O‘zak va qo‘shimchadagi undoshning o‘zgarishi: -k, -q bilan tugagan so‘zlarga egalik qo‘shimchalari
qo‘shilganda «k» undoshi g ga, q undoshi esa g‘ ga
o‘zgaradi va shunday yoziladi. Masalan: ohak> ohagi, bek > begi, tayoq > tayog‘i, yo‘q > yo‘g‘i kabi.
Ammo ishtirok, erk, huquq, ravnaq, yuq, haq, ishtiyoq so‘zlari bundan mustasno.
-ga, -gacha, -gach, -guncha, -gani, -gudek, -gan, - gin, -gina kabi -g harfi bilan boshlanuvchi qo‘shimchalar
qanday tovush bilan tugagan o‘zakka qo‘shilishiga qarab
quyidagicha aytiladi va yoziladi:
a) -k undoshi bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilganda
yuqoridagi qo‘shimchalarning bosh tovushi -k tarzida
aytiladi va shu harf bilan yoziladi: tok + ga > tokka,
ek + gin > ekkin, kichik + gina > kichikkina kabi;
b) -q undoshi bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilganda
bu qo‘shimchalarning bosh tovushi -q tarzida aytiladi
va shunday yoziladi: soliq + ga > soliqqa, chiq +
gani > chiqqani, yoq + gach > yoqqach, qo‘rq +
guncha > qo‘rqquncha kabi;
d) qolgan barcha hollarda so‘z qanday tovush bilan
tugashidan qat’i nazar ( jumladan, g, g‘ bilan tugasa
ham), ushbu qo‘shimchalarning bosh harfi g bilan
yoziladi: barg + ga > bargga, dialog + ga > dialogga, bug‘ + ga > bug‘ga, tog‘ + ga tog‘gakabi.