Davlat uzb p65



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/124
tarix02.01.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#40493
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   124
o1sxqvVxxOZJF33atSYulmTRkg87qXDyAlhHSHgi

40- topshiriq. -li va -lik-qaz va kaz-dir va -tir-chi va -
(u)vchi qo‘shimchalari ishtirok etgan so‘zlarni topib, bir-biriga
qiyoslang, farqlarini izohlang va qaysi biri to‘g‘ri qo‘llanganini
ayting.
Namuna: Go‘shtli somsa — go‘shtlik somsa.
  Buxoroli ustalar — buxorolik ustalar.
So‘z shakllari, qo‘shimchalar, so‘z birikmalarining
yozilishi, gapda so‘zlarning tartiblanishi, moslashuvi
grammatik me’yorga asoslanadi. Nutqning grammatik
jihatdan to‘g‘ri bo‘lishi adabiy tilning asosiy talabidir.
Gapda so‘z va qo‘shimchalarning to‘g‘ri bog‘lanishi, ega-
kesim mosligi, gap bo‘laklarining tartibi grammatika
qoidalari asosida shakllanadi.
Shuning uchun gap tuzishda, jumla qurishda quyi-
dagilarga amal qilish lozim:
– kelishik qo‘shimchalarining ma’no va vazifalarini
farqlash hamda o‘rinli qo‘llash.
Masalan, -ning qo‘shimchasi ot bilan otni-ni esa ot
bilan fe’lni o‘zaro bog‘laydi: ukamning kitobi, kitobni olmoq
kabi;
– ot va sifat yasovchi qo‘shimchalarni farqlash:
–  tuzdon (ot) gapdon (sifat), kiyimlik (ot) yashil  –
kiyimli (sifat), tenglama (ot) – ko‘chma (sifat) kabi;
– fe’l nisbatlarini hosil qiluvchi qo‘shimchalarni
to‘g‘ri qo‘llash: tadbir o‘tkazmoq – ko‘chat o‘tqazmoq, kuldir
– keltir kabi;
– ega va kesimning shaxs-sonda mosligini ta’-
minlash:
Ular o‘qiydilar. (Ular o‘qiydi tarzida emas);
– gapda so‘z tartibiga amal qilish:
Uyga shoshib kirdi. (Kirdi shoshib uyga emas).
Izoh: She’riy janrlar tilida nutq maqsadiga ko‘ra misralarda
so‘zlar tartibining o‘zgarishiga yo‘l qo‘yiladi.
41- topshiriq. Matnni o‘qing, grammatik me’yorlarga amal
qilingan holatlarni, so‘zlar tartibidagi o‘zgarishlarning mohiya-
tini izohlang.
www.ziyouz.com kutubxonasi


53
...Nega buncha nola chekasan, o‘g‘lim Muhammad
Humoyun podshoh? Bu cheksiz iztiroblar boisi ne?
Va shu ondayoq bu hadsiz-hisobsiz savollarga javob
topgandek bo‘ldi: iztiroblar boisi — tiriklikda, insonlikda.
Faqat tirik odamgina iztirob chekmoqqa, iztiroblar ichra tobora
tozarib, yuksalib, hayotning jamiki mashaqqatlarini yengib
bormoqqa qodir.
Dunyodagi hatto eng ulug‘ o‘lik ham iztirob chekmoqdan
mahrum, zero, insoniy iztirob — tiriklik nishonasi, barhayot
diyonat ovozidir. Demak, mehnat-u tarbiyalari zoye ketmabdi
— Humoyun tegrasiga boqar ekan, yuragi dardga to‘ladi,
dard uni bezovta xayol bilan qadamini taftish etadi. Demak,
uning ko‘ksida vijdoni uyg‘oq, adl-u insofi tirik. Balli, o‘g‘lim,
deb shivirladi u, barakalla, bahodirim!.. Ammo shu zahoti
ko‘nglini muzlatib xavotir tuyg‘usi bostirib keldi: bu yum-
shoqfe’llik bilan Humoyunning mamlakatdorlik qilmog‘i
qiyin, benihoyat qiyin!
Dili muztar bo‘lib, o‘g‘lining maktubidan bir taskin-tasalli
qidirdi. Humoyun xushxat edi, lekin maktubning ba’zi o‘rin-
larini qiynalib, tusmollab ma’nosini chaqdi.
«Yana men degandek, bu xatlaringni bitibsen va o‘qu-
maysen, ne uchunkim, agar o‘qur xayol qilsang edi,
o‘qiyolmas eding», — deya tashvish bilan yoza boshladi u...
X. Sultonov, «Nuqta» hikoyasidan.

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin