To’garak chuvalchanglar tipi 5 ta sinfga bo’linadi:
1.Qorinkipriklilar (Gastrotricha) sinfi.
2.Nematodalar, ya’ni xaqiqiy to’garak chuvalchanglar (Nematoda) sinfi.
11
3.Kinorinxlar (Kinorhyncha) sinfi.
4.Og’izaylangichlilar (Rotatoria) sinfi.
5.qilchuvalchanglar (Nematomorpha, gaordiacea) sinfi.
To’garak chuvalchanglar tipida eng ko’p parazitlik qilib yashaydigan turlari asosan
nematodalar sinfi vakillari bo’lib xisoblanadi. Quyida odam, maxsuldor hayvonlar va
madaniy o’simliklarda parazitlik qilib, ularga katta ziyon keltiruvchi nematodalar sinfi
vakillari to’g’risida ma’lumotlar keltiriladi.
Nematodalar uchramaydigan joy bo’lmasa kerak. Ayniqsa, erkin hayot kechiruvchi
turlari juda keng tarqalgan. Ular shimoliy okean va dengizlardan tortib, janubdagi hamma
dengiz, daryo va ko’llarda tarqalgan. Keyinchalik tuproq biosenozining tarkibiy qismiga
ham aylangan. SHunday qilib, ko’p nematodalar erkin hayot kechirish usulida qolgan
bo’lsalarda, lekin bir qancha turlari o’simlik va hayvonlarning qoldiq chirindilari xisobiga
yashashga moslashib, saprofit nematodalarga aylangan va nihoyat ulardan keyinchalik
odam, hayvon va o’simliklar xisobiga yashaydigan xaqiqiy parazit nematodalar vujudga
kelgan.
Nematodalar soxasi bo’yicha mutaxassis, Amerikalik olim I.A.Kobning taxminiy
xisobiga ko’ra dunyoda erkin yashovchi va parazit nematodalar turlarining soni 1 mln.ga
yaqin ekan. A.A.Paramonovning fikriga ko’ra, nematodalar sinfining turlari ko’pligi
jixatidan xasharotlar sinfidan keyin ikkinchi o’rinni egallaydi va nematodalar sinfiga 500
mingga yaqin tur kirishligini aytadi. Lekin, xozirgi kunda nematodalarning 10 mingga
yaqin turi aniqlangan xolos. SHulardan MDX mamlakatlarida 1000 ga yaqin turi uchraydi.
Erkin yashovchi nematodalarning xajmi ancha kichik bo’lib, 1 mm dan ham kam bo’ladi,
ayrim turlarigina 5 sm gacha borishi mumkin. Nematodalarning erkin hayot kechiruvchi
turlari turli-tuman yashash sharoitiga ega. Ularni dengiz va okeanlarning tagida, sho’r va
chuchuk suv xavzalarida hamda tuproq va botqoqliklarda uchratish mumkin. Umuman,
erkin hayot kechiruvchi turlari nematodalar sinfining asosiy qismini tashkil etadi. Ular
mayda suv o’tlari, bakteriyalar hamda chiriyotgan o’simlik qoldiqlari bilan ovqatlanadi.
Parazitlik qilib yashaydigan nematodalarga 3000 ga yaqin tur kirib, ular tanasining
uzunligi bir necha mm dan 20-40 sm gacha boradi. Ayrim turlarining uzunligi esa 2 m va
xatto 8,4 m gacha ham boradi. Nematodalarning tanasi bo’g’imlarga bo’linmagan, shakli
12
ipsimon, duksimon, urchiqsimon, limonsimon, ikki uchi ingichkalashgan ko’rinishda,
ba’zan spiralga o’xshab o’ralgan bo’ladi. Ko’pchilik nematodalarda jinsiy dimorfizm aniq
ifodalangan. Odatda erkaklari urg’ochilariga nisbatan ancha kichik va ingichka bo’ladi.
Bundan tashqari ko’pchilik erkaklarining dum qismi gajakka o’xshab qayrilgan bo’ladi
hamda dum tomonida jinsiy qo’shilishda faol ishtirok etadigan qo’shimcha organlari -
bursa, rulek va spikulalari joylashgan. Umuman, nematoda so’zi yunoncha bo’lib, nemas -
ip demakdir.
Nematodalar hayotida kutikula xilma-xil vazifalarni bajaradi, ya’ni kimyoviy moddalarni
tashqaridan ichkariga kirishiga yo’l qo’ymaydi, oziq moddalarni qabul qilishda ishtirok
etadi, hamda tayanch skelet funksiyasini ham bajaradi. Kutikula ko’p qavatlidir. qoplovchi
to’qima-gipoderma kutikula qavatining asosida joylashgan bo’lib, gavda bo’ylab tarqalgan
va elka - qorin hamda ikki yon tomonida maxsus valiklarni xosil qiladi. Bu ikki yon
tomondagi valiklardan ayirish sistemasi naylari, ostki va ustki tomondagi valiklardan
asosiy nerv tolalari o’tadi. Bundan tashqari gipoderma qavatida zaxira oziq moddalar
saqlanadi. Undan kutikula etishib turadi. Bu qavat ximoya vazifasini ham bajaradi.
Muskul hujayralari gipodermadan keyin joylashgan bo’lib, gipoderma bilan o’zaro
tutashib turadi. Ularda asosan bir qavatli bo’ylama cho’ziq muskullar bo’ladi. Muskullar
harakat funksiyasini bajaradi. Nematodalarda teri-muskul xaltasidan keyin birlamchi tana
bo’shlig’i keladi va u sxizosel deb atala9di. Unda ichki organlar joylashgan bo’lib, doimo
suyuqlik bilan to’la bo’ladi. SHuning uchun ham nematodalar tanasi doimo tarang xolda
turadi.
Tana bo’shlig’idagi suyuqlik orqali ichakda xazm bo’lgan oziq moddalar boshqa to’qima
va hujayralarga o’tadi. SHuningdek, bu suyuqlik ayirish jarayonida ham ishtirok etadi.
Nematodalarda kiprikli hujayralar bo’lmaydi, xatto spermatazoidlari ham xivchinsizdir.
Nematodalarda ham xuddi yassi chuvalchanglar singari qon aylanish va nafas olish
organlari bo’lmaydi. Erkin xolda yashaydigan nematodalar teri orqali nafas oladi,
parazitlari esa anaerob usulida nafas oladi.
Ovqat xazm qilish sistemasi yaxshi rivojlangan va oldingi, o’rta hamda orqa ichaklardan
iborat. Oldingi va orqa ichaklar ektodermadan, o’rta ichak esa endodermadan kelib
chiqqan. Og’iz teshigi tanasining oldingi uchida joylashgan bo’lib, ko’pchilik
13
nematodalarda og’iz bo’shlig’i maxsus lablar bilan o’ralgan bo’ladi. Lekin, bir gurux
nematodalarda (trixostrongilidlarda) lablar reduksiyalangan. Ularda og’izni kutikulasimon
bo’rtma vezikula yopib turadi.
Nematodalarning ovqatlanish usullari ham har xil. Ko’pgina erkin xolda yashovchi
nematodalar asosan bakteriyalar, suv o’tlari, chirindilar va boshqa mayda organizmlar
bilan ovqatlanadi. Yirtqich turlari ham bor. Parazit nematodalar esa odam va
hayvonlarning suyuq moddalari hamda qoni bilan ovqatlanadi. Bir qancha tur nematodalar
esa o’simliklar tanasi ichiga kirib, o’simlik hujayralari shirasi bilan ovqatlanadi.
Nematodalar ayrim jinsli bo’lishi bilan yassi chuvalchanglardan farq qiladi. Ularda jinsiy
dimorfizm ancha aniq ifodalangan. Erkaklik jinsiy organlari bitta urug’don, urug’ yo’li,
urug’ pufagi, muskulli urug’ sochuvchi nay, spikula va yordamchi organlar (rulek,
bursa)dan iborat.
Bunda spikulaning asosiy vazifasi - nematodalarning erkagi urg’ochisi bilan
qo’shilganda, spikula qinga kiradi va u orqali spermatozoidlar urg’ochisi tanasiga o’tadi.
Erkaklarida jinsiy teshik tananing orqa uchiga yaqin joyda joylashgan.
Urg’ochilik jinsiy organlariga ikkita tuxumdon, tuxum yo’llari, bachadon va qin kiradi.
Umuman, tuxum hujayralarining urug’lanishi va tuxum po’stining shakllanishi
bachadonda amalga oshadi. Bachadonlar qo’shilib, bitta qin-nayni xosil qiladi va mana
shu qin orqali urug’langan tuxum tashqariga chiqadi. Urg’ochilik jinsiy teshigi tananing
oldingi uchi yaqinida qorin tomonda joylashgan.
Nematodalarning jinsiy qo’shilishi o’z xo’jayini organizmida amalga oshadi.
Urg’ochisining jinsiy sistemasiga tushgan spermatozoidlar amyobasimon harakat qilib
bachadonga o’tadi va u erda tuxum hujayra bilan qo’shiladi. So’ngra tuxum hujayrada
asta-sekin po’st qavatlari shakllanadi. Nematodalar asosan otalangan tuxum qo’yadi, ba’zi
turlari tirik tug’adi.
Tashqi muhitga chiqqan nematodalar tuxumida, qulay sharoitda lichinkalar taraqqiy
etadi. Ba’zi nematodalarda (masalan, askaridalar, bolalar gijjasi, ya’ni ostrisalar, qilboshli
nematodalar) lichinkalar yuqumli (invazion) davrigacha tuxumda rivojlanadi va lichinka
umuman tashqariga chiqmaydi. Bunda odam va hayvonlar suv, oziq-ovqatlar orqali
lichinkalik tuxumni o’zlariga yuqtiradi. Boshqa bir gurux nematodalarda (gemonxi,
14
ostertagiya) tashqariga chiqarilgan tuxumdan birinchi stadiyali lichinka tuxum qobig’ini
yorib chiqadi va yana ikki marta tullab (po’st tashlab), yuqumli (invazion) stadiyaga
aylanadi. Ayrim gurux nematodalar borki (marshallagiy), hayvon organizmidan chiqqan
tuxumdan ikkinchi stadiyali lichinka, uchinchi gurux nematodalarda esa, masalan,
nematodiruslarda lichinka faqat uchinchi stadiyada tashqariga chiqadi. Umuman,
lichinkalarning tuxumdan qaysi vaqtida tashqariga chiqishi tuxumdagi oziq moddalarning
ko’p yoki ozligiga bog’liq. Oziq moddasi qanchalik oz bo’lsa, tuxumdan tashqariga
lichinka shunchalik tez chiqadi.
Ko’pchilik nematodalarda I, II, III-lichinkalik davrlari tashqi muhitda erkin yashash bilan
o’tadi. III-stadiyadagi lichinkalar yuqumli (invazion) xisoblanib, faqat ana shu lichinkalar
o’z xo’jayini organizmiga o’tgach, keyingi taraqqiyotini davom ettira oladi.
Dostları ilə paylaş: |