xromosomalarining halqaro sisitematikasini ishlab chiqdilar. Keyinchalik Londonda (1963)
va Parijda (1971) o‘tkazilgan Halqaro qonferensiyalarda Denver sistemasiga ayrim aniqliklar
kiritildi va shu sistematika hozirgi kunda keng qo‘llanilmoqda. Bu sistematikaga ko‘ra ayollar va
erkaklarni 22 ta o‘xshash xromosomalari,ya’ni autosomalari 1 dan 22 gacha raqamlanadi,
o‘xshash bo‘lmagan xromosomalari, ya’ni geteroxromosomalari X, Y harflari bilan belgilanadi.
Kariotipni tuzishda autosomalarning uzunligiga qarab birin-ketin joylashtiriladi (172, 173-
rasmlar). Dastlab, eng uzun autosomalar olinadi. Odam xromosomalarining metafazadagi
uzunligi 10 µ dan 2 µ gacha bo‘ladi. Patau (1960) odam xromosomalarini ularning uzunligiga va
sentromerasining joylashishiga qarab 7 ta guruhga bo‘ladi va bu guruhlarni A dan boshlab G
harflarigacha belgiladi.
6.6 – rasm. Erkak kishining normal xromosomalari. Metafaza davridagi xromosomalar to‘plami
va tartibga solingan holati – kariotipi.
A guruh (1- 3).Xromosomalari eng yirik xromosomalar. 1 va 3 xromosomalar metasentrik
bo‘lib, ikkinchisi esa submetatsentrikdir, birinchi juft autosomada ikkilamchi belbog‘ bor.
Dostları ilə paylaş: |