O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti tabiiy fanlar fakultet



Yüklə 445,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/25
tarix02.01.2022
ölçüsü445,45 Kb.
#40442
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25
osimliklarda parazitlik qiluvchi yumaloq chuvalchanglar

 

Diktiokaulyuslar (Dictyocaulus

qo’y,  echki,  qoramol,  tuya  va  yovvoyi  kavsh  qaytaruvchi  hayvonlarning  o’pkasi, 

bronxlari  va  traxeyasida  parazitlik  qiladi.  Har  bir  hayvonning  o’ziga  muvofiqlashgan 

diktiokaulyus  turi  bor.  Masalan,  qo’y  va  echkilarda  Dictyocaulus  filaria,  qoramollarda  - 

Dictyocaulus  viviparus,  ot  va  eshaklarda  Dictyocaulus  arnfieldi,  bug’ularda  Dictyocaulus 

eckerti,  tuyalarda  Dictyocaulus  cameli  kabi  turlari  parazitlik  qiladi.  SHularning  orasida 

o’zbekistonda  qo’y  va  echkilarda  parazitlik  qiladigan  Dictyocaulus  filaria  turi 

chorvachilikka  katta  zarar  etkazadi.  Bu  parazit  ipsimon  ko’rinishdagi  ingichka 

nematodadir.  Urg’ochisining  uzunligi  5-15  sm,  erkaginiki  esa  3-8  sm  keladi.  Erkagining 

dum  qismida  qovurg’ali  bursasi  va  sarg’ish  rangli  ikkita  spikulasi  bor.  Urg’ochisining 

vul’va  teshigi  gavdasining  o’rtasida  yoki  boshiga  yaqin  qismida  joylashgan  bo’lib, 

tashqariga  ochiladi.  Diktiokaulyus  geogel’mint.  Bu  parazit  bilan  ko’proq  qo’y  va  echkilar 

zararlanadi.  Parazit  qo’y  va  echkilarning  bronxlarida  yashab,  urg’ochilari  erkaklari  bilan 

juftlashib,  traxeya  va  bronxlar  bo’shlig’iga  tuxum  qo’yadi.  Bu  tuxumlar  ichida  lichinka 

bo’ladi.  Hayvon  yo’talgan  vaqtida  parazit  tuxumlari  bronxial  shilliq  bilan  og’iz 

bo’shlig’iga  keladi  va  hayvon  bu  tuxumlarni  qaytadan  yutib  yuboradi.  Ovqat  xazm  qilish 

organlaridan  o’ta  turib,  ichak  bo’shlig’ida  parazit  tuxumlaridan  lichinkalar  chiqadi  va 

hayvon  tezagi  bilan  tashqariga  chiqadi.  Tashqi  muhitda  qulay  sharoitda  lichinkalar  ikki 

marta po’st tashlab, 6-7 kun ichida yuqumli  xolatga  aylanadi. 

Agar  tashqi  muhitda  harorat  past  bo’lsa,  lichinkalarning  rivojlanish  muddati  uzayadi. 

Invazion  lichinkalar  tashqi  muhit  sharoitlariga  ancha  chidamli,  ular  qurg’oqchilikda  30 

kungacha,  muzlatilganda  esa  15  kun  davomida  tiriklik  qobiliyatini  saqlab  qoladi. 

Namlikda  lichinkalarning  faolligi  yanada  ortadi.  yomg’irdan  keyin  lichinkalar  o’tlar 

bo’ylab  tik  harakat  qiladi,  natijada  mollarning  diktiokaulyuslar  bilan  zararlanishi  ortadi. 

qo’y  va  echkilar  parazitning  invazion  lichinkalarini  o’zlariga  ko’katlar,  em-xashaklar  va 

suv  orqali  yuqtiradi.  Hayvon  organizmiga  tushgan  lichinkalar  ingichka  ichak  shilliq  qavati 

devorini  teshib,  limfa  tugunlariga  o’tib  rivojlanadi  va  oxirgi  marta  po’st  tashlab,  limfa 



 

23 


tomirlari  orqali  qon  tomirlariga  va  qon  oqimi  bilan  o’pkaga  keladi.  Lichinkalar  o’pka  qon 

tomirlari  va  parenximasini  teshib  bronxlarga  o’tadi,  bu  erda  rivojlanishni  davom  ettirib,  1-

2  oydan  keyin  jinsiy  voyaga  etadi.  qo’y  va  echkilar  organizmda  5-6  oydan  1,5-2  yilgacha 

parazitlik  qiladi.   

Diktiokaulyuslar  keltirib  chiqaradigan  kasallik  diktiokaulyoz  deyiladi.  Bu  kasallikning 

tarqalishiga  yil  fasllari,  hayvonlarning  yoshi  va  tabiiy  iqlim  sharoit  muhim  rol  o’ynaydi. 

o’zbekistonda  qo’y  va  echkilar  diktiokaulyus  lichinkasi  bilan  sug’oriladigan  xududlarda 

asosan  kuz  va  baxor  oylarida,  dasht  va  yaylovlarda  kuz  oylarida,  tog’  va  tog’oldi 

xududlarida  esa  baxor  va  kuz  oylarida  hamda  qish  oylarining  boshlarida  zararlanadi. 

Kasallangan  qo’y  va  echkilarda  kasallik  yuqqandan  15-20  kundan  keyin  yo’tal  paydo 

bo’ladi.  Keyinchalik  bu  hayvonlar  o’sishdan  orqada  qoladi,  oriqlab  ketadi,  junlari 

siyraklashadi.  Burun  teshigidan  suyuqlik  oqadi.  Darmonsizlanib  joyidan  tura  olmaydigan 

bo’lib  qoladi.  Agar  davolanmasa  kasallangan  hayvonlarning  10-70  foizi  nobud  bo’ladi. 

Kasallangan  mollarni  davolash  uchun  ularni  muntazam  ravishda  degel’mintizasiya  qilib 

turish  lozim.  Kasallikni  yuqtirmaslik  uchun  esa  mol  boqiladigan  yaylovlarni  tez-tez 

almashtirib  turish, qo’ton va molxonalarni  sanitariya-gigiena  tomonidan toza tutish lozim. 




Yüklə 445,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin