So'z boshi



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/61
tarix02.01.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#39366
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   61
rim huquqi (1)

7-§. Yuridik shaxslar
 
Qadimgi Rim davlatining va Rim yuristlarining eng katta hissalaridan biri 
yuridik shaxs tushunchasini, uning fuqarolardan farqini, o'ziga xos bo'lgan 
belgilarini, maxsus huquq layoqatiga ega ekanliklarini yoritib berganliklaridir.1 
 
Rim davlatining dastlabki rivojlanish davrlarida primitiv, oddiy bo'lgan 
natural xo'jalik munosabatlarining ko'p qo'llanishligi natijasida yuridik 
shaxslarning zaruriyati tug'ilmagan, hatto Rim huquqida «yuridik shaxs» degan 
tushuncha ham bo'lmagan. Lekin yuridik shaxs tushunchasi bo'lmasa-da, jamoa 
tashkilotlarining, bir necha fuqarolarning yig'indisi hisoblangan birlashmalarning 
yoki tashkilotlarning mavjudligi hamda ular o'z faoliyatlarini o'zlariga xos bo'lgan 
alohida mulklar asosida amalga oshirishligini tan olganlar. 
 
Shundan kelib chiqib, Rim huquqshunoslari huquq sub'yektlarini jismoniy 
shaxslar va tashkilotlardan tashkil topgan deb e'tirof etganlar.
 
Qadimgi quldorlik jamiyatining mahsuli bo'lgan Rim fuqarolik huquqi 
yuridik shaxslar sifatida davlat xazinasini, diniy ittifoqlarni, jamoa munisipal 
senatini, bir mutaxassislik bo'yicha bo'lgan birlashmalarni, korporasiyalar, teatrlar, 
non yopuvchi tashkilotlarni, hunarmandchilik uyushmalarini, dafn marosimini 
amalga oshiruvchi tashkilotlar, korxonalarni tushunganlar. 
 
Yangi eramizning II asrida - «oltin asr»da ijod qilgan mashhur yurist 
Gayning ta'kidlashicha, hatto XII Jadval qonunlariga binoan diniy birlashmalarga 
o'z ustav va nizomlarini ishlab chiqishlikka ruxsat berilgan, hamda bu ustav va 
nizomlar harakatdagi qonunlarga zid kelmagan bo'lishligi ko'rsatilgan. 
 
Ayniqsa, Rim davlatining boshlang'ich davrida juda ko'p korporasiyalar 
yuridik shaxs sifatida harakatda bo'lgan. Masalan, magistratlar huzuridagi xizmat 
ko'rsatuvchi korporasiyalar, o'zaro yordam beruvchi har xil tashkilotlar, dafn etish 
korporasiyalari, tadbirkorlar birlashmalari, qurilish ishlarini olib boruvchi 


korporasiyalar mavjud bo'lib, ularning barchasi yuridik shaxs huquqiga ega 
bo'lganlar. 
 
Yuridik shaxslar vujudga kelishligi uchun o'z huquqiy belgilariga ega 
bo'lishligi lozim bo'lgan. Uning birinchi huquqiy belgisi tashkiliy birlikga ega 
bo'lishligidir.
 
Albatta, yuridik shaxs o'z statusiga ega bo'lib va o'zining alohida mulkiga 
asoslanib, barcha tashkilotlar, fuqarolar va Rim davlati hamda horijiy davlatlar 
bilan ham shartnomalar tuzganlar, o'zlari uchun huquq va burchlarni vujudga 
keltirganlar hamda majburiyatlarni, mulkiy javobgarlikni o'tash imkoniyatiga ega 
bo'lganligidan kelib chiqib,  lozim darajada bajarganlar. 
 
Rim quldorlik davlati rivojlanishining imperiya davrida birinchi qonuniy 
asosda yuridik shaxs munisipial (hududiy mahalliy hokimiyat)dan tashkil topgan 
birlik bo'lib, u shahar jamoasiga kiritilgan bo'lsa-da, o'z mahalliy joylarida o'zini-
o'zi boshqarish organlari hisoblanib mustaqil asosda iqtisodiy, siyosiy va huquqiy 
munosabatlarga yuridik shaxs huquqiga ega bo'lib kirishganlar. Ulardan keyin 
xuddi shunday vakolat xususiy korporasiyalarga berilgan.
 
Demak, har bir yuridik shaxs o'z nomidan barcha huquqiy munosabatlarga 
kirishib, o'zi uchun huquq va burchlarni yoki mulkiy va nomulkiy huquqlarni 
vujudga keltirgan.
 
Ayniqsa, har bir shaxs sudda, arbitrajda va boshqa muassasa, tashkilot, 
korxonalarda o'z ustav, nizomiga asosan harakatni amalga oshirib, o'zlariga 
taalluqli bo'lgan majburiyatlarni o'taganlar. 
 
Har bir tashkilot yuridik shaxs huquqi asosida mustaqillikka ega bo'lib, 
boshqa tashkilot, korxonalar, korporasiyalar, ittifoq, birlashmalar va jismoniy 
shaxslar, Rim davlati hamda horijiy davlatlar bilan munosabatlarga kirishar ekan, 
ular o'z nomidan harakat qilganlar, o'zlari uchun huquq va majburiyatlarni vujudga 
keltirganlar, sud, magistrat yoki boshqa organlarga da'vo talabini joriy etishligi 
mumkin bo'lgan, hamda o'z mulklari bilan javob berganlar. 
 
Rim yuristlari dastlab, jismoniy shaxslarning yig'indisini «universitas» deb 
ataganlar, hamda ularni birinchi va keng tarqalgan yuridik shaxs huquqiga ega 
bo'lgan muassasalar deb e'tirof etganlar. 
 
Rim fuqarolik xususiy huquqida, ayniqsa yuridik shaxslarning huquqiy 
holati doimo o'zgarib borgan. Yuridik shaxslar xususiy huquq orqali berilgan 
vakolatlar, kompetensiyalar asosida o'z huquqlarini amalga oshirganlar hamda 
o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lgan.
 
Rim huquqida korporasiyalar yuridik shaxs sifatida keng faoliyat olib 
borgan. Korporasiyalarning huquqiy holatiga uning tarkibiga kirgan tashkilotlardan 


birining chiqib ketishligi ta'sir qilmagan, hatto mahalliy hokimiyat va senat uchun 
ham ahamiyatsiz bo'lib ko'ringan, chunki korporasiya yuridik shaxs sifatida o'z 
faoliyatini davom ettiravergan.
 
Rim xususiy huquqi korporasiyalarga, yuridik shaxslarga taalluqli bo'lgan va 
hozirgi zamon yuridik shaxslari uchun qo'llanib kelayotgan normalardagi 
huquqlarga o'xshash huquqlar berib, ularga o'z faoliyatida alohida va mustaqil 
yuridik shaxs sifatida harakat qilib, o'zining alohida mulki asosida javobgarlikni 
amalga oshiradi hamda korporasiya o'z a'zolarining majburiyatlari uchun mas'ul 
emas, shuningdek a'zolar ham korporasiya majburiyatlari uchun javobgar emas, 
degan tamoyillarni qo'llagan.
 
Ammo Rim huquqshunoslarining fuqarolik huquqi vakillik institutini to'la 
tushunib yetmaganliklari natijasida ko'pchilik yuridik shaxslarning faoliyatlari 
chegaralanib qolgan.
 
Rim davlatining keyingi rivojlanish davrlariga kelib korporasiyalarni tashkil 
etish senat bilan bog'liq bo'lib qoldi va senat tomonidan tasdiqlangandangina 
qonuniy asosda yuridik shaxs huquqiga ega bo'lish mumkin edi.
 
  

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin