Davlat uzb p65



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/124
tarix02.01.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#40493
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   124
o1sxqvVxxOZJF33atSYulmTRkg87qXDyAlhHSHgi

38- topshiriq. Òez aytishdagi tovushlar mosligini aniqlang, ng, q,
g‘, j  tovushlarini aniq va to‘g‘ri talaffuz qiling.
1. Zang bosganga rang yuqmas, rang yuqqanni zang
bosmas.
2. Òubsiz dengiz dedingizmi, dengiz tubsiz dedingizmi?
3. G‘ozg‘onning marmari jahonga mashhur, bizning g‘oz-
g‘onchilar shuning uchun mag‘rur.
4. Simyog‘ochdagi qaldirg‘och qayrag‘ochdagi qora
qarg‘aga qayrilib qaraganda, qayrag‘ochdagi qora qarg‘a
qarag‘ayga qaradi.
5. Sijjakdagi g‘ijjakchi jiydadan g‘ijjak yasarmish.
6. Jajji jiblajibon jajji Jo‘ra bilan jo‘ra, jajji Jo‘ra jajji jiblajibon
bilan jo‘ra.
39- topshiriq. She’rni ifodali o‘qing, unli tovushlarni to‘g‘ri talaffuz
qiling. Misralar ohangiga e’tibor bering.
...Farog‘at borligin unutib qo‘ydim,
Bag‘rimga chaqinlar tegdi daf’atan.
Sendan-da ulug‘roq narsa yo‘qligin
sochim oqarganda angladim, Vatan!
www.ziyouz.com kutubxonasi


51
Buncha kech angladim,
nega muncha kech...
anglasam loaqal o‘ttiz yil avval,
Loaqal tug‘ilmay turib anglasam...
Ko‘rgan bo‘larmidim seni mukammal.
Hali asl Vatan bo‘lmog‘ing uchun
ovozi toshlarni yorar kuychilar,
qanchalab sehrgar shoirlar kerak,
qancha bilim kerak,
qancha kuch-chidam.
Umrim ko‘chkilarday jimjit, shiddatli,
butkul tinmoq uchun bir kun bemalol
faqat yaxshi bo‘lmoq judayam kamdir,
juda kamlik qilar yashamoq halol.
Naqadar kechikib angladim seni,
chaqinlar yo‘q qilsa meni daf’atan,
ayt, qandoq chidayman bunday xo‘rlikka,
ayt, qandoq yotaman qa’ringda, Vatan!
Shavkat Rahmon

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin