Namangan davlat universiteti ijtimoiy-madaniy faoliyat kafedrasi


-modda.  Voyaga  yetmaganlarga  mo‘ljallangan  reklamaga  oid  cheklashlar



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/21
tarix22.06.2020
ölçüsü1,46 Mb.
#31926
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
ijtimoiy-madaniy faoliyat sohasida reklama.


7-modda.  Voyaga  yetmaganlarga  mo‘ljallangan  reklamaga  oid  cheklashlar. 
Quyidagi reklama taqiqlanadi: 
faqat  voyaga  yetganlarga  mo‘ljallangan  yoki  voyaga  yetmaganlarning  olishi 
yoxud  iste'mol  qilishi  taqiqlangan  mahsulotni  voyaga  yetmaganlar  iste'mol 
qilayotgan yoki undan foydalanayotgan tasvir tushirilgan reklama
voyaga yetmaganlarni mahsulot olishga yoki reklama qilinayotgan mahsulotni 
olishni iltimos qilib uchinchi shaxslarga murojaat etishga da'vat qiluvchi reklama; 
haqiqiy yoki o‘yinchoq quroldan foydalanilgan reklama. 
8-modda.  Reklama  beruvchining  huquq  va  majburiyatlari.  Reklama  beruvchi 
quyidagi huquqlarga ega: 
reklama  xususida  shartnoma  tuzish  to‘g‘risida  oshkora  taklif  (ommaviy 
oferta) kiritish; 
reklama  tayyorlovchi  va  tarqatuvchi  shartnomani  asossiz  ravishda  bekor 
qilgan  hollarda,  yetkazilgan  zararning  o‘rnini  va  ma'naviy  zararni  qoplash 
to‘g‘risida da'vo bilan sudga murojaat qilish. 
Reklama beruvchi: 
reklama  tayyorlovchi  va  (yoki)  tarqatuvchining  talabiga  binoan  reklama 
axborotining ishonchliligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi; 
agar reklama beruvchining faoliyati litsenziyalanishi zarur bo‘lsa, mahsulotni 
yoki reklama beruvchining o‘zini reklama qilayotganda tegishli litsenziyani taqdim 
etishi shart. 
Reklama beruvchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘lishi 
va o‘zga majburiyatlarni bajarishi mumkin. 
9-modda.  Reklama  tayyorlovchi  va  tarqatuvchining  huquq  hamda 
majburiyatlari.  Reklama tayyorlovchi va tarqatuvchi quyidagi huquqlarga ega: 
ommaviy  oferta  yo‘llangan  shaxsdan  belgilangan  tartibda  aksept  olganidan 
so‘ng  reklama  beruvchi  shartnoma  tuzishdan  bosh  tortgan  hollarda,  bu  shaxsni 
shartnoma  tuzishga  majburlash  to‘g‘risidagi  hamda  reklama  beruvchining 
shartnoma  tuzishni  asossiz  ravishda  rad  etganligi  tufayli  yetkazilgan  zararning 
o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi talab bilan sudga murojaat qilish
qonun  hujjatlarida  belgilangan  hollarda  reklama  beruvchidan  tegishli 
litsenziyani talab qilish. 
Reklama tayyorlovchi va tarqatuvchi: 
ushbu  Qonunda  belgilangan  reklama  faoliyati  va  homiylik  qoidalarini 
bajarishi; 
axborot  yoki  boshqa  materiallarni  bergan  shaxs  to‘g‘risidagi  ma'lumotlarni 
uning roziligisiz oshkor qilmasligi
reklama  beruvchi  qonun  hujjatlarining  buzilishiga  olib  kelishi  mumkin 
bo‘lgan  axborot  bergan  taqdirda  reklama  beruvchini  bu  haqda  vaqtida  xabardor 
etishi shart. 
Reklama  tayyorlovchi  va  tarqatuvchi  qonun  hujjatlariga  muvofiq  boshqa 
huquqlarga ega bo‘lishi va o‘zga majburiyatlarni bajarishi mumkin. 

10-modda. Reklamaga bo‘lgan mualliflik huquqi. Reklamaga bo‘lgan mualliflik 
huquqi  va  turdosh  huquqlarni  tartibga  solish  qonun  hujjatlariga  muvofiq  amalga 
oshiriladi. 
11-modda.  Reklamani  aynanlashtirish.    Reklama,  uni  tarqatish  shakllari  yoki 
vositalaridan  qat'i  nazar,  boshqa  axborotdan  reklama  deb  hisoblash  mumkin 
bo‘ladigan darajada ajratilgan bo‘lishi kerak. 
Televidenie  va  radiodagi  reklama  boshqa  dasturlardan  uning  boshlanishi  va 
oxirida  audio-,  video-,  aralash  vositalar  yoki  boshlovchilarning  sharhlari 
yordamida ajratib qo‘yilishi lozim. 
Mahsulotga 
qiziqishni 
shakllantirish 
va 
mahsulot 
realizatsiyasiga 
ko‘maklashish  uchun  mahsulotning  muayyan  markasiga  (modeliga,  artikuliga) 
yoki  uning  ishlab  chiqaruvchisiga  iste'molchining  e'tiborini  atayin  jalb  etuvchi, 
shuningdek  mazkur  mahsulotni  ishlab  chiqaruvchi  yoki  tarqatuvchi  shaxsga 
taalluqli  ma'lumotlardan  (rekvizitlardan)  iborat  axborot  materiali,  muallif  va 
tahririyat  materiali  -  reklama  hisoblanadi  hamda  u  "Reklama"  yoki  "Reklama 
o‘rnida" rukni ostida joylashtirilmog‘i lozim. 
12-modda.  Homiylik.    Teleradiodasturlarni  yaratishda,  boshqa  ommaviy  axborot 
vositalari  uchun  materiallar  tayyorlashda,  teatr-konsert, sport  tadbirlari  va  boshqa 
tadbirlarni uyushtirishda homiylar qatnashishi mumkin. 
Reklama televidenie va radio, audiovizual mahsulot bilan bog‘liq bo‘lgan va 
homiylik xizmatlaridan foydalanilayotgan taqdirda, homiylar to‘g‘risidagi axborot 
dasturning boshlanishida va  oxirida qisqa  va  aniq  qayd  etilishi  kerak. Homiyning 
nomi  (nomlanishi)  yonida  yoki  homiyning  o‘rniga  uning  tovar  belgisi  (xizmat 
ko‘rsatish belgisi) ko‘rsatilishi mumkin. 
Yangiliklar  to‘g‘risidagi  teleradiodasturlarda  homiylarning  xizmatlaridan 
foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Homiylik  ko‘rsatilayotgan  shaxsning  faoliyatiga  homiy  aralashishga  haqli 
emas. 
13-modda.  Noto‘g‘ri  reklama.  Noaniqligi,  ikki  xil  ma'noni  anglatishi,  bo‘rttirib 
yuborishi,  yashirib  ketishi  oqibatida,  reklamani  tarqatish  vaqti,  joyi  va  usuliga 
nisbatan  qo‘yilgan  talablarni  va  qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilgan  boshqa 
talablarni  buzishi  natijasida  reklamadan  foydalanuvchilarni  chalg‘ituvchi  yoki 
chalg‘itishi  mumkin  bo‘lgan,  shaxslarga,  shuningdek  davlatga  zarar  va  ma'naviy 
zarar  yetkazishi  mumkin  bo‘lgan  reklama  noto‘g‘ri  (insofsiz,  bilaturib  yolg‘on) 
reklama hisoblanadi. 
Noto‘g‘ri reklama taqiqlanadi. 
Reklamani  noto‘g‘ri  deb  topish  to‘g‘risidagi  qarorni  O‘zbekiston 
Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi 
yoki  uning  hududiy  organlari  (bundan  buyon  matnda  vakolatli  davlat  organi  deb 
yuritiladi)  qabul  qiladi.  (O‘zR  06.10.2010  y.  O‘RQ-264-son  Qonuni  tahriridagi 
qism) (Oldingi tahririga qarang) 
14-modda.  Yashirin  reklama  .  Yashirin  reklama  iste'molchining  idrokiga  uning 
o‘zi anglamagan holda ta'sir o‘tkazadigan, shu jumladan, maxsus videoilovalardan 
(qo‘sh ovozli yozuvdan) foydalanish yo‘li bilan hamda boshqa usullar bilan ta'sir 
o‘tkazadigan reklamadir. 

Yashirin  reklamadan  radio-,  tele-,  video-,  audio-  va  kino  mahsulotida, 
shuningdek  boshqa  mahsulotda  foydalanishga  va  uni  o‘zga  usullar  bilan 
tarqatishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Reklamani  yashirin  deb  topish  to‘g‘risidagi  qarorni  vakolatli  davlat  organi 
qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibda  qabul  qiladi.  (O‘zR  17.09.2010  y.  O‘RQ-
259-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism) 
15-modda.  Qiyosiy  reklama.  Qiyosiy  reklama  -  raqobatchiga  yoki  uning 
tomonidan  taqdim  etilayotgan  muayyan  bir  turdagi  mahsulotga  bevosita  yoki 
bilvosita aynanlashtiriladigan reklamadir. 
Agar  reklamada  mahsulotning  moddiy,  muhim,  ishonchli  xossalari  xolisona 
va  insofli  taqqoslansa,  agar  bunda  reklama  undan  foydalanuvchini  chalg‘itib 
qo‘ymasa  va  chalg‘itib  qo‘yishi  ham  mumkin  bo‘lmasa,  reklama  beruvchi  bilan 
raqobatchining shaxsi yoki reklama beruvchining va raqobatchining tovar belgilari 
(xizmat  ko‘rsatish  belgilari),  firma  nomi,  mahsuloti  aralashib  ketmasa  hamda 
raqobatchining  ishchanlik  obro‘sini  yoki  uning  tovar  belgisini  (xizmat  ko‘rsatish 
belgisini),  firma  nomini,  mahsuloti  yoki  faoliyatini  badnom  etmasa,  qiyosiy 
reklamaga yo‘l qo‘yiladi. 
16-modda.  Ijtimoiy  reklamali  axborot.  Ijtimoiy  reklamali  axborot  sog‘liqni 
saqlash,  atrof-muhitni  muhofaza  qilish,  energiya  resurslarini  saqlab  qolish, 
huquqbuzarliklarning  oldini  olish,  aholini  ijtimoiy  himoya  qilish  va  xavfsizligini 
ta'minlash, ma'naviyat  va  ma'rifat  masalalariga  doir  axborot, shuningdek notijorat 
yo‘sindagi boshqa axborotdir. 
Shaxslarning  ijtimoiy  reklamali  axborotni  tekinga  tayyorlash  va  tarqatishga 
doir faoliyati, o‘z mol-mulkini (shu jumladan, pul mablag‘larini) ijtimoiy reklamali 
axborot  tayyorlash  va  tarqatish  uchun  boshqa  shaxslarga  berishi  hayriya  faoliyati 
deb  e'tirof  etiladi.  Bunday  shaxslar  qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilgan 
imtiyozlardan foydalanadilar. 
Reklama  tarqatuvchilar  reklama  uchun  ajratilgan  efir  vaqti,  nashr  yoki 
reklama  maydoni  umumiy  yillik  hajmining  5  foizidan  kam  bo‘lmagan  hajmda 
ijtimoiy  reklamali  axborotni  joylashtirishi  shart.  Bunda  faoliyati  O‘zbekiston 
Respublikasi  Davlat  byudjeti  hisobidan  to‘liq  yoki  qisman  moliyalashtiriladigan 
reklama  tarqatuvchilar  ijtimoiy  reklamali  axborotni  bepul  joylashtiradi.  (O‘zR 
10.04.2008 y. O‘RQ-150-son Qonuni tahriridagi qism), (Oldingi tahririga qarang) 
17-modda.  Televidenie  va  radiodagi  reklama.  Teleradiotashkilotlar  uchun 
reklamaga ajratilgan ko‘rsatuv (eshittirish) vaqti ko‘rsatuvning (eshittirishning) har 
bir  soatiga  10  foizdan  oshib  ketmasligi  kerak.  Bu  talab  ko‘rsatuvning 
(eshittirishning) ixtisoslashtirilgan reklamaviy kanallariga tatbiq etilmaydi. 
45 minutdan ortiq davom etadigan konsert-tomosha va sport dasturlari, kino- 
va  telefilmlar  reklama  uchun  to‘liq  45  minutlik  vaqt  oralig‘ida  ko‘pi  bilan  bir 
marta  uzib  qo‘yilishi  mumkin.  Reklama  bu  ko‘rsatuvlarning  (eshittirishlarning) 
boshlanishi oldidan va (yoki) ular tugaganidan so‘ng joylashtirilishi ham mumkin. 
10  minutdan  kam  davom  etadigan  teleko‘rsatuvlarga  (radioeshittirishlarga) 
umuman, 
10 
minutdan 
ortiq 
davom 
etadigan 
teleko‘rsatuvlarga 
(radioeshittirishlarga)  esa  bu  teleko‘rsatuvlarning  (radioeshittirishlarning) 

mualliflik  huquqi  egasi  bilan  kelishmasdan  turib  reklama  joylashtirilishi  mumkin 
emas. 
Davlat  anjumanlari  va  marosimlari  olib  ko‘rsatilayotgan  (eshittirilayotgan) 
paytda uni uzib turib reklamani ko‘rsatish (eshittirish) taqiqlanadi. 
Bolalar  davrasiga  (o‘n  to‘rt  yoshgacha  bo‘lganlarga)  mo‘ljallangan 
ko‘rsatuvlarda  (eshittirishlarda)  reklama  taqiqlanadi.  Bu  taqiq  ijtimoiy  reklamali 
axborotga tatbiq etilmaydi. 
Dasturlarning  reklama  qismlari  tovushini  teleradiodasturning  tovushiga 
nisbatan  balandroq  qilish  taqiqlanadi.  (O‘zR  30.08.2002  y.  Qonuni  tahriridagi 
qism) 
Teleko‘rsatuvlar 
namoyish 
etilayotganda 
reklama 
maqsadlarida 
harakatlanuvchi  satrlardan  foydalanish  taqiqlanadi, reklama  berilayotgan paytdagi 
harakatlanuvchi satrlar bundan mustasno. (O‘zR 30.08.2002 y. Qonuni tahriridagi 
qism) 
O‘zR  30.08.2002  y.  Qonuniga  muvofiq  beshinchi  va  oltinchi  qismlari 
tegishincha yettinchi va sakkizinchi qismlar deb hisoblansin 
Teleko‘rsatuvlarning  boshlovchilari,  diktorlari  va  boshqa  qatnashchilari 
reklama  uchun  ajratilgan  vaqtdan  tashqari  paytda  mahsulotni  bilaturib  namoyish 
qilish  yoki  uning  iste'mol  xususiyatlarini  bevosita  yoki  bilvosita  tavsiflash 
huquqiga ega emas. 
Televidenie  va  radio  xodimlariga  axborot  niqobi  ostida  reklama  bilan 
shug‘ullanish,  ya'ni  mahsulot  ishlab  chiqaruvchining  rekvizitlarini,  joylashgan 
manzilini, telefon raqamini, mahsulotning tijorat belgilarini ko‘rsatish taqiqlanadi. 
18-modda.  Bosma  ommaviy  axborot  vositalaridagi  reklama.  Bosma  ommaviy 
axborot  vositalaridagi  reklamaning  hajmi,  mavzusini  shu  ommaviy  axborot 
vositalarining  o‘zlari  mustaqil  belgilaydi.  Obuna  bo‘yicha  tarqatiladigan  bosma 
vositalar  obuna  shartlarida  nashrning  umumiy  hajmidagi  reklama  miqdorini 
ko‘rsatishlari shart. 
Reklama 
yo‘sinidagi 
xabarlar 
va 
materiallarni 
berib 
borishga 
ixtisoslashmagan davriy bosma nashrlarda reklama davriy nashr bir soni hajmining 
40  foizidan  oshib  ketmasligi  shart,  qolgan  reklama  bepul  ilova  tarzida  berilishi 
kerak. 
19-modda.  Telefon  va  hujjatli  elektr  aloqadan  foydalaniladigan  tarzdagi 
reklama.  Teleks  va  faksimil  aloqa  yordamida  reklama  qilishga,  agar  oluvchining 
maxsus  so‘rovi  bo‘lmasa,  bir  manzilga  bir  varaqdan  ortiq  bo‘lmagan  hajmda  bir 
marta jo‘natishga yo‘l qo‘yiladi. 
Mahalliy,  shaharlararo  yoki  xalqaro  telefon  aloqasidan  foydalanilgan  holda 
ko‘rsatiladigan  xizmatlar  reklamasi  reklama  vositalarida  tarqatilgan  taqdirda 
quyidagi aniq axborotlardan tarkib topgan bo‘lishi kerak: 
xizmatning  pulli  yoki  tekin  yo‘sinda  ekanligi  hamda  uning  qiymati 
to‘g‘risidagi axborot; 
taklif etilgan xizmatning mazmuni to‘g‘risidagi axborot; 
xizmat  iste'molchilari  doirasiga  nisbatan  qonun  hujjatlarida  belgilangan 
hamda  xizmatning  ishlab  chiqaruvchisi  tomonidan  belgilangan  -  yoshga  doir  va 
boshqa cheklashlar to‘g‘risidagi axborot; 

telefon  aloqa  kanalidan  pulli  foydalanish  va  tegishli  mintaqada  xizmatdan  1 
minut foydalanishning qiymati to‘g‘risidagi axborot. 
Ushbu  moddaning  ikkinchi  qismida  nazarda  tutilgan  axborot  reklama 
xizmatini  taqdim  etish  uchun  foydalaniladigan  telefon  raqami  terilgan  shrift 
hajmining kamida yarmiga teng hajmdagi shrift bilan bosilishi shart. 
Militsiya,  tez  tibbiy  yordam,  yong‘indan  saqlash  va  shu  kabi  xizmatlarning 
bepul  xizmat  ko‘rsatadigan  telefon  raqamlaridan  reklama  tarqatish  uchun 
foydalanish taqiqlanadi. 
20-modda. Tashqi reklama. Tashqi reklamaga alohida maxsus konstruksiyalarda, 
taxtalavhalarda,  ekranlarda,  binolarda,  inshootlarda,  yo‘l  chekkalarida,  ko‘cha 
yoritgichlarining  tayanchlari  va  hokazolarda  joylashtiriladigan  reklama  kiradi. 
(O‘zR 30.08.2002 y. Qonuni tahriridagi qism) 
Tashqi  reklamani  joylashtirish  tartibi  mahalliy  davlat  hokimiyati  organlari 
tomonidan o‘z vakolatlari doirasida belgilanadi. 
Muayyan shaxs egallab turgan binoning tashqi tomonida, binoga kirish joyida 
shu shaxs to‘g‘risida joylashtirilgan yoki mazkur shaxsning mahsuloti haqida shu 
bino  vitrinasidagi  axborot  (peshlavha)  reklama  deb  hisoblanmaydi  va  buning 
uchun mahalliy davlat hokimiyati organlarining ruxsatini olish talab etilmaydi. 
Tashqi  reklamani  ko‘cha  yoritgichlarining  tayanchlarida  hamda  ko‘cha  va 
yo‘llar qatnov qismi uzra joylashtirish xavfsizlik texnikasi talablariga rioya qilgan 
holda va yo‘l belgilari, svetoforlar, chorrahalar, piyodalarning o‘tish joylari, umum 
foydalanishdagi  transport  vositalari  bekatlarini  to‘sib  qo‘ymagan  holda, 
shuningdek bunday reklama yo‘l belgilari va tasvirini takrorlamagan (yoki aynan 
taqlid  qilmagan)  taqdirda  amalga  oshiriladi.  (O‘zR  30.08.2002  y.  Qonuni 
tahriridagi qism) 
Tabiatni muhofaza qilish ob'ektlari doirasida tashqi reklamani joylashtirishga 
mahalliy davlat hokimiyati organlari yoki tegishli davlat boshqaruvi organlarining 
vakolat doirasida ular bilan kelishilgan holda ruxsat beriladi. 
Tashqi  reklamani  madaniy  meros  ob'ektlarida,  yo‘l  belgilarida  va 
svetoforlarda,  ularning  tirgaklarida  yoki  harakatni  tartibga  solib  turuvchi  boshqa 
har  qanday  qurilmalarda,  shuningdek  dov-daraxtlarni  payhon  qilish  va  tutash 
hududdagi obodonlashtirish vositalarini buzish yo‘li bilan joylashtirish taqiqlanadi. 
(O‘zR 30.08.2002 y. Qonuni tahriridagi qism) 
21-modda.  Transportdagi  va  pochta  jo‘natmalaridagi  reklama.  Reklama 
transport  vositalarida,  shu  jumladan,  metropolitenda  faqat  ularning  egalari  yoki 
mulkdorlari  bilan  kelishilgan  holda  hamda  xavfsizlik  talablari  va  yo‘l  harakati 
qoidalariga muvofiq joylashtirilishi mumkin. 
Reklamani  umum  foydalanishdagi  transport  vositalarida,  metropoliten 
bekatlarida,  vokzallarda,  portlar  va  aeroportlarda  yo‘lovchilarga  xabar  beruvchi 
ovozli  tarmoqlar  orqali  tarqatish  taqiqlanadi,  ijtimoiy  reklamali  axborot  bundan 
mustasno. 
Reklamani pochta jo‘natmalari orqali tarqatish belgilangan tartibda shartnoma 
asosida  amalga  oshiriladi.  (O‘zR  04.04.2006  y.  O‘RQ-28-son  Qonuni  tahriridagi 
qism), (Oldingi tahririga qarang) 

22-modda.  Dori  vositalari,  tibbiy  buyumlar,  kosmetika  va  maishiy  kimyo 
vositalari reklamasi. Dori vositalari reklamasida quyidagilar bo‘lishi shart: 
dori vositasining  to‘liq  nomi  (shu  jumladan, xalqaro farmakologik nomi) va 
ishlab chiqaruvchisining nomi; 
dori vositasidan foydalanish yoki uni qo‘llash haqidagi axborot. 
Quyidagilarni reklama qilish taqiqlanadi: 
faqat shifokorning ko‘rsatmasi (retsepti) bo‘yicha beriladigan dori vositalari; 
tarkibida  giyohvandlik vositalari va  (yoki)  psixotrop  moddalari  bo‘lgan dori 
vositalari; 
O‘zbekiston  Respublikasida  tibbiyotda  qo‘llanishga  ruxsat  berilmagan  dori 
vositalari. 
O‘zbekiston  Respublikasi  Sog‘liqni  saqlash  vazirligining  ruxsatisiz 
quyidagilarni reklama qilish taqiqlanadi: 
voyaga yetmaganlarga mo‘ljallangan dori vositalari; 
davolash  seanslari,  gipnozdan  va  ruhiy  yoki  bioenergetik  ta'sirning  boshqa 
usullaridan foydalanib amalga oshiriladigan shunga o‘xshash tadbirlar; 
tibbiy  yo‘sindagi  buyumlar,  tibbiy  texnika,  gigiena  vositalari,  dezinfeksiya, 
dezinseksiya va deratizatsiya vositalari
davolab  bo‘lmaydigan  yoki  davolash  qiyin  bo‘lgan  kasalliklarga  nisbatan 
samarali terapevtik usul. 
Qo‘llanishi va realizatsiya qilinishi yuzasidan tegishli davlat organlari maxsus 
ruxsatnoma  bermay  turib  kosmetika  vositalari,  maishiy  kimyo,  oziq-ovqat 
mahsulotlari, vitaminli va biologik jihatdan ta'sirchan oziq-ovqat qo‘shimchalarini 
reklama qilish taqiqlanadi. 
Ushbu  moddaning  qoidalari  tibbiy  muassasalar  va  tibbiyot  xodimlari  uchun 
mo‘ljallangan  reklamaga  tatbiq  etilmaydi.  Tibbiy  muassasalar  va  tibbiyot 
xodimlari uchun mo‘ljallangan dori vositalarini reklama qilish tartibi O‘zbekiston 
Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi. 
23-modda.  Tamaki,  tamaki  mahsulotlari  va  alkogolli  ichimliklar  reklamasi. 
(O‘zR  17.09.2010  y.  O‘RQ-259-son  Qonuni  tahriridagi  modda  matni)  (Oldingi 
tahririga qarang) 
Tamaki,  tamaki  mahsulotlari  va  har  qanday  quvvatdagi  alkogolli  ichimliklar 
reklamasi taqiqlanadi, shu jumladan: 
tamaki,  tamaki  mahsulotlari  va  alkogolli  ichimliklar  namunalarini  tekin 
tarqatish; 
tamaki, tamaki mahsulotlari yoki alkogolli ichimliklarning nomi, tovar belgisi 
yoxud tasviridan foydalaniladigan tadbirlarga homiylik qilish; 
tamaki,  tamaki  mahsulotlari  va  alkogolli  ichimliklarning  nomi,  tovar  belgisi 
tushirilgan  tovarlarni  (futbol  maykalari,  bosh  kiyimlar,  o‘yinlar  va  boshqa  shu 
kabilarni) tarqatish, shu jumladan sotish; 
savdo  ob'ektlarining  old  tomonida,  kirish  (transportda  kirish)  joylarida, 
vitrinalarida,  tashqariga  olib  chiqiladigan  predmetlarida  hamda  boshqa  joylarida 
tamaki,  tamaki  mahsulotlari  va  alkogolli  ichimliklarning  tasvirlari,  nomlarini  va 
ular haqidagi boshqa axborotni o‘rnatish taqiqlanadi. 

24-modda. Qurol-yarog‘ reklamasi.  Qurol-yarog‘ni reklama qilish faqat maxsus 
nashrlarda,  shuningdek  bevosita  ovchilik  qurollarini  realizatsiya  qiluvchi  savdo 
tashkilotlarining  binolarida  yoki  tegishli  ko‘rgazmalarda  (tadbirlarda)  amalga 
oshiriladi. 
25-modda.  Qimmatli  qog‘ozlar  va  aholining  mablag‘larini  jalb  etish  bilan 
bog‘liq    xizmatlar  reklamasi.  Qimmatli  qog‘ozlarni  va  aholining  mablag‘larini 
(banklardagi mablag‘larini, sug‘urta mablag‘lari va shu kabilarni) jalb etish bilan 
bog‘liq  xizmatlarni  yoki  shunday  xizmat  ko‘rsatayotgan  shaxslarni  reklama 
qilishni  bunday  faoliyat  turi  bilan  shug‘ullanish  huquqi  borligini  tasdiqlaydigan 
tegishli litsenziya bo‘lgan taqdirdagina amalga oshirish mumkin. Bunday xizmatlar 
yoki  shunday  xizmat  ko‘rsatuvchi  shaxslar  reklamasida  kutilayotgan  daromadlar 
miqdorini,  shuningdek  bo‘lajak  foyda  (daromad)  to‘g‘risidagi  boshqa  axborotni 
ma'lum  qilish  taqiqlanadi,  kamida  bir  yillik  yakunlarga  ko‘ra  amalda  to‘langan 
foyda (daromad) bundan mustasno. 
Qimmatli  qog‘ozlar  va  aholining  mablag‘larini  jalb  etish  bilan  bog‘liq 
xizmatlar  reklamasiga  taalluqli  munosabatlarni  tartibga  solish  qonun  hujjatlarida 
nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. 
26-modda.  Reklama  materiallarini  saqlash  muddatlari.  Reklama  beruvchi, 
reklama  tayyorlovchi  va  tarqatuvchi  reklama  materiallarini  oxirgi  marta  reklama 
e'lon qilingan (ko‘rsatilgan) kundan boshlab bir yil davomida saqlashi shart. 
27-modda.  Reklama  axborotiga  taalluqli  hujjatlar  va  materiallar  olish. 
Reklama beruvchi, reklama tayyorlovchi va tarqatuvchi vakolatli davlat organining 
talabiga  ko‘ra  u  belgilagan  muddatda  reklama  axborotiga  taalluqli  hujjatlar  va 
materiallarni taqdim etishi shart. (O‘zR 30.08.2002 y. Qonuni tahriridagi qism) 
Reklama  beruvchilar,  reklama  tayyorlovchilar  va  tarqatuvchilarning 
reklamaga  taalluqli  hujjatlari  va  materiallarini  moneliksiz  olish  huquqi  vakolatli 
davlat  organining  mansabdor  shaxslariga  beriladi.  (O‘zR  30.08.2002  y.  Qonuni 
tahriridagi qism) 
Tijorat  siri  hisoblangan  va  ushbu  moddaning  ikkinchi  qismida  ko‘rsatilgan 
mansabdor shaxslar tomonidan olingan ma'lumotlar oshkor qilinmasligi lozim. 
Vakolatli  davlat  organining  mansabdor  shaxslari  tijorat  siri  hisoblangan 
ma'lumotlarni  oshkor  qilgan  taqdirda,  reklama  beruvchiga,  reklama  tayyorlovchi 
va tarqatuvchiga yetkazilgan zararning o‘rni, shu jumladan, ma'naviy zarar qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi. (O‘zR 30.08.2002 y. Qonuni tahriridagi 
qism) 
28-modda. Aksilreklama.  Vakolatli davlat  organlari  reklama  to‘g‘risidagi qonun 
hujjatlari  buzilganligini  aniqlagan  taqdirda,  qonunbuzar  mazkur  organlarning 
qaroriga  binoan  va  ular  ko‘rsatgan  muddatda  aksilreklama  berishi  shart. 
Aksilreklama  berish  shuningdek,  ixtiyoriy  ravishda  yoki  sudning  qaroriga  binoan 
amalga  oshirilishi  mumkin.  Aksilreklama  berishni  amalga  oshirish  bilan  bog‘liq 
barcha xarajatlar qonunbuzar tomonidan qoplanadi. 
Agar  qonunbuzar  aksilreklamani  reklama  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlariga 
rioya  etilishi  ustidan  nazoratni  amalga  oshiruvchi  organ  belgilagan  muddatda 
bermasa,  mazkur  organ  qonunbuzarning  reklamasini  u  aksilreklamani  bergunga 
qadar to‘liq yoki qisman to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risida qaror qabul qilishga hamda 

reklama  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlarini  buzgan  shaxs  bilan  shartnoma  tuzgan 
taraflarni bundan xabardor qilishga haqlidir. 
Aksilreklama  raddiya  berilayotgan  reklama  e'lon  qilingan  ayni  o‘sha 
ommaviy  axborot  vositalarida,  ayni  o‘sha  muddat,  makon,  joy  va  tartibdan 
foydalangan holda beriladi. 
Aksilreklamaning  mazmuni  qonunbuzarlik  holatini  aniqlagan  va  uni  tuzatish 
to‘g‘risida  qaror  qabul  qilgan  tegishli  davlat  organi  bilan  kelishiladi.  Ayrim 
hollarda bu organning qaroriga binoan aksilreklama beriladigan ommaviy axborot 
vositasi, muddati, joyi va tartibi o‘zgartirilishiga yo‘l qo‘yilishi mumkin. 
Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin