55
ga
shukr qilish, nafsni jilovlash zamirida axloqiy ong, axlo-
qiy xatti-harakat va axloqiy munosabat orqali o‘zi va xalqiga
manfaat keltiruvchi faoliyatdir. U
insoniylikni saqlovchi me-
zon, axloqning tarkibiy qismi sifatida axloqiy nazorat, axloqiy
boshqaruv va axloqiy tarbiya vazifasini bajaradi.
Yassaviy hikmatlarida qanoat tahlili teran mazmunga ega
bo‘lib, mohiyati umumbashariy xarakterga egadir:
Nafsdan qochib, qanoatni pesha qilg‘on,
Har kim topsa, rozi bo‘lib, bo‘yin sung‘on.
Yaxshilarga xizmat qilib, duo olg‘on,
Andoq oshiq mahshar kuni armoni yo‘q.
Qanoat ulug‘ kishilarning yoqimli xislatlaridan hisob-
lanadi. Chunki qanoat dilni yorituvchi va saodatga eltuvchi
kuchdir.
So‘radilar: Qanoat nima?. Aytdi: Birovlarning qo‘lidagi
narsani ko‘rib mayus bo‘lmaslik. Tama’girlikdan qochish,
chunki tama’girlik albatta kambag‘allik sari yetaklaydi:
Har kimsa boriga qanoat qilsa,
Ajablanma, tushmas birovga ishi.
Yuragida kimni tama’ bo‘lmasa,
Hech kimsadan bo‘lmas qo‘rquv, tashvishi.
Qanoatning yana bir ko‘rinishi yeyish-ichishda bilinadi.
Ozgina ovqat yeyishga qanoat qilgan kishi kam kasal bo‘ladi:
Ko‘p yema go‘rdagi qurtlar misoli,
Oz yerga bel bog‘la go‘yo chimoli,
Bir tabib bir kuni bir ajab hikmat,
El uchun aytganmish qilib marhamat:
“Yegin, ichgin doim ko‘ngil tortguncha,
Nafaqat bo‘g‘zingdan toshib ortguncha”
1
1
Mashriq zamin – hikmat bo‘stoni. –T.: Sharq, 2008.-B.250.