27
Protostrongilidlar (Protostrongylidae)
oilasiga kiruvchi Protostrongylus, Spiculocaulus, Muellerius, Cystocaulus, Neostrongylus
va Varestrongylus avlodlarining vakillari asosan qo’y va echkilarda hamda ularning
yovvoyi turlarining yirik va mayda bronxlarida hamda al’vaolalarida parazitlik qiladigan
nematodalardir. Protostrongilidlar ingichka va uzun jigar rangli nematodalar bo’lib,
erkagining uzunligi 10,3-30,0 mm, urg’ochilariniki esa 28-60 mm atrofida bo’ladi.
o’zbekistonda qo’y, echki, arxar, muflon va yovvoyi tog’ echkilarida 15 turga kiruvchi
protostrongilidlar parazitlik qiladi. Protostrongilidlarning hamma qo’zg’atuvchilari oraliq
xo’jayinlar orqali rivojlanadi. Ularning oraliq xo’jayinlari bo’lib quruqlikda yashovchi 28
turga kiruvchi mollyuskalar xisoblanadi.
O’zbekistonda protostrongilidlarning oraliq xo’jayinlari sifatida quruqlikda yashaydigan
mollyuskalardan - Xeropicta candaharica, Subzebrinus albiplicatus, Sub.sogdianus va
boshqa turlari aniqlangan.
Protostrongilidlarning urg’ochisi asosiy xo’jayini bronxlariga tuxum qo’yadi. Bu erda
tuxumlardan ko’p o’tmay lichinkalar chiqadi, bu lichinkalar hayvon yo’talganida og’iz
bo’shlig’iga keladi. Bunday lichinkalarni hayvon yutib yuboradi. Oshqozonga tushgan
lichinkalar axlat orqali tashqariga chiqadi va ular oraliq xo’jayinlari - quruqlikda
yashovchi mollyuskalarning oyoqlariga kirib olib rivojlanishini davom ettiradi.
Mollyuskalar oyog’ida lichinkalar o’sadi va ikki marta tullab 4-5 xaftadan keyin
invazion, ya’ni yuqumli xolatga aylanadi. Asosiy xo’jayinlari, ya’ni qo’y va echkilar
yuqumli xoldagi lichinkalarni em-xashak bilan yoki tanasida protostrongilidlarning
yuqumli xoldagi lichinkalari bo’lgan mollyuskalarni o’t bilan birga yutib yuborganda
protostrongilidlar bilan zararlanadi. U yoki bu yo’l bilan asosiy xo’jayini oshqozoniga
tushgan lichinkalar ichak devorlariga o’tib qon orqali o’pkaga boradi va 32-47 kundan
keyin jinsiy voyaga etib yana tuxum qo’ya boshlaydi.
O’zbekistonda qo’y va echkilar protostrongilidlar bilan asosan tog’ va tog’oldi
mintaqalarda ko’proq zararlanadi. Protostrongilidlar o’pkada parazitlik qilib bronxit va
o’pka shamollashi kasalliklarini keltirib chiqaradi. o’pkada parazitlar ko’payib ketsa,
ba’zan kasallangan qo’y va echkilar o’ladi. Protostrongilidoz bilan kasallangan qo’y va
28
echkilar ditrazin va emetin dorilari bilan davolanadi. Hayvonlarning protostrongilidlar
lichinkalari bilan zararlanmasliklari uchun yaylovlarni har 25 kunda almashtirish lozim.
Dostları ilə paylaş: