Rasmiy-idoraviy nutq uslubi jamiyatdagi ijtimoiy-
huquqiy munosabatlar, davlat va davlatlararo rasmiy,
siyosiy-iqtisodiy, madaniy aloqalar uchun xizmat qi-
luvchi uslubdir. Bu uslub hujjatchilik xarakteri bilan ajralib
turadi. Shunga ko‘ra, yozma nutqning xizmatga doir bu
turi davlat qonunlari, farmonlar, bayonotlar, shartno-
malar, idora hujjatlari, e’lonlar va boshqa rasmiy yoz-
ishmalar uslubi hisoblanadi. Rasmiy uslub tilining asosiy
xususiyati aniqlik va ixchamlikdir, unda muayyan nut-
qiy qoliðlar, kasb-hunar so‘zlari, atamalar, tayyor sin-
taktik qurilmalar keng qo‘llanib, nutqning aniq va
ravshan ifodalanishini ta’minlaydi. Tayyor nutq qurilma-
lari (shu asosda: shunga ko‘ra; ma’lum qilamizki; ...ni e’tiborga olib; ...ga ko‘ra; ...biz, quyida imzo chekuvchilar, ...ga asosan (muvofiq); ...uchun, ...dan kelib chiqib; ...sharti bilan; ...berilsin, ...taqdirlansin kabi) hujjat matnining da-
rak-hikoya xarakterida bo‘lishini, so‘zlarning bir ma’noda
ishlatilishini, badiiy-tasviriy vositalarning bo‘lmasligini,
fe’lning majhullik va buyruq-istak shakllarining, qo‘shma
gap turlarining keng qo‘llanishini talab qiladi. Til ma-
teriali hujjatning turi va xarakteriga qarab tanlanadi.