35- topshiriq. Quyidagi so‘zlar yoniga mos so‘zlar qo‘yib juft so‘z-
lar yasang va yozilishini izohlang.
Qarindosh – ..., kuch – ..., qovun – ..., yo‘l – ..., non –
..., osh – ..., o‘yin – ..., bo‘lar – ..., gul – ..., yer – ..., yor –
..., dor – ..., tepsa – ..., temir – ..., asta – ..., oq – ..., chora –
..., kirim – ..., mehr – ..., aytdi – ..., kecha – ..., uzoq – ... .
Quyidagi so‘zlar chiziqcha bilan ajratib yoziladi:
• juft va takror so‘zlarning qismlari chiziqcha bilan
ajratib yoziladi: asta-sekin, uch-to‘rt, kiyim-kechak, qop-qop,
uy-uyiga kabi;
• juft so‘zlar orasida -u (-yu) bog‘lovchisi qo‘llansa,
bog‘lovchidan oldin chiziqcha qo‘yiladi: oq-u qora, kecha-
yu kunduz kabi;
• -ma, -ba yordamida birikkan so‘z qismlari chiziqcha
bilan yoziladi: yuzma-yuz, rang-barang, qadam-baqadam
kabi;
• arab raqamlari bilan yozilgan tartib sonlar chiziqcha
bilan yoziladi: 5- sinf, 6- «V» sinf, 1991- yil, 3- mart kabi.
36- topshiriq. Lug‘atdan 10 ta so‘z tanlab, ularni yuklamalar bilan
qo‘llang va chiziqcha bilan yoziladiganlarini bir ustunga, qo‘shib
yoziladiganlarini boshqa ustunga yozing.
Dostları ilə paylaş: |