O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti tabiiy fanlar fakultet



Yüklə 445,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/25
tarix02.01.2022
ölçüsü445,45 Kb.
#40442
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
osimliklarda parazitlik qiluvchi yumaloq chuvalchanglar



 



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA 



O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 

NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI 

TABIIY FANLAR FAKULTET

BIOLOGIYA  YO’NALISHI 2-BOSQICH 

TALABASI  

XUSANOVA OMINANING 

Zoologiya fanidan 

« O’simliklarda parazitlik qiluvchi 

yumaloq chuvalchanglar » 

MAVZUSIDAGI 

 

KURS ISHI 

 

 

 

 

 

 

 

Namangan – 2015 


 

 



 

REJA: 

 

Kirish 

1.Adabiyotlar sharhi 

1.1.Parazitlarni o’rganilishi 

2.Asosiy qism 

2.1. To’garak chuvalchanglar tipining umumiy tavsifi va tasnifi. 

2.2. O’simliklarda parazitlik qiluvchi nematodalar sinfi 

vakillarining tarqalishi, tuzilishi, ko’payishi va rivojlanishi. 

2.3. O’simliklarda parazitlik qiluvchi nematodalar vakillarining 

qo’zg’atadigan kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari. 

Xulosa 

Foydalanilgan adabiyotlar 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

                                         



 


 



KIRISH 

Parazitologiya  (yunoncha  ikkita  so’zdan  kelib  chiqqan  bo’lib,  parasitos  -  tekinxo’r, 

parazit  va  logos  -  ta’limot,  fan  demakdir)  --  kompleks  biologiya  fanining  bir  tarmog’i 

xisoblanib,  parazitizm,  hodisalari,  ya’ni  parazit  bilan  xo’jayin  o’rtasidagi  o’zaro 

munosabatlar,  ularning  tashqi  muhit  omillariga  bog’liqligi,  odam,  hayvon  va  o’simliklarda 

uchrovchi  parazitlar  va  ular  qo’zg’atadigan  kasalliklar  hamda  bu  kasalliklarga  qarshi 

kurash usullarini  o’rganadigan fan. 

Parazitologiya 

parazitlar 

morfologiyasi, 

anatomiyasi, 

gistologiyasi, 

fiziologiyasi, 

embriologiyasi,  ekologiyasi,  geografiyasi,  tasnifi,  filogeniyasi  hamda  parazit  va  xo’jayin 

orasidagi munosabatlarni  tekshiradi.   

Akademik  K.  I.  Skryabin  parazitlarning  kelib  chiqishi  xususiyatiga  ko’ra,  ularni 

o’rganadigan  fanni  ikki  guruxga  bo’ladi.  Birinchi  gurux  -  fitoparazitologiya  deyilib,  u 

o’simliklar  dunyosidan  kelib  chiqadigan  bakteriya,  virus  va  boshqa  parazitlar  hamda  ular 

ta’sirida  sodir  bo’ladigan  yuqumli  kasalliklarni  o’rgatadi.  Ikkinchi  gurux  - 

zooparazitologiya  deyilib,  qo’zg’atuvchisi  hayvonot  dunyosidan  kelib  chiqadigan 

(protozoolar,  gel’mintlar,  zuluklar,  bo’g’imoyoqlilar  va  boshqalar)  va  har  xil  parazitlar 

ta’siridan paydo bo’ladigan kasalliklar  hamda ularga  qarshi kurash choralarini  o’rgatadi. 

Umuman,  parazitlarni  o’rganish  ob’ektlariga  ko’ra  tibbiyot  parazitologiyasi,  veterinariya 

parazitologiyasi,  agronomiya  (o’simliklar)  parazitologiyasi  va  umumiy  parazitologiyaga 

bo’linadi.  Parazitologiya  ko’pgina  biologik,  tibbiyot  va  veterinariya  soxasidagi  maxsus 

fanlar  bilan  chambarchas  bog’langan.  Parazitlarning  tavsifi,  morfologiyasi,  biologiyasi  va 

tasnifini  o’rganish  bilan  zoologiya  fani  shug’ullansa,  ular  qo’zg’atadigan  kasalliklar 

patogenezi,  klinikasi,  diagnostikasi  va  davolashini  o’rganish  bilan  esa  patologik 

anatomiya,  patalogik  fiziologiya,  immunologiya,  virusologiya,  mikrobiologiya,  terapiya, 

farmakologiya,  epizootologiya,  xirurgiya,  bioximiya,  veterinariya-sanitariya  ekspertizasi, 

zoogigiena  va  boshqa  fanlar  shug’ullanadi  hamda  ulardagi  tadqiq  etish  usullaridan  keng 

foydalaniladi. 

Parazitlar  xaqidagi  ma’lumotlar  qadim  zamonlardan  beri  fanga  ma’lum.  Eramizdan ancha 

ilgari  yassi  chuvalchanglarning  vakillari  hamda  askarida  xaqida  qo’lyozmalar  saqlangan. 

Eramizdan  oldingi  460-375  yillarda  yashagan  atoqli  olim  va  shifokor  Gippokrat  birinchi 




 

bo’lib  fanga  "askaridoz"  degan  tushunchani  kiritgan.  U  odamlarda  uchraydigan  askarida, 



ostrisa,  yassi  chuvalchanglarning  ayrim  turlari  bilan  birga  hayvonlar  parazitini 

(exinokokkni) 

ham 

aniqlagan. 



Gippokrat  gel’mintlarni  invazion  kasalliklarning 

qo’zg’atuvchisi  emas,  balki  o’z-o’zidan  vujudga  keladigan  biror  kasallikning  oqibati  deb 

noto’g’ri tushuncha bergan. 


Yüklə 445,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin