o’simlik nematodalari ichida eng yirigi xisoblanadi. Erkagining uzunligi 2,5 mm,
urg’ochisiniki esa 5 mm atrofida bo’ladi. Bu nematoda bug’doy va boshqa boshoqli
ekinlarga zarar etkazadi. Zararlangan bug’doyning boshog’ida don o’rnida qora yoki
jigarrang bo’rtma (tugunak) xosil bo’ladi. Tugunak ichida 15-17 mingtagacha nematoda
lichinkalari bo’lib, ular quruq xolda oziqlanmay 20-28 yilgacha yashashi mumkin.
31
Urug’lik bug’doylarga aralashgan tugunaklar ichida yotgan lichinkalari bilan birga erga
tushadi. Namlikda lichinkalar tugunakdan chiqib, yangi unayotgan bug’doy maysasining
ildiziga kirib, tanasidan yuqoriga ko’tariladi va barg qo’ltig’iga keladi. Bug’doy gullay
boshlaganda lichinkalar gul g’unchalari ichiga kiradi va gulning kurtagi (murtagi) bilan
oziqlanib, tugunak xosil qiladi. Tugunak ichida lichinkalar jinsiy voyaga etadi. Bitta
tugunakda 40-50 tagacha nematoda bo’ladi.
Bitta urg’ochi nematoda otalangandan so’ng 2500 tagacha tuxum qo’yadi. Tuxumdan
birinchi yoshdagi lichinka chiqadi. U tullab ikkinchi yoshdagi lichinkaga aylanadi. Har bir
donda 6-8 ta urg’ochi nematodalarning nasli rivojlanadi. Bu nematodalarning zarari bilan
ayrim respublikalarda har gektar erdan 8-11 s g’alla kam olinadi. Oldini olish choralaridan
biri g’allani tugunaklardan tozalashdan iborat.
Dostları ilə paylaş: