61
sak ma’navit egasi bo‘la olish imkoni nazarda tutiladi. Qur’oni
Karimda: “Laqod xallakna-e-insona fii taqvim”. (Darhaqiqat,
insonni eng go‘zal shak-lu shamoyilda yaratdik ) deb aytiladi.
Alloh taolo insonni yaratar ekan, unga nihoyatda ulug‘ riso-
lat taqdir etdi, ammo jannatdan yerga tushgan inson kamolot
yo‘lini eng tuban holatdan asta-sekin yuksaklikka intilish bi-
lan boshladi.
Ilk insoniyat davridan bugungi
kamolot qiyofasi shakl-
lanishuvigacha bo‘lgan takomil jarayonida inson o‘zligini
ang lash va vakillikni tushunishda asotir tafakkur bosqichidan
ilmiy tafakkur bosqichiga ko‘tarildi, bunda undagi aql, e’tiqod
va ilm, iroda qudrati va mehr, fidoyilik va donishmand lik
yagona mohiyat kasb etdi, shuningdek, insondagi tabiiy ehti-
yojlar va ma’naviy dunyo zamon va makonda o‘zgarib, goh
kamolot sari yuksalib, goh qashshoqlashib turdi. Binobarin,
komil inson tasnifining har bir davrda o‘ziga xos bo‘lgan
shakl-u shamoyili, belgisi va xususiyati bo‘lishi tabiiy hol-
dir. Komil inson sifatlari tasavvufda, dinda, ilm ahillarining
har birida o‘ziga xos talqin etiladi. Din
shariat ahli nazarida
komil inson – farz-sunnatning amallarini ado etuvchi mo‘min
– musulmon hisoblansa, dunyoviy ilm namoyondalari unga
aqlli zot, deb ta’rif beradi, tasavvufda esa komil inson bo‘lish
uchun bularning o‘zi yetarli emas. U, fozillik, aqllilik, odillik,
mo‘min-musulmonlikni bekam-u ko‘st bajarishdan tashqari,
yana avliyo ham bo‘lmog‘i kerak. Ya’ni u o‘zgalarga g‘oyibdan
xabar berib turuvchi karomatli kishi maqomiga ko‘tarilgan
bo‘lmog‘i kerak. Albatta, bu fazilatlar barchaga birday nasib
etmaydi. Ammo, ilm-ma’rifat, mehnat-u
mashaqqat orqa-
li inson irodasi toblanib, unda komillik sifatlari shakllanib
borishi, shubhasiz.
Komil inson tushunchasi ilk marotaba Shayxi Kabir nomi
bilan mashhur bo‘lgan Muhyiddin Ibnal Arabiy tomonidan
muomalaga kiritilgan. Ibnal Arabiy fikriga ko‘ra komil inson
aqliy, ruhiy, dunyoviy va ilohiy bilimlar kamoloti egalaridir.
Aziziddin Nasafiy esa o‘z davrida “Komil inson” nomli
asarida komil insonga quyidagi chizgilarni beradi: “Komil
62
insonda to‘rt narsa kamolotga yetgan bo‘ladi, ya’ni yaxshi
so‘z, yaxshi ish, yaxshi axloq va maorif”. Alloma
kamolotning
belgisi sifatida ikki narsani asos qilib ko‘rsatadi. Buning biri
hamida (maqtalgan) axloq bo‘lsa, ikkinchisi o‘z-o‘zini tanish-
dir. Shu ikki asosning bor yoki yo‘qligiga qarab Nasafiy odam-
larni uch qismga ajratgan. Birinchisi – hamida axloqiy xis-
latlar bilan bezangan va o‘zini tanimagan odamlar. Ikkinchisi
– hamida axloqiy xislatlar bilan bezangan, ammo o‘z-o‘zini
tanimagan odamlar. Uchinchisi hamida axloqiy sifatlar bilan
bezangan va o‘z-o‘zini tanigan odamlar. Nasafiyning ta’kidiga
ko‘ra, keyingi uchinchi toifa odamlar komili insonlardir.
“Nasafiy sanagan sifatlarning dastlabki uchtasi, ya’ni yax-
shi so‘z, yaxshi fe’l, yaxshi xulq Zardusht kitobi “Avesto”dan
olingandir (“Guftori nek, kirdikori nek, raftori nek”). Bu sifat-
lar bilan ziynatlangan odam yolg‘on, riyo va badkirdorlikdan
chekinadi, hamma vaqt ezgu niyat
bilan ezgu ishlarga tay-
yor turadi. Aziziddin Nasafiy yaxshi axloq haqidagi Zar dusht
oyati yoniga “maorif”, ya’ni tasavvufiy poklanish talabini
qo‘shib qo‘ygan. Uning fikricha, tariqat yo‘liga kirgan solihlar-
ning vazifasi-maqsadi ushbu to‘rt fazilatni egallashdir. Kimki
o‘zida shu sifatlarni kamol toptirsa, u kamolga erishadi”
1
.
Ahmad Yassaviy “Devoni hikmat” larida komil uchun
majburiy bo‘lgan barcha farz va sunnatlarni ixcham tarzda
ifodalaydi:
Dostları ilə paylaş: