O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti tabiiy fanlar fakultet


Qilbosh nematoda (Trichocephalus trichiurus



Yüklə 445,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/25
tarix02.01.2022
ölçüsü445,45 Kb.
#40442
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25
osimliklarda parazitlik qiluvchi yumaloq chuvalchanglar

 

Qilbosh nematoda (Trichocephalus trichiurus

ning bosh tomoni uzun qilga o’xshash 

ingichka  bo’ladi,  orqa  tomonga  asta-sekin  kengayib  yo’g’onlashib  boradi.  qilbosh 

nematodalar  asosan,  odamning  yo’g’on  ichagida  parazitlik  qiladi.  Ular  ayrim  jinsli, 

erkagining  uzunligi  30-40  mm  bo’lib,  orqa  uchi  spiral  kabi  buralgan  bo’ladi. 

Urg’ochisining  uzunligi  30-50  mm  keladi.  qilbosh  nematodaning  oldingi  uchida  og’iz 

bo’shlig’i  va  qizilo’ngach  joylashgan. Tananing kengaygan orqa qismida  esa o’rta va orqa 

ichaklar,  orqa chiqaruv teshigi  va jinsiy  organlar  sistemasi joylashgan. 

qilbosh  nematodalar  bosh  qismini  o’z  xo’jayini  ichak  devorining  shilimshiq  qavatiga 

sanchgan  xolda  qon  bilan  oziqlanib  yashaydi.  Nematodaning  urug’langan  tuxumlari 




 

20 


xo’jayini  axlati  orqali  tashqariga  chiqadi.  Tuxum  etarli  namlik  va  harorat  bo’lgan  taqdirda 

yaxshi  rivojlanadi.  Bitta  urg’ochi  qilbosh  nematoda  bir  kecha-kunduzda  1000  tadan  3500 

tagacha tuxum qo’yadi. qulay sharoitda tuxum 20-30 kunda yuqumli  xolatga keladi.   

Odam  ko’pincha  yuvilmagan  sabzavot-mevalarni  iste’mol  qilganida  qilbosh 

nematodaning  invazion  tuxumlarini  yutib  yuborish  bilan  zararlanadi  va  nematoda 

taxminan  bir  oydan  keyin  voyaga  etadi. qilbosh nematodalar odam organizmida 5 yilgacha 

yashashi mumkin. 

qilbosh  nematodalar  trixosefalyoz  kasalligini  keltirib  chiqaradi.  Bu  kasallik  er  sharining 

hamma  qismida,  ayniqsa,  issiq  iqlimli  mamlakatlarda  ko’p  uchraydi.  qilbosh  nematoda 

asosiy  xo’jayini  xazm  organlarini  yallig’laydi  va  bir  qator  mikroorganizmlarning 

tushishiga  yo’l  ochadi.  Nerv  sistemasiga  ta’sir    qiladi.  Trixosefalyoz  bilan  kasallangan 

odamlarni  vermoks  (mebendazol),  difezil,  naftamon,  osarsol  va  timak  kabi  dorilar  bilan 

davolanadi. 

Chorva  mollarda  ham  qilbosh  nematodalarning  bir  necha  turlari  parazitlik  qiladi. 

Masalan,  cho’chqalarda  cho’chqa  qilbosh  nematodasi  (Trichocephalus  suis),  qo’y,  echki 

va  qoramollarda  Trichocephalus  ovis,  Trichocephalus  skrjabini  kabi  turlari  parazitlik 

qiladi.  Trixosefalyoz  bilan  kasallanmaslik  uchun  tozalikka  rioya  qilish,  meva  va 

sabzavotlarni  yuvib  iste’mol  qilish,  axlatlarni  dalaga  ishlatishdan  oldin  zararsizlantirish, 

xojatxonaga  so’ndirilmagan  oxak sepish kabi chora-tadbirlarni  amalga  oshirish lozim. 


Yüklə 445,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin