jixatdan asoslangan normalarga ajratiladi.
Tajriba-statistik ishlab chiqarish normasi normalashtirish bo‘yicha xodimlarning
shaxsan orttirgan tajribalariga qarab xaqiqiy ishlab chiqarish tugrisidagi yoki muayyan
ishni bajarish uchun sarflangan vaqt xaqidagi xisobot ma‘lumotlari asosida
belgilanadi.
Agar ishlab chiqarish normasi – ilg‘or texnika va texnologiyani joriy etish ishlab
chiqarishni tashkil qilish va mehnatda ilg‘or metodlarni qullashni xisobga olib ishlab
chiqarish jarayonini analiz qilish asosida belgilansa, u xolda bu texnika jixatdan
asoslangan ishlab chiqarish normasi buladi.
Mehnat jarayoni ma‘lum vaqt ichida sodir buladi va mehnatning miqdori ish vaqti
bilan ulchanadi. Mehnatning sifat jixatdan xar xil bulishligi saqlanib qoladi, ya‘ni aqliy
mehnat bilan jismoniy mehnat, malakali mehnat bilan malakasiz mehnat, ogir mehnat
bilan yengil mehnat kabilar mavjud. Bu xolat mehnatning miqdorinigina emas, sifatini
ham xisobga olishni zarur qilib quyadi. Shu sababli, sarflangan mehnatning asosiy
me‘yori uning miqdori va sifati xisoblanadi. Hamda shunga qarab ish xaqqi tulash
asosiy urinni egallaydi.
Ta‘rif sistemasi mehnatga xaq tulashning asosiy va eng muxim qismidir. Tarif
sistemasi ishlovchilarning malakasiga qarab ish bilan ta‘min etish va sarflangan
mehnatni uning miqdori va sifatiga qarab baxolash demakdir.
Dostları ilə paylaş: |