25
asosan tropik va subtropik iqlimli mamlakatlarda keng tarqalgan. Odamlarda vuxererioz
(elifantiazis), ya’ni fil kasalligini paydo qiladi. Bu uzun ipsimon nematoda urg’ochisining
uzunligi 10 sm, erkaginiki esa 4 sm keladi. Voyaga etgan chuvalchanglar limfa bezlarida,
ichki a’zolarning qon tomirlarida parazitlik qiladi. Limfa yo’li bekilib qolishi tufayli limfa
to’xtab qoladi, zararlangan joy esa juda yo’g’onlashib ketadi.
Bu nematodaning rivojlanishi ikkita xo’jayinda boradi. Asosiy xo’jayini odam, oraliq
xo’jayinlari esa Anopheles, Culex va Aedes avlodlariga kiradigan chivinlar xisoblanadi.
Urg’ochi vuxereriyalar limfa tomirlarida juda ko’p tirik lichinkalar tug’adi. Bu
lichinkalar (mikrofilyariyalar) qon tomirlari tizimida aylanib yuradi. Kunduzi (odam
faolligi oshgan paytda) lichinkalar ichki a’zolar qon tomirlarida yashasa, kechalari ular
periferik tomirlarga o’tadi. Kechqurun yoki tunda chivinlar kasallangan odamlarning
qonini so’rganida parazit lichinkalari chivin oshqozoniga va undan tana bo’shlig’iga
o’tadi. Bu erda biroz o’sadi va so’ngra xartumi asosida to’planadi. Chivinlar qon so’rish
uchun sog’lom odamning terisini teshganida lichinkalar dastlab xartumdan teri ustiga
chiqadi. So’ngra bu lichinkalar o’zlari faol harakat qilib, xo’jayin tanasiga kiradi.
Umuman, voyaga etgan parazitlar odam organizmida 17 yilgacha, lichinkalari esa 70 kun
atrofida hayot kechiradi.
Kasallikning yashirin (inkubasion) davri 3-18 oy davom etishi mumkin. Kasallikning
belgilari: avvalo allergik xolatlar yuzaga keladi, keyin tana harorati ko’tariladi,
to’qimalarda shishlar paydo bo’ladi. Voyaga etgan parazitlar limfa tomirlarida tiqilib
qolishi natijasida limfa yo’li bekilib, limfa to’xtab qoladi, bunda zararlangan joylar, ya’ni
tana qismlari, shu jumladan oyoqlar juda yo’g’onlashib ketadi va bu kasallik fil oyog’i deb
ataladi. MDXda bu kasallik deyarli uchramaydi. Vuxererioz bilan kasallangan odamlarni
dietilkarbamazin, ditrazin kabi dorilar bilan davolanadi. Profilaktik chora-tadbirlar
odamlarni vuxererioz tashuvchisi bo’lmish qon so’ruvchi chivinlar chaqishidan ximoya
qilishdir.
Dostları ilə paylaş: