Улугбек мби doc


I-Bob. BODRING  ZARARKUNANDALARI, BIOEKOLOGIYaSI VA



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/46
tarix02.01.2022
ölçüsü1,57 Mb.
#39646
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
bodring zararkunandalari va ularga qarshi kurash choralari

I-Bob. BODRING  ZARARKUNANDALARI, BIOEKOLOGIYaSI VA 

ULARGA QARShI KURAShNING HOLATI (Adabyotlar tahlili). 

 

Qishloq  xo’jalik  ekinlarini  himoya  qilish  sohasida  katta  yutuqlarga 

erishilganligiga  qaramay  hali  ham  hosilni  zararkunanda  va  kasalliklar  ta’siridan 

ko’p  qismi  nobud  bo’lmoqda.  Jahon  adabiyotdagi  ma’lumotlarga  ko’ra  qishloq 

xo’jalik ekinlarida 70 mingdan ortiq turdagi hasharot va kanalar turkumiga mansub 

zararkunanda  organizmlar  uchraydi  (Yaxontov,  1931;  Maxwell  va  Jerings,  1984; 

Reynolds, Adkisson, Ray, Fribie, 1990). 

Birlashgan  Millatlar  Tashkiloti  qoshidagi  qishloq  xo’jaligi  va  oziq-ovqat 

masalalari  bilan  shug’ullanuvchi  tashkilot  FAO  ma’lumotiga  qaraganda  jahonda 

zararkunanda,  kasalliklar  va  begona  o’tlar  sababli  har  yili  hosilning  30-35  foizi 

nobud bo’lmoqda. 

Jahonda  zararli  organizmlar  ta’sirida  300  mlrd.  AQSh  dollari  miqdorida 

hosil  yo’qotilib,  o’simlikshunoslikda  yetishtirilayotgan  yalpi  mahsulotning  40  %i 

nobud  bo’lmoqda.  (Oerke  et  al.,  1998).  Rossiyada  bu  ko’rsatkich  12-15  mlrd. 

dollarni tashkil etadi(Zaxirenko,1997). 

Shu jumladan, donli ekinlardan olinadigan hosilning  35%ni   ya’ni 34  mlrd. 

dollar,  kartoshkadan  5,06  mlrd.  dollar,  ya’ni  32,3%,  qand  lavlagidan  1,13 

mlrd.dollar,  ya’ni  24,5%,  turli  mevalardan  1,93  mlrd.dollar,  ya’ni  23,4%  ni 

yo’qotiladi.  Yil  davomida  faqat  AQShda  qishloq  xo’jalik  mahsulotlarining 

yo’qotilishida  160  tur  fitopatogen  bakteriyalar,  250  tur  virus,  800  turdagi  zararli 

hasharotlar  va  kanalar  hamda  2000  xildagi  begona  o’tlar  ta’sirida  20  mlrd. 

dollardan ortiq zarar ko’riladi (Bondarenko, 1986). 

Xuddi  shuningdek,  sabzavot  ekinlarida  ham  zararli  organizmlarni  yuzlab 

turlari 


uchrashi 

aniqlangan. 

Bulardan 

tunlamlar, 

o’simlik 

bitlari, 

o’rgimchaksimonlar, 

oqqanotlar, 

nematodalar 

ashaddiy 

zararkunandalar 

hisoblanadi  va  o’simliklarga  zararning  asosiy  qismini  shular  keltiradi.  Bunda 

g’o’za  tunlami  bilan  zararlangan  sabzavot  ekinlar  hosili  50-60%,  oqqanot  yoki 

o’rgimchakkana  bilan  zararlanganda  esa  umumiy  hosil  15-20%  kamayib  ketishi 

ta’kidlangan (Novikov,1979; Nuriddinov, Bakiyev, Yermoxin va boshqa, 1986). 

Aholini  yil  bo’yi  sabzavot  ekinlari  bilan  ta’minlashda  issiqxonalarning 

ahamiyati benihoya kattadir. Respublikamizda issiqxona maydonlari yil sayin o’sib 

bormoqda.  Masalan,  1980  yilda  respublikada  issiqxonalar  maydoni  227,3  gektar, 

1995  yilda  esa  400  gektar  bo’lgan  bo’lsa,  2001  yilda  bu  ko’rsatkich    2,0  ming, 

2007  yili  10,0  ming  gektardan  oshib  ketgan  (Sulaymonov,  2008).  Bunda  dehqon 

xo’jaligidagi issiqxonalar hisobga olinmagan.  

Issiqxonalar maydonining bunday tez sur’atlar bilan ortishi oqibatida zararli 

organizmlarning  yil  bo’yi  rivojlanishi  va  ko’payishiga  qulay  imkoniyatlar 

yaralmoqda. 

Zararkunandalarga  qarshi  kurash  choralari  o’tkazilayotganligiga  qaramay, 

ko’zlangan  hosilni    olish  imkoni  bo’lmayapti.  Buning  asosiy  sababi  issiqxona 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com




 

13

zararkunandalari to’g’risida dehqon va fermerlarda aniq ma’lumotlar yetishmasligi 



hisoblansa,  shu  bilan  birga  issiqxonalarga  yangi  hasharotlar  g’ovak  hosil  qiluvchi 

pashshalar,  karadrina  kabilar  kirib  kelganligi  bo’lib,  ularning  bioekologik 

xususiyatlari  o’rganilmaganidadir.  Fermerlar,  tomorqa  xo’jaliklarida  ilmiy 

asoslanmagan  holda  kimyoviy  kurash  o’tkazilishi  oqibatida  zararkunandalarning 

soni yetarlicha kamaytirmay, aksincha salbiy hollarga olib kelmoqda. 

Bu  boradagi  kamchiliklarni  bartaraf  etish  uchun  avvalambor  yopiq 

ekosistemada  bodring  o’simligiga  talofat  yetkazayotgan  zararli  organizmlarni  tur 

tarkibi,  bioekologiyasi  va  zarar  yetkazish  darajalarini  hamda  rivojlanish 

dinamikalarini  o’rganish va shular asosida  amaliy tavsiyalar ishlab chiqish zarur. 

O’zbekistonning 

tabiiy-iqlim 

sharoiti 

ekinzorlarda 

ko’plab 


zararkunandalarning 

rivojlanishi 

va 

tarqalishiga 



imkon 

yaratadi. 

V.V.Yaxontovning (1953) ma’lumotilariga ko’ra birgina g’o’zaga 177 tur hasharot 

va  kana  zarar  keltiradi,  biroq  ulardan  10  ga  yaqini  o’ta  havfli  zararkunanda 

hisoblanadi xolos. 

O’zbekistonda ko’pgina dala ekinlari qatori sabzavot ekinlariga ham ko’plab 

turli xil kemiruvchi va so’ruvchi zararkunandalar zarar yetkazadi. Ulardan qariyib 

5  ga  yaqin  turi  bodringga  jiddiy  zarar  yetkazadi.  Kemiruvchi  zararkunandalardan 

karadrina,  g’ovak  hosil  qiluvchi  pashshalar  va  ildiz  kemiruvchi  tunlamlar, 

so’ruvchilardan  o’simlik  bitlari,  kanalar,  oqqanot  kabi  zararkunandalar 

issiqxonalarda jiddiy zarar yetkazadi. 

Yildan -  yilga dunyoda hali aniqlanmagan  hasharot turlari o’rganilib,  ularni 

turlari ko’payib bormokda, ya’ni olimlar tomonidan hali noma’lum bo’lgan turlari 

aniqlanmoqda.  Masalan,  1931  yili  V.V.Yaxontov  tomonidan  O’rta  Osiyoda 

g’o’zada  hasharot  va  kanalarni  772  turi  uchrashi  qayd  etilgan  bo’lsa,  N. 

Hargreaves 1948 yilga kelib  1326 turi borligini aniqlagan. 

O’rta Osiyo miqyosida g’o’zada 214 tur zararkunanda uchrashi, shulardan 5 

foizga  yaqini  eng  asosiylari  ekanligi  F.M.Uspenskiy  tomonidan  qayd  etilgan 

(Besedin,1981). 

A.Mo’minov  (1967)  va  Sh.Astanaqulov  (1974)  o’z  izlanishlarida, 

tunlamlarning  tur  tarkibini  aniqlaganlar.  Ularning  ma’lumotiga  ko’ra  kuzgi, 

yovvoyi, undov, qora-S tunlamlari sabzavot ekinlariga zarar yetkazishi kuzatilgan. 

M.I.Rashidov  1986-2000  yillarda  o’tkazgan  tajribalarida  ituzumdoshlar 

oilasiga  mansub  ekinlarda  15  oilaga  ta’luqli  51  turdagi  zararkunandalar  uchrashi 

qayd  etilgan.  Ulardan  40  turdagi  zararkunandalar  pomidor  va  baqlajonda, 

kartoshkada esa 48 turi zarar yetkazishi aniqlangan. (Rashidov, 2000). 

B.A.Sulaymonov  issiqxonalardagi  pomidor  va  bodring  o’simligida  1996-

2008 yillar davomida o’tkazgan kuzatuvlarida zararkunandalarning 3 ta sinfga, 8 ta 

turkumga,  12  oilaga,  36  turga  mansub  vakillari    uchrashini  aniqlagan,  bulardan  

hasharotlar  29  turni,  kanalar  2  turni,  nematodlar    5  turni  tashkil  etagan 

(Sulaymonov 2010). 

Biz tahlil  qilgan   ilmiy adabiyot  ma’lumotlaridan  ma’lum bo’lishicha ochiq 

sharoitda  yetishtiriladigan  sabzavot  ekinlarining  zararkunandalari  yuzasidan 

PDF created with pdfFactory Pro trial version 

www.pdffactory.com



 

14

yetarlicha  ma’lumot  keltirilgan,  biroq  yopiq  ekosistemada    bodring  o’simligiga 



zarar  yetkazadigan  zararkunandalarni  tur  tarkibi  bo’yicha  to’liq  ma’lumotlar 

berilmagan. 

Ammo,  ochiq  maydondagi  qishloq  xo’jaligi  ekinlarida  uchraydigan 

hasharotlar  ayrim  yillari  issiqxonalarga  o’tib  zarar  keltirishini  inobatga  olib  biz 

ilmiy  adabiyotlar  tahlilini  ochiq  maydonlardagi  sabzavot  va  boshqa  ekinlarda 

tadqiqot olib borilgan ilmiy manbalarni tahlil qilishga qaratdik. 

P.Ro’zmetov  (1994)  ma’lumotlariga  ko’ra,  shu  yo’nalishda  O’zbekiston 

sharoitida pomidorni 7 tur ildiz kemiruvchi tunlamlar zararlaydi. Ulardan kuzgi va 

undov  tunlamlari  asosiy  o’rinni  egallaydi.  Professorlar  S.N.Alimuhamedov, 

Sh.T.Xodjayev  (1991)  ma’lumotlariga  ko’ra  barcha  tunlamlar  yashash  tarzi, 

shikastlash xarakteri va kurashish usullariga ko’ra bir biriga yaqindir. 

Kuzgi  tunlam  (Agrotis  segetum  Den.  et  Schiff).  Bu  zararkunanda  34  oilaga 

mansub  o’simliklarni  zararlaydi.  Uning  qurtlari  endigina  unib  chiqqan  nihollari 

ildiz  bo’g’zinini  qirqadi,  o’simliklarning,  ba’zan  yer  ustki  qismini,  butkul  yeb 

qo’yadi.  Katta  yoshdagi qurt  holida tuproq ostida 10-15 sm chuqurlikda qishlaydi 

(Larchenko,  3apevalova,  Yuldasheva  va  boshq.  1973;  Alimuhamedov,  Xodjayev, 

1991).  Kuzatuvlarga  ko’ra  issiqxonalarda  tabiiy  sharoit  bo’lmaganligi  oqibatida 

qishlamaydi. 

Undov  tunlami  (Agrotis  exclamationis  L.).  Bu  zararkunanda  zararlash 

qobiliyati  jihatidan  kuzgi  tunlamdan  keyingi  o’rinda  turadi,  oldingi  qanotlari 

asosida undov belgisi sifatidagi dog’i bo’ladi. Yiliga 2 marta avlod beradi. Beda va 

sabzavot  ekinlarini  ko’proq  zararlaydi.  (Migulin,  Osmolovskiy  va  boshq.,  1976). 

Kuzatuvlarga ko’ra issiqxonada yangi ekilgan nihollar poyasini yeb zararlaydi. 

G’ovaklovchi  pashshalar  (Agromyzidae  ).  G’ovaklovchi  pashshalar  XX  asr 

oxirida, AQSh da birinchi marta zararkunanda sifatida ro’yxatga olingan (Burgess, 

1895). 


Hozirgi  kunda  Agromyzadae  oilasi  o’simlikshunoslikda  eng  katta  zarar 

yetkazadigan  ikki  qanotlilar  turkumiga  kiradi.  Jahon  faunasida  oilaning  3000  dan 

ortiq  turi  ro’yxatga  olingan.  Ularning  ko’p  turlari    monofag,  16  turi  esa  polifag 

hisoblanadi.  Qishloq  xo’jalik  ekinlariga  jahonda  250  turi  zarar  yetkazadi.  Sobiq 

ittifoq xududida 100 turi uchrashi aniqlangan (Zlobin,Drugova,2002). 

G’ovaklovchi pashshalar  (Agromyzidae, Diptera)  faunasini o’rganishga eng 

katta  hissa  qo’shgan  olimlardan  biri  Kenneth  Spenser  dir  (1965).  U  Fillippinda 

kuzatishlar olib borganda, Agromyzidae oilasiga kiruvchi 12 turni hisobga olgan. 

Rus  olimlaridan  V.V.3lobin  (1986)  34  turdagi  g’ovaklovchi  hasharotlarni 

ro’yxatga oldi va ulardan 9 turi MDH faunasi uchun va 17 turi Uzoq Sharq uchun 

birinchi marta qayd etilgan. 

Menkenberg  O.,  Helderman  A.J.  (1990)  pomidorda  rivojlanadigan 




Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin