Namangan davlat universiteti ijtimoiy-madaniy faoliyat kafedrasi



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/21
tarix22.06.2020
ölçüsü1,46 Mb.
#31926
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
ijtimoiy-madaniy faoliyat sohasida reklama.


 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI  
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM  VAZIRLIGI  
 
 
 
 
 
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI  
 
 
 
IJTIMOIY-MADANIY FAOLIYAT KAFEDRASI 
 
 
 
Ijtimoiy-madaniy faoliyat sohasida reklama  
fani bo’yicha  
 
 MA'RUZA MATNI  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Namangan -2014 

 
Tuzuvchi:   B.B. Inatullayev, Namangan davlat universiteti Ijtimoiy-madaniy 
faoliyat kafedrasi o’qituvchisi  
 
 
 
 
Taqrizchi: Z.U. Haydarov, Namangan davlat universiteti Ijtimoiy-madaniy 
faoliyat kafedrasi katta o’qituvchisi, t.f.n. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

K I R I SH  
 
Mamlakatimiz jadallik hamda o‘ziga xos qiyinchiliklar bilan bozor iqtisodiyotiga 
moslashayapti.  O‘zining  tuzilishi  bilan  yetarlicha  qiyin  bo‘lgan  bu  jarayon 
fuqarolarning dunyoqarashi va o‘zini tutishi jihatidan juda katta vazifalarni o‘rtaga 
qo‘yadi.  Hozirgi  kecha-kunduzda  ijtimoiy  hayotni  reklamalarsiz  tasavvur  etib 
bo‘lmaydi.  Chunki  reklama  kundalik  ehtiyojga,  aniqroq  qilib  aytganda  bozor 
talabiga aylanib qoldi. 
Reklama  shiddat  bilan  ijtimoiy  hayotimizga  kirib  kelmoqda.    XX      asr 
tarixga  ilmiy-texnika  taraqqiyoti  davri  bo‘lib  kirgan  bo‘lsa,  XXI  asr  axborot 
texnologiyasi davri bo‘ladi. Chunki dunyoning bu chekkasidagi axborot manbalari, 
yangiliklar,  xabarlar  tez  sur'atlar  bilan  dunyoning  u  chekkasida  namoyon 
bo‘lmoqda.  Axborotlarning  bunday  tez  tarqalishi  jamiyat  a'zolariga,  ijtimoiy 
hayotimizga,  insonlarning  turmush  tarziga,  kundalik  hayotiga  kuchli  ta'sir  etadi. 
Reklama  axborotning  san'at  darajasidagi  ommaviy  turi  bo‘lib,  u  turli  uslublar 
orqali  mahsulotlar  va  xizmat  turlarining  belgilari  va  texnologiyalarini  yorituvchi 
vositadir. Uning ahamiyati, ayniqsa jamiyatda ishlab chiqaruvchi kuchlar o‘rtasida 
raqobatning kuchaygan bir davrida oshib boradi.  Reklama  bu  –  aholiga  mahsulot 
yoki  biror  xizmat  turi    haqida  axborot  berish,  uning  afzalligi  va  imkoniyatlarini 
tushuntirish demakdir.  Reklama mahsulotning kelib chiqishi yoki  xizmat turining 
afzalliklarini,    unga  bo‘lgan  ehtiyojning  darajasini  ham  o‘zida  aks  ettiradi. 
Reklamada mahsulot haqidagi axborotlar bozorning to‘rtta talabini ham o‘z ichiga 
oladi.  Bu  –  mahsulot,  narxlar,  sotuv  va  targ‘ibot.      Reklama  tashkiloti  –  turdosh 
reklama agentliklari ma'lumotlarini umumlashtirib reklamaning yangi formasini va 
uning tarqatilishini boshqaradi. 
 
Demak,  reklama  biror  korxona,  muayyan  turdosh  buyum,  xizmat  yoki 
ijtimoiy  harakatning  el  orasida  nom  chiqarishini  ta'minlash  uchun  tovarga, 
xizmatga odamlar diqqatini jalb etish, bularni keng ma'lum qilish, ular to‘g‘risidagi 
ma'lumotlarni  tarqatish  maqsadida  olib  boriladigan  faoliyatdir.    Mohirlik  bilan 
tashkil etilgan reklama bozordagi xaridorlarning xohish-istagi va iste'molchilarning 
xatti-harakatlarini boshqarib borishda yordam beradi.  

REKLAMA VA UNING TARIXI 
Reja: 
1.  Reklama tushunchasi 
2.  Reklamaning  tarixiy ildizlari 
 
 
Reklama  tushunchasi.  Bozor  iqtisodiyotiga  o‘tish  bosqichida  mahsulotlar 
ishlab chiqarishning turlari nihoyatda ko‘paydi. Ayni paytda raqobat ham kuchayib 
bormoqda.  Raqobat  aslida  bu  yaxshi  ma'noda  sifat  uchun  kurashishdir.  Bozor 
manfaatlari  aynan  shu  raqobat  asosiga  quriladi.  Yaxshiroq  bir  kerakli  mahsulot 
ishlab chiqarish, ko‘proq sotish, foyda olish uning asosiy mezonidir. Reklama esa 
bunga  yanada  yordam  beradi.  Binobarin,  reklama  ko‘zga  tez  tashlanadi.  U 
daromad  to‘g‘risidagi  ijtimoiy  fikrni  o‘stiradi.  Natijada  tadbirkorlar  imkon  qadar 
yangilikka intiladi. 
 
«Marketing»,  «Reklama»  so‘zlari    shiddat  bilan  hayotimizga  kirib  keldi, 
ayniqsa  bu tushunchalar XX asrga kelib juda rivojlanib ketdi. Marketing  – ingliz 
tilida  «Bozor»  ma'nosini  bildirsa,  reklama  so‘zi  lotinchadan  olingan  bo‘lib, 
«Reclamare»  -  chaqiriq,  baqiriq,  jalb  qilish  ma'nosini  bildiradi.  Ingliz  tilida  esa 
«Adverting».  Reklama  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  axborot,  ya'ni  «Informatsiya»  bilan 
bog‘liq  bo‘ladi.  Chunki  har  bir  reklama  zamirida  axborot  ma'lumot  yotadi. 
Informatsiya  termini  ham  lotincha  bo‘lib,  «Informatio»dan  kelib  chiqqan. 
Reklamadan  hozirgi  vaqtda  jahon  ishlab  chiqarish  amaliyotida  keng 
foydalanilmoqda.   
 
«Savdo»,  «Sotuv»,  «Marketing»,  «Reklama»  terminlari  har  doim  ham 
o‘zining  aniq  ifodasida  ishlatilavermaydi,  gohida  ular  bir-biriga  qarshi  qo‘yiladi, 
gohida esa ulardan o‘zaro almashtirib foydalanadilar. Bu tushunchalardan ba'zilari, 
ayniqsa «marketing» va «reklama»ni rivojlantirish foydali.  Marketing tushunchasi 
ko‘p  aniqliklarga  ega.  Ular  orasida  tor  va  keng  ma'noli  tushunchalar  bor. 
Marketing tor ma'noda bu oddiy sistema, firma yoki korxonaning bozor mo‘ljalini 
boshqarish  faoliyatini  ta'minlaydi.  Shu  nuqtai  nazardan  marketing  –  bu 
texnologiyaning  unumli  o‘tkazilishidir.  Umuman  marketing  tushunchasi  keng 
qamrovli.  Unda  tovar  ishlab  chiqarish  tashkiloti,  xarid,  sotuv,  sotuvda 
ko‘maklashish, moliyaviy marketing xizmati, sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatish, 
jamoat bilan aloqa va haqiqiy reklama.  Marketing – juda og‘ir jarayon. Juda ko‘p 
hollarda  zafar  yoki  muvaffaqiyatsizlikni  aniqlaydigan  yagona    tovar  yoki  xizmat 
ko‘rsatishlar sotilishi omilidir. 
 
Tovarlarning  xaridorlarga  o‘tishi  hamisha  ham  o‘z-o‘zidan  bo‘laveradigan 
ish emas. Tovar tanqis bo‘lib turgan sharoitlardagina bozor tovarning sifati, bahosi, 
qanday  maqsadlarda  ishlatilishi,  mavsumiyligi  va  talabni  yuzaga  keltiruvchi 
boshqa omillarni ko‘p surishtirmay, hammasini hazm qilaveradi. Shu bilan birga, 
bunda tovarlar va xizmatlarga bo‘lgan talab qondirilmay qolaveradi.  
 Risoladagidek  rivojlanib  borayotgan  bozor  sharoitlarida  buyumlarni 
iste'molchi  oladigan  bo‘lishi  uchun  ularning  ko‘pchiligini  tegishlicha  hozirlash, 
faollik  bilan  tijorat  targ‘ibotini  olib  borish  kerak  bo‘ladi.  Ana  shu  o‘rinda 
xaridorlarning  diqqatini  tovarlarga  jalb  qilib,  odamlarning  qiziqishi  va  xohishi 
istagiga ta'sir o‘tkazadigan, rusum bo‘lib qolgan talablar o‘rniga yangilarini yuzaga 

keltiradigan  reklama  muhim  bo‘lib  qoladi.  Mana  shunday  reklama  talab-
ehtiyojlarni shakllantiradi. 
F.  Kotler  fikricha,  marketing  strategiyasi  o‘zgarishining  bosh  moyilligi 
strategiyadan  yo‘nalish  bo‘ylab  kengaygan,  tovar  sotilishiga  qaratilgan  mijozga 
markazlashgan  ta'sir  o‘tkazishdir.  Oddiy  qilib  aytganda,  agar  boshidan  kimdir 
ishlab  chiqarsa  yoki  tovarni  ulgurji  partiyasini  sotib  olsa,  keyin  qanday  sotish 
yaxshiligini  o‘ylasa,  u  holda  bu  birinchi  strategiyaning  namuna  nusxasi  bo‘ladi. 
Agar kommersiya faoliyatini o‘rganishdan boshlansa, ya'ni kimga hozir nima kerak 
ma'nosida o‘rganilsa ish faoliyati yaxshi natijalar berishi mumkin. 
 
Iqtisodiy  keskin  burilish  bugungi  kundagi  vaziyatda  mamlakatdagi  ko‘plab 
yirik ishlab chiqarish korxonalarining, tashkilotlarning ish faoliyatini qayta ko‘rib 
chiqishni talab qiladi. Shundan kelib chiqib ular o‘z imkoniyatlari doirasida ishlab 
chiqara oladigan tovarlari uchun talabni o‘rganadilar.  Shu bilan birga kutilmagan 
tezlikda  jadal  rivojlanayotgan  firmalar  mijoz  muammosiga  katta  e'tibor  qarata 
boshlaydilar,  to  munosib  ishlab  chiqilgan  marketing  dasturlari  paydo  bo‘lgunga 
qadar,  yaxshi  an'analar  asosida  qurilgan,  yo‘llangan  mijoz  yondashuviga 
tayaniladi. 
Reklama tarixi. Reklamaning sodda ko‘rinishlari eramizdan avvalgi asrlarga borib 
taqaladi. Reklamalar dastlab og‘zaki tarzda namoyon bo‘lib, chaqiriq, baqiriq, jalb 
qilish ko‘rinishida bo‘lgan. Jumladan, qadimiy Sharqda ham reklama dastlab juda 
tushunarli  va  kerakli  ko‘rinishda  og‘zaki  tarzda  amalga  oshirilgan.  Sharq 
bozorlaridagi «Obqoling, kebqoling», «olganlar  darmonda, olmaganlar armonda» 
qabilidagi  iboralar  ota-bobolarimizning  reklamadan  yaxshi  foydalanganliklariga 
dalil  bo‘ladi.  Oldi-sotti  ishlarida  molning  kamchiligini  aytib  sotish,  torozidun 
urmaslikka,  odob-axloq,  halollikka  rioya  qilish  ajdodlarimizdan  o‘tgan  ma'naviy 
qadriyat ekanligini ta'kidlash joiz. 
 
Qadimgi  bozor  peshtaxtalarida  mevalarning  did  bilan  terib  qo‘yilishi, 
xaridorlarni  baqiriq-chaqiriq  bilan  jalb  qilish  Sharq  bozorlariga  fayz  kiritgan. 
Hunarmandlar  mahallalardagi  do‘konlarda  mahsulotlarini  osib,  terib  qo‘yib 
xaridorga tavsiya etganlar. Ustalar mijoz bilan muomala qilish odobini ham hunar 
bilan  bir  qatorda  shogirdlariga  o‘rgatganlar.  Do‘konga  kirgan  xaridorlarga  bir 
piyola  choy  uzatib,  o‘z  mollarining  sifati,  narxi  haqida  suhbatlashganlar.  Savdo-
sotiq madaniyati o‘rta asrlardan rivojlanib kelgan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. 
 
Dastlabki  yozma  reklama  matni  Londondagi  muzeyda  saqlanadi.  U  Misr 
papirusiga  yozilgan  bo‘lib,  qul  savdosi  to‘g‘risida  bo‘lgan.  «U  yaxshi  ko‘radi, 
eshitadi,  sog‘lom,  buyurgan  ishlaringizni  itoat  bilan  bajaradi...»degan  so‘zlar 
yozilgan. Qadimiy Misrning Memfis shahrida toshga o‘yib yozilgan reklama matni 
topilgan.  Unda  shunday  satrlar  bor:  «Men  Mimos,  Gipr  orollaridan  bo‘lib,  shu 
yerda  yashayman.  Ollohning  roziligi  bilan  tushlaringizni  kelishilgan  narxda 
izohlab beraman». 
 
Qadimiy Rimda reklama uchun maxsus devorlar qurilgan bo‘lsa-da, boshqa 
devorlarda  ham  reklamalar  to‘lib  ketgan.  Rim  ma'muriyati  qaror  chiqarishga 
majbur bo‘lgan. Qarorda «Devorga yozish mann etiladi, kimki yozsa, unga g‘am, 
alam,  omadsizlik  bo‘lsin»  deyiladi.  Antik  alloma  faylasuf  Lutsiyaning  Anney 
Seneka  bundan  2000  yil  ilgari  o‘zining  do‘stiga  yozgan  maktubida  ko‘chadagi 

chaqiriq  va  baqiriqlardan  bezor  bo‘lganini  yozadi.  Chunki  u  shahar  markazida 
istiqomat qilar edi. 
 
XV-XVII    asrlardagi  yevropa  reklamalari  ko‘proq  import  va  eksport  tovar 
mahsulotlari  haqida  bo‘lar  edi.  Masalan,  kofe  birinchi  marotaba  1625  yilda 
gazetalar  orqali  reklama  qilingan.  Kakao  1657yil,  choy  esa  1658  yildan  reklama 
qilinib, qaysi bozorda xarid qilish mumkinligi ko‘rsatilgan. 
   
AQShda  birinchi  reklama  1704  yil  1  mayda  «New  Litlle»  gazetasida 
berilgan. Keyinchalik fan-texnika taraqqiy etib borib, radio kashf etilgandan so‘ng 
u  asosiy  axborot  vositasi  bo‘lib  qoldi.  Dastlabki  radio    reklama  AQShda  1922 
yilning 28 yanvarida 10 minutcha davom etib, 100 dollarga rasmiylashtirilgan. 
 
Filodelfiyalik Volni Palmer birinchilardan bo‘lib Amerika reklamasiga asos 
solgan.  U  1841  yildan  boshlab  gazetalarda  reklamalarni  joylashtirish  evaziga 
gazetadan tushayotgan daromadning 2 %iga ega bo‘ladi. 
 
XIX  asrda  Jorj  Rauel  Amerikada  eng  kuchli  reklama  agentligini  tashkil 
etadi.  1869  yilda  Rayel  birinchi  marotaba  «Amerikanskiy  gazetno‘y  spravochnik 
Rauela»  ni  chop  etib,  unda  500  dan  ortiq  Amerika  va  Kanada  gazetalaridagi 
ma'lumotlarni  jamladi.  Rauelning  bu  nashri  hozirgi  davrdagi  «FUEYeR»ning 
gazeta va jurnallardagi reklama spravochnigi»ga asos bo‘ladi. 
 
Yana  bir  reklama  kompaniyasining  asoschisi  Frensis  Uelend  Eyer  reklama 
ishiga yangilik kiritadi. 1875 yil Eyer reklamadan keladigan daromadning 12,5 % 
i, keyinchalik 15 % ini nashriyotdan oladigan bo‘ldi. Bu kelishuv hozirgi kungacha 
qo‘llanib kelinmoqda. Reklama biznesida bu kelishuv juda mos tushgandir. Nyu 
Yorkda  tashkil  etilgan  Jorj  Beton  reklama  agentligi  jahonda  eng  nufuzli  agentlik 
bo‘lib, uning 1891 yildagi daromadi 3 milliard dollardan oshar edi. 
 
Reklama  doimiy  huquq  va  iqtisodiyot  orasida  talash  bo‘lgan.  U  har  doim 
ezgu maqsadlarda foyda uchun xizmat qilgan.    
 Reklamaning eng sodda ko‘rinishlari uzoq o‘tmishga borib taqalsa-da, XIX 
asrning  o‘rtalarida  juda  katta  jamoatchilik  ehtiyojiga  aylandi.  XIX  asrning 
oxirlarida  AQShda,  XX  asrning  30-yillarida  Fransiyada  dastlabki  reklama 
agentliklari  faoliyat  boshlab,  hozirda  juda  katta  taraqqiyotga  erishdi.  1839  yilda 
Lui  Dagerning  fotografiyaga  asos  solishi  reklama  taraqqiyotidagi  navbatdagi 
bosqich bo‘lsa, 1920 yili AQShning Pittsburg shahridagi ilk eshittirish, 1941 yili 
dastlabki  televizion  ko‘rsatuvning  efirga  uzatilishi  reklamaning  mislsiz 
taraqqiyotiga omil buldi. 1969 yilda Isherpetning kashf etilishi  
dastlabki 
reklama  hayot'i  uchun  muhim  voqyea  bo‘lmasa-da,    hozirda    bu  tarmoq  orqali 
tushayotgan fond ham salmoqli bo‘lmoqda. Aslida reklama so‘zi taxminan 1850 
yilda  paydo  bo‘lgan  bo‘lib,  u  jismoniy  shaxslar  mahsulot,  shu  jumladan,  tovar 
belgisi,  xizmat  ko‘rsatish  belgisi  hamda  texnologiyalari  to‘g‘risida  har  qanday 
shaklda va har qanday vositalar yordamida qonun hujjatlariga muvofiq tarqatiladigan 
maxsus axborotdir. 
XIX  asrga  kelib  yevropada  ham  reklama  ishi  rivojlanib  ketdi.  Reklama 
agentliklari va kompaniyalari katta pul topa boshladilar, raqobat kuchaya boshladi. 
Albert Lasker reklama ishida yangi davrni boshlab berdi. So‘z ustalarini jalb qilib, 
shunday  reklama  matnini  tuzadiki,  XX    asr  boshlarida  «Lord  va  Tomas» 
yevropadagi eng yirik reklama firmasiga aylanadi.  

1923  yili  «Lord  va  Tomas»  reklama  agentligi  xodimlari  birinchi  marotaba 
reklama  ishi  bo‘yicha  o‘quv  uslubiy  qo‘llanma  yozganlar.  Bunday  reklama 
agentligi  ishlarining  rivojlanishi  reklama  biznesining  va  reklama  ishining  yanada 
taraqqiy etishiga olib keldi.  
Bundan  bir  asrdan  ortiqroq  muqaddam  Atlantada,  to‘g‘rirog‘i  Jorjiya 
shtatida  farmatseft  Jon  Pemberton  o‘zining  iqtisodiy  ahvoli  unchalik  yaxshi 
bo‘lmaganligi  sababli  o‘zini  boshqa  jihatdan  sinab  ko‘radi.  Uning  ishi  yurishib 
ketadi.  U  dunyoda  o‘sha  vaqtda  yagona  bo‘lgan  mahsulot  yaratadi.  Ya'ni  shu 
mahsulot  Dune  reklama  va  marketingini  yuqori  pog‘onaga  ko‘taradi.  U  1886  yili 
bir  o‘simlik  va  yong‘oqning  hidini  beruvchi,  jigarrang  xushta'm  sirop  yaratdi. 
O‘sha yili 1 mayda Pembertonning yaleksiri har stakani besh sentdan yaxob tarzida 
sotiladi.  Muvaffaqiyat  ketma-ket  kela  boshlaydi.  29  may  Atlantaning  «Djornl» 
gazetasida mazkur ichimlik katta sahifada reklama qilindi. Shahar aholisi yopirilib 
kela  boshladi.  Bu  hozirgi  maxsus  «Koka-kola»  ichimligi  edi.  Muhimi  shundaki 
o‘shanda  ham  hozir  sha  mshu  ichimlik  reklamasi  matnida  quyidagi  so‘zlar 
uchraydi:  Sifatli ichimlik, alkogolsiz xushta'm va mashhur ichimliklar mamlakati, 
chanqoq  vaqtni  bilmaydi,  Amerika  hayot  tarzining  umumiy  ramzi,  yoz 
mobaynidagi mo‘jiza. 
1949  yili  Kanadada  bo‘lib  o‘tgan  xalqaro  kongressda  «Reklama  ishining 
kodeksi» qabul qilindi. Bu kodeksni 14 ta davlat tasdiqlagan. Bu qonunda xalqaro 
reklamalar normativi, reklama etiketkasi va etikasi to‘g‘risida gapiriladi. 
XX asrda yevropadagi yirik korxona va idoralar o‘zlari ishlab chiqarayotgan 
mahsulotlarni  reklama  firmalari  va  agentliklari  orqali  targ‘ib  qila  boshladilar. 
Reklama  ishbilarmonlarining  eng  asosiy  va  birinchi  ish  qurollari,  yutuqlarining 
garovigina bo‘lib qolmay, o‘sha firma tashkilotining yuzini ochib beradigan keng 
targ‘ibot vositasi ham bo‘lib qoldi. 
Rasmiy  ma'lumotlarga ko‘ra hozirgi kunda vatanimizda yuzdan ortiq milliy 
va  xorijiy  reklama  agentliklari  yuksak  bosmaxona  bazasi  va  tadqiqot  markazlari 
yordamida faoliyat ko‘rsatmoqda. 
 
Uzoq  tarixiy  tajriba  asosida  sifat  o‘zgarishlariga  erishiladi.  Bu  yo‘l  oddiy 
axborot tarqatishdan boshlanib unga nisbatan shartli reflekslarning paydo bo‘lishi, 
axborotni  o‘ziga  singdirish,  ongli  ravishda  unga  munosabat  uyg‘otishgacha 
bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tadi.  
 
Tayanch  so‘z  va  iboralar:  marketing,  reklama,  reklamaning  maqsadi, 
reklamaning  vazifalari,  reklamaning  turlari,    reklamaning  ta'sir  qilish  omillari, 
reklamaning  ifoda  etish  omillari,  to‘g‘ri  reklama,  reklama  agentligi,  maqsadli 
bozor,  reklama  faoliyatining  psixologik  tuzilishi,  reklama  faoliyatining  ijodiy 
strategiyasi 
Nazorat savollari: 
1.  Reklama so‘zining ma'nosi nima ? 
2.  Reklama mahsulotlari tayyorlashning tarixiy ildizlari haqida nimalarni 
bilasiz? 
3.  Ilk reklama  qachon va qaerda paydo bo‘ldi?  
4.  Reklama bilan bog‘liq olimlarni qarashlarini aytib bering? 

5.  Qadimgi sharqda reklama qanday bo‘lgan?  
 
 
IJTIMOIY MADANIY FAOLIYAT SOHASIDA REKLAMA VA UNING 
JAMIYATDAGI O’RNI 
Reja: 
1.  Reklamaning jamiyat hayotida tutgan o‘rni 
2.  Reklama maqsad va vazifalari  
 
Reklamaning  jamiyat  hayotida  tutgan o‘rni.  Reklamaning sodda ko‘rinishlari 
eramizdan  avvalgi  asrlarga  borib  taqaladi.  Reklamalar  dastlab  og‘zaki  tarzda 
namoyon  bo‘lib,  chaqiriq,  baqiriq,  jalb  qilish  ko‘rinishida  bo‘lgan.  Jumladan, 
qadimiy  Sharqda  ham  reklama  dastlab  juda  tushunarli  va  kerakli  ko‘rinishda 
og‘zaki  tarzda  amalga  oshirilgan.  Sharq  bozorlaridagi  «Obqoling,  kebqoling», 
«olganlar  darmonda,  olmaganlar  armonda»  qabilidagi  iboralar  ota-
bobolarimizning reklamadan yaxshi foydalanganliklariga dalil bo‘ladi. Oldi-sotti 
ishlarida  molning  kamchiligini  aytib  sotish,  torozidun  urmaslikka,  odob-axloq, 
halollikka  rioya  qilish  ajdodlarimizdan  o‘tgan  ma'naviy  qadriyat  ekanligini 
ta'kidlash joiz. 
XX asrda yevropadagi yirik korxona va idoralar o‘zlari ishlab chiqarayotgan 
mahsulotlarni  reklama  firmalari  va  agentliklari  orqali  targ‘ib  qila  boshladilar. 
Reklama  ishbilarmonlarining  eng  asosiy  va  birinchi  ish  qurollari,  yutuqlarining 
garovigina bo‘lib qolmay, o‘sha firma tashkilotining yuzini ochib beradigan keng 
targ‘ibot vositasi ham bo‘lib qoldi. 
Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra hozirgi kunda vatanimizda yuzdan ortiq milliy 
va  xorijiy  reklama  agentliklari  yuksak  bosmaxona  bazasi  va  tadqiqot  markazlari 
yordamida faoliyat ko‘rsatmoqda. 
 
Uzoq  tarixiy  tajriba  asosida  sifat  o‘zgarishlariga  erishiladi.  Bu  yo‘l  oddiy 
axborot tarqatishdan boshlanib unga nisbatan shartli reflekslarning paydo bo‘lishi, 
axborotni  o‘ziga  singdirish,  ongli  ravishda  unga  munosabat  uyg‘otishgacha 
bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tadi.  
Reklamaning maqsadi. Reklama materiallari ko‘p maqsadlar uchun xizmat qiladi
hattoki  reklama  bir  maqsadni  ko‘zlaydigandek  ko‘rinsa  ham  to‘g‘risini  aytganda 
bu umuman bunday emas. 
 
Reklamaning asosiy maqsadi quyidagilardan iborat: 
 
- Potensial xaridorlarning e'tiborini tortish. 
 
- Xarid qilingan tovar xaridor uchun qanday foydali ekanligini ko‘rsatish. 
 
- xaridorga tovarni qo‘shimcha o‘rganishi uchun sharoit yaratish. 
 
-  Tovar  yoki  xizmat  to‘g‘risida  iste'molchida  aniq  bilish  darajasini 
shakllantirish. 
 
-  Sotuvchi  yoki  ishlab  chiqarish  firmalarining  imidjini  yaratish  va  yana 
iste'molchi va ishbilarmon sheriklar uchun savdo va sanoat markalarini tayyorlash. 
 
-Ushbu tovarda, xizmatda ehtiyojni shakllantirish. 
 
-Firmaga ijobiy munosabatni shakllantirish. 

 
-  Potensial  xaridorda  aynan  shu    reklama  qilinayotgan  tovarni  faqat 
raqibidan emas, balki,  shu firmadan xarid qilishga undash. 
 
- Sotilgan tovar, xizmatlar uchun rag‘batlantirish. 
 
- Tezkor tovar aylanishiga imkon yaratish. 
 
- Xaridordan har doimgi mijoz, aynan shu firmaning tovaridan xarid etishga 
undan va maqsadga yetish. 
 
- boshqa firmalarda ishonchli sherik obrazini yaratish. 
 
- Iste'molchiga firma va uning tovari haqida eslatish. 
 
Tajribada reklama juda kam hollarda bir maqsadni ko‘zlaydi, qonundagidek, 
bir reklama tadbirida maqsadlar kesishadi. 
Reklama    faoliyati  boshidan  oxirigacha  bozorni  chuqur  o‘rganishga 
asoslanadi. 
Ma'lum  bir  maqsadga  qaratilgan  reklamaning  vazifalari  quyidagilardan 
iborat: 
- korxona obro‘-e'tiborini ko‘tarish. Tovarni tayyorlagan korxona xaridorga 
tanish va yaxshi nom chiqargan bo‘lsa, ana shu taqdirdagina xaridor tovarni yuqori 
bahoda sotib olishga tayyor turadi; 
-  mazkur  tovarga  ehtiyoj  paydo  bo‘lishiga  ko‘maklashish,  ya'ni  talabni 
yuzaga keltirish
- iste'molchilarga tovar to‘g‘risidagi zarur axborotni berish; 
-tovarlarni  o‘tkazish,  sotishni  ta'minlash,  shu  sohada  erishilgan  natijalarni 
qo‘llab-quvvatlash va kengaytirib borish. 
Reklama  faoliyatining  asosiy  tamoyili,  muvaffaqiyatining  muhim  sharti 
xaridor eslab qoladigan va konkret tovarni xayoliga keltiradigan reklamani doimiy 
muomalaga  kiritishdir.  Mana  shuning  uchun  ham  korxona  reklamasining  asosiy 
mavzui  o‘zgarmasligi  kerak;    tovarga  va  uni  tayyorlab  chiqargan  korxonaga 
ishonch hosil qilish; mijozlarning ehtiyojlaridan kelib chiqish. 
Reklama iste'molchining ruhiyati, xarid qilinadigan narsani tanlab olishdagi 
rag‘batlarini  o‘rganish  va  tahlil  qilib  chiqish  bilan  mahkam  bog‘langan:    mazkur 
tovarga muayyan obraz (imidj) berish; tovarning firma nomi, tashqi ko‘rinishi va 
o‘rovlari  qanday  bo‘lishini  ishlab  chiqishdan  oldin  potensial  xaridorlar  doirasini, 
ularning  madaniy  saviyasini,  urf-odatlari,  o‘rganishlari  va  boshqalarni  har 
tomonlama tahlil qilib, aniqlab olish kerak. 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin