O'g'illari yoki oilada yashovchi boshqa shaxslar tomonidan shartnomalar
tuzilgan bo'lsa, bu shartnomalardan kelib chiqadigan foydalar otaga va zarar
yetkazish bilan bog'liq bo'lgan munosabatlarda esa, ota uning uchun javobgarlikni
bo'yniga olmagan.
Ota yoki uy boshqaruvchisi hukmronligi ostidagi shaxslarning huquqiy
holati ota yoki oila boshlig'ining o'limi yoki oila boshlig'ining erki roziligi asosida
ularga ozodlik berish munosabatlari asosida o'zgargan. Oila boshlig'ining o'limi ota
hukmronligi institutining barham topishiga olib kelgan.
Rim davlatidagi vujudga kelgan oilalar dastlab ibtidoiy jamoa tuzumining
xususiyatlarini o'zida ifodalab, jamoa xarakteriga va urug'chilik tizimi bilan bog'liq
bo'lgan.
Rim jamiyatining rivojlanishi natijasida, ishlab chiqarish munosabatlarining
taraqqiy etishi, ota hukmronligi ostida bo'lgan shaxslarning xususiy huquqlarini tan
olish zaruriyatlari kelib chiqa boshladi, natijada ota hukmronligi istituti dastlabki
hokimiyat bilan bog'liq bo'lgan mohiyatini yo'qota boshlaydi va agnatlar oilasining
o'rniga qon-qarindoshlik bilan bog'liq bo'lgan kognatlar urug'lari yoki oilasi
vujudga keladi.
Dostları ilə paylaş: