O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti tabiiy fanlar fakultet


Odam askaridasi (Ascaris lumbricoides)



Yüklə 445,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/25
tarix02.01.2022
ölçüsü445,45 Kb.
#40442
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25
osimliklarda parazitlik qiluvchi yumaloq chuvalchanglar

 

Odam askaridasi (Ascaris lumbricoides). 

Odam  askaridasi  er  yuzida  deyarli  barcha  mamlakatlarda  tarqalgan.  Ayrim 

mamlakatlarda,  masalan,  Yaponiyada  axolining  deyarli  hammasi  askarida  bilan 

zararlangan.  Chunki,  Yaponiyada  qishloq  xo’jaligida  odam  ekskerementidan  organik 

o’g’it  sifatida  sabzavot  va  poliz  ekinlari  ekiladigan  maydonlarda  keng  miqyosda 

foydalaniladi.  Askarida  ayrim  jinsli,  erkagi  urg’ochisidan  ancha  kalta,  ya’ni  erkagining 

uzunligi  15-25  sm,  urg’ochisiniki  esa  25-40  sm  bo’ladi.  Bundan  tashqari  erkak  askarida 

xipcha  va  dumi  qorin  tomoniga  spiral  kabi  buralgan  bo’ladi.  Urg’ochisining  esa  tanasi 

yo’g’on  va  dumi  to’g’ri.  Chuvalchangning  oldingi  uchida  uchta  labli  og’iz,  unda  juda 

mayda  ko’z  ilg’amaydigan  so’rg’ichlar  bo’ladi.  Gavdasining  keyingi  uchiga  etmasdan, 

qorin  tomonida  orqa  chiqaruv  teshigi  joylashgan.  Bu  teshikdan  keyingi  qismi  dumi 

xisoblanadi.  Jinsiy  organlari  sodda  tuzilishga  ega.  Erkaklarida  jinsiy  teshik  tananing  orqa 

uchiga yaqin  joyida joylashgan.  U ichkarisiga  cho’zilib ketgan bittagina  naydan iborat. 

Urg’ochilarning  jinsiy  teshigi  tananing  oldingi  yarim  qismida,  qorin  tomonidan 

tashqariga  ochiladi.  Bu  teshikdan  bitta  nay  ketgan  bo’lib,  u  uzoqqa  cho’zilmay,  ikkita 

shoxchaga  ajraladi.  SHoxchalarning  ingichka  ipsimon  uchi  tuxumdon,  asta  yo’g’onlashib 

borgan qismi tuxum yo’li, eng yo’g’on qismi esa bachadon deb ataladi. 

Askarida  odamning  ingichka  ichagida  parazitlik  qiladi.  Ichagida  askarida  bo’lgan  kishi 

parazitni  yuqtiradigan  va  tarqatadigan  manba  bo’lib  xisoblanadi.  Bitta  urg’ochi  askarida 

bir  kecha-kunduzda  200-250  mingtagacha  tuxum  qo’yadi  (bitta  askarida  kamida  200  kun 

yashaydi), 

hayoti 


davomida 

esa 


bir 

necha 


10 

mln. 


tuxum 

qo’yadi 


(250000x200q50000000). 

Tuxum ustidan uch qavat po’st bilan o’ralgan bo’ladi, ammo yangi qo’yilgan, ya’ni kasal 

kishidan  endi  chiqqan  askarida  tuxumi  zararlash  imkoniga  ega  emas,  u  zararlash  imkoniga 

ega  bo’lishi  uchun  tashqarida  nam  muhitda  15-25  kun  bo’lishi  zarur,  shu  muddat  ichida 




 

16 


zararlash  qobiliyatiga  ega  bo’lgan  lichinka  etiladi.  Odam  askaridasi  oraliq  xo’jayinsiz 

rivojlanadi,  ya’ni  yagona  xo’jayini  odam  xisoblanadi.  Tashqi  muhitda  askarida  tuxumi  10 

yilgacha  hayotchanligini  saqlashi mumkin. 

Ichida  lichinkasi  bo’lgan  bunday  tuxumni  qaynatilmagan  suv,  yuvilmagan  sabzavot-

meva,  ayniqsa  qulupnay,  usti  ochiq  qolgan  ovqatlarni  iste’mol  qilish  orqali  odam  o’ziga 

yuqtiradi.  Oshqozonga  tushgan  tuxumning  pardasi  oshqozon  shiralari  (fermentlari) 

ta’sirida  erib  ketadi,  lichinka  esa  ichak  devori  orqali  qonga  o’tib,  10  kun  davomida 

migrasiya  qilib  jigar,  yurak, o’pkaga borib aylanib yuradi. 

Lichinka  o’pkaga  kelganda,  odamda  o’pka  shamollashi  hodisasi  kabi  o’zgarish  bo’lib, 

yo’tal  paydo  bo’ladi  va  yo’talganda  o’pkada,  ko’krakda  og’riq  paydo  bo’ladi,  ayrim 

vaqtlarda  harorat  ko’tariladi.  Yo’talganda  lichinkalar  bronxlar  va  kekirdak  orqali yuqoriga, 

ya’ni  og’iz  bo’shlig’iga  keladi.  U  erdan  so’lak  bilan  qayta  yutib  yuborilganda  lichinkalar 

oshqozon  orqali  ingichka  ichakka  tushib,  uning  devorlariga  yopishadi  va  2,5  oy 

mobaynida  voyaga  etgan  askaridaga  aylanadi.  Ular  o’z  vaqtida  otalanib  yana  tuxum 

qo’yadi.  Askaridalar  ichakda  odam  organizmi  uchun  eng  qimmatli  bo’lgan  ovqatlar  va 

vitaminlar  bilan  oziqlanib  odamlarda  avitaminoz  paydo  qiladi,  natijada  odam  boshqa  turli 

yuqumli  kasalliklarga  beriluvchan  bo’lib  qoladi.  Askaridalar  keltirib  chiqaradigan  kasallik 

askaridoz  deyiladi.  Bu  kasallikdan  kishida  kam  qonlik  avj  oladi,  ko’ngil  aynish,  qusish, 

ishtaxa yo’qolishi va boshqalar bo’ladi. Ba’zan askaridalar ichakdan o’t pufagiga o’tib, uni 

bekitib  qo’yadi.  Ichakdan  oshqozon,  qizilo’ngach,  xatto  nafas  yo’llariga  o’tishi  mumkin. 

Bundan tashqari askarida o’zidan zaharli  moddalar chiqarib odam organizmini  zaharlaydi.   

Bundan  ming  yil  muqaddam  vizantiyalik  shifokor  Eginskiy  askaridoz  bilan  kasallangan 

bemorlarning  xolatini  quyidagicha  tasvirlagan:  "Ichagida  askaridalar  bor  odamlar  ichak  va 

oshqozonida  og’riq  sezadi,  quruq  yo’tal,  ba’zan  xiqichoq  tutadi.  Uyqusida  yuragi  qattiq 

urish,  cho’chib  tushish  va  baqirib  yuborish  xolati  kuzatiladi,  keyin  bemor  yana  uyquga 

ketadi.  Bolalar  sababsiz  kavshanib  tilini  chiqaradi,  tishini  g’ichirlatadi,  ko’zini  yumib  jim 

o’tiradi,  ularning  tinchligi  buzilsa  juda  xafa  bo’lishadi.  Ba’zan  askaridalar  oshqozonga 

tushib  qolsa,  ko’ngilni  aynitadi,  zirqiragan  og’riq  va  ovqatdan  jirkanish  paydo  qiladi. 

Askaridoz  bilan  og’rigan  bemorlarni  ovqat  eyishga  majbur  qilinsa,  ular  ovqatni  zo’rg’a 

yutadi, ko’pincha qaytarib tashlaydi". 




 

17 


O’zbekistonda  tog’  va  tog’oldi  mintaqalarda  yashovchi  axoli  o’rtasida  askaridoz  bilan 

kasallanish  tez-tez  uchrab  turadi.  Axolining  askaridoz  bilan  og’rishi  1-90  foiz  orasida 

o’zgarib  turadi.  Masalan,  A.Mansurovning  ma’lumotlariga  qaraganda,  1968  yilda 

Toshkent  viloyatining  Bo’stonliq  tumanida  yashovchi  axoli  o’rtasida  bolalar  57,2  foiz  va 

kattalar  - 33,9 foizga askaridoz bilan  og’rigan. 

Askaridalar  ayniqsa  bolalarda  ko’p  uchraydi.  Odam  askaridasining  zahari  ayniqsa, 

bolalar  organizmiga  yomon  ta’sir  qiladi.  Kasallangan  bolaning  boshi  og’riydi,  boshi 

aylanadi,  kechalari  bezovta  bo’ladi,  tipirchilab,  tishini  g’ichirlatadi.  Og’riq  vaqti-vaqti 

bilan  bo’lganligi  uchun  shifokor  ko’pincha  appendisit  deb  ham  gumon  qiladi.  Odatda, 

odam  ichagida  bir  nechta,  ba’zan  o’nlab,  yuzlab  askaridalar  parazitlik  qiladi.  Bitta 

odamdan 900 ta va yana bittasidan 5126 ta askarida topilgani fanga ma’lum. Bunday xolda 

askaridalar  ichak  devorini  yaralaydi,  ichaklarda  tiqilib  qolib  ovqatni  o’tkazmaydi.    Ba’zan 

esa jigar  va miyani  ishdan chiqarib, kishini  o’limga olib kelgan  xollar  ham kuzatilgan. 

Askaridoz  bilan  og’rigan  odamlarni  piperazin,  adipinat,  dekaris  (levamizol),  naftamon 

(alkopar,  befenium),  vermoks  kabi  dori-darmonlar  bilan  davolanadi.  Davolashni  albatta 

shifokor nazorati  ostida olib borish lozim. 

Askaridadan  saqlanish  uchun  avvalo  unga  yo’liqqan  bemorlarning  hammasini  yaxshilab 

davolash  kerak.    Har bir xonadonda, jamoat joylarida vodoprovod bilan jixozlangan yopiq 

tipdagi  xojatxona  bo’lishi  kerak.  YUqumsizlantirilmagan  odam  ekskrementlarini  bog’  va 

ekinzorlarga  o’g’it  sifatida  foydalanmaslik  lozim.  Xom  sabzavot,  xo’l  meva  va  poliz 

maxsulotlarini  iste’mol  qilish  oldidan  vodoprovod  yoki  qaynatilgan  yoxud  oqar  suv  bilan 

yuvish  kerak.  Oziq-ovqat  maxsulotlarini  va  idish  tovoqlarni  pashshalardan  saqlash 

maqsadida  ularni  yopiq  joyda  tutish,  pashshalarga  qarshi  kurash  choralarini  qo’llash  va 

albatta  shaxsiy  gigiena  qoidalariga  rioya  qilish  zarur.  Askaridalarning  ayrim  turlari  chorva 

mollarida  va  parrandalarda  ham  parazitlik  qiladi.  Masalan,  cho’chqalarda  cho’chqa 

askaridasi  (Ascaris  suum),  tovuqlarda  tovuq  askaridasi  (Ascaridia  galli),  otlarda  ot 

askaridasi  (Parascaris  equorum),  qo’ylarda  qo’y  askaridasi  (Ascaris  ovis),  qoramollarda 

qoramol neoaskaridasi (Neoascaris vitulorum)  parazitlik  qiladi. 




Yüklə 445,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin