54
42- topshiriq. Matnni o‘qing. Yozuvchining fikrlariga munosabat
bildirib, so‘z qo‘llashning ahamiyatini asoslang.
Gap shundaki, hozirgi vaqtda,
tilimizning boyligini,
uning qochiriqlarini o‘rganishga eringan, so‘z san’atiga hunar
deb emas, kasb deb qaraydigan, bisotidagi bir hovuch so‘zni
yillar davomida aylantirib kun ko‘rib yurgan bir turkum qalam
ahlining «faoliyati», chala mulla ba’zi olimlarning «ilmiy xulo-
sa»lari natijasida ajib bir til bunyodga kelgan. Bu tilda hech
kim gapirmaydi,
zotan gapirish mumkin ham emas, faqat
yozib o‘qib berish mumkin. Bu tilda yozilgan narsani bir
qiyomda o‘qimasdan ham iloj yo‘q. Bu tilning hech qayerga
yozilmagan, lekin amalda joriy bo‘lgan temir qonuniga ko‘ra
«yaxshi ovqat yedim!» deb yozib bo‘lmaydi, albatta, «sifatli
ovqatlandim» deb yozish shart! «Papiros chekadigan kishi
gugurtini olib yurishi kerak» deb yozish to‘g‘ri emas. «Papiros
chekish odatiga ega bo‘lgan kishi o‘zini
tegishli gugurt bilan
ta’minlab yurishi kerak» deb yozilsa to‘g‘ri bo‘ladi! Bu tilda
latifa aytib bo‘lmaydi, yozib bo‘lmaydi! Bu tilda hazilga,
maqolga, matalga, ajoyib xalq iboralariga o‘rin yo‘q. Bu til
har qanaqa
jonli fikrga kafan kiygizadi, har qanaqa o‘ynoqi
mazmunni taxtaga tortadi, har qanaqa lektorni g‘urbatning
uyasiga, har qanaqa auditoriyani o‘lik chiqqan hovliga
aylantiradi!
A. Qahhor, «Quyushqon» hajviyasidan.
Adabiy tilda mavjud bo‘lib, shu tilda gaplashuvchilarga
tushunarli bo‘lgan
so‘zni qo‘llash nutqning muhim
me’yorlaridan sanaladi. So‘zni to‘g‘ri qo‘llashda quyi-
dagilarni e’tiborga olish lozim:
– so‘zning nutqda ortiqcha takrorlanishiga yo‘l qo‘y-
maslik uchun uning ma’nodoshlaridan o‘rinli foy-
dalanish;
– shakldosh va paronim so‘zlarni ma’nolarini
farqlagan
holda ishlatish;
– so‘zlashuvchilar uchun tushunarsiz bo‘lgan sheva
so‘zlari yoki ijtimoiy guruhlarga oid argolarni qo‘l-
lamaslik;
www.ziyouz.com kutubxonasi
55
– o‘zlashma so‘zlarni noo‘rin qo‘llashdan chek-
lanish, ularning milliy tildagi muqobillaridan foyda-
lanish;
– so‘z qo‘llashda ixchamlik, tejamkorlikka erishish.
Dostları ilə paylaş: