usullardan hisoblanadi. CHunki har bir irsiy kasallikka bu usulsiz tashxis qo‘yib bo‘lmaydi. Bu
usul asosan sog‘lom va kasal odamxromosomalarini aniqlashga asoslangan.Fleming 1892-yili
ko‘zning shox pardasi hujayralarining mitoz bo‘linishini o‘rganish paytida, metafazadavrida 22-
28 ta xromatinni ko‘radi. Keyinchalik G. Vinivarter (1912) odam jinsiy bezlari spermatogoniy
hujayralarida 47, ovogoniy hujayralarida esa 48 xromosoma borligini aniqladi. Bir yildan keyin
G. Vinivarter va T. Paynterlar erkak va ayol diploid hujayralarida 48 xromosoma borligini
ko‘rsatdilar. Odam xromosomalarining kichkinaligi, sonining ko‘pligi, ularni metafazada
alohida-alohida joylashtiradigan moddaning bo‘lmasligi tufayli uzoq yillar davomida odam
T. Morgan irsiy belgilarni yuzaga chiqaruvchi genlarning xromosomada joylashganligini
ko‘rsatgandan keyingina xromosomani o‘rganishga e’tibor oshdi va xromosoma jadal suratlar
bilan o‘rganilaboshlandi. SHved olimlari Dj. Tito va A. Levam 1956-yili sun’iy yo‘l bilan odam
embrioni o‘pkasidan olingan to‘qima hujayralarida 46 ta xromosoma borligini aniqladilar. SHu
yili Angliyada CH. Ford va Dj.Xammertonodamspermatogoniy hujayralarida 46 ta xromosoma
borligini topdilar. Keyinchalik ko‘pgina tadqiqotchilar normada odamning har xil diploid
hujayralarda (suyak ko‘migi, teri, jigar, limfotsit) xromosomalar soni 46 taga teng ekanligini
tasdiqladi.
Hozirgi kunda odam xromosomalarini o‘rganishda kichik limfotsitlardan keng
foydalaniladi, chunki bunda organizmga zarar etkazmasdan bir necha millilitr periferik qonni bir
necha marta osongina olish mumkin, bu olingan qonning har bir millilitrida 1 - 3·10
6
ta kichik
limfotsitlar bo‘ladi. Periferik qonning deyarli barcha kichik limfotsitlari interfazaning G
1
yoki G
0
davrida bo‘ladi va organizmda normal sharoit bo‘lsada ular bo‘linmaydi. Lekin organizmdan
ajratilgan kichik limfowitlarga ularning mitoz bo‘linishini tezlashtiruvchi kimyoviy moddalar
ta’sir qilib, ya’ni sun’iy ravishda o‘stirib, ko‘plab kichik limfotsitlar olish mumkin. Olingan
qonning miqdoriga qarab xromosomadan preparat tayyorlash makro va mikro usullarda olib
boriladi. Agar o‘stirish uchun 5-10 mm qon olinsa makro, 0,5 ml olinsa, mikro usul deyiladi.
Limfotsitlarni sun’iy o‘stirib, ularning xromosomalarini o‘rganishda asosan Murxed
(1960) va Xangerford (1965) taklif qilgan usuldan foydalaniladi. Bu usul bo‘yicha tirsak
venasidan toza shprits yordamida qon (katta odamlardan – 5 - 10 ml ), olinib, sentrifuga
probirkasiga solinadi va bir nechta tomchi geparin (geparin qonni ivitmaydi) eritmasidan
tomiziladi. Keyingi bajariladigan ishlar juda toza xonada davom ettirilishi kerak. Oradan 1-2 soat
o‘tgach olingan qondagi eritrotsitlar probirka tagiga cho‘kadi. Pipetka yordamida probirka
yuqorisida ajralgan qon zardobi undagi leykotsitlari bilan olinadi va unga ozuqa moddalar hamda
leykotsitlarning mitoz bo‘linishini tezlashtiruvchi modda - fitogemaglyutinin (FGA) ko‘shiladi.
SHundan keyin leykotsitlari bor idishni 37 °C li termostatda 72 soatdavomida ushlanadi. Bu vaqt
davomida leykotsitlar bo‘linib, soni ko‘payadi. Leykotsitlarni o‘stirishning tugashiga 3 soat
qolganda, hujayralarning bo‘linishini metafazada to‘xtatadigan modda - kolxitsin ko‘shiladi.
Kolxitsin axromatin ipchalarining hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi va xromosomalar qutblarga
ketmasdan hujayra o‘rtasida to‘planadi. YA’ni hujayraning metafaza davri cho‘ziladi.
Metafazada xromosomalarning shakli aniq namoyon bo‘ladi. Kolxitsinko‘shilgan, leykotsitlari
bor va maxsus ozuqa solingan probirka minutiga 1000 marta aylantiruvchi sentrifugada 5
minutaylantiriladi. SHundan keyin, probirka tagida cho‘kma paydo bo‘ladi. CHo‘kma ustidagi
suyuklik ohistalik bilan to‘kiladi va probirkaga gipotonik eritma (0,5 % li kaliy xlor) quyilib uy
haroratida 6-10 minut qoldiriladi. Gipotonik eritmada hujayralar shishadi (bo‘rtadi), undagi
xromosomalar esa sitoplazmada alohida-alohida bo‘lib joylashadi. Probirka yana sentrifugada
aylantirilib, leykotsitlar cho‘kmaga tushiriladi; gipotonik eritma esa to‘kib tashlanadi. Probirkaga
fiksator quyiladi, fiksatorda hujayralarning bo‘linishi to‘xtaydi va hujayralarning strukturasi
hujayraning hayoti davrida qanday bo‘lgan bo‘lsa shundayligicha yaxshi saqlanadi. Odatda,
fiksator sifatida etil spirti vasirkakislotaning aralashmasi (3 : 1) ishlatiladi. Ozgina fiksatorda
leykotsitlar cho‘kmasi aralashtiriladi. SHu aralashmadan pipetkada bir tomchi olinib predmet
oynasiga tomiziladi va xavoda quritiladi. Quritilgan preparatlar yadroni bo‘yovchi bo‘yoqlardan
birida bo‘yaladi. Bo‘yalgan preparatlar suvda yuvilib, havoda quritilgach, mikroskopda
tahlilqilinadi.
Bo‘yalgan preparatlardan mikroskopning kichik ob’ektivi yordamida metafazadagi
hujayralar topiladi va xromosomalarning qanday joylash-
ganligiga e’tibor beriladi. Agar xromosomalar hujayrada bir tekislik-
da, dona-dona bo‘lib joylashgan bo‘lsa, bunday hujayralar tekshirish uchun yaroqli deb
hisoblanadi. Ular mikroskopning immersion ob’ektivida o‘rganiladi. Odatda, har bir odamning
xromosomalar to‘plami to‘g‘risida ma’lumot olish uchun kamida 50 ta hujayradagi
xromosomalar o‘rganiladi. SHu hujayralar mikroskopda rasmga olinadi va xromosomalar
rasmiga qarab ularning soni, uzunligi, shakli va hokazolari aniqlanadi.
Odatda, metafazada har bir xromocoma ikkita xromatidadan iborat bo‘ladi. Bu
xromatidalar o‘zaro parallel joylashgan bo‘lib faqat bitta joyda ya’ni sentromera (birlamchi
belbog‘) qismida o‘zaro tutashadi . Xromosomaning sentromerasi yaxshi bo‘yalmaydi, chunki
sentromerada DNK kam bo‘lib, cho‘zilgan bo‘ladi, oqsil esa ko‘prok bo‘ladi va DNK ni
bo‘yovchi bo‘yokda yaxshi bo‘yalmaydi. SHuning uchun xromosomaning sentromerasini
metafazada topish kiyin emas.
6.5 – rasm Xromosomaning shakli va tuzilishi.
Sentromera juda murakkab tuzilgan bo‘lib, unga xromosomalarni qutblarga olib boruvchi
axromatin iplari kelib tutashadi.
Ayrim xromosomalarda sentromeradan (birlamchi belbog‘) tashqari ikkilamchi belbog‘ ham
uchraydi. Ikkilamchi belbog‘ xromosomaning shu joyida DNK molekulasining cho‘zilishidan
hosil bo‘ladi. Xromosomaning ikkinchi belbog‘dan keyingi qismi xromosomaning asosiy
qismidan har xil uzoqlikda joylashishi mumkin. Agar DNK ning cho‘zilgan joyi uzunroq bo‘lsa
bunday xromosomada ikkinchi belbog‘dan keyingi qismi ancha uzoqroqda joylashadi. SHunga
ko‘ra bunday xromosomalarni yo‘ldoshli xromosomalar deyiladi. Xromosomalarning oxirgi
qismlarida uning telomerasi joylashgan bo‘ladi. Telomera ikkita xromosoma oxirgi qismlarining
o‘zaro bir birlari bilan ko‘shilishiga yo‘l ko‘ymaydi. Xromosomalarning shakli ularning
sentromerasining joylashishiga qarab aniqlanadi. CHunki sentromera har bir xromosomaning
ma’lum bir joyida joylashgan bo‘ladi. Xromosomaning telomerasidan uning sentromerasigacha
bo‘lgan qismiga xromosomaning elkasi deyiladi. Sentromera xromosomani ikkita elkaga ajratadi.
Xromosoma elkalarining uzunligi bir-biriga teng yoki har xil bo‘lishi mumkin. Sentromeraning
joylashishiga ko‘ra xromosomalarning shakli bir necha xil bo‘ladi.
1.
Dostları ilə paylaş: