53
...Nega buncha nola chekasan, o‘g‘lim Muhammad
Humoyun podshoh? Bu cheksiz iztiroblar boisi ne?
Va shu ondayoq bu hadsiz-hisobsiz savollarga javob
topgandek bo‘ldi: iztiroblar boisi — tiriklikda, insonlikda.
Faqat tirik
odamgina iztirob chekmoqqa, iztiroblar ichra tobora
tozarib, yuksalib, hayotning jamiki mashaqqatlarini yengib
bormoqqa qodir.
Dunyodagi hatto eng ulug‘ o‘lik ham iztirob chekmoqdan
mahrum, zero, insoniy iztirob —
tiriklik nishonasi, barhayot
diyonat ovozidir. Demak, mehnat-u tarbiyalari zoye ketmabdi
— Humoyun tegrasiga boqar ekan, yuragi dardga to‘ladi,
dard uni bezovta xayol bilan qadamini taftish etadi. Demak,
uning ko‘ksida vijdoni uyg‘oq, adl-u insofi tirik. Balli, o‘g‘lim,
deb shivirladi u, barakalla, bahodirim!..
Ammo shu zahoti
ko‘nglini muzlatib xavotir tuyg‘usi bostirib keldi: bu yum-
shoqfe’llik bilan Humoyunning mamlakatdorlik qilmog‘i
qiyin, benihoyat qiyin!
Dili muztar bo‘lib, o‘g‘lining maktubidan bir taskin-tasalli
qidirdi. Humoyun xushxat edi, lekin maktubning ba’zi o‘rin-
larini qiynalib, tusmollab ma’nosini chaqdi.
«Yana
men degandek, bu xatlaringni bitibsen va o‘qu-
maysen, ne uchunkim, agar o‘qur xayol qilsang edi,
o‘qiyolmas eding», — deya tashvish bilan yoza boshladi u...
X. Sultonov, «Nuqta» hikoyasidan.
Dostları ilə paylaş: