“Qochish” tipiga oid sabablar keng tarqalganligi bois, bu ko’rinishdagi
haqiqiy suitsidal urinishga nisbatan 50–70% odamlarda uchraydi. Bu tipdagi
reaktsiyalar katta yoshli guruhlar – 30 dan oshgan erkak va ayollarga xosdir.
Suitsid o’zini osish, o’zini zaharlash yo’li bilan amalga oshiriladi. Ba’zan, o’z
joniga qasd qilish qarori qabul qilingach (suitsid qarori osonlikcha qabul qilinishi
uchun), spirtli ichimliklar iste’mol qilinadi.
“O’zini o’zi jazolash” tipi bo’yicha suitsidal reaktsiya. Ushbu guruhdagi
hodisalarda odam suitsidga uyat, aybdorlik, o’zidan nafratlanish kechinmalari
natijasida qo’l uriladi. Bunday shaxslarda suitsidal harakatdan maqsad nima
ekanligi so’ralganda, odatda: “O’zimni jazolamoqchi edim”, deb javob beradilar.
Masalan, bir narkoman narkotik iste’molidan so’ng oilasiga tegishli qimmatbaho
ziynat buyumlarining katta qismini sotib yuborib, so’ng qilgan ishidan
tashvishlanib, uyat va aybdorlik hissi natijasida og’ir suitsidga qo’l uradi.
“O’zini o’zi jazolash” tipi o’rta yoshlilarga (ko’pincha ayollar) xosdir. O’z
joniga qasd qilish, ko’pincha, shafqatsiz usulda amalga oshiriladi (o’zini osish,
balandlikdan tashlash va boshqalar).
“Rad etish” tipidagi suitsidal reaktsiya. Bu guruhdagi hodisalarga odam
o’lishni judayam xohlaganda qo’l uradi. Odatda, bunday holatda yashashdan
ma’no yo’q, degan qaror bilan bog’liq (masalan, yaqin insonni yo’qotish, og’ir
kasallik, jamiyatdagi avvalgi mavqeini tiklashning imkoni bo’lmagach). Suitsiddan
maqsad nimaligi haqidagi savolga: “O’lishni istadim”, “Sevimli insonim bilan
birga bo’lishni xohladim”, deb javob beradilar.
Suitsidal harakat avvaldan rejalashtirilib, yolg’izlikda amalga oshiriladi.
Bu tip 40 yoshdan katta shaxslarga xos bo’lib, kuchli depressiya natijasida
amalga oshiriladi.
Ta’kidlash joizki, suitsidentlarning ko’pchiligi suitsidal xulq-atvorning ilk
davrlarida ichki kechinmalar o’zaro kurashadi, bir tomondan, suitsidal istak
qo’zg’aladi, boshqa tomondan, farzandlar oldidagi majburiyatlar, yaqinlarga
tashvish keltirmaslik, o’lim qo’rquvi va boshqa sabablar odamni suitsidal
harakatlardan ushlab turadi. Boshqacha aytganda, suitsidentlar suitsidal va
suitsidalga qarshi sabablar bilan kurashadilar va oxirgi sabablar kuchliroq ko’rinsa-
da, suitsidal harakatlarni amalga oshirish ehtimoli kamroq kuzatiladi.
Amerikalik tadqiqotchi M.Laynxen suitsidga moyilligi mavjud shaxslarni
o’z joniga qasd qilishdan ushlab qoluvchi 6 ta sababni ko’rsatgan:
1.Muammolarni hal qilish zarurligiga ishonch (“O’zimni qanchalik yomon
his qilmay, men har doim ishonamanki, hali hammasi yo’qotilmagan”).
2.Oila oldidagi mas’uliyat (“Oilam oldida majburiyatlarim bor”, Men
oilamni judayam yaxshi ko’raman va hech qachon ularni tashlab ketmayman).
3.Bolalarga g’amxo’rlik (“Men bolalarga kerakman, ular uchun yashashim
shart”).
4.Suitsid qo’rquvi (“Men o’limdan va noma’lumlikdan qo’rqaman”, “Men
suitsiddan so’ng o’lmay qolsam, nogiron bo’lib qolishdan qo’rqaman”).
5.Jamiyatdagi insonlarni yuz o’girishidan qo’rquv (“Agar men o’zimni
o’ldirsam, meni boshqalar kuchsiz va keraksiz, deb hisoblashlari xavotirga
soladi”).
6.Ma’naviy va diniy qarashlar (“Mening diniy qarashlarim suitsidga yo’l
qo’ymaydi”).
Eslatib o’tish joizki, suitsidga qarshi sabablarga ta’sir o’tkazgan intensiv
salbiy kechinmalar suitsidentning harakatlarini susaytiradi.
Dostları ilə paylaş: |