O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti tabiiy fanlar fakultet


Metastrongilidlar (Metastrongylidae



Yüklə 445,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/25
tarix02.01.2022
ölçüsü445,45 Kb.
#40442
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25
osimliklarda parazitlik qiluvchi yumaloq chuvalchanglar

 

Metastrongilidlar (Metastrongylidae

oilasiga  kiruvchi  Metastrongylus  avlodining  vakillari  asosan  cho’chqalarning  o’pkasida 

parazitlik  qiladi.  Cho’chqa  va  to’ng’izlarda  metastrongilus  avlodining  Metastrongylus 

elongatus,  M.  pudendotectus  va  M.  salmi  kabi  turlari  parazitlik  qiladi.  Metastrongiluslar 

cho’chqa  va  to’ng’izlarning  bronxlarida,  ko’proq  o’pkaning  orqa  va  yuqori  qismida 

uchraydi.  o’zbekiston  sharoitida metastrongiluslar bilan asosan yovvoyi cho’chqalar, ya’ni 

to’ng’izlar  kasallanadi.  Metastrongiluslar  ingichka  ipsimon  shakldagi  nematodalar  bo’lib, 

erkaklarining  uzunligi  14-16  mm  va  urg’ochilarining  uzunligi  esa  20-58  mm  atrofida 

bo’ladi.  Metastrongiluslar  biogel’mintlar  bo’lib,  ularning  oraliq  xo’jayinlari  yomg’ir 

chuvalchanglari  xisoblanadi.  Urg’ochi  metastrongiluslar  cho’chqa  bronxlariga  tuxum 

qo’yadi. Bu tuxumlar hayvon nafas yo’li orqali ular yo’talganda og’iz bo’shlig’iga tushadi. 

Cho’chqalar  bu  tuxumlarni  qayta  yutib  yuboradi va tuxumlar ularning oshqozoniga tushib, 

tezagi  bilan  tashqi muhitga  chiqadi. 

Tashqi  muhitda  metastrongiluslar  tuxumlaridan  qulay  sharoitda  2  kundan  keyin 

lichinkalar  chiqadi.  Bunday  lichinkalar  oziq-ovqat  orqali  yomg’ir  chuvalchangining 

organizmiga  o’tadi.  Natijada  lichinkalar  qizilo’ngachi  devoriga  yoki  uning  qon  tomirlariga 

kirib,  bu  erda  ikki  marta  tullab  10-20  kundan  keyin  invazion, ya’ni yuqumli xolatga keladi. 

Cho’chqalar 

parazit 

lichinkalari 

yuqqan 

yomg’ir 


chuvalchanglarini 

eganda 


metastrongilyoz  qo’zg’atuvchilari  bilan  zararlanadi.  Cho’chqa  oshqozoniga  tushgan 

yomg’ir  chuvalchanglari  xazm  bo’lib,  ajralib  chiqqan  metastrongilus  lichinkalari  ichakda 

yana  bir  marta  tullab,  3-chi  lichinkalik  davriga  o’tadi,  so’ngra  ichak  devorini  teshib  limfa 

yo’llariga  o’tadi  va  bu  erda  4-chi  marta  tullaydi.  SHundan  so’ng  bu  lichinkalar  limfa 

yo’llari  va  qon  tomirlari  orqali  o’pkaga  keladi,  o’pkadan  esa  bronxlarga  o’tib  jinsiy 

voyaga  etgan  metastrongiluslarga  aylanadi.  Tanasida  yuqumli  lichinkalari  bo’lgan  yomg’ir 

chuvalchangini  cho’chqalar  egan  vaqtdan  boshlab  to  o’pkada  jinsiy  voyaga  etgan 

metastrongilusga  aylanguncha  25-35  kun  kerak  bo’ladi,  to’liq  tuxumdan  tuxumgacha 

rivojlanish  davri  esa  30-55  kunga  to’g’ri  keladi.  Metastrongilyoz  bilan  ko’proq  cho’chqa 



 

29 


bolalari  kasallanadi.  Kasallangan  hayvon  yo’talib,  nafas  olishi  qiyinlashadi,  yaxshi 

o’smaydi, oriqlab ketadi, ba’zan o’ladi. 

Metastrongilyoz  bilan  kasallangan  hayvonlar  terisi  ostida  ditrazin  fosfat  eritmasi, 

traxeyasiga  kaliy  yodit  eritmasi  yuboriladi.  Kasallikning  oldini  olish  uchun  esa 

cho’chqalar gel’mintsizlantiriladi,  yomg’ir chuvalchanglarini  eyishga  yo’l qo’yilmaydi. 


Yüklə 445,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin