3.
Rim fuqaroligidan ixtiyoriy asosda voz kechib, yer
olishlik nuqtai
nazaridan kelib chiqib, lotinlikka o'tishlik;
4.
Davlat qonunlarida ko'rsatilgan asosda lotin-quldor yoki Rim
fuqaroligiga ega bo'lgan shaxslar tomonidan qulchilikdan ozod qilishlik
asosida.
Lotinlarning ommaviy huquq va fuqarolik xususiy huquqlari doirasida
huquqlarga ega bo'lishi biroz farqlangan.
Ommaviy huquq asosida barcha lotinlarning Rim armiyasi safida
xizmat
qilishlari ma'n etilgan, ammo ular Rim shahriga kelgan paytda Rim xalq
majlislarida ovoz berish huquqlariga ega bo'lgan.
Fuqarolik xususiy huquqida esa, savdo, mulk, shartnomaviy huquqlarga ega
bo'lgan, o'zlari uchun huquq va majburiyatlarni keltirib chiqargan va huquq va
majburiyatlari doirasida javobgarlikni ham o'tagan.
Shuningdek, lotinlar tarkibida liniani (liniani) lotinlari ham bo'lib, ular
vasiyatnoma tuzish, qonun bo'yicha meros olish huquqiga ega bo'lmaganlar,
shuningdek, o'limi bilan barcha mulklarining o'z xo'jayiniga to'liq o'tkazilishi
asosida huquqlari chegaralangan.
Ammo imperator Yustinian davriga kelib liniani lotinlari degan alohida
xalqlar guruhi to'liq ravishda lotinlar millatiga qo'shilib ketdi.
Bulardan tashqari lotinlar qadimgi lotinlarga va koloniyalarning lotinlariga
bo'lingan.
Qadimgi lotinlar mulkiy xuquqlari, sudda so'zlash va nikohga kirishish
xuquqlarining kengroq bo'lganligi bilan ajralib turgan.
Koloniyalar lotinlari esa Rim fuqarolari bilan nikohga
kirish huquqiga ega
bo'lmaganlar. Boshqa hollarda esa qadimgi lotinlar bilan teng xuquqga ega
bo'lganlar.
Peregrinlar Rim davlati tomonidan bosib olingan mustamlakalarning aholisi
bo'lib, bular Gresiya, Misr, Galliya (Fransiya), Iberiya (Ispaniya)
va boshqa
mamlakatlardan kelgan shaxslardir.
Peregrinlarning huquqiy faoliyatini, hatto sud munosabatlarini ham Rim
davlati mahalliy organlari vakillari, mansabdor shaxslari, prokonsullar,
propretorlar, prokuratorlar va legatlar tartibga solgan va boshqargan.
Peregrinlarning huquqiy holati Rim davlati tomonidan ishg'ol qilingan, bosib
olingan yerlar Rim davlati hududiga kiritilgan bo'lsa-da, lekin ushbu yerlarning
xalqlarini qullikka tushirmasdan, o'tkazmasdan hamda
ularga Rim fuqaroligi
berilmasdan qolib ketishligidan kelib chiqqan. Ushbu huquqiy holatga ega bo'lgan
xalqlar peregrinlar deb atalgan.
Peregrinlardan tug'ilgan farzand, so'zsiz peregrin deb tan olingan, shu bilan
birga otasi peregrin bo'lgan farzandning huquqiy holati ota huquqiy holati bilan
belgilangan. Nikohda turmasdan farzand ko'rgan peregrinka onaning bolasi ham
peregrin bo'lib hisoblangan.
Respublikanlar davrida sud qarori asosida jinoyat sodir
etganligi uchun
peregrinlikka o'tkazish, imperiya davrida badarg'a qilinish asosida ham peregrinlik
huquqiy holati kelib chiqqan.
Peregrinlar siyosiy huquqlarga ega bo'lmagan, ular
saylash va saylanish
huquqidan mahrum bo'lib, ularga dushman (hostis) deb qaralgan.
Fuqarolik xususiy huquqida peregrinlar va Rim fuqarolari o'rtasidagi
munosabatlarni hal qiladigan huquqiy normalar mavjud bo'lmagan. Ayniqsa, savdo
munosabatlari chegaralangan. Bularning hammasini va bu qiyinchiliklarni bartaraf
etish nuqtai nazaridan keyinchalik (ius gentium) xalqlar xuquqi vujudga keltirildi.
Rim fuqaroligiga ega bo'lishlikning yana o'ziga xos xususiyatlari mavjud
bo'lib, bular Rim davlati oldida ko'rsatgan xizmatlari, mukofotlarga
sazovor
bo'lganligi uchun Rim davlatining qonunlari asosida fuqarolikka ega bo'lishlik,
davlat hujjatlari va qarorlari asosida alohida peregrinlar guruhiga fuqarolikni
berish, fiskal maqsadlari (ya'ni merosdan soliq olish)
asosida va boshqa usullarda
peregrinlarning Rim fuqaroligiga ega bo'lganliklarida ko'rinadi.
Dostları ilə paylaş: