Foydali mehnat. Mehnat inson hayotining birinchi va
asosiy shartidir. Mehnat jarayoni uch jihatni, ya’ni insonning
maqsadga muvofiq faoliyatini yoki mehnatning o‘zini, mehnat
predmetini va inson mazkur predmetga ta’sir ko‘rsatadigan
ishlab chiqarish qurollarini o‘z ichiga oladi.
Mehnat insonni tarbiyalovchi, irodasini toblovchi
buyuk ne’matdir. Boshqacha aytganda, axloqiy qadri-
yatlarning boshqa barcha shakllari va ular takomili ham
bevosita mehnat orqali ro‘yobga chiqadi. Tasavvuf va
tariqat ahli ning buyuk namoyandasi Bahouddin Naqsh-
band hazratla rining “Dil ba yoru dast ba kor” (diling Al-
lohda, qo‘ling ishda bo‘lsin) degan hikmati insoniyat ta-
fakkurining o‘lmas tamoyillaridan biri bo‘lib qolaveradi.
“Yaratgan Rabbim rizqimizni ham beradi”, - deb biron-bir
foydali mehnat qilmay, faqat toat-ibodat bilan mag‘rur yu-
rishni emas, balki odam Alloh taoloni diliga jo qilib, baholi
qudrat mehnati bilan rizqu-ro‘z topib yashashi zarurligini
uqtiradi. Ul zoti sharif ayni qoidaga avvalo o‘zlari amal
qilganlar. Ilmni, valiylikni emas, balki halol tirikchilik
manbai sifatida kimxobga naqsh solish kasbini tanlab, shu
orqali oila tebratganlar. Bu kasb ul zotga otadan “ota kasb”
sifatida meros o‘tgan edi. Hattoki, o‘zlariga xizmatkor ham
saqlamaganlar. Shuningdek, ul zot talabalarni madrasaga
qabul qilish paytida yoshlardan: “Biron kasbing bormi?”, -
deb albatta so‘rar ekanlar. Kasbi-kori, hunari yo‘q bolalarni
o‘qishga qabul qilmaganlar. Buning sababini Naqshband
hazratlari: “Agar kishi hunarli bo‘lsa, u kishi bilimini ha-
qiqatga bag‘ishlaydi, o‘z mehnati bilan kun kechiradi. Bor-
di-yu, kasbi bo‘lmasa, bilimini tirikchilikka sarf etadi, halol
mehnatni unutadi”,- deya izohlaydilar. Donishmandning
bu o‘giti Payg‘ambarimizning “Sizlarning yaxshirog‘ingiz
dunyosini deb oxiratini, oxiratini deb dunyosini tark et-
magan, odamlarga og‘irligi tushmaydigan kishidir”
1
, - de-
gan hadislariga to‘la mos keladi.
1
Muhammad payg‘ambar qissasi. Hadislar. T.: Kamalak, 1991.B.86.
57
Alloma Abu Rayhon Beruniy: “Har bir insonnig haqiqiy
bahosi uning o‘zi qodir bo‘lgan hunar, ishni vijdonan yuksak
mahorat bilan bajarishidir. Mehnat - insonning buyuk bur-
chi, chunki har qanday orzu qilingan maqsad, moddiy yoki
ma’naviy ehtiyoj mehnat tufayli natijaga erishadi”
1
- deb,
ta’kidlaydi.
Mehnatsevarlik kishi kamolotining asosiy omillaridan biri
hisoblanadi. U odamni muhtojlikdan, hayotdan zerikishdan,
axloqiy buzilishdan asraydi, umrini mazmun bilan boyitadi.
Mehnatsevar kishi obro‘-e’tibor orttiradi, turmushi barakali
bo‘ladi, undan esa yaxshi nom, savob amal qoladi.
Halol kasb qilish haqidagi bir hadisi shariflarida
Payg‘ambarimiz (s.a.v.): “Kishining eng lazzatli va halol
yeguligi kasb qilib topilgan rizqidir”,-degan edilar. Bu hadis
mehnat qilmay boshqalarning hisobiga maishat qilish xunuk
bir manzara ekanini qayd etish bilan birga, insonlarni pe-
shona teri to‘kib, halol rizq topishga buyuradi”
2
.
Husayin Voiz Koshifiy “Yuksak axloqiy va sofdil kishi
hech qachon mehnatdan qo‘rqmasligi kerak” deb, mehnat-
ning ijtimoiy-axloqiy mavqeini ulug‘laydi. U insonning tom
ma’nodagi yaxshi yashashi, uning mehnati orqali vujudga ke-
lishini ta’kidlab, mehnat yuksak axloqlilik va sofdillik belgisi
sifatida ko‘rsatiladi.
Ma’lumki, mehnatning qay darajada yoyilishi, uning ij-
timoiy qadriyatga aylanishi ko‘p jihatdan mehnatning xu-
susiyatlariga bog‘liq. Foydalilik mehnatning zaruriy xususi-
yatlaridan biridir. Koshifiy kasbli – hunarmadlarni foydali
mehnat namoyondalari sifatida hurmatlaydi. Hunarmandlilik
davr, hayot, bilim va aqlning o‘zaro aloqadorligi mahsuli deb
qaraydi. Jamiyatdagi ishlab chiqarishga bo‘lgan talab hunar-
mandchilikni shakllantiradi va nima zarurligini anglatadi va
shu tufayli yaxshilikni vujudga keltiradi, deydi.
1
Jahon falsafasi.T.: “Faylasuflar milliy jamiyati nashriyoti”. – T. 2004.B.122
2
Abdullayev A. Ma’naviyat va iqtisodiy tafakkur. –T.: Ma’naviyat, 1999.- B. 20
58
Hunar saxovat erur andin o‘zgasi hama hech,
Agarchi har ilikning yuz hurnar qilur izhor
1
.
Sahovat insonga xos bo‘lgan xususiyatlarning eng oliy-
janobi bo‘lib, sidqidildan qilingan yaxshilikni ifodalaydi. Yax-
shilikni o‘ziga maqsad qilib olgan odam baxtli odam bo‘ladi.
Bundaylar saxiy va sahovatlidirlar. Sahovat nafaqat odamiylik
mulkining mavj urib turgan dengizidir, balki u to‘lqinli den-
gizning bebaho gavharidir. Sahovatsiz odam – yog‘insiz bahor
bulutiga va hidi yo‘q mushk-anbarga o‘xshaydi.
Sahovat yolg‘iz molda emas, ilm-ma’rifatda ham namoyon
bo‘ladi. Ilmli, sahovatli kishilar ilmsizlarga qo‘llaridan kel-
gancha yordam beradilar. Ammo ilmda ham o‘rinsiz sahovat
ko‘rsatish shart emas. Xalqimizda “Suvni singigan joyga sepa-
dilar” degan naql bor.
Shunday sifatlarni o‘zida mujassamlashtirgan kishilar biz-
ning tariximizda ko‘p bo‘lgan. Ular jamoa bo‘lib uyushib, o‘z
ezgu niyatlarini amalga oshirar edilar. Ularni javonmardlar,
ahiylar yohud fat’iylar deb atardilar. («juvonmard» - mard,
saxiy yigit demakdir, «Fat’iy» so‘zi ham shu ma’noni bildiradi,
«Ahiy» - birodar, do‘st demak) ularning tariqati maslagi esa
juvonmardlik yoki futuvvat deb yuritiladi.
2
Bu ta’limot Yaqin va O‘rta Sharqning ko‘pgina mamlakat-
larida keng tarqalgan, uning vakillari ijtimoiy tenglik va ado-
lat uchun kurashganlar, ho‘rlangan va tahqir etilganlarni hi-
moya qilganlar.
Bir odamdan «Qanday kishi juvonmard atalishga loyiq-
dir?», deb so‘raganlarida u “Nuh payg‘ambarning yaxshi xul-
qi, Ibrohimning ishonchi, Ismoilning to‘g‘riligi, Musoning sa-
mimiyati, Abu Bakrning hamdardligi, Usmonning uyatchan-
gligi, Alining bilimdonligini o‘zida mujassamlashtirgan kishi
javonmarddir. Shular bilan bir qatorda u odam o‘zini tergashi,
ya’ni bor narsasidan mag‘rurlanmasligi, hech payt shaxsi-
1
Koshifiy. Axloqiy Muhsini. 21-bob. –B.82.
2
N.Kamolov. Tasavvuf. I kitob. T:.YOzuvchi,1996.-B.113.
59
yatparastlik qilmasligi, maqtovga uchmasligi hamisha va
hamma joyda o‘z sifatlaridan faqat kamchiliklarini, birodarla-
rining xulqidan esa faqat yaxshiliklarini ko‘rsatishi shartdir»,
1
degan ekan.
Bu ta’limotning ibratli tomoni yana shundaki, u haqiqa-
tni, sadoqatni, yashashning bosh mohiyati deb biladi. Bu oqim
kishilarining e’tiqodi bo‘yicha hamma vaqt haqiqatni so‘zlashi
zarur. Negaki, dunyoning hamma ishlari haqiqatdan haqiqat
tomonga yurishdir. Haqiqatgina adolat hamda diyonatga chin
posbondir. “Qobusnoma”da juvonmardlikni asosi 3 narsada
deb belgilangan: birinchisi – aytgan so‘zni bajarish, ikkinchisi
– to‘g‘rilikka aslo xilof ish qilmaslik, uchinchisi – hayr ehsonni
ko‘zlash javonmard va’dasiga vafo etuvchi sofdil va rostgo‘ydir.
Juvonmardlik odobilari:
Nifoq jihatidan hech bir odamning pardasini yirtmaslik;
Xaloyiq bir ishda xato qilib, omonlik tilab kelsa, qasd qil-
maslik;
Xalq (jamoa)ning ichida kishiga nasihat qilmaslik;
Kishining qonini to‘kilishiga sa’y etmaslik;
Manmanlikni tark etish;
Ko‘zni yomon nazardan, qo‘lni yomon ishdan,tilni yomon
so‘zdan saqlash.
Tasavvuf allomalaridan biri Bahovuddin Naqshband
ta’limotining asosini ham futuvvat (juvonmardlik) tashkil
etgan. Barcha insonlarga yaxshilik qilish, ortiqcha mol-dun-
yoga ruju qo‘ymaslik, o‘z qo‘l kuchi, ko‘z nuri evaziga kun
kechirish, birovlarning dardiga malham bo‘lish, iloji boricha
qo‘lga kiritilgan nonning yarmini bir muhtojga berish, dilo-
zor bo‘lmaslik, farz va sunnatlarni birovga ko‘rsatish uchun
yoki boshqalar ijro etayotgani uchun emas, balki qalbdan
xuf ya bajarish, yurt ko‘rish, odamlar orasida bo‘lish, hamisha
hushyor bo‘lib, parishonxotirlikka yo‘l qo‘ymaslik shartlari
Naqshband futuvvatining dasturi bo‘lgan.
1
Haqqul I. Adl oyog‘ini tutki, bo‘lib shod ichay...// Jamiyat va boshqaruv.
2001. 1-son.-B. 15-16.
60
Tasavvufiy ahkomlarining donishmandi So‘fi Olloyor
naqshbandiya tariqati yo‘lida turib zulm-zo‘rlik, takabbur,
sudxo‘rlik, vafosizlik, loqaydlik, tamagirlik, behunarlilikni
tanbeh ostiga oladi va juvonmardlik pand-nasihatini qiladi:
Do‘stlar, bu bevafo dunyoda mol mulk uchun,
Bir-biringni og‘ritib noshod qilmoq arzimas.
Mansabu dunyo uchun ahli hukumat oldida,
Qo‘l qovushtirib turibon dod qilmoq arzimas.
Dostları ilə paylaş: |