So'z boshi


-§. Kolonlarning huquqiy holati



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/61
tarix02.01.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#39366
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   61
rim huquqi (1)

6-§. Kolonlarning huquqiy holati
 
Kolonlar  Rim davlatining imperiya davrida vujudga kelgan shaxslardir. Rim 
davlatida imperatorlarning konstitusiyalari, yuristlar asarlari, magistratlar ediktlari, 
umumiy majlis qarorlari Yustinian kodeksi, Digesti, Novellasi va Institusiyasi 
vujudga kelishligidan oldin ham yuristlar tomonidan kodifikasiya qilinib
Feodosiya kodeksi vujudga keltirilgan va birinchi marotaba bu kodeksda 
kolonlarning huquqiy holati haqida fikrlar yuritilgan. Lekin kolonlarning paydo 
bo'lishligi, ularning jamiyatni rivojlantirishdagi ta'siri haqida hech narsa ma'lum 
emas.
 
Kolonlar Rim davlati rivojlanishi sinfiy davrida yer ijarachilari deb atalib, 
yerni ijaraga beruvchi quldorlarga ma'lum haq to'lab turish evaziga, shartnomalar 
tuzish asosida, ijaraga oluvchilarga (kolonlarga) yerni topshiradi. Kolonlar 
quldorlardan yerni olib mustaqil harakat qiladi, hatto ulardan yerni ishlatishlik, 
urug'lar sotib olishlik maqsadida pul ham qarz oladi. Bu xo'jayinga iqtisodiy 
tomondan qaram bo'lib qolishlikni mustahkamlardi. 
 
Kolonlarni yerga bog'lab tashlash maqsadida 322 yilda qabul qilingan 
konstitusiya kolonlar tomonidan yer o'zboshimchalik asosida tashlab ketilgan 
bo'lsa, ularni o'z yeriga qaytarilishni tikladi hamda yanada mustahkamladi.
 
Yuqorida ko'rsatilgan qoidalarni mustahkamlash nuqtai nazaridan 357 yilda 
yana bir qonun qabul qilinib, unga asosan yer kolonlarsiz ya'ni ijaraga olgan 
shaxslarsiz sotilishi mumkin emas, deb qat'iy norma qabul qilindi. 
 
Bu qoidalar orqali barchasi fuqarolik xususiy huquqiy layoqatiga to'liq ega 
bo'lgan kolonlar yerga bog'lab qo'yildi va  arzon mehnat kuchi sifatida shu yerda 
yashasin va o'z faoliyatini amalga oshirsin, degan tamoyilni Rim quldorchilik 
davlati yanada mustahkamladi.
 
Kolonat (kolonlik huquqiga ega bo'lish)  asosan ota-onasi kolon bo'lgan 
shaxslardan tug'ilgan farzandlar, ozod bo'lgan shaxslarning kolon bo'lishi va yer 
bilan bog'liq bo'lishligini e'tiborga olib o'zaro kelishuvlarni tuzish asosida 30 yil 
davomida kolonlar yashagan turmush tarzida istiqomat qilgan shaxslar kolonlik 
huquqiga yoki uning huquqiy holatiga tushib qolardilar.
 
Kolonlar oila qurish huquqiga hamda o'z mulkiga ya'ni yerga ega bo'lganlar, 
ammo ular yerga umrbod bog'lab qo'yilgan. Kolonlar ham qullar kabi o'z 


xo'jayinidan ozod bo'lish huquqlariga ega bo'lgan. Ammo ular ozod bo'lsalar, 
yeridan mahrum bo'lganlar. Shuning uchun ular ko'proq ozod bo'lishga 
intilmaganlar.  Kolonlikdan ozod bo'lishlik asosan kolon tomonidan ijaraga olingan 
yerni sotib olishlik yoki diniy munosabatlarga to'liq o'zini bag'ishlashlik asosida 
ham yuzaga kelardi.
 
Kolonlar institutining vujudga kelishi, kolonni yer, mablag' bilan ta'minlash, 
sug'orish, qayta ishlashga bog'lab qo'yishlik quldorchilik jamiyatining rivojlanib va 
taraqqiy etib borayotganligi va o'zining izmida feodal munosabatlarni vujudga 
keltirayotganidan va feodal jamiyatiga o'tishlik uchun asos bo'layotganligidan 
darak berardi.
 
 
 

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin