26
qo’zg’atuvchilaridan - Onchocerca volvulus va Onchocerca coecutiens odamlarda,
Onchocerca lienalis va Onchocerca gutturoza qoramollarda, Onchocerca cervicalis esa
otlarda parazitlik qiladi.
Onxoserkalar oqish rangli nematodalar bo’lib, tanasi ipsimon, ikki tomonga
ingichkalashib ketgan. Uzunligi 2 sm dan 11 sm gacha boradi. Ularning rivojlanishi ikkita
xo’jayinda ketadi. Asosiy xo’jayinlari odam, qoramol, ot va eshaklar xisoblansa, oraliq
xo’jayinlari qon so’ruvchi chivinlar xisoblanadi.
Onxoserkalar asosiy xo’jayinlarining organizmida teri ostida, paylar, taloq pardasi ostida
va boshqa organlarda parazitlik qiladi. Parazitlar atrofida biriktiruvchi to’qimali yo’llar
xosil bo’ladi. Odamlarda bu yo’llar tanasining turli qismlarida, ko’pincha bo’g’imlar, qo’l-
oyoq va boshida to’planadi. Lichinkalar - mikrofilyariyalar teri qatlamida yashab, terining
ichida yara bo’lishi va pigment ajralishini buzadi. Ba’zan parazit lichinkalari ko’zni
ojizlantirib, xatto ko’r bo’lishiga olib keladi.
Odam va hayvonlarda uchrovchi onxoserkoz kasalligini yuqtiruvchilar mayda chivinlar
bo’lib, parazit lichinkalarini qon so’rganda kasallangan hayvonlardan sog’lom mollarga
yuqtiradi. Odamlarda ham xuddi shu tarzda ketadi.
Odamlarda onxoserkoz kasalligi asosan, Afrika mamlakatlarida va Amerikada tarqalgan.
Odamlarda uchrovchi onxoserkalarning oraliq xo’jayinlari Simulium avlodiga kiruvchi
chivinlar xisoblanadi.
Hayvonlarda onxoserkozlar er yuzida jumladan, o’zbekistonda ham keng tarqalgan.
Ulardan ayniqsa, otlar va qoramollar ko’proq azob chekadi. Onxoserkalar xalq xo’jaligiga
juda katta zarar keltiradi. Onxoserkalar o’zbekistonda qoramol terilarini zararlashi tufayli,
teri sifatini pasaytirib yuboradi va natijada teri zavodlari har yili bir necha yuz minglab
so’mdan maxrum bo’ladi. Bundan tashqari kasallangan hayvonlarning boshqa
maxsuldorligi ham keskin kamayib ketadi.
Onxoserkozdan odam va hayvonlar kasallanishining oldini olish choralaridan eng
asosiysi parazit tashuvchilarini quritishdir. Buning uchun esa chivinlar ko’payadigan
joylarga insektisidlardan foydalanish kerak. Kasallangan odamlarni esa dietilkarbamazin,
ditrazin, suramin kabi dorilar bilan davolanadi.
Dostları ilə paylaş: