‘lishiga sarflanib u quticha, oyoqcha va qopqoqchalardan iborat bo‘ladi.Qutichaning ichida
ko‘p miqdorda sporalar yetilib qulay sharoitga tushsa rivojlana boshlaydi. Bu naslga jinssiz nasil - spo-
30
rofit deyiladi.
Poporotniklarning jinsiy va jinssiz usulda ko‘payishi. Poporotniklarda sporofil nasli ustunlik
qiladi. Spora qulay sharoitga tushib, undan 3-5 mm kattalikdagi yashil o‘simta hosil bo‘ladi. Shakli
yuraksimon ko‘rinishda bo‘lib, rizoid vositasida tuproqqa birikadi. Yashil o‘simtada anteridiy va arxe-
goniy hosil bo‘ladi. Suv tomchisi mavjud bo‘lganda spermatazoid tuxum hujayrasini otalantirib zigota-
ni hosil qiladi. Zigotani rivojlanishidan sporofit hosil bo‘ladi va uning rivojlanishidan ma’lum vaqtga
etgandan keyin bargning orqa tomonida soruslar hosil bo‘ladi. Soruslar tashqi tomonidan indiziy
qatlami bilan o‘ralgan bo‘lib, uning ichida arxesporali to‘qima hosil qiladi. Arxesporada hosil bo‘lgan
spora rivojlanib, yuraksimon o‘simtani hosil qiladi.
Shunday qilib gametofit va sporafit nasl almashinib boradi.
Savollar:
1. O‘simliklar ko‘payishini mohiyati nima?
2. Vegetativ ko‘payish deganda nimani tushunasiz?
3. Qanday ko‘payish jinssiz ko‘payish deyiladi?
4. O‘simliklarni jinsiy ko‘payishi qanday sodir bo‘ladi?
5. Sporofit nasl deganda qanday naslni tushunasiz?
6. Gametofit nasl qanday vujudga keladi?
14-MAVZU: O‘SIMLIКLAR SISTEMATIКASIGA КIRISh. VIRUSLAR, BAКTERIYALAR
Reja:
1. O‘simliklar sistematikasining vazifalari.
2. O‘simliklar sistematikasining tarixi.
3. Viruslar va ularning faoliyati.
4. Bakteriyalar va ularning ahamiyati.
Adabiyotlar: 1, 3, 4.
1. O‘simliklar sistematikasining vazifasi yer sharidagi hamma o‘simliklarni ta’riflash va ayrim tur-
lar hamda turlar guruhining qarindoshligini evalyutsiya asosida aniqlashdan iboratdir.
O‘simliklar sistematikasi 500 mingga yaqin turdan iborat bo‘lgan o‘simliklar dunyosini biror qa-
rindoshlik belgilari bilan harakterlanuvchi alohida guruhlarga bo‘ladi.
O‘simliklar sistematikasi o‘simlik turlarining xilma- xilligini va uning sabablarini o‘rganadi.
Uning vazifasi quyidagicha.
1. O‘simliklarni klassifikatsiya qilish va uning rivojlanish tarixini o‘rganish.
2. O‘simliklarni o‘rganishda turli uslublardan foydalanish.
Hozirgi zamon o‘simlilkar sistematikasi filogentik sistema asosida tuzilgan. Bu sistema o‘simliklar
morfogenezi, ichki tuzilishi, individual taraqqiyoti, fiziologik va biokimiyoviy xususiyatlari, geografik
tarqalishi hamda tashqi muhit bilan o‘zaro munosabatlariga asoslanadi.
Hozirgi zamon sistematikasi o‘simliklarni puxta o‘rganish uchun, quyidagi usullardan foydalanadi.
1. O‘simlilkarni paydo bo‘lishini solishtirish solishtirma- morfologik usul.
2. Individual rivojlanishini o‘rganish ontogenetik usul.
3. O‘tgan geologik davrlarda o‘sgan o‘simliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish (paleobotanik
usul)
4. O‘simlik organizmlarining anotomik tuzilishini o‘rganish (anotomik usul).
5. Har bir o‘simlikning tarqalish hududini o‘rganish (geografik usul).
Bulardan tashqari sistematika fani yana bir qancha boshqa yordamchi usullardan foydalandi.
Botanika va agronomiya fani bir umumiy ob’ektni o‘rganadi va ularni ish uslublari hamda rivojlanish
tarixi o‘zaro chambarchas bog‘liqdir.
Botanika hamma o‘simliklarni turli- tumanligini, tuzilishi va rivojlanish qonuniyatlarini, agrono-
miya esa- madaniy o‘simlilkarni yetishtirishni o‘rganadi. Botanika asosida agronomiya fani vujudga
kelgan. Har ikki fanning maqsadi bitta, u ham bo‘lsa o‘simliklardan foydalangan holda insonlarning
ularga bo‘lgan ehtiyojini to‘laroq qondirishdir.
Yaylov va pichanzor o‘simliklarini o‘rganishda, agromeliorativ ishlarni tashkil qilishda agronom
botanik sifatida, botanik esa agronom sifatida ish yuritadi. Shuning uchun ham agronom va botanik
o‘rtasida keskin chegara bo‘lishi mumkin emas.
31
Yuqoridagi usullarda o‘rganilgan o‘simliklar turli guruhlarga bo‘linadi, shu guruhlar taksanomik
birliklar yoki sistematik birliklar deyiladi.
Hozir sistematikada 6 ta taksanomik birlik keng qo‘llaniladi:
Bo‘lim - Divisio, sinf - Classis, tartib - Ordo, oila-Familia, avlod - Genus, tur - Species.
O‘simliklar olamini xilma-xilliklarini klassifikatsiyalashga urinish eramizdan avvalgi asrdayoq
boshlangan. Teofrast eramizdan avvalgi uchunchi asrda o‘simliklarni daraxt, buta, butacha, o‘tlarga
hamda botqoq o‘simliklari, ko‘l o‘simlilkari va hokazolarga ajratgan edi. O‘rta asrlarda ham
o‘simliklar sistematikasi yaratilagan, bunda o‘simliklar olamini guruhlarga bo‘lishda ular mevasini
shakli, urug‘ini joylanishi yoki gullarini bor yo‘qligi va boshqa kabi belgilar asos qilib olingan edi.
Bunday sistemalar son’iy sistema deb atalgan, chunki ular o‘simliklarni tasodifiy belgilariga
asoslangan bo‘lib, ularni qarindoshlik belgilarini yoki o‘simliklar ayrim guruhlari orasidagi farqni
amalda ko‘rsatib bera olmagan.
O‘simliklar sistematikasi rivojlanishidagi muhim davr shved olimi К. Linneyning (1738-y)
“O‘simliklarni sinfi” degan asari yaratilishi bilan boshlanadi. Linney bu asarida hamma o‘simlik tur-
larini 24 ta sinfga bo‘lgan edi.
Linney o‘simliklar olamini muayyan sinflarga bo‘lishda guldagi otaliklarning soni va ularning bi-
rikib o‘sish usullarini asos qilib oladi va bu bilan o‘simliklar klassifikatsiyasini birmuncha sodda va
qulay sistemasini yaratadi. O‘simliklar olamini turli tumanligini hozirgi zamon sistematikasi ikkita
katta bo‘limga: tuban yoki tallomli va yuksak yoki barg poyali o‘simliklarga bo‘ladi.
Tuban o‘simliklar. Tuban o‘simliklar kelib chiqishi jihatidan sodda tuzilgan organizmlar bo‘lib,
ularning tanasi organ (ildiz, poya, barg) larga ajralmagan va haqiqiy to‘qimalari bo‘lmaydi. Ularning
tanasi kattana yoki tallom deb ataladi. Hozir 200 mingdan ortiq turi aniqlangan (ko‘pi suvda). Shundan
3000 dan ortiq tur va shakllari O‘zbekistonda tarqalgan.
Ayrim tuban o‘simlik vakillarida (shilimshiq zamburug‘lar, zamburug‘lar, bakteriyalar) xlorofil
bo‘lmaganligi sababli, ular karbonat angidridni mustaqil o‘zlashtira olmaydi. Natijada tayyor organik
moddalar hisobiga oziqlanadi. Bularni geterotrof deyiladi. Bu organizmlarning ba’zi vakillari o‘simlik
va hayvon qoldiqlari, ya’ni chirindilar hisobiga yashaydi. Oziqlanish usulining bu turiga kiradigan
o‘simliklarni saprofit organizmlar deb yuritiladi. Yana ayrimlari esa tirik o‘simlik yoki hayvonlar
hisobiga yashaydi. Ular parazit organizmlar deyiladi. Tuban o‘simliklardan suv o‘tlari va lishayniklar
avtotrof yo‘l bilan oziqlanadi.
Viruslar bo‘limi - Virophyta. Viruslar (yunoncha - Virus - zahar) - bular yuqumli kasalliklarga
sabab bo‘ladigan ultramikroskopik tanachalardir. Ular tirik organimzlarda ko‘p uchraydi. Ular
tayoqcha, shar, ipsimon, bukilgan shakillarda bo‘ladi. Ularning o‘rtacha kattaligi 450-500 nm
(nonometrdan) iborat.
Faglar (yunoncha phagus - yutuvchi, yemiruvchi) mikroorganizmlarni yemiruvchi viruslardir, ular
suv, tuproq va boshqa muhitlarda uchraydi. Rikketsiyalar - bular ham mikroorganizmlar. Odam va
hayvon organizimida yashaydi, tif kasalliginini qo‘zg‘aydi.
Bakteriyalar. Bular juda mayda o‘simlik organizmlari bo‘lib, ularni mikroskopda juda katta-
lashtirib ko‘rish mumkin. Bular - geterotrof, oziqlanuvchi, xlorofilsiz organizmlar bo‘lib, o‘simliklar
olamida alohida o‘rin tutadi. Ular har qanday yashash sharoitiga ham moslasha oladi, shuning uchun
yer sharini hamma joyida uchraydi.
Bakteriyalar hujayrasining shakli har xil bo‘ladi. Sharsimon - kokki, to‘g‘ri ta
yoqchasimon - basilla, egik tayoqchasimon (vergul shaklida) - vebrion, spiralsimon - spirilla. Bir
hujayrali bakteriyalaridan tashqari koloniya bo‘lib, yashovchi bakteriyalar ham bo‘lib, ular alohida
hujayralar, kokklar yig‘indisidan iboratdir.
Ona hujayra bo‘linganidan keyin, tarqab ketmay juft - juft bo‘lib birikib qoladi. Bu qo‘shaloq
shakillar diplokokklar deyiladi. Bir tomonga bo‘linishdan hujayra zanjirlari hosil bo‘ladi. Bularni strep-
tokokklar deyiladi.
Ba’zi vaqtda hujayraning ko‘p marta bo‘linishidan hujayra to‘dasi hosil bo‘lib, ular uzum boshiga
o‘xshaydi va stofilokokklar deyiladi.
Ba’zan kokklar uchta o‘zaro kesishadigan tekisliklarda ko‘payib, bog‘lanib qoyilgan tovar toylari
singari shaklga kiradi. Bu to‘dalar sarsina deyiladi. Ular aerob - kislorodli, anaerob - kislorodsiz sha-
roitda yashay oladi. Qishda shahar havosida 1 m
3
da 4,5 minggacha, yozda 10-25 minggacha bakteriya-
32
lar bo‘lishi aniqlangan.
Bakteriyalar har 20-30 minutda bo‘linib turadi. Shu bo‘linishda 1 sutkada 636 mln. dona hosil
bo‘lib, 33 m-ni tashkil qiladi. Sharoit 3 kun saqlansa yer shari ekvator chizig‘ini 14 marta o‘rash uchun
yetarli bo‘lar ekan. Botulin toksini (zahari) bakteriyalar ishtirokida (go‘sht) baliq, konserva
mahsulotlarini aynishi natijasida hosil bo‘ladi. 1 g moddasi 60 mlyard sichqonni (1200000 T.tirik vazn)
zaharlashga yetadi.
Savollar:
1. O‘simliklar sistematikasining vazifasi nimalardan iborat?
2. O‘simliklar sistematikasi qanday usullardan foydalanadi?
3. Linney binar nomenklaturasining mohiyati?
4. Filogentik sistema deganda nimani tushunasiz?
5. Viruslar qanday organizmlar?
6. Bakteriyalar va ularning ahamiyati nimalardan iborat?
15-MAVZU: SUVO‘TLARI (ALGAE) VA ULARNING КLASSIFIКATSIYASI
Reja:
1. Suvo‘tlari haqida tushuncha.
2. Suvo‘tlarining klassifikatsiyasi.
3. Suvo‘tlarining ahamiyati
Adabiyotlar: 1, 3.
1. Tuban o‘simliklarning suvda, nam joylarda va tuproqda yashaydigan katta guruhi suvo‘tlari
deyiladi. Suvo‘tlar hujayrasida xlorofil bo‘lishi bilan bakteriyalardan farq qiladi. Lekin ular tarkibida
boshqa pigmentlar borligi tufayli rangi qo‘ng‘ir qizil va ko‘k- yashil bo‘ladi. Xlorofill borligi uchun
suvo‘tlar avtotrof o‘simliklar hisoblanadi. Suvo‘tlar tashqi ko‘rinishidan juda xilma- xil bo‘ladi. Ular
orasida mikroskopik mayda bir hujayralilar bilan bir qatorda bir necha o‘n metrga yetadigan juda yirik
vakillari ham bor. Кoloniya bo‘lib yashaydigan suvo‘tlar bir hujayralilar bilan kop hujayralilar
orasidagi bir todadir. Ularning tanasi o‘zaro bo‘sh birikkan hujayralar to‘dasidan iborat.
Suvo‘tlarining tanasi poya, barg, ildiz kabi organlarga bo‘linmagan tallomdir. Biroq ba’zi vakil-
larining tallomi birmuncha murakkab tuzilgan bo‘lib, funksyasiga muvofiq ravishda tanasi ayrim
qismlarga ajralgan bo‘ladi. Suvo‘tlari vegetativ, jinssiz va jinsiy yo‘l bilan ko‘payadi. Jinsiy yo‘l bilan
ko‘payish oogamiya, izogomiya, geterogamiya tipida ro‘y beradi. Suvo‘tlar dengizlarda va chuchuk
suvlarda suvning tiniqligiga qarab har xil chuqurlikda (tiniq dengizda 100-150 m ) yashaydi. Ularning
ba’zilari, asosan, mikroskopik shakillarining juda ko‘p to‘dasi erkin suzib yurib fitoplonkton hosil qi-
ladi. Boshqalari esa suv havzalari ostiga yopishib yashab, bentos (suv havzasi ostidagi o‘simlik va
hayvon organizmlar to‘dasi) tarkibiga kiradi.
Tuproq suvo‘tlari yer yuzasida va uning ustki qatlamlarida yashaydi. Ularning ko‘pi tuproqda or-
ganik moddalarni to‘planishiga yordam beradi va unumdorlikning muhim omili hisoblanadi.
2. Suvo‘tlarining juda ko‘p, 20 minga yaqin turi bo‘lib, ular 5 ta sinfga bo‘linadi. Shulardan biz
quyidagi: ko‘k- yashil suvo‘tlar (Cyanophyta), yashil suvo‘tlar (Chlorophyta), diatom suvo‘tlar (Di-
atomeae), qo‘ng‘ir suvo‘tlar (Phaeophyta) va qizil suvo‘tlar (Rodophyta) sinfi bilan tanishamiz.
Кo‘k- yashil suvo‘tlar- Cyanophyta. Bu suvo‘tlarga eng sodda, ko‘pincha bir hujayrali yoki ko-
loniya bo‘lib yashaydigan organizmlar kiradi. Кamdan - kam holda ko‘p hujayrali, ipsimon shakillari
ham uchraydi. Кo‘k - yashil suvo‘tlarining to‘dasi ko‘pincha shilimshiqqa o‘ralgan bo‘ladi. Bularning
nomi o‘ziga xos rangiga qarab berilgan. Ularning hujayrasida har xil pigmentlar: xlorofill, fikosian,
karotin va ayniqsa fikoeritrin bo‘lib, ularning o‘zaro nisbati turlicha bo‘lganligidan har xil rang hosil
qiladi. Ularning hujayrasi ovval, sharsimon, ustinsimon va boshqa shakilarda bo‘ladi. Hujayralari
tashqi tomondan ba’zan juda shilimshiqlanuvchi pektinli yupqa po‘st bilan o‘raladi. Hujayralarning
ichki moddasi bo‘linmagan. Shuning uchun uning yadrosini ham, plastidasini ham ko‘rib bo‘lmaydi.
Lekin protoplazma ikki xil pigment bilan bo‘yalgan tashqi va xromotin modda tutuvchi rangsiz ichki
(markaziy tana deb ata-
luvchi) qavatdan iboratligini ko‘rish mumkin.
Кo‘k - yashil suvo‘tlar vegetativ va jinssiz ko‘payadi. Кoloniya bo‘lib, yashaydigan vakillarida ko-
33
loniyaning bo‘linib ketishi kuzatiladi. Ular jinsiy yo‘l bilan ko‘paymaydi, ba’zan spora hosil qilishi
kuzatiladi. Bunda oddiy vegetativ hujayralar sporaga aylanadi. Sporalar ko‘payish uchun emas, balki
to‘rni noqulay sharoitidan saqlash uchun xizmat qiladi. Bu suvo‘tlar butun yer yuzida tarqalgan bo‘lib,
chuchuk va sho‘r suvlarda yashab, plankton, bentos hosil bo‘lishida ishtirok yetadi. Planktonda juda tez
ko‘payib, suvni “gullatib” yuboradi, natijada suv ichishga yaroqsiz bo‘lib qoladi. Кo‘k - yashil su-
vo‘tlar tuproq yuzasida va uning ustki qatlamlarida ham uchraydi. Ular yerda organik moddalarni
to‘planishiga yordam beradi. Ba’zi turlari atmosferadagi azotni o‘zlashtirib, tuproq unumdorligini oshi-
radi.
Кo‘k- yashil suvo‘tlarining o‘ziga xos vakillaridan biri ossillyariyadir. Bular ko‘pincha Markaziy
Osiyoda ariq bo‘ylarida, tog‘ darayolaridagi toshlarda uchrab, ko‘kish shilimshiq dog‘ hosil qiladi.
Кo‘k- yashil suvo‘tlarining yana bir vakili nostok bo‘lib, u tezoqar toza suvlarda yashaydi.
Markaziy Osiyo sharoitida u ko‘pincha tog‘ daryolaridagi toshlarda, kamdan- kam zax yerldarda
uchraydi. Nostok koloniya bo‘lib, yashaydigan suvo‘ti bo‘lib, uning ilonizi shaklidagi ipchalari o‘z
atrofida juda ko‘p shilimshiq to‘plab, tuzlangan pomidorga o‘xshash bo‘lakcha hosil qiladi.
Diatom suvo‘tlar - Diatomeae. Diatom suvo‘tlarining 5 mingga yaqin turi mavjud. Ular bir hu-
jayrali va koloniya bo‘lib yashaydigan organizmlaridir. Bularni hujayrasini shakli juda xilma - xil:
yumaloq, tayoqchasimon, uchburchak va hokazo bo‘ladi. Diatom suvo‘tlar sinfining eng harakterli bel-
gisi hujayrasi po‘stining tuzilishidir. Hujayra po‘sti pektindan tuzilgan bo‘lib, tashqi tomonidan yaxlit
kremniy pansir (qalqon) bilan o‘ralgan. Pansir bir- biriga teng bo‘lmagan ikkita palladan iborat. Palla-
lar shunday joylashganki, quticha qopqog‘i singari biri ikkinchisini o‘rab turadi. Кo‘pgina hujayralarn-
ing har bir pallasida tirqishsimon teshikchalar bo‘lib, ular orqali protoplazma tashqi muhit bilan
bog‘lanadi. Кremnezyom (qumtuproq) shimib olgan pallalar juda pishiq, qattiq va ko‘pincha chiroyli
gulli bo‘ladi.
Diatom suvo‘tlarining hujayrasi harakatchan bo‘ladi, ular sekin sudralib yoki tirqishsimon teshik-
chalardan chiqargan shilimshiq iplarning itarishi natijasida juda tez harakat qiladi. Bularni hujayralari
oddiy bo‘linish yo‘li bilan, jinsiy va jinssiz usullarda ko‘payadi.
Diatom suvo‘tlar dengiz va chuchuk suvlarda yashab, hayvonlarga oziqa bo‘ladi, plankton hamda
bento hosil qiladi. Dengizlarda diatomlarning protoplasti nobud bo‘lgandan keyin po‘sti dengiz tubiga
to‘planadi va bir necha million yillar davomida ulardan alohida tog‘ jinsi - diatomit yoki kremniy uni
hosil bo‘ladi. Diatomit g‘ovak, yengil bo‘lganligidan undan issiq o‘tkazmaydigan materiallar, g‘ovak
g‘isht tayyorlashda, turli metallarni shlifovka qilishda va portlovchi modda - dinamit tayyorlashda foy-
dalaniladi. Bularni vakili sifatida pinnulariyani ko‘rsatish mumkin. Pinnulariya ko‘pincha chuchuq suv
havzalarida, ko‘l, daryo, soy va hovuz suvlari tubida o‘sadi.
Yashil - suvo‘tlar - Chlorophyta. Yashil suvo‘tlar sinfiga 5500 dan ortiq tur kiradi. Bular bir hu-
jayrali, koloniya holdagi va ko‘p hujayrali organizmlardir. Yashil suvo‘tlarning xromotoroflarida faqat
xlorofill bo‘lib, boshqa pigmentlar bilan ni-
qoblanmagani uchun yashil rangda ko‘rinadi.
Yashil suvo‘tlarning eng sodda vakillari, ya’ni bir hujayralilarning ko‘pincha ikkita xivchini
bo‘lib, ular mustaqil harakatlana oladi. Bu hol yashil suvo‘tlar eng sodda hayvonlardan xivchinlilarga
yaqin ekanligini ko‘rsatadi. Yashil suvo‘tlar vegetativ, spora hosil qilish va jinsiy yo‘l bilan ko‘payadi.
Yashil suvo‘tlar asosan chuchuq suv havzalarida tarqalgan bo‘lib, suv ostida “balchiq” (tina) hosil
qiladi. Ba’zi vakillari dengizlarda, juda kam vakillari quruqlikda yashaydi. Bir hujayrali vakillari
plankton organizmlar hisoblanadi. Ular ko‘pincha tez ko‘payib, oqmas suvlarni ko‘kartirib yuboradi.
Кo‘p hujayrali vakillari suv havzalari tubiga o‘rnashib olib o‘sadi. Bular suv hayvonlari uchun oziq
bo‘ladi, “dengiz salatini” odamlar iste’mol qiladi.
Yashil suvo‘tlar sinfi, odatda, uchta kenja sinfga: teng xivchinlilar yoki asl yashil suvo‘tlar,
matashuvchilar yoki kon’yugatlar va xaralar yoki nurlilarga bo‘linadi. Ba’zi olimlar haralarni mustaqil
sinf deb hisoblaydilar.
Qo‘ng‘ir suvo‘tlar - Phaeophyta Qo‘ng‘ir suvo‘tlar vakillari sovuq va mo‘tadil iqlimdagi
dengizlarda yashaydi. Xromotoforida xlorofildan tashqari, qo‘ng‘ir rangli alohida pigment fikoksantin
bo‘lib, ularni o‘ziga xos rangga kiritadi.
Qo‘ng‘ir suvo‘tlar koloniya bo‘lib yashaydigan ko‘p hujayrali organizmlardir. Bu sinf ba’zi vakil-
larining hujayrasida qismlarga ajralish kuzatiladi. Bu hujayralar har xil to‘qimalar hosil qiladi. hamda
34
tallomni morfoloigk jihatdan barg va poyasimon organlarga ajratadi. Hujayralarning po‘sti sellulozadan
iborat, ba’zan pektin modda shimilgan bo‘lib, shilimshiqlanish xususiyatiga ega. Bular sporalar va
jinsiiy yo‘l bilan ko‘payadi. Ayrim vakillari is'temol qilinadi, ba’zilaridai kaliyli tuzlar, yod, aseton,
spirt, sirka kislota va hokazolar olinadi.
Qizil suvo‘tlar - Rhodophyta. Qizil suvo‘tlar ham dengiz va okeanlarda yashaydi. Bularning
tashqi ko‘rinishi va tuzilishi juda xilma - xil. Ipsimon, tup yoki plastinkasimon shakldagilari uchraydi,
ba’zan ular poya va bargga bo‘linadi. Hujayrasining po‘sti sellyuloza yoki pektindan iborat. Hujayrasi
ichida bitta yoki bir nechta yadro va plastinkasimon yoki yulduzchasimon xromotofor bo‘ladi. Qizil
suvo‘tlar xromotoforida qizil rangli alohida pigment - fikoeritrin bo‘lganligi uchun ular shunday nom
bilan ataladi.
Qizil suvo‘tlar sporalar va jinsiy yo‘l bilan ko‘payadi. Ularda ham jinssiz va jinsiy nasl gallanadi.
3. Suvo‘tlari suv, tuproq, taqir yerlar va qoyalarda, qor hamda muz tog‘larida, daraxt po‘stloqlarida
o‘sadi. Suvo‘tlaridan nihoyatda ko‘p biomassa hosil bo‘ladi. Suvda hech narsaga birikmasdan yumaloq
holda o‘sadigan plankton suvo‘tlar hayvonlarning oziqlanishida ahamiyati katta. Suvo‘tlarning turlari-
ga qarab, suvlarning iflos va tozalik darajasi aniqlanadi. Suvo‘tlarning biomassasi 1 m
3
suvda 6 - 14 gr
dan 34 kg gacha bo‘lishi mumkin. Insonlar suvo‘tlardan oziq- ovqat, yem- xashak sifatida,
dehqonchilikda o‘g‘it o‘rnida foydalanadilar. Suvo‘tlarida moy kam bo‘lsa ham, oqsil, uglevod va vit-
aminlar ko‘p bo‘ladi, sanoat uchun xom ashyo hisoblanadi. Кlodofora yashil suvo‘tidan sifatli qog‘oz
va kartonlar tayyorlanadi. Кo‘pgina suv o‘tlaridan yod, brom olinadi. Suvo‘tlarni quruq haydab, ko‘mir
smola, kreozid, yog‘och spirti, atseton olish mumkin. Qo‘ng‘ir suvo‘tlarining ba’zilaridan algin
kislotasi olinadi. Algin kislotasi esa to‘qimachilik va hokazo sanoatlarida (gazlama va qog‘ozga ishlov
berishda) shuningdek, plastmassa sanoatida ishlatiladi. Sapropel - chirindi qoldiqlaridan iborat organik
loyqa (Sibirda ko‘p tarqalgan). U chorvachilikda oziq- ovqat sifatida ishlatiladi. Uni quruq haydash
natijasida smola, koks olinadi. Bulardan o‘z navbatida benzin, kerosin, og‘ir moy, lak, organik
kislotalar, ammiak olsa bo‘ladi.
Savollar:
1. Qanday organizmlar suvo‘tlar deyiladi?
2. Ossillatoriya suvo‘ti nima bilan harakterlanadi?
3. Diatom suvo‘tlar nima bilan farqlanadi?
4. Suvo‘tlar qayerlarda hayot kechiradi?
5. Suvo‘tlarning ahamiyati nimalardan iborat?
16-MAVZU: ZAMBURUG‘LAR, LISHAYNIКLAR VA ULARNING КLASSIFIКATSIYASI
Reja:
1. Zamburug‘lar haqida tushuncha.
2. Zamburug‘larning klassifiktsiyasi.
3. Zamburug‘larning ahamiyati.
4. Lishayniklar haqida tushuncha.
5. Lishayniklarning klassifikatsiyasi
Adabiyotlar: 1, 3.
1. Tuban o‘simliklarning xlorofilsiz va tuzilishi juda turli - tuman bo‘lgan juda ko‘p turi zambu-
rug‘lar deb ataladi. Ular o‘z ichiga 100 mingdan ortiq to‘rni oladi. Zamburug‘lar tallofit o‘simliklardir,
chunki ular ham hech qachon suvo‘tlari singari haqiqiy to‘qima hosil qilmaydi va ularni tanasi
qismlarga (barg, poya, ildizga) bo‘linmaydi.
Ularning ko‘pchiligi mikroskopik mayda bo‘lib, nonda mog‘or, o‘simlik barglarida zangsimon
dog‘lar va shunga o‘xshash shakllarda ham ko‘rinadi.
Zamburug‘ tanasini mikroskop ostidan qarasak, uni chalkashib ketgan juda ko‘p ipchalar yoki gi-
falardan iboratligini, gifalar to‘planib mitseliy hosil qilganini ko‘ramiz. Gifalar shoxlangan va shox-
lanmagan, bir hujayrali yoki ko‘p hujayrali bo‘lishi mumkin. Zamburug‘ ba’zi turlarining gifalari tinim
holatiga o‘tishi mumkin. Bunda ular juda zich chalkashib olib sklerosiy deb ataladigan o‘ziga xos tuga-
nak hosil qiladi. Bir hujayrali zamburug‘lar, ular yumaloq yoki ellipis shakldagi alohida - alohida hu-
jayralardir. Masalan: achitqi zamburug‘lari.
Hujayrasi qobig‘ining kimiyoviy tarkibi bir xil emas. Po‘st hech qachon sellulozali bo‘lmay, unga
35
turli azotli moddalar aralashgan bo‘lib, ularda bir nechta yadro bo‘ladi. Ular kraxmal hosil qilmaydi,
uning o‘rniga boshqa uglevod glikogen hosil qiladi.
Alohida tuzilmalar - meva tanalar ko‘payish funksyasini bajaradi. Parazit zamburug‘larda -
gaustoriya hosil bo‘ladi. Zamburug‘lar jinsiy, jinssiz va vegetativ usullarda ko‘payadi. Vegetativ
ko‘payish oidiyalar -mitseliy ipchalarining parchalanishidan hosil bo‘ladigan ovalsimon hujayralar
yordamida ro‘y beradi.
Achitqi zamburug‘i -kurtaklanish yo‘li bilan ko‘payadi. Zamburug‘lar asosan sporalar yordamida
ko‘payadi. Gifalar uchida konidiya bandlarda yoki sporangiyda spora hosil bo‘ladi. Zamburug‘larda
jinsiy ko‘payish- izogamiya, oogamiya, usulida ro‘y beradi. Tanasining tuzilishi va ko‘payish
xususiyatlariga qarab, zamburug‘lar tipi quyidagi 6 ta sinfga bo‘linadi.
1. Arximisetlar yoki xitridiomisetlar sinfi. 2. Oomisetlar. 3. Zigomisetlar (bular tuban zambu-
rug‘lar) 4. Xaltachali zamburug‘lar yoki askomisetlar 5. Bazidiyeli zamburug‘lar yoki bazidiyamisetlar
(bular yuksak zamburug‘lar). 6. Takomillashmagan zamburug‘lar.
1. Arximisetlar sinfi - tanasi yalong‘och - yaxshi rivojlanmagan mitseliy rizomitseliydan iborat 3
xil ko‘payadi (vegetativ, jinsiy, jinssiz). Ular yosh karamni ildiz bo‘g‘zini zararlaydi. Qora
oyoq kasalligini keltirib chiqaradi. Unga qarshi ko‘rashish uchun tuproqqa ishlov berib nam-
likni kamaytirish kerak.
2. Oomisetlar sinfi mitseliysi shoxlangan alohida hujayralarga bo‘lingan bo‘ladi. Masalan:
Fitoftora zamburug‘i kartoshka, pomidor va poliz ekinlari bargida qo‘ng‘ir dog‘lar hosil bo‘ladi.
3. Zigomisetlar sinfi. Namiqib qolgan nonda, go‘ngda va boshqa organik substrotlarda oq tuksi-
mon g‘ubor shaklda paydo bo‘ladi. (Mog‘or zamburug‘i).
4. Xaltachali zamburug‘lar - bularda hosil bo‘lgan zigota xaltachaga aylanadi. Xaltachani ichida
sporalar hosil bo‘ladi. Ular unshudring, o‘simlik raki kasalligini keltirib chiqaradi, yana achish ja-
rayonida ishtirok yetadi. Shaftoli tafrinasi-shaftoli bargini sarg‘aytirib bujmaytirib yuboradi. Penisill -
zamburug‘i, shoxkuya zamburug‘i, qo‘ziqorin ham shu sinfga mansubdir.
5. Bazidiyali zamburug‘lar-sporalari maxsus bazidiyalarda etiladi. Qorakuya, zang, chang
qorakuyasi kasalliklarini keltirib chiqaradi. G‘ allaguldoshlar oilasi vakillarida ko‘p uchraydi.
6. Takomillashmagan zamburug‘lar. Bu sinf vakillari vilt kasalligini keltirib chiqaradi. Organik
moddalarni chiritishda ishtirok etadi. Simbioz hayot kechiradi. (mikoriza). Qo‘ziqorin va qalpoqchali
zamburug‘lar oziq-ovqat sifatida foydalaniladi. Achituvchi zamburug‘lar spirtli ichimliklar tayyor-
lashda, novvoychilikda, ulardan olingan fermentlar, yengil sanoat va oziq-ovqat sanoatida ishlatiladi,
hamda achituvchi zamburug‘lardan polivitaminlar tayyorlanadi. Salbiy tomoni, oziq-ovqatlarni buza-
di, yog‘ochlarni chiritadi. Кasalliklarni keltirib chiqaradi
Dostları ilə paylaş: |