15
Toshkent viloyatining Qibray, Toshkent tumanlarida sabzavot-poliz va kartoshka
ekiladigan maydonlarda g’ovaklovchi pashshalarning ko’payish o’choqlari ham
topilgan. Bundan tashqari qalampir, bodring, qovoq, baqlajon, kungaboqar va ba’zi
bir begona o’tlarda g’ovaklovchi pashshalar topilgani to’g’risida ma’lumot
berilgan (3lobin V.V., Drugova Ye. 2003).
G’ovaklovchi pashshalarning respublikamizda tarqalishi, biologiyasi va
zarari bo’yicha olimlar tomonidan ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda
(Pirnafasov,2001; Rashidov, Xuseinova, Saidova, 2005; Xuseinova, Sulaymonov
Rashidov, 2008).
Liriomyza sativae Blanch. Polifag hasharot hisoblanadi. AQShda pomidorga
ko’p zarar yetkazgan. G’o’za kam zararlanadigan o’simlik hisoblanadi(Spencer,
1973).
Issiqxonalarda pomidor ko’chatlari yetishtirilayotgan davrda (dekabr-
yanvar) havo harorati va tuproq harorati 18°S bo’lganda va 18 soat yorug’likda
diapauzasiz rivojlanayotgan g’ovaklovchi pashshalar uchun ma’qul sharoit bo’ladi
(Ushekov 1977, 2000).
O’rgimchakkana (Tetranvchus urticae Koch). O’zbekistonda g’o’za va
boshqa qishloq xo’jalik ekinlariga bir necha tur o’simlik kanalari zarar yetkazsada,
biroq
ularning
eng
xavflisi
oddiy
o’rgimchakkana
hisoblanadi.
U
o’rgimchaksimonlar sinfiga (Arachnidae), kanalar kenja sinfiga (Araci), akarfarm
kanalar (
Acariformls) turkumiga kiruvchi o’simlikxo’r jonzot hisoblanadi
(Uspenskiy, 1978, Uspenskiy, Kamolov, 1980, Bandarenko va boshq. 1977, 1986,
Alimuhamedov va boshq. 1983).
Zararkunandaga qarshi kurash choralarini to’g’ri tashkil etish uchun uning
biologiyasini yaxshi bilish lozim. Ma’lumki, o’rgimchakkana otalangan urg’ochilik
holida qishlaydi. G’o’za, sabzovot, poliz va boshqa qishloq xo’jalik ekinlarida
asosan iyun, iyul, oylarida uchray boshlaydi (Piontkovskiy, 1928; 1932; Ivanov,
1951; Yaxontov, 1953; Uspenskiy, 1970).
O’rgimchakkana qishlovdan bahor oyi havosiga bog’liq holda turli
muddatlarda chiqishi mumkin. Tibilova A.A. (1935) ma’lumotiga ko’ra
o’rgimchakkana qishlovdan 12
0
S dan kam bo’lmagan haroratda chiqadi. Biroq
boshqa olimlar o’rgimchakkana uchun eng pastki harorat chegarasini 10
0
S deb
hisoblaydilar (Vasser, 1938 va boshq).
O’rgimchakkana qishlovdan chiqqandan keyin 7-8 kun ichida tuxum qo’ya
boshlaydi. Ular tuxumlarini asosan yapaloq bargli o’simliklarga, agar ularni
topolmasa yerga ham qo’yib tashlaydilar. Dastlab o’rgimchakkana begona o’tlarda
rivojlanib keyin madaniy ekinlarga o’tadi (Kosobusiy, 1934, 1959; Yaxontov,
1953).
O’rgimchakkanani rivojlanishiga ob-havo omillari va o’simlik barglaridagi
fiziologik va marfologik o’zgarishlar katta tasir etadi. O’rgimchakkanani
yoppasiga ko’payishi uchun ayrim olimlar fikricha (R.E.Vasser, 1938) 26,6
0
S
–
29,8
0
S harorat va 23-26,5% nisbiy havo namligini qulay deb hisoblansa boshqa
ba’zi birlar (Bondarenko, 1952, 1977) esa o’rgimchakkanani yoppasiga ko’payishi
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
16
uchun 29-31
0
S harorat, 35-55 % nisbiy havo namligi qulay deb hisoblaydilar 32-
33
0
S havo haroratida past nisbiy namlik (25-30 %) o’rgimchakkana uchun havfli
hisoblanadi (Vasser, 1938).
O’rgimchakkana 25
0
S haroratda 32,5
0
S haroratga nisbatan 2 marta ko’p
tuxum qo’yadi. O’rgimchakkana uchun 30
0
S optimal harorat hisoblanadi. Bunday
haroratda o’rgimchakkana kuniga 10-12, hayoti davomida 102,1-150,5 donagacha
tuxum qo’yadi. O’rgimchakkana bir mavsumda 9-20 ta avlod berib rivojlanadi
(Uspenskiy, 1960, 1970, 1978; Bondarenko va b. 1977; Pospelov va b. 1979).
O’zbekiston sharoitida o’rgimchakkana bilan yirtqichlik qilib kun
ko’radigan 40 dan ziyod jonzotlar turlari aniqlangan. Shularning eng asosiy turlari
8 ta hisoblanadi. Bular - Stetorus punctillum Ws, Scymnus frontalis, Orius
Dostları ilə paylaş: